Fayol Anri
Fayol Anri (1841-yil – 1925-yil) – fransuz olimi va muhandisi, ilmiy boshqarish nazariyasi, menejment fani asoschilaridan biri. 30 yil (1888— 1918) mobaynida fransuz togʻ-kon metallurgiya kompaniyasi („Comamhaulf“) ning rahbari boʻlib ishlagan. Fayol Anri 1918-yilda Maʼmuriy tadqiqotlar markazini tashkil etgan.
Fayol boshqaruv faoliyatini boshqa faoliyat turlaridan ajratgan holda uni tashkil qilishning umumiy qoidalarini ishlab chiqdi, birinchilardan boʻlib boshqaruv nazariyasining shakllanishiga asos soldi. U boshqaruv idorasi bajaradigan 5 ta maʼmuriy funksiyani: taxmin qilish, rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazoratni ajratib koʻrsatdi. Boshqaruv vazifalari: 1) texnika (texnologiya) sohasidagi faoliyat; 2) tijorat faoliyati (resurslarni xarid qilish, tayyor mahsulotni sotish, ayirboshlash); 3) moliyaviy faoliyat (kapital qidirish va uni samarali ishlatish); 4) himoyaviy faoliyat (mulkni va shaxsni himoya qilish); 5) hisobkitob sohasidagi faoliyat (taftish, molmulkni hisobdan oʻtkazish, balans hujjatlarini yuritish, sarfxarajatni hisobga olish, statistika hisobotini amalga oshirish); 6) maʼmurlik (shaxsiy tarkibga taʼsir koʻrsatish, vazifalar, buyruqlar berish, ishga kabul qilish, ishdan boʻshatish). Fayol tashkiliy rejalashtirish masalasiga alohida eʼtibor bergan. Asosiy asari 1916-yilda yozilgan „Umumiy va sanoat maʼmuriyati“ kitobi. Fayol Anri qarashlari boshqaruv tizimini yaratish va boshqaruv tarkibini shakllantirishning meʼyoriy konsepsiyasini asoslashga xizmat qiladi. Sadir Salimov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |