Dalia Itzik

Itzik (2014-yil)
Isroil Mehnat partiyasi
Mansab davri
1992 – 1999-yillar
Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi
Mansab davri
1999 – 2001-yillar
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-oktyabr 1952-yil (1952-10-20) (72 yosh)
Isroil,Quddus
Siyosiy partiyasi Isroil Mehnat partiyasi

Dalia Itzik (1952-yil 20-oktyabr, Quddus) — Isroil sobiq siyosatchisi va davlat arbobi. 2006-2009-yillarda Knesset raisi[1].

Hayoti

tahrir

Dalia Itzik 1952-yil 20-oktyabrda Quddusda iroqlik muhojir Gershon va Marsela Balas oilasida tugʻilgan. Uning ota-onasi Isroilga ko'chib kelgan iroqlik yahudiylar edi. Uning oilasi kambag'al edi. Uning otasi ichkilikboz bo'lgan. U diniy litseyda o‘qigan va keyin o‘zini dindor deb e’lon qilib, Isroil Mudofaa kuchlariga chaqirilishdan qochgan. Dalia Itzik Quddusdagi ibroniy universitetini tamomlagan. Dalia Itzik adabiyot hamda tarixga qiziqqan. Bundan tashqari, u Gerzliyadagi fanlararo markazda huquqshunoslik boʻyicha bakalavr darajasini olgan. U oʻqituvchi boʻlib ishlagan, shu vaqt ichida Quddusdagi oʻqituvchilar kasaba uyushmasini boshqargan. Itzik Daliya oʻqituvchilar kasaba uyushmasi raisi lavozimini egallagan. U radioeshittirish departamenti direktorlar kengashi aʼzosi edi. Shu bilan birga, Dalia Itzik Avodah partiyasiga qoʻshildi va Quddus munitsipalitetiga saylandi.

Dalia Itzik Isroil elektr korporatsiyasi xodimi Denni bilan turmush qurgan. Ularning Ran, Uri va Adi ismli uchta farzandi bor. Ular Quddusning Ramat Sharet mahallasida yashaydi[2].

Parlament faoliyati

tahrir

1992-yilgi saylovlardan soʻng Dalia Itzik parlamentning taʼlim va madaniyat boʻyicha komissiyasi raisi lavozimini egallagan. 14-Knessetda u parlamentning Fan va texnologiyalar boʻyicha qoʻmitasi raisi boʻladi. 1999-yilda Dalia Itzik Ehud Barak hukumatida atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri sifatida faoliyat koʻrsatgan. 2001-yilgi saylovlardan soʻng Itzik Ariel Sharonning birinchi hukumatida Savdo va sanoat vaziri boʻldi. 2003-yilda, keyingi saylovlardan soʻng, leyboristlar koalitsiyaga kirmadi va Dalia Itzik 16-Knessetdagi muxolifat ishini muvofiqlashtiruvchi partiya fraktsiyasi raisi etib tayinlandi. 2005-yilda Avodah koalitsiyaga kirdi va Itzik aloqa vaziri lavozimini egalladi. 2005-yil 28-noyabrda Dalia Itzik Mehnat partiyasidan isteʼfoga chiqqanini eʼlon qildi va Shimon Peres va Xaim Ramondan keyin Kadimaga qoʻshilgan.

Knesset raisi

tahrir

Itzik 1992 yilda 13-Knessetga saylanishidan oldin Quddus merining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Dalia Itzik 2006-yilgi saylovlarda Kadima roʻyxatida 14-oʻrinni egallagan. Saylovda gʻalaba qozonganidan soʻng, Knessetning birinchi yigʻilishida Itzik Knesset raisi etib saylandi. Dalia Itzik bu lavozimni egallagan birinchi ayol sifatida tarixga muxirlandi. Hukumatning yuridik maslahatchisi Meni Mazouz mamlakat prezidenti Moshe Katsav oʻz vazifalarini bajara olmasligini eʼlon qilganidan soʻng (politsiya tomonidan jinsiy janjal boʻyicha tergov olib borilganligi sababli), Dalia Itzik qonunga muvofiq Isroilning muvaqqat prezidenti hisoblanadi. 2007-yil 1-iyulda Moshe Katsavning isteʼfoga chiqishi haqidagi ariza kuchga kiradi va Dalia Itzik Shimon Peresning rasmiy qasamyod qilgan kundan boshlab 15-iyulgacha Isroil prezidenti vazifasini bajaruvchisi boʻladi. Partiya roʻyxatida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgach, Itzik 2009-yilgi saylovlarda oʻz oʻrnini saqlab qolgan va keyinchalik partiya raisi boʻlgan.

Itzik 2014-yilgi Isroildagi prezidentlik saylovlarida qatnashib, 28 ovoz bilan uchinchi oʻrinni egalladi.

1988-yildagi avto halokat

tahrir

1988-yil 26-oktyabrda Dalia Itzikning mashinasi yoʻl-transport hodisasiga uchradi. Avto halokatda Likud Knesset aʼzosi Maykl Rayzerning mashinasi bilan toʻqnashagan. Natijada, Riser vafot etdi, Itzik esa ogʻir jarohat oldi. Dalia Itzik oʻshandan beri mashina hayday olmaydi[3].

Manbalar

tahrir
  1. Dalia Itzik becomes acting president The Jerusalem Post, 25 January 2007
  2. Naama Lanski.. „The Quality of Dalia“ (2007-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 14-yanvar.
  3. „חדשות NRG — כוח איציק“. 2005-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-iyun.