Foydalanuvchi:Ergashev1517/qumloq
Valeriy Borisovich Xarlamov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Taxallusi/Laqabi | Afsonaviy17 |
Fuqaroligi | SSSR |
Tavallud sanasi |
14.01.1948 Moskva, SSSR |
Vafot sanasi |
27.08.1981 Moskva - 1981-yil 27-avgust, Moskva viloyati, Solnechnogorsk yaqinidagi Leningradskoye shossesining 74-kilometri |
Faoliyat yillari | 1967—1981 |
Boʻyi | 1,73 m |
Vazni | 76 kg |
Turmush oʻrtogʻi | Irina Xarlamova |
Bolalari | Alexander Kharlamov, Bugonita Kharlamova |
Sport | |
Mamlakat | SSSR |
Pozitsiyasi | Himoyachi (shaybali xokkey) |
Klubi |
1967 CSKA 1967—1968 Zvezda (Chebarkul) 1968—1981 CSKA |
Murabbiy(lar)i | Kulagin, Boris Pavlovich |
Valeriy Borisovich Xarlamov (1948-yil 14-yanvar, Moskva – 1981-yil 27-avgust, Moskva viloyati, Solnechnogorsk yaqinidagi Leningradskoye shossesining 74-kilometri[1][2]) – Sovet xokkeychisi, 1967—1981-yillarda CSKA jamoasi hujumchisi. 1969 —1980-yillarda esa SSSR terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 1969-yilda SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi. Ikki karra Olimpiya chempioni (1972, 1976) va sakkiz karra jahon chempioni. SSSRning eng yaxshi xokkeychisi (1972, 1973). 1970-yillarda SSSRning etakchi xokkeychilaridan biri. Xarlomov nafaqat sovet ittifoqida, jahonda ham Xokkey tarixidagi eng yaxshi xokkeychilardan biri deya tan olingan. 1998-yilda Xalqaro xokkey federatsiyasining shon-sharaf zaliga kiritlgan[3]. 2005-yilda Torontodagi Xokkey shon-sharaf zali aʼzosi[3] .
Biografiyasi
tahrirTavvaludi
tahrirOtasi – Boris Sergeevich Xarlamov (26.06.1927—27.01.2010) – „Moskva Kommunar“ zavodining sinov mexanigi [4]. Onasi – Asli Ispan, Ispaniyaning Bilbao shahridan[5], asil ismi Karmen Orive-Abad (Carmen Orive Abad, laqabi Begoña, Begonia)[6] (1925—1987), 1937-yilda SSSRga olib ketilgan (fuqarolar urushi Ispaniya qochqinlari orasida), 1940-yillardan oʻsha zavodda revolver tokar boʻlib ishlagan.
Boris va Begonia ilk marta Kommunar zavodi raqs klubida tanishishadi. Oʻshanda Boris Xarlamov klubga urushdan oldin tanish boʻlgan ispan doʻsti bilan kelgan va u yerdan Valeriyning boʻlajak onasi bilan ketgan[7].
Valeriy Xarlamov 1948-yil 13 yanvardan 14-yanvarga oʻtar kechasi Moskvada tugʻilgan. Boris va Begoniya oʻsha kuni Kommunar zavodining yotoqxonasida edilar. Kech yaqinlashganda, Begonia tugʻruq vaqti boshlanganini his qiladi. Shoshilinch ravishda tez yordam zavod mashinasi chaqirilib, uni tug‘ruqxonaga olib borishadi. Oʻsha kuni tongda yosh Xarlamovlar oilasida oʻgʻil farzand dunyoga kelgan[8].
Xarlamovlar oʻz farzandlariiga Sovet sinovchi uchuvchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni Valeriy Chkalov sharafiga Valeriy deb ism qoʻyishadi. Boris va Begonia faqat yashash uchun ruxsatnomaga ega boʻlganliklari sababli farzandli boʻlishni rejalashtirishmagan edilar. Valeriy tugʻilgandan uch oy oʻtibgina, nikohlarini rasman roʻyxatdan oʻtkazishadi – Boris Xarlamov buni „Valeriy Xarlamov, muz ustidagi buqalar jangi“ hujjatli filmida aytib bergan.
1949-yilga kelib Xarlamovlar oilasida qiz farzand tugʻiladi va qizaloqa Tatyana deb ism qoʻyishadi.
Bolalik va yoshlik
tahrirValeriy Xarlamovning bolaligidan xokkey hamda futbolga judaham qiziqar va ular bilan muntazam shugʻullanar edi. Valeriy yetti yoshiligidayoq muz ustida konkida ucha boshlagan. Otasi tez-tez zavod jamoasi uchun maydonchada rus xokkeyi bilan shug;ullangan. Oʻgʻlini oʻzi bilan birga oʻyinga olib borgan[9].
1956-yilga kelib, 1937-yilda SSSRga kelgan ispanlar oʻz vatanlariga qaytish imkoniga ega boʻlgach, Valeriy onasi va singlisi bilan Ispaniyaga joʻnab ketadi, Ispaniyaga borgan Valeriy bir necha oy Bilbao shahrida yashaydi hamda shahar maktabida bir muddat taxsil olgan.
- ↑ „Семнадцать мгновений Харламова“. «Российская газета» (2006-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 17-fevral. ( at rg.ru Error: unknown archive URL 20171114181306 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Бобров, Мальцев и Харламов появятся в кошельках российских граждан“ (deadlink). Новости NEWSru.com (2009-yil 24-oktyabr). 2012-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-fevral. ( at newsru.ru Error: unknown archive URL 20140427053435 sanasida arxivlangan)
- ↑ 3,0 3,1 Dannie ob igroke ( at www.chidlovski.net Error: unknown archive URL 20210514062657 sanasida arxivlangan) na sayte „International Games of National Ice Hockey Team of the Soviet Union from 1954 to 1991 ( at www.chidlovski.com Error: unknown archive URL 20060529133336 sanasida arxivlangan)“(ingl.)
- ↑ Voenniy zavod, proizvodivshiy agregati dlya strelkovogo voorujeniya. S 1992 – OAO „Duks“ (http://www.militaryparitet.com/nomen/russia/pri/data/ic_nomenrussiapri/11/ ( at www.militaryparitet.com Error: unknown archive URL 20120407153946 sanasida arxivlangan)).
- ↑ Mifi i legendi Sovetskogo Soyuza ( at www.gazeta.ru Error: unknown archive URL 20160914193551 sanasida arxivlangan)
- ↑ Olimpizm. O materi Xarlamova ( at olimpismo2007.blogspot.com.es Error: unknown archive URL 20130609035903 sanasida arxivlangan) (na isp. yaz.); Ispanskie deti, evakuirovannie v SSSR (1937) (na isp. yaz.)
- ↑ . Bu voqiyani Boris Xarlamov „Valeriy Xarlamov, muz ustidagi buqalar jangi“ hujjatli filmida aytib oʻtgan.
- ↑ Po vospominaniyam Anatoliya Tarasova, Begoniya rodila sina v mashine: „I xotya shofyor gnal na prilichnoy skorosti, v роддом oni priexali s eщyo odnim passajirom – v puti u molodoy mami na svet poyavilsya sin“ (Tarasov A. V. Tri skorosti Valeriya Xarlamova // Levin B. M. Tri skorosti Valeriya Xarlamova. – M., 1984. – S. 13).
- ↑ Харламов Б. С. „Как рассказать мне о Валерии“, . Три скорости Валерия Харламова. М.: Физкультура и спорт, 1984 — 24-bet.