Favvora

sunʼiy bosim ostida yuqoriga otiluvchi suv oqimi
(Fontandan yoʻnaltirildi)

Favvora, fontan – sunʼiy bosim ostida yuqoriga otiluvchi suv oqimi va uni hosil qiluvchi inshoot. Dastlab Fontandan ichimlik suvi manbai sifatida ham foydalanilgan, keyinchalik shahar maydonlari, saroy va bogʻlarni bezash, havoni salqinlashtirish vositasi sifatida qoʻllangan. Fontanlar quduq, chashma, hovuz kabi suv inshootlari bilan boglik. Fontanda meʼmorlar tomonidan oqar suvning badiiyestetik jihatlari va shifobaxshligi namoyon qilingan. Ellinizm davrida meʼmoriy mujassamot markazini belgilashda daraxt, haykal bilan bir qatorda Favvoralar ham muhim urin tutgan (Gerkulanumlaph „terrasa“ uylari va boshqalar). Koʻpincha serhasham qilib quriladi. Fontanlarning bezak jihati Magʻribdagi haykaltaroshlik asarlari bilan bezatilgan Madinash az-Zahra saroy majmuasida, jez va tilladan ishlangan al-Humro saroyi fontanlarida oʻz aksini topgan. Shoh Abbos davrida Isfahon (Eron) xiyobonida koʻpgina hovuzlarni fontanlar jonlantirib turgan (XashtBihisht koʻshki oʻrtasidagi 8 qirrali hovuzda qurilgan fontan, Chihel sutun koʻshkida hovuz burchaklaridagi poyustunga ishlangan sher shaklidagi marmar haykalli fontanlar). Yevropada Upgʻonish davri va Barokko davrlarida saroybogʻlar mujassamotida fontanlar muhim oʻrin egallagan (mas, Tivolidagi d’ Estʼye villasi, 1550—1972, meʼmori P. Ligorio). Klassitsizmning serhasham fontanlari (Versaldagi Katta kanal, Appolon va Laton fontanlari, Petrodvoretspagi Katta kaskad kabilar) ulugʻvorligi bilan ajralib turadi. Turkiyadagi fontan – chashmalar uy devoriga tutash peshtoqsimon yarim doira shiypon yoki rotonda ichiga qurilgan. XVIII asrdan fontanlar ochiq maydonlarda murabba, koʻpburchak yoki doira tarhli qilib qurilgan, marmar bilan qoplanib, bejirim koʻrinishga ega boʻlgan; sirtlari ravoqlar, jez panjaralar bilan bezalgan (Turkiyaning Toʻpqopu saroyidagi fontan).

Oʻrta Osiyoda fontan qurilishi XIV-XV asrlarda keng rivojlangan. Amir Temur boglariga ishlangan fontanlar xaqida yozma maʼlumotlar saqlangan. Bu fontanlarga suvlar maxsus moslamalar (sopol quvurlar)dan kelib, hovuzlarga tushib ariqchalar orqali tashqariga oqib chiqqan. Hovuz atrofi har xil rangdagi marmar toshlar, rangbarang gullar tasviri bilan bezatilgan. Hovuzlarga quyiladigan ariqchalarning qirgʻoqlari ham marmar toshlar bilan qoplangan. Qoʻlyozma kitoblar (masalan, Nizomiyning „Xamsa“, Boburning „Boburnoma“ va boshqalar)ga ishlangan miniatyuralarda fontan namunalari aks ettirilgan.

Oʻzbekistonda fontan, asosan, madaniyat va istirohat bogʻlarida, shahar maydonlarida, jamoat binolari oldida bunyod etilgan (Toshkentdagi teatr maydoni, 1947; Xadra maydoni, 1952—1953; Navoiydagi „Farhod“ va „Oʻzbekiston daryolari“, 1970 va boshqalar). Mustaqillik maydonidagi fontanlar (1970—1974) katta texnik imkoniyatga ega boʻlgan, qator joʻmrakli, ajoyib manzarali murakkab muhandislik inshooti hisoblanadi.

Hozirgi zamon fontanlari fan-texnika yutuqlari asosida bunyod etilmoqda, Oqshomda ular harakatdagi rangli nurlar bilan yoritiladi. Suvning shovullash ovozi musiqiy ohanglar bilan muvofiqlashtiriladi.

Rasmlar

tahrir