Farhod Arziyev

Oʻzbekiston davlat arbobi, diplomat

Farhod Nuriddinovich Arziyev — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2021-yildan Oʻzbekistonning Xitoy va Moʻgʻulistondagi elchisi[1]. 2017—2020-yillarda Oʻzbekistonning Hindistondagi elchisi boʻlgan[2].

Farhod Nuriddinovich Arziyev
 Oʻzbеkistоnning Xitoydagi elchisi
 
Mansab davri
2021-yildan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Baxtiyor Saidov
 Oʻzbеkistоnning Hindistondagi elchisi
 
Mansab davri
2017-yildan – 2021-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Solih Inogʻomov
Vorisi Dilshod Ahatov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-oktyabr 1975-yil (1975-10-05) (49 yosh)
Samarqand

Biografiyasi

tahrir

1975-yil 5-oktabrda Samarqand viloyati Nurota tumanida (hozirgi Navoiy viloyati) tug‘ilgan.

Maʼlumoti

tahrir

1997-yilda Toshkent universitetini tamomlagan.

2000-yilda Buyuk Britaniyaning London universitetini tamomlagan.

2011-yilda AQSh Kentukki Patterson universitetining diplomatiya va xalqaro savdo maktabini tamomlagan.

Rus, ingliz va nemis tillarini biladi.

Mehnat faoliyati

tahrir

1997-2000 — „O‘zA“ Milliy axborot agentligi Xalqaro yangiliklar bo‘limi muharriri o‘rinbosari.

2002-2004 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi "Jahon" axborot agentligi yetakchi eksperti.

2004-2008 — O‘zbekiston Respublikasining Nyu-Yorkdagi BMT huzuridagi Doimiy vakolatxonasining 1-kotibi.

2008-2009 — O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakolatxonasining 1-kotibi.

2012-2014 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining BMT va xalqaro tashkilotlar bilan ishlash boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i.

2014-2017 — O‘zbekiston Respublikasining Olmoniyadagi elchixonasi maslahatchisi.

2017-2020 — O‘zbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasi va Bangladesh Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi. 2019-yil 7-mart kuni Dakka shahridagi „Bangababan“ qasrida Bangladesh prezidenti Abdul Hamidga ishonch yorliqlarini topshirdi[3].

2020—2021 — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari.

2021-yildan — O‘zbekiston Respublikasining Xitoy, Moʻgʻuliston va Filippindagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.

„Yolg‘izlik ranglari“ sheʼriy to‘plamining muallifi[4].

Manbalar

tahrir