Fetang jangi
Fetang jangi (ozarbayjoncha: Fetəng döyüşü) – Oʻrta Osiyoga yurishi davrida Nodirshohning Xiva xonligi hukmdori Elbarsxon II bilan jangi[1].
Fetang jangi | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Nodirshohning Markaziy Osiyoga yurishi | |||||||||
| |||||||||
Raqiblar | |||||||||
Afshoriylar sulolasi | Xiva xonligi | ||||||||
Qoʻmondonlar | |||||||||
Nodirshoh | Elbarsxon II |
Tarixi
tahrirNodirshoh Hindistondaligida Xiva xonligi vaqti-vaqti bilan Xurosonga hujum qilib, talon-taroj qilganlar. Bunga javoban Nodirshohning Xurosondagi valiahdi Rizoquli Mirzo O‘rta Osiyoga yurish qilib, gʻalaba qozonadi. Ammo Nodirshoh unga hujumlarni davom ettirishiga imkon bermagan. Chunki uning maqsadi qaytib kelib, oʻz qoʻmondonligi ostida katta yurish olib borish boʻlgan.
Hindistondagi katta gʻalabadan qaytgan Nodirshoh endi yurish navbatini Oʻrta Osiyoga qaratadi. U Buxoro xoni Abulfayzxon va Xiva xoni Elbarsxon II ni boʻysundirishni maqsad qilgan edi. 1740-yil oxirida Abulfayzxon magʻlubiyatga uchradi. Nodirshohga magʻlubiyatga uchragach, unga boʻysunishini maʼlum qilgan Abulfayzxon Turkiston bekligining taxtiga oʻtqaziladi. Elbarsxonga shunday taklif qilingan boʻlsa-da, u buni rad etgan.
Jangdan oldingi vaziyat
tahrirNodirshoh hali Buxorodaligida, Elbarsxonga Abulfayzxon kabi yoʻl tutishni iltimos qilgan holda xat yozgan, lekin bu taklif rad etilgan. Elbarsxon ham Muhammadalixon Kidil boshchiligida oʻzbek, orol, turkman yovmutlari otliq qoʻshinlaridan iborat 30 ming kishilik otryadni Chorjoʻyga yuborishga qaror qilgan. Bu otryad Chorjoʻyga Nodirshoh qoʻshinidan oldin yetib borsishi, Amudaryo oʻtish joyini vayron qilib, shu bilan Nodirshoh qoʻshinlarining daryodan oʻtishini qiyinlashtirsishi lozim boʻlgan. Elbarsxon Muhammadalixon boshchiligidagi qoʻshini bilan Nodirshoh qoʻshinlarini tarqatib yuborishiga va uni chekinishga majbur qilishiga ishonchi komil boʻlgan. Bu qoʻshin Chorjoʻydan 6 chaqirim uzoqlikka yetganda, Nodirshoh vaziyatdan xabar topdi. Amudaryoning Chorjoʻydagi oʻtish joyini qoʻlga kiritish Nodirshohning Xorazmga yurishini murakkablashtirishi aniq boʻlgan. Shuning uchun Nodirshoh qoʻshinining yuk va taʼminot qismini qoldirib, tajribali jangchilar guruhi bilan Chorjoʻy tomon harakatni tezlashtirgan. Yuk va aslahalar hamroh boʻlgan qolgan otryad bilan davom etib, Chorjoʻyda Nodirshohga qoʻshilishi kerak edi. Bu otryadga rahbarlik Rizoqul Mirzoga ishonib topshirilgan. Nodirshoh boshchiligidagi otryadda 20 ming askar boʻlgan. Bundan tashqari, Nodirshoh Marv beylarbeyi Muhammadrizoxon Qirxliga xabar yuborib, Chorjoʻy atrofini qoʻriqlash uchun tayinlangan uch ming kishilik Marv otryadi bilan unga qoʻshilishini tayinlagan. Marv aholisi turkman yoki oʻzbek qabilalari bilan doimiy dushmanlikda boʻlganligi uchun Nodirshoh bu qabilalarga qarshi Marv otryadidan foydalanishni foydali deb hisoblagan{sfn|Süleymanov|2001|pp=398-399}}.
Nodirshoh ham Elbarsxonning kuchli va samarali qoʻshini borligini bilgan. Shuning uchun, Charjoʻyga kelganda, u dushman qoʻshinlarni qanotlar, orqa va old tomondan siqishni rejalashtirgan, shuningdek, oʻz qoʻshinlarining ixcham harakatlanishini taʼminlagan. Vaqt oʻtib, Nodirshoh Chorjoʻyga yetib, Amudaryoni kesib oʻtadi va narigi qirgʻoqda qarorgoh quradi. Bir kundan soʻng qolgan kuchlar yetib kelib, unga qoʻshilganlar. Chorjoʻyga yetib borgan Nodirshoh Rizoqul Mirzoning qaytib ketishiga ruxsat bergan. Chorjoʻyda zarur tashkiliy ishlarni tugatgan Nodirshoh qoʻshini bilan Devaboynu vodiysi degan joyga koʻchib oʻtadi. Ketishdan oldin qoʻshinni qayta toʻplagan va butun qoʻshin toʻrtta katta guruhga boʻlingan. Ushbu guruh orqasida qoʻshinlarning asosiy qismi oldinga siljigan. Qolgan ikki guruh qanot qoʻriqchilari guruhlarini tashkil etganlar. Bundan tashqari, 6000 kishilik otryad qirgʻoq boʻylab harakatlanib, daryoda yuk olib ketayotgan kema xavfsizligini taʼminlagan. Devaboynu vodiysiga yetib kelganlarida Nodirshoh qoʻshinlarni toʻxtatishni buyurgan va uning buyrugʻi bilan qoʻshin kolonnasi yigʻilib, shohni qoʻriqlash uchun maxsus otryad ajratilgan. Nodirshoh Devaboynu vodiysiga 1740-yil oktyabr oyining oxirgi kunlarida yetib kelgan[2].
Har ikki qoʻshinning ilgʻor boʻlinmalari oʻrtasidagi jangda Nodirshoh boʻlinmalari gʻalaba qozongan[3].
Jang
tahrirQarama-qarshi tomonlar Fetang qal’asi yonida yuzma-yuz kelishgan. Jang boshlanishidan oldin ikkala tomon ham oʻz kuchlarini birlashtirganlar. Markaz, oʻng va chap qanotlar, pistirma va zaxira kuchlar aniqlangan, ularning har biri tajribali generallarga ishonib topshirilgan. 6000 nafar yovmut jangchilaridan iborat guruh Elbarsxon qoʻshinlari uchun aravalarda jang qilishda usta sifatida birinchilardan boʻlib jangga kirishgan. Ular Nodirshoh qoʻshinlarining harakat yoʻllarini kesib, jangning keskinlashuviga sabab boʻlgan. Yovmut jangchilari shu qadar qatʼiyat koʻrsatganlarki, ular frontning ikki yoʻnalishida Nodirshoh qoʻshinlarining qarshiligini yengib, oldinga siljishga muvaffaq boʻlganlar. Yovmutlarning yurishi xavfli boʻlib qolishiga yoʻl qoʻymaslik uchun Nodirshohning oʻzi zudlik bilan jangga qoʻshilgan va yovmut qoʻshinlarini kutib olish uchun oldinga chiqqan. Nodirshohga Afshor, Marv va Atak otliq qoʻshinlari hamroh boʻlib, ular doimo Yovmut va Turkiston otliqlarining talon-taroj bosqinlariga duchor boʻlib, yovmutlardan oʻch olish imkoniyatini kuti yurgan edilar. Bu harakati bilan Nodirshoh yovmutlar vaqtinchalik muvaffaqiyatga erishgan tomonda ustunlikka erishgan va tez orada bu kuch ustunligi harbiy ustunlikka aylangan. Oldinga oshiqayotgan yovmutlarga jiddiy zarba berilgan va ularning saflarida toʻlqin paydo boʻlgan. Nodirshohning jangga kirishi bilan jang maydonidagi keskinlik kuchaygan. Umuman olganda, Fetang qal’asi atrofida sodir boʻlgan voqealarning haqiqiy manzarasini yaratishning iloji boʻlmasa-da, maʼlumki, Nodirshoh jangda qatnashgan yoʻnalishda erishgan muvaffaqiyati umumiy natijaga taʼsir qilgan. Nodirshohning oʻjar qarshiliklariga uchragan yovmut jangchilari chekinishga majbur boʻlganlar, ularning harakatlari boshqa qoʻshinlarga ham taʼsir qilgan va Elbarsxon keyingi toʻqnashuvda Nodirshoh qoʻshinlarining jasorati oldida ojiz qolgan holda ortga qochishga majbur boʻlgan. Uning qoʻshinlarini taʼqib qilish paytida koʻpchilik oʻldirilgan va asirga olingan. Elbarsxon oʻz qoʻshinlarini Hazorasp qalʼasiga yaqinlashgan holda halokatdan saqlab qolgan[4].
Natija
tahrirBu jang natijasida Nodirshoh Elbarsxon qoʻshinlarini magʻlub etgan. Keyinchalik Elbarsxon panoh topgan Xazorasp va Xonqa qalʼalari (hozirgi Hazorasp va Xonqa shahrlari) Nodirshoh tomonidan bosib olingan. Nihoyat, Elbarsxon bor yoʻqotgach, Nodirshoh tomonidan asirga olinib, qatl ettirilgan.
Adabiyotlar
tahrir- Mehman Süleymanov. Nadir şah — 741-bet.
- Panoevna, Toshova Sharifa (2020-07-31). "Official And Unofficial Versions Of Bukhara's History: Comparative Analysis Of The Works Of "Tuhfa-Yi Shahi" And "Tarikh-I Salatin-I Manghitiya"". The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research 2 (7): 60–69. doi:10.37547/tajiir/Volume02Issue07-11. https://usajournalshub.com/index.php/tajiir/article/view.[sayt ishlamaydi]
Manbalar
tahrir- ↑ „ILBĀRS KHAN“. iranicaonline.org (2012). 2021-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15 iyul 2022.
- ↑ Süleymanov 2001, ss. 400.
- ↑ Panoevna 2020, ss. 62–63.
- ↑ Süleymanov 2001, ss. 401–402.