Baxtiyor Odilovich Saidov (tugʻ. 1981-yil, Samarqand, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati, elchisi va davlat arbobi. 2021-yildan 2022-yl soʻngiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri sifatida faoliyat yuritgan. 2022-yil 30-dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vaziri vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlangan[1][2].

Baxtiyor Odilovich Saidov
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
30-dekabr 2022-yil
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Vladimir Norov
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri
Mansab davri
2021-yildan – 2022-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Sherzod Shermatov
Vorisi lavozim bekor qilingan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 22-aprel 1981-yil (1981-04-22) (43 yosh)
Samarqand viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Maʼlumoti Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.[3] Vazirlar Mahkamasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ishlagan. 2016-yil yanvar oyida „Oʻzbekengilsanoat“ AK boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari, bosh menejeri[4] sifatida faoliyat yuritgan. 2017-yil 26-iyuldan Oʻzbekistonning Xitoydagi elchisi[5] boʻlib ishlagan. 2018-yil 4-apreldan u bir vaqtning oʻzida Moʻgʻulistondagi elchi[6], 2019-yil iyul oyida — qarorgohi Pekinda boʻlgan Filippindagi elchi[7] bõlib ham ishlagan.

2021-yil 17-noyabr kuni Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Saidov nomzodini Xalq taʼlimi vaziri lavozimiga maʼqulladi[8].

Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik unvoniga ega.

Bayonotlari

tahrir

Baxtiyor Saidov Xalq taʼlimi vaziri ekan, xalq taʼlimi xodimlarining 280 ming nafari, yaʼni 56 foiz qismining salohiyati talab darajasida emasligi haqida bayonot bilan chiqqan[9].

Mukofotlari

tahrir

2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga koʻra "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlangan.

2020-yilda unga Tszyansi universiteti (Xitoy) faxriy professori unvoni berilgan.

2020-yilda ShHT Mudofaa vazirlari kengashi qarori bilan „Harbiy sohada doʻstlik va hamkorlik“ni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun kengash belgisi bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir