Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi

SSSR ittifoqdosh respublikasi

Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Turkmaniston SSR (turkmancha: Түркменистан Совет Социалистик Республикасы; ruscha: Туркменская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Turkmanistoni deb yuritiladi.

1924–1991
Maqom Sovet Ittifoqi respublikasi
Tarixiy era XX asr
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Turkmaniston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi
Xorazm Xalq Sovet Respublikasi
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi
Turkmaniston
Hozirda hududida quyidagilar mavjud  Turkmaniston

1921-yil 7-avgustda Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibida Turkman viloyati tuzilgan. Milliy chegaralanish natijasida 1924-yil 27-oktabrda Turkmaniston SSR tashkil etilgan.

Turkmaniston SSR poytaxti Ashxobod shahri boʻlgan. Respublika 44 rayonga boʻlingan, 16 shahar, 74 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]

1990-yilning 22 avgustida Turkmaniston suverenitet eʼlon qildi. 1991-yilning 27-oktabriga kelib respublika oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Turkmaniston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.

Tarixi

tahrir

Turkmaniston SSR hududida sinfiy jamiyat miloddan avvalgi 1-ming yillikda vujudga kelgan. 6–4-asrlarda Axomaniylar, Makedoniyalik Iskandar qoʻl ostida boʻlgan. Miloddan avvalgi 3-asrdan Parfiya podsholigi, Sosoniylar davlati tarkibida boʻlgan.

5–8-asrlarda eftalitlar, turklar, arablar hokimiyati oʻrnatilgan. Turkmaniston SSR xalqi arablarga qarshi Muqanna qoʻzgʻolonida ishtirok etgan. 9–10-asrlarda Tohiriylar, Somoniylar davlatlari tarkibida boʻlgan.

 
Sovet qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqish jarayonining ilk bosqichi. Mari viloyati, Turkmaniston SSR.

11-asrga kelib Turkmaniston SSR hududini oʻgʻuzlar zabt etgan. 11–13-asrlarda Saljuqiylar davlati Xorazm tarkibida boʻlgan. 13–15-asrlarda moʻgʻullar qoʻl ostiga oʻtgan. Soʻngra esa Temuriylar davlati Turkmaniston hududini egallab olgan. 15-asrda turkman elati tarkib topa boshlagan.

16–17-asrlarda Buxoro xonligi tarkibida, 19-asrning 60-yillari oxiri – 80-yillar oʻrtasida Rossiyaga qoʻshib olingan.

Turkmanistonda Sovet hokimiyati 1917-yil noyabr-dekabr oylarida oʻrnatilgan. Mamlakat hududining asosiy qismi Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kirgan. 1921-yil 7-avgustda Turkiston ASSR tarkibida Turkman viloyati tuzilgan. Milliy chegaralanish natijasida 1924-yil 27-oktabrda Turkmaniston SSR tashkil etilgan.

1990-yilning 22 avgustida Turkmaniston suverenitet eʼlon qildi. 1991-yilning 27-oktabriga kelib respublika oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Turkmaniston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.

Manbalar

tahrir
  1. "Turkmaniston SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 2. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 298. 5-89890-018-7. 

Havolalar

tahrir