Fenoksimetilpenitsillin
Fenoksimetilpenitsillin (Phenoxymethylpenicillin, Penitsillin V) — tabiiy kelib chiqishga ega penitsillinlar guruhiga mansub boʻlgan b-laktam antibiotikidir. U ham benzilpenitsillin kabi b-laktamazalar taʼsiriga chidamsiz.
Farmakoterapevtik guruhi
tahrirFarmakologik xususiyatlari:
— preparat bakteriyalarning boʻlinish jarayonini bostirish orqali antibakterial taʼsir koʻrsatadi, bu esa bakteriyalarning oʻlimiga olib keladi;
— fenoksimetilpenitsillin ovqat hazm qilish tizimida yaxshi va tez soʻriladi;
— qondagi preparatning terapevtik kontsentratsiyasi organizmga kiritilgandan 30 daqiqadan soʻng hosil boʻladi va 6-8 soat davomida saqlanib qoladi;
— platsentar baryerdan oʻta oladi, ona sutiga kirib boradi;
— Organizmdan asosan siydik bilan chiqarib yuboriladi.
Qoʻllashga koʻrsatmalar
tahrirU fenoksimetilpenitsillinga sezgir mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan yuqumli kasalliklarni, shu jumladan surunkali bronxit, pnevmoniya, tonzillit va surunkali tonzillitning kuchayishi kabi kasalliklarni, oʻrta otit, teri va yumshoq toʻqimalar kasalliklari (rojasimon yalligʻlanish, streptodermiya va piodermiya) davolash uchun ishlatiladi; yuqumli kasalliklar: gonoreya, sifilis, qoqshol, kuydirgini davolashda ham ishlatiladi. Bu preparat angina va surunkali tonzillit, xususan, oʻtkir revmatik isitma, kichik xoreya, bakterial endokardit, glomerulonefritda asoratlarni oldini olish uchun asosiy dorilardan biridir. Preparat difteriya tashuvchanlikda, shuningdek, kichik jarrohlik aralashuvlardan soʻng (tishni olib tashlash, bodomsimon bezni olib tashlash) bakterial endokarditning oldini olish uchun ishlatiladi.
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
tahrirPenitsillinlarga, sefalosporinlarga, karbapenemlarga yuqori sezuvchanlikda, ovqat hazm qilish traktida soʻrilish buzilgan holatlarda fenoksimetilpenitsillin taʼqiqlanadi. Oshqozon-ichak traktining ogʻir kasalliklari qusish va diareya bilan birga kelganda ham preparat qoʻllanilmaydi.
Qoʻllash boʻyicha ehtiyot choralari
tahrirPreparatni allergik diatez va bronxial astma bilan ogʻrigan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak. Homiladorlik paytida va emizish paytida fenoksimetilpenitsillinni qabul qilish mumkin, ammo davolanishni boshlashdan oldin uni qoʻllashning ona uchun kutilayotgan foydasi va homila yoki bola uchun potentsial xavfini diqqat bilan baxolash kerak.
Buyrak yetishmovchiligi boʻlsa, dozani kamaytirish yoki dozalar orasidagi intervalni oshirish kerak.
Sefalosporin antibiotiklariga (sefaleksin, sefazolin, seftriakson, sefotaksim va boshqalar) allergik reaksiyasi boʻlgan bemorlarda fenoksimetilpenitsillinga ham oʻzaro kesishuvchi allergiya boʻlishi mumkin.
Dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri
tahrirAgar siz boshqa dori vositalarini qabul qilsangiz, albatta shifokoringizga xabar bering.
Ichimlik sodasi (natriy bikarbonat) ichakda fenoksimetilpenitsillinning soʻrilishini kamaytiradi. Sulfadimetoksin, biseptol kotrimoksazol, tetratsiklin, doksisiklin, levomitsetin, eritromitsin kabi bir qator boshqa antibakterial preparatlar bilan birgalikda foydalanish ushbu dorilarning samaradorligini oʻzaro kamaytiradi. Fenoksimetilpenitsillinni gormonal kontratseptivlar bilan bir vaqtda qoʻllash bilan uning samaradorligi pasayadi. Asetilsalitsil kislotasi va indometatsin fenoksimetilpenitsillinning buyraklar tomonidan chiqarilishini sekinlashtiradi va shu bilan bemorning tanasida uning taʼsirini uzaytiradi.
Maxsus koʻrsatmalar
tahrirFenoksimetilpenitsillinni uzoq muddat qoʻllanilganda vaqti-vaqti bilan qonning nazorat tekshiruvini oʻtkazish va buyraklarning funksional holatini baholash kerak.
Qoʻllash usuli va dozalash
tahrirFenoksimetilpenitsillin och qoringa, ovqatdan 30-60 daqiqa oldin yoki 2 soat keyin ogʻiz orqali qabul qilinadi. Bolalar uchun doza shifokor bilan maslahatlashib tanlanadi.
Kattalar kuniga 3-4 marta 2-3 tabletkadan (0,5-0,75 g) qabul qilishadi, maksimal sutkalik dozasi 16 tabletka (4,0 g). Davolashning davomiyligi kamida 5-7 kun; β-gemolitik streptokokklar keltirib chiqaradigan infeksiyalarda — 7-10 kun.
Revmatik xurujlarning va/yoki kichik xoreyaning takrorlanishini oldini olish uchun kuniga 2 marta 2 tabletkadan (0,5 g) ichiladi.
Streptokokk infeksiyalarini oldini olish va kichik jarrohlik aralashuvlaridan keyin endokarditni oldini olish maqsadida qoʻllanganda doza shifokor maslahatiga koʻra aniqlanadi.
Nojoʻya taʼsirlari
tahrirFenoksimetilpenitsillin juda havfsiz dori boʻlib, bemorlar tomonidan yaxshi oʻzlashtiriladi. Ammo baʼzida diareya, oʻrtacha koʻngil aynishi, til va milklarning yalligʻlanishi, bosh ogʻrigʻi, baʼzi hollarda terida allergiya (qichishish, toshmalar, qizarish) namoyon boʻlishi mumkin. Ushbu va boshqa nojoʻya reaksiyalarning paydo boʻlishi bilan preparatni qoʻllashni toʻxtating va darhol shifokor bilan maslahatlashing!
Yaroqlilik muddati. 4 yil.
Paketda koʻrsatilgan yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin dori vositasidan foydalanish taqiqlanadi.
Preparat yaroqsizligining vizual belgilari: tabletkalar rangining oʻzgarishi (normada oq boʻladi).
Saqlash sharoitlari
tahrirQuruq, qorongʻi joyda 15 °C dan 25 gacha °C haroratda saqlang. Bolalarning qoʻli yetmaydigan joyda saqlang.
Tavsiya etish qoidasi
tahrirRetsept boʻyicha.
Eslatmalar
tahrirHavolalar
tahrir- Dori-darmonlar uchun qoʻshimchalar toʻplami[sayt ishlamaydi] (mavjud havola)