Flaming June
Flaming June — 1895-yilda Ser Frederic Leighton tomonidan chizilgan kartina. Kartina 120×120 santimetrli kvadrat polotnoga moyboʻyoqda chizilgan. Ushbu rasmda rassom uyqudagi ayolni juda mohirona tasvirlagan. U Leightonning juda mashhur sanʼat asari boʻlib, rasmdan koʻplab posterlar va medialarda foydalanilgan.
Flaming June | |
---|---|
: ' | |
Rassom | Frederic Leighton |
Yil | 1895 |
Oqim | Moyboʻyoq tasviri |
Joylashuvi | Museo de Arte de Ponce, Ponce |
Flaming June 1930-yillarda yoʻqolgan va 1960-yillarda qaytadan topilgan. Koʻp oʻtmay, u Viktoriya davri kartinalarini sotish qiyin boʻlgan davrda kim oshdi savdosiga qoʻyilgan va 140 AQSh dollari evaziga (hozirgi 1126 dollar) sotilmagan. Kim oshdi savdosidan soʻng, kartina Puerto Rikodagi Ponce shahrida joylashgan Museo de Arte de Poncega sotilgan. Hozirda esa kartina 2025-yil 12-yanvargacha Londondagi Royal Academy of Artsga ijaraga berilgan[1].
Baholash
tahrirFlaming June birinchi marta Leightonning boshqa asarlaridan biri Summer Slumberda marmar vannani bezash uchun motiv sifatida boshlangan. U dizaynga shunchalik berilib ketganki, uni oʻziga xos rasm sifatida yaratishga qaror qilgan.
San’atshunos Andrew Graham-Dixonning so‘zlariga ko‘ra, „uning holati Michelangeloning Florensiyadagi Medici qabrlaridan biriga joylashtirgan Night haykalining holatidan ilhomlanib erkin tarzda modellashtirilgan, Leighton uni G‘arb san’atining eng katta yutuqlaridan biri deb hisoblagan“. Uyqudagi ayolning holati Leightonga katta muammo keltirgan. U ayolning qanday yotishi kerakligi haqida bir nechta eskizlarni chizgan; ayniqsa uning oʻng qoʻli burchagini tabiiy holatga keltirish uchun ancha ter toʻkkan. Uning harakatlari shuni koʻrsatdiki, Leighton ushbu natijaga erishishi uchun kartina kamida 4 marta evolyutsion eskizdan oʻtgan. Ushbu eskizlardan 3 tasi yalangʻoch holatda va 1 tasi kiyimli holatda boʻlgan[2]. Kiyimli figura hayotiy koʻrinishga ega boʻlgan[3].
Kelib chiqishi
tahrirKartinaning ilk egasi, The Graphic jurnali uni 1985-yil Yangi yil sovgʻasi tarqatish uchun yuqori sifatli muhit yaratish maqsadida sotib olgan. 1896-yil yanvarda Leighton vafot etganidan soʻng, kartinani uning ofisi oynasiga qoʻyishgan. 1900-yillar boshida u Ashmolean muzeyiga ijaraga berilgan, shundan keyingi uning joyi nomaʼlumligicha qolgan. Kartina 1960-yillarda Battersea uyining moʻrisidan qutiga solingan holda topilgan. Andrew Lloyd Webber keyinchalik kartinani Kings Road koʻchasidagi doʻkonda koʻrib qoladi, lekin uning buvisi ushbu kartinani „Men uyimda Viktoriya davri axlatini saqlamayman“ deb soʻralgan 50 funt sterlingga sotib olishni xohlamaydi[4].
1963-yilda puerto-rikolik taniqli sanoatchi va politik Luis A. Ferré Yevropa boʻylab Perto-Rikoda oʻzi tashkil qilgan Museo de Arte de Ponce muzeyiga kartina va haykallar sotib olish uchun sayohat qiladi.
Museo de Arte de Ponce kolleksiyasining bir qismiga aylanganidan soʻng, ushbu kartina mashhur sanʼat asari namunasi boʻlib qoldi. Shundan keyin u bir nechta muzeylarga, xususan 2008-yilda Madriddagi Museo del Pradoga, 2009-yilda Germaniyadagi Staatsgalerie Stuttgartga va 2015-yilda New York Citydagi Frick Collectionga ijaraga berilgan.
2016-yilda kartina Kensingtondagi Leighton uy-muzeyiga ijaraga beriladi va yaratilgan studiyasida namoyish etiladi.
2023-yilda u faqat Leightonga maʼlum boʻlgan moyboʻyoq yordamida rasm chizgan Ser David Verey tomonidan namoyish etildi.
Modellar
tahrirAyol tanasi oʻta ajoyib tasvirlanganligi tufayli, koʻpchilik ushbu kartinadagi ayol yuzi oʻsha davrdagi Leightonning sevimli ikki modeli: Dorothy Dene[5] yoki Mary Lloydlardan biri boʻlishi mumkinligi haqidagi taxminlar boʻlgan[6].
Manbalar
tahrir- ↑ „Flaming June“. Qaraldi: 2024-yil 24-aprel.
- ↑ Cf. T. Barringer & E. Prettejohn, Frederic Leighton: Antiquity, Renaissance, Modernity, Yale University Press (1999), s.v. "Flaming June".
- ↑ A. Weidinger, Magnificent Extravagance – Frederic, Lord Leighton's Flaming June 1894–95, Belvedere (2010), passim.
- ↑ Maev Kennedy.. „Leighton's Flaming June to go on display in studio where it was painted“. The Guardian (2016-yil 20-iyun).
- ↑ „Dorothy Dene: Lord Leighton's secret lover?“. The Daily Telegraph.
- ↑ Jill Berk Jiminez. Dictionary of Artists' Models. Routledge, 15 October 2013 — 593–-bet. ISBN 978-1-135-95914-2.