Faust: Tragediya

Goethening Fuast tragediyasining Erkin Vohidov oʻgirgan oʻzbekcha tarjimasi

„Faust: Tragediya“nemis shoiri Johann Wolfgang von Goethe qalamiga mansub „Faust“ tragik pyesasining Erkin Vohidov oʻgirgan oʻzbekcha tarjimasi. Pyesaning I qismi ilk bor 1972-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. II qismi ayni nashriyotda 1974-yil chop etilgan. I va II qismlar 2015-yilda „Yangi asr avlodi“ nashriyotida bir jildli kitob oʻlaroq nashr etilgan.[1]

Faust: Tragediya
Asl nomi Goethes Faust
Muallif(lar) Johann Wolfgang von Goethe
Tarjimon(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i tragik pyesa
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti (I qism)
Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti (II qism)
„Yangi asr avlodi“ (I va II qismlar)
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1972 (I qism)
1974 (II qism)
2015 (I va II qismlar)
Sahifalar soni 268 (I qism, 1972)
398 (II qism, 1974)
536 (I va II qismlar, 2015)
ISBN ISBN 978-9943-27-312-2 (I va II qismlar, 2015)

„Faust“ pyesasining I qismida nemis xalqi hayoti hamda Faust va Gretchenning (talaffuzi: Gretxen) fojiali sevgisi haqida hikoya qilinadi. II qismda esa antik dunyo va qadimiy qahramonlar haqida hikoya qilinadi. Asarda „hayot oshigʻi“ Faust va „hayot yovi“ Mephistopheles (talaffuzi: Mefistofel) oʻrtasidagi kurash muhim oʻrin tutadi.

Pyesani Vohidovdan oldin Choʻlpon, Oybek, Maqsud Shayxzoda va boshqa adiblar oʻzbek tiliga qisman oʻgirgan. Ammo Vohidov tarjimasi ilk toʻliq oʻzbekcha tarjima boʻlib, adabiyotshunos olimlar, jumladan, Ibrohim Gʻafurov tomonidan yuqori baholangan.[2]

I qism

tahrir

Tragediyaning I qismini Vohidov 1955-yil Moskva shahrida Badiiy adabiyot davlat nashriyotida (ruscha: Государственное издательство художественной литературы) chop etilgan ruscha tarjimasidan oʻgirgan.

I qismning oʻzbekcha tarjimasiga Hamid Gʻulom kirish soʻz yozgan. I qismni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Omon Matjon – muharrir, Javlon Umarbekov – rassom, M. Mirqosimov – texnik muharrir, G. Frolov – rasmlar muharriri, Sh. Sobirova – musahhih. Kitob adadi – 10 000 nusxa.

II qism

tahrir

Tragediyaning I qismini Vohidov 1955-yil Moskva shahrida Badiiy adabiyot davlat nashriyotida (ruscha: Государственное издательство художественной литературы) chop etilgan ruscha tarjimasidan oʻgirgan. Ibrohim Gʻafurov II qism uchun soʻng soʻz va izohlarni yozgan. II qismni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Omon Matjon – muharrir, Javlon Umarbekov – rassom, T. Mirqosimov – texnik muharrir, N. Xoliqov – rasmlar muharriri, Sh. Sobirova – musahhih. Kitob adadi – 10 000 nusxa.

Yangi asr avlodi

tahrir

2015-yil „Faust“ tragediyasining Vohidov oʻgirgan oʻzbekcha tarjimasi bir jildli kitob oʻlaroq „Yangi asr avlodi“ nashriyotida chop etildi. Yangi nashr uchun Vohidov kirish soʻz yozgan. Asar rasmlarini Ivan Kiriakidi chizgan.

Manbalar

tahrir
  1. „„Faust“, Yangi asr avlodi NMM“. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 30-dekabr.[sayt ishlamaydi]
  2. Yusupova, S. „Soʻz durlarin termoqdir ishi: Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bibliografik sharh“. Ahmad Fargʻoniy nomidagi Fargʻona viloyat axborot-kutubxona markazi (2016). Qaraldi: 2020-yil 30-dekabr.

Havolalar

tahrir