Fil toshbaqa
(Fil toshbaqasidan yoʻnaltirildi)
Fil toshbaqa (lotincha: Geochelone elephantopus) – quruqlikda yashovchi toshbaqalarning bir turi. 10 kenja turi maʼlum. Kosasining uzunligi 150 sm, boʻyi 60 sm. Voyaga yetganlarining ogʻirligi 100 (baʼzilari 400) kg. Erkagi urgʻochisiga nisbatan yirik bo'ladi. Fil toshbaqa Galapagos orollarida tarqalgan. Oʻsimliklar bilan oziqlanadi. 12–14 oygacha suvsiz va oziqsiz yashay oladi. Urgʻochisi noyabr–aprelda yerni oʻyib (40 sm chuqurlikda), 2–22 ta sharsimon oq tuxumini koʻmib qoʻyadi. Tuxumdan bolasi (70 g) 6–7 oyda chikadi. Mazali goʻshti, yogʻi va hayvonot bogʻlari uchun koʻplab ovlanganidan soni kamayib ketgan.
Fil toshbaqa | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||
| ||||||||||||||
Chelonoidis niger |
Adabiyotlar
tahrir- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.