Ferka lazer jarrohlik operatsiyasi

Ferka — (prk) lazer jarrohlik operatsiyasi ilmiy nomi fotorefraktiv keratoktonomiya hisoblanadi. Ushbu turdagi jarrohlik ko'rish qobiliyati bilan kelib chiqadigan muommolarni bartaraf etishga yordam beradi. Davolashda lazerdan foydalaniladi. Ferka yordamida oftalmologlar ko'z shox pardaning shaklini o'zgartirish uchun foydalanishadi. Bu jarrohlikning lasik jarohligidan farqi ferkada shox pardaning qopqog'i kesilmaydi ,asosan, ko'z shox pardasi yupqa bemorlar uchun yaxshi tanlov hisoblanadi. Va bu operatsiya faqat 18 yoshdan katta bo'lgan bemorlarda amalga oshiriladi. Operatsiya hech qanday narkozlarsiz o'tkaziladi. Operatsiyadan so'ng ko'zga dam bermoq kerak,uxlash operatsiyadan 3 soatdan so'ng ko'z tomchi vositalarini tomizgangan so'ng ruxsat beriadi. Va tinchlantiruvchi,og'riq qoldiruvchidori vositalarini qabul qilish mumkin. Operatsiyadan keyingi dastlabki kunlarda quyidagi belgilar bezovta qilishi mumkin:ko'z oldida tuman,ko'z qizishi,yot modda va qum to'lgan hisi, achishish va qizishish, ko'zni shishib ketishi va 3 kungacha deyarli ocha olmaslik. Birinchi 3 kun orasida ko'zga qo'l bilan tegish, bosish,artish, va ko'zni qattiq qisish ta'qiqlanadi. Operatsiyaning 1-kuni quyoshdan himoyalovchi ko'zoynaklarni xatto uxlab yotgan vaqtda ham yechish tavsiya etilmaydi. ular ko'zni mehanik shikastlanish va yorqin nurdan himoyalaydi. Operatsiydan keyin ko'zga kontak linza taqilgan bo'lsa uni tushib qolishiga yo'l qo'ymaslik kerak,tushib qolsa qayta solib bo'lmaydi. Operatsiyadan so'ng 1 oy davomida ko'zga suv tegizmaslik, suzish havzalari va saunalarga kirish taqiqlanadi. Birinchi 2 4 hafta mobaynida ko'rishda xiraliklar bo'lishi mumkin va bu holat 5 haftada o'tib ketadiva ko'zning ko'rish qobiliyati yaxshilanadi. ==manbalar==

httsp/:www.aao.org