Farob (Turkmaniston)
Farob (turkmancha: Farap) — Turkmanistonning Lebap viloyatidagi shahar. Aholisi 16 731 nafar (2009). Farob Oʻzbekistonning Olot tumani bilan chegarada joylashgan shahar hisoblanadi[3].
Farob turkmancha: Farap | |
---|---|
Shahar | |
39°10′0″N 63°36′20″E / 39.16667°N 63.60556°E | |
Mamlakat | Turkmaniston |
Viloyat | Lebap viloyati |
Hukumat | |
• Hokim | Hasan Jumakuliyevich Metkuliyev[1] |
Markazi balandligi | 191 m |
Rasmiy til(lar)i | Turkman tili |
Aholisi (2010) |
17 277[2] |
Milliy tarkib | Turkmanlar, oʻzbeklar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5:00 |
Telefon kodi | +993 448 |
Pochta indeks(lar)i | 746070 |
Avtomobil kodi | LB |
|
Etimologiyasi
tahrirFarob nomining kelib chiqishi va maʼnosi nomaʼlum. Vamberi buni forscha „toza suv“ jumlasining buzilgan shakli deb hisoblagan[4].
Tarixi
tahrirFarob shaharchasi SSSR vaqtida Turkmaniston SSRning Chorjoʻy viloyati Farob tumanining markazi edi. 2016-yildan shahar maqomi berilgan[5].
2022-yil 9-noyabrda markazi Farob boʻlgan Farob tumanining tugatilishi munosabati bilan u Chorjoʻy tumani tarkibiga kiritildi[6].
Geografiyasi
tahrirTurkmanoboddan 8 km shimoli-gʻarbda, Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida, Ashxoboddan 474 km uzoqlikda joylashgan. Turkmanobod — Farob yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi.
Aholisi
tahrirYil | 1959 | 1970 | 1979 | 1989 | 2009 |
---|---|---|---|---|---|
Aholi soni (nafar) | 3 725 | 5 134 | 6 486 | 8 524 | 16 731 |
Diqqatga sazovor joylari
tahrir- Temir yoʻl vokzali;
- Xristian qabristoni;
- Musulmon qabristoni.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Obraz sovremennogo turkmenskogo rukovoditelya na primere xyakima Farapa“. 2013-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.
- ↑ „World Gazetteer“ (deadlink). 2013-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-aprel.
- ↑ Caravanistan - Uzbekistan border crossings, qaraldi: 13 September 2019
- ↑ Atanyýazow, Soltanşa. Түркменистаның Географик Атларының Дүшүндиришли Сөзлүги. Ылым, 1980 — 281-bet.
- ↑ „ПОСТАНОВЛЕНИЕ Меджлиса Туркменистана «Об административно-территориальных вопросах Лебапского велаята»“. 2017-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-sentyabr.
- ↑ „Постановление Меджлиса Милли Генгеша Туркменистана“ (ru). turkmenistan.gov.tm (2022-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 11-noyabr.