Vikipediya:Tezda oʻchirish mezonlari

(Vikipediya:TOʻMdan yoʻnaltirildi)

Baʼzi hollarda, administratorlar Vikipediya sahifalarini oldindan ogohlantirmasdan, hatto bu sahifalar muhokamaga qoʻyilgan boʻlsa ham oʻchirib tashlashi mumkin. Bunday holatlarning barchasi quyida keltirilgan. Roʻyxat toʻliq keltirilgan boʻlib, kengaytirilgan talqin qilinishi mumkin emas. Roʻyxatga oʻzgartirish kiritish uchun har bir oʻzgartirish elementi boʻyicha muhokama oʻtkazilishi kerak.

Tezda oʻchirishga qoʻyish

tahrir

Sahifani tezda oʻchirishga qoʻyish uchun, quyidagi andozalardan birini, yoki sababini koʻrsatgan holda {{d|sabab}} andozasini qoʻyish kerak. Andozani tezda oʻchirishga qoʻyganda <noinclude>{{tezda oʻchirish andozasi}}</noinclude> konstruksiyasidan foydalanish lozim (aks holda tezda oʻchirishga qoʻyilgan andozadan foydalanilgan barcha sahifalar tezda oʻchirishga qoʻyilib qoladi).

Tezda oʻchirishga qoʻyishni yengillashtiruvchi skript va gadjetlar mavjud:

1) rfsd.js skripti — fayllardan tashqari barcha turdagi sahifalarni tezda oʻchirishga qoʻyish uchun. special:mypage/common.js sahifasiga quyidagi qatorni qoʻshish orqali ulanadi:

importScript('User:Xusinboy Bekchanov/rfsd.js');

Skript ochiluvchi menyuda „Tezda oʻchirishga“ nomli yangi band (Vector foydalanuvchilari uchun) yoki qoʻshimcha varaqa yaratiladi. Uni bosgandan keyin Tezda oʻchirish mezonlari roʻyxatidan birini tanlang (zarur hollarda qoʻshimcha maʼlumotlarni kiritgan hollarda) va OK bosing.

Oʻchirish

tahrir

Oʻchirishdan oldin tahrirlar tarixini koʻzdan kechirish lozim va joriy versiyasi normal versiyaning vandal, test, tasodifiy yoki xato tahriri emasligiga ishonch hosil qilish kerak, — bunday holatlarda sahifani normal versiyasiga qaytarish kerak.

Yaqindagina yaratilgan maqolalarni oʻchirish yoki oʻchirishga belgilashdan saqlanish lozim — ayrim mualliflar maqolalarning joriy versiyasini saqlagan holda davriy bir necha bosqichda yaratishadi. Maqolani tezda oʻchirishga belgilash vaqtida uning ustida hali ishlanayotgan boʻlishi mumkin, va bunday belgi muallifni choʻchitib qoʻyishi mumkin, ayniqsa yangi boʻlsa. Yana bir mustasno Vikipediya:Qumloq hisoblanadi.

Agar sahifa quyida koʻrsatilgan mezonlarga mos kelmasa, u holda uni oʻchirish uchun Vikipediya:Oʻchirishga sahifasida keltirish kerak.

Mezonlar roʻyxati

tahrir

Umumiy

tahrir

Ular maʼlum mezonlarga kiritilgan istisnolardan tashqari barcha turdagi sahifalarga qoʻllaniladi va shuning uchun bu maqolalar, yoʻnaltirishlar, maxsus sahifalar, munozara sahifalar, fayllar va shu kabilarga tegishlidir.

U1. Maʼnosiz

tahrir

Maʼnosiz, yaʼni tayinli maʼlumot bermaydigan, tushunarsiz belgilar ketma-ketligi (masalan, asdafbs bsnmgbasg s ADADFAF agbcxbxcb kabilar).

U2. Test sahifalar

tahrir

Vikipediyaning texnik imkoniyatlarini sinash uchun yaratilgan sahifa, buning uchun maxsus moʻljallangan sahifalar bundan mustasno.

U3. Vandalizm

tahrir

Shu jumladan aniq yolgʻon, shuningdek vandalizm oqibatlarini bartaraf etish paytida yaratilgan vaqtinchalik yoʻnaltirishlar.

U4. Avval oʻchirilgan sahifani asossiz tiklangan nusxasi

tahrir

Ushbu mezon munozara asosida avval oʻchirilgan sahifaning asossiz tiklangan nusxalariga nisbatan qoʻllaniladi.

U5. Bloklangan foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan sahifalar

tahrir

Ushbu mezon bloklangan foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan sahifalarga nisbatan qoʻllaniladi.

U6. Sahifa muallifi istagi bilan

tahrir

Ushbu mezon biror sahifani uni yaratgan foydalanuvchi (yaʼni, shu sahifa muallif) oʻchirilishini iltimos qilgan hollarga nisbatan qoʻllaniladi (bunda, sahifa shu muallif tomonidan yozilgan boʻlishi va oʻchirish sababi koʻrsatilishi lozim).

U7. Koʻchirish imkoniyatini yaratish uchun

tahrir

Sahifani koʻchirish yoki tahrirlar tarixini birlashtirish uchun. Ushbu amal eʼtiroz uygʻotmasligi yoki oldindan kelishuv asosida qilinishi lozim.

U8. Mavjud boʻlmagan yoki oʻchirilgan sahifaga bogʻliq sahifalar

tahrir

Misollar:

  • Tegishli mavzu sahifasi boʻlmagan munozara sahifalari
  • Asosiy, bosh sahifasi boʻlmagan ostsahifalar
  • Mavjud boʻlmagan sahifalarga yoʻnaltirish qoldirilgan yoʻnaltiruvchi sahifalar

Andozalar:

U9. Kamsituvchi va shundan boshqa maqsadlarga xizmat qilmaydigan sahifalar

tahrir

Ushbu mezon boʻhton, tahdid, taʼqib yoki qoʻrqitish uchun moʻljallangan materiallarni oʻz ichiga olgan sahifalarga nisbatan qoʻllaniladi.

U10. Reklama

tahrir

Bu faqat reklama uchun moʻljallangan sahifalarga taalluqli hisoblanadi. Agar mavzu diqqatga sazovor boʻlsa va kontentni neytral (betaraf) nuqtai nazardan yozilgan matn bilan almashtirish imkoni mavjud boʻlsa, bu sahifani saqlash oʻchirishdan koʻra afzaldir (albatta, qayta tahrirlansa).

U11. Mualliflik huquqlarining yaqqol buzilishi

tahrir

Bu mualliflik huquqlari bilan himoyalangan materialni biror-bir veb-saytdan hech qanday oʻzgartirishsiz matn koʻchirib qoʻyilgan hollarda, erkin litsenziyasiz, saqlashga arzigulik kontent boʻlmagan matnli sahifalarga nisbatan qoʻllaniladi. Batafsil tanishish uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari buzilishi sahifasiga qarang.

Maqolalar

tahrir

Ushbu mezonlar faqat asosiy nomfazoda boʻlgan sahifalarga (maqolalarga) nisbatan qoʻllaniladi.

M1. Ensiklopedik boʻlmagan qisqa maqolalar

tahrir

Masalan: Anvarning qizil rangli mashinasi bor.

M2. Butkul oʻzbekcha boʻlmagan yoki mashina tarjimasidan iborat maqolalar

tahrir

Butkul oʻzbekcha boʻlmagan maqolalar, agar ular yaqin orada tarjima qilinmasa. Shuningdek, tuzatib boʻlmas mashina tarjimasidan iborat maqolalar ham tezda oʻchirilishi mumkin.

M3. Faqatgina ishoratlardan iborat maqolalar

tahrir

Bu faqat turkumlardan iborat maqolalarni ham oʻz ichiga oladi.

M4. Boshqa Vikimedia loyihalaridan koʻchirib olib oʻtilgan maqolalar

tahrir

Masalan, boshqa Vikimedia loyihalaridagi (Vikilugʻat, Vikimanba va hk.) sahifalar matnini koʻchirib qoʻyish.

VP:U9ga qarang.

M6. Keng ommaga mashhur boʻlmagan kishilar, tashkilotlar, veb-saytlar, hodisalar haqidagi maqolalar

tahrir

Masalan: „Eshmat Toshmatov — universitet 1-kurs talabasi, 1990-yilda tugʻilgan“ va hk. Agarda maqola muallifi unda taʼriflangan obyektni mashhur, deb iddao etsa, munozara sahifasida bu iddaoni izohlashi shart.

VP:U11ga qarang.

M8. Avvaldan mavjud maqolaning nusxasi boʻlgan maqolalar

tahrir
  • {{Db-same|maqola=Mavjud maqola nomi}}

Yoʻnaltirishlar

tahrir

Yoʻnaltirish (redirect) bir sahifadan boshqasiga avtomatik yoʻnaltiradi.

Y1. Mavjud boʻlmagan maqolaga yoʻnaltirish

tahrir

VP:U8ga qarang.

Y2. Boshqa boʻlimga yoki maqola sohasiga yoʻnaltirish

tahrir

Y3. Nomda xatosi bor yoʻnaltirish

tahrir


Fayllar

tahrir

Ushbu mezonlar faqat fayllarga nisbatan qoʻllaniladi.

F1. Litsenziyasi nomaʼlum fayllar

tahrir

F2. Birorta maqolada ishlatilmagan noerkin fayllar

tahrir

F3. Foydalanish asosi koʻrsatilmagan noerkin fayllar

tahrir

F4. Vikiomborda mavjud tasvirlar

tahrir

Turkumlar

tahrir

Ushbu mezonlar faqat turkum sahifalarga nisbatan qoʻllaniladi.

T1. Boʻsh turkumlar

tahrir

T2. Nomi imlo xatosi bilan yozilgan turkumlar

tahrir

Foydalanuvchi sahifalari

tahrir

Ushbu mezonlar faqat Foydalanuvchi: va Foydalanuvchi munozarasi: nomfazosida boʻlgan sahifalarga nisbatan qoʻllaniladi.

FS1. Foydalanuvchi iltimosi bilan

tahrir

Shaxsiy foydalanuvchi sahifalar va ularning ostsahifalari uchun (foydalanuvchi munozara sahifalari uchun emas).

FS2. Mavjud boʻlmagan foydalanuvchi uchun yaratilgan sahifa

tahrir

Mavjud boʻlmagan foydalanuvchilar foydalanuvchi sahifalari, ostsahifalari va munozara sahifalari uchun.

FS3. Anonim foydalanuvchilar sahifasi va ularning munozara sahifalari

tahrir

Istisno: munozara sahifasida muhim predmet muhokama qilingan boʻlsa, qoldirish zarur.