Felipe Abdiel Baloy Ramírez (talaffuzi: Felipe Baloy) 1981-yil 24-fevralda Panamada tugʻilgan. Panamalik futbolchi himoyachi. U Panama terma jamoasida oʻynagan. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi. 

Felipe Baloy Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Felipe Abdiel Baloy Ramírez
Taxallusi

Pipe, Machacado

Tugʻilgan

24 fevral 1981-yil(1981-02-24)[1][2]

(41 yosh)

Panama, Panama

Fuqaroligi
Boʻyi

185 cm

Vazni

84 kg

Pozitsiyasi

himoyachi

Hozirgi jamoasi
Klub

karyerasini yakunlagan

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Felipe katta oilada oʻsgan, uning etti akasi bor. U poytaxtning shimoli-sharqidagi San-Migelitoning Cerro Batea mahallasida oʻsgan. Baloy o‘rtoqlari bilan ko‘p vaqtini hovlida futbol o‘ynab o‘tkazardi. Felipe boshlangʻich va oʻrta maktabni tugatgan, lekin hech qachon kollejga bormagan va futbolchilik faoliyatini tanlagan.

Felipe Abdiel Baloy Ramírez Panama terma jamoasining jahon chempionatidagi birinchi goli muallifi.

Jamoalardagi faoliyati

tahrir

18 yoshida Baloy faoliyatini „Eurokickers“ klubida boshlagan, ammo mavsum oxirida jamoa quyi ligaga tushib ketgan va Felipe oʻzining tugʻilgan shahridagi „Sporting 89“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Yangi jamoada yurgan kezlarida, uning iqtidorini yoshlar terma jamoasi murabbiylari payqab, terma jamoa oʻyinlariga jalb qilishdi. Yoshlar jamoasi safida Baloyga kolumbiyalik skautlar yoqdi va tez orada „Envigado“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 19 yoshli Felipe yosh boʻlishiga qaramay, darhol jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylandi. Uning muvaffaqiyati eʼtibordan chetda qolmaydi va 2000/01-yilgi mavsum tugagandan soʻng u „Independiente Medellin“ga oʻtadi. Yangi jamoada Baloy ham butun mavsumni deyarli hech qanday almashtirishlarsiz oʻtkazadi, 38ta oʻyinda qatnashadi va 12ta gol urdi, shuningdek, Libertadores kubogida debyut qiladi va u yerda jamoa bilan yarim finalga yoʻl oladi. Chorak finalda „Independiente“ Braziliyaning „Gremio“ jamoasini magʻlub etdi. „Gremio“ ustozi panamalik himoyachidan qoyil qoldi va mavsum oxirida uni jamoasiga taklif qildi.

Xalqaro karyerasi

tahrir

Felipe 2001-yilda Argentinada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun saralash oʻyinlarida ishtirok etgan Panama yoshlar jamoasida oʻynay boshladi. Jamoa tarkibida iqtidorli futbolchilar koʻp boʻlishiga qaramay, jahon chempionatiga chiqa olmadi.

2016-yilda Baloi beshinchi marta Amerika kubogi uchun tarkibga kiritildi. Turnirda u Boliviya va Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[3][4].

2018-yilda Baloy Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Angliyaga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[5]. Ushbu jangda Felipe gol urdi va bu panamaliklarning jahon chempionatlarida urgan birinchi goli boʻldi.

Jamoalari

tahrir
Nomi Mamlakat Mavsum
Euro Kickers   Panama 1998-2000
Sporting   Panama 2000
Envigado F. C.   Kolumbiya 2001-2002
Independiente Medellín   Kolumbiya 2003
Grêmio   Braziliya 2003-2004
Atlético Paranaense   Braziliya 2005
Monterrey   Meksika 2005-2009
Santos Laguna   Meksika 2009-2013
Monarcas Morelia   Meksika 2014-2015
Atlas   Meksika 2015-2016
Rionegro Águilas   Kolumbiya 2016
Tauro   Panama 2017
Municipal   Gvatemala 2017-2018

Manbalar

tahrir
  1. Felipe Baloy // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. FELIPE ABDIEL BALOY // Base de Datos del Futbol Argentino (isp.)
  3. „Панама VS. Боливия 2:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 7-iyun). 2016-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
  4. „Аргентина VS. Панама 5:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 11-iyun). 2016-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
  5. „Англия VS. Панама 6:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 24-iyun). 2018-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-iyul.