Farhad Fatkullin
Farhad Nail uli Fatkullin (ruscha: Фархад Наилевич Фаткуллин; 1979-yil 2-noyabrda tugʻilgan) – tatariston-rossiyalik ijtimoiy faol, Rossiya Federatsiyasining rus boʻlmagan xalqlari orasida Wikimedia harakatini targʻib qilishdagi faoliyati bilan mashhur. Buning uchun 2018-yilning eng yaxshi vikimediachisi deb eʼlon qilingan[1][2][3]. Ilgari Tataristonning sobiq prezidenti Mintimer Shaymiyevga xizmat qilgan professional sinxron tarjimon.
Farhad Fatkullin | |
---|---|
Fatkullin 2017-yilda | |
Tavalludi |
2-noyabr 1979-yil |
Fuqaroligi | Rossiya |
Taʼlimi | Kazan State Finance and Economics Institute |
Kasbi | sinxron tarjimon, ijtimoiy faol |
Mukofotlari | Yil vikimediachisi (2018) |
Veb-sayti | http://frhd.narod.ru/, http://sikzn.narod.ru/index/0-4, https://search.russian-translators.ru/translators/fatkullin.html, https://search.russian-translators.ru/en/translators/fatkullin.html |
Biografiya
tahrirFatkullin 1979-yil 2-noyabrda Qozon shahrida tugʻilgan. Oilali, ikki farzandi bor[4].
Taʼlimi
tahrir- 1986–1993-yillar: Qozon 123-sonli fransuz tili chuqurlashtirib oʻqitiladigan oʻrta maktab.
- 1993–1997-yillarda: Ertugʻrul Gʻozi tatar-turk litseyi, Qozon.
- 1995–1997-yiilarda: Clayton oʻrta maktabi, Missouri, AQSh .
- 1997–2002-yiilarda: Qozon davlat moliya-iqtisod instituti, korxona iqtisodiyoti-moliya menejmenti.
- 2004–2008-yiilarda: Ijtimoiy-gumanitar bilimlar instituti, Qozon, tarjimonlik fakulteti[4].
Bundan tashqari, tatar, rus, ingliz, fransuz, turk va italyan tillarini biladi[4].
Professional faoliyati
tahrirQozon davlat moliya-iqtisod instituti (Rossiya) va Cantondagi New York davlat universiteti (AQSh) „Risklarni boshqarish“ yoʻnalishi (ingliz tilida) oʻqituvchisi.
Tatariston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Davlat protokoli boshqarmasi tarjimonlik sektori sinxron tarjimoni.
Koʻplab siyosiy, maʼrifiy, madaniy va biznes tadbirlarida boshqa koʻplab tarjima faoliyati haqida uzoq muddatli rekordga ega[5][6][7].
2020-yilda Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov tomonidan 35 nafar yuqori malakali til va madaniyat mutaxassislaridan iborat tatar tilini saqlash va rivojlantirish komissiyasi tarkibiga kiritilgan[8].
Joriy Wikimedia loyihalari
tahrir- Selet WikiSchool
- Umniy region
- Tatar tilining Wikimedia hamjamiyati foydalanuvchi guruhi
- Wikimedia Rossiya
Farhad global Wikimedia harakati va Rossiya tillarida Vikipediyalarni rivojlantirish bilan bogʻliq koʻplab koʻngillilik tashabbuslarida ishtirok etadi. 2018-yilda, Jimmy Wales tomonidan Capetowndagi Wikimaniada „Yilning eng yaxshi vikimediachisi“ mukofoti eʼlon qilingan vaqtda Farhad uyda bir vaqtning oʻzida Vikimaniyadan ruscha vikipediyachilar uchun jonli efirni tarjima qilish bilan band boʻlgan(unga mukofot berilishini bilmagan holda)[9].
Fatkullin Rossiya Wikimedia aʼzosi va qoʻshni Boshqirdistondagi Wikigrannies viki-foydalanuvchilar guruhi bilan hamkorlik qiladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Farkhad Fatkullin named Wikimedian of the Year for 2018“. Wikimedia Foundation (2018-yil 26-iyul).
- ↑ „Rossiyskaya Gazeta“ (ru). Rossiyskaya Gazeta (2018-yil 25-iyul).
- ↑ „Tass“ (ru). Tass.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Curriculum Vitae“.
- ↑ „Simultaneous interpretation“. frhd.narod.ru.
- ↑ „SHY/MEL conferences interpretation“. frhd.narod.ru.
- ↑ „Other experience“. frhd.narod.ru.
- ↑ Spisok Axmetova: nazvani 35 chelovek, kotorie doljni spasti tatarskiy yazik (ruscha)
- ↑ (ruscha) n:ru:Farxad Fatkullin iz Tatarstana stal Vikipedistom 2018 goda – Russian Wikinews, 23.07.2018
Ingliz tilida intervyular
tahrir- 2018-yilning eng yaxshi vikimediachisi, Farhod Fatqullin – Vikipediya koʻrsatkichi, 2018-yil, 30-avgust
- Facebookdagi video intervyular toʻplami (2018-yil 17-avgust)
- Farhod Fatqullin, 2018-yilning eng yaxshi vikimediachisi, oʻz muvaffaqiyatlariga nazar tashlab, keyingi voqealarni kutmoqda – Wikmedia News, 2019-yil, 14-avgust