Foydalanuvchi:Gulshoda Safarova/Macmillan Publishers
Macmillan Publishers (ba'zan Macmillan Group deb ataladi; rasmiy ravishda Buyuk Britaniyada Macmillan Publishers Ltd va AQSHda Macmillan Publishing Group, LLC) - Britaniya nashriyot kompaniyasi. U an'anaviy ravishda Penguin Random House, Hachette, HarperCollins va Simon & Schusterlar bilan birgaik ingliz tilidagi "Big Five" nashriyotlaridan biri hisoblanadi. 1843- yilda shotlandiyalik aka-uka Daniel va Aleksandr Macmillan tomonidan Londonda asos solingan firma tezda Britaniyada yetakchi nashriyot sifatida o'zini namoyon qildi. Unda Viktoriya davri bolalar adabiyotining eng mashhur ikkita asari nashr etilgan: Lewis Carrolning (Lyuis Kerrol) Alice's Adventures in Wonderland ("Alisa mo‘jizalar mamlakatida") (1865) va Rudyard Kiplingning The Jungle Book ("Jungli kitobi") (1894)[1][2].
Birlashgan Qirollikning sobiq Bosh vaziri, Birlashgan Qirollikning sobiq Bosh vaziri, asoschilaridan biri bo'lmish Danielning nabirasi Harold Macmillan 1964-yildan 1986-yil dekabr oyida vafot etgunga qadar ushbu kompaniyaning raisi bo'lgan. 1999-yildan boshlab Makmillan Holtzbrinck Publishing Group kompaniyasining to'liq sho'ba korxonasi bo'lib, ofislari dunyo bo'ylab 41 mamlakat va o'ttizdan ortiq boshqa mamlakatlarda vakolatxonalari faoliyat yuritadi..
Tarixi
tahrirMacmillan 1843-yilda Londonda Shotlandiyaning Arran orolida ikki aka-uka Daniel va Aleksandr Macmillan tomonidan asos solingan nashriyotlardan biri hisoblanadi Aka ukalar uni yuritishda ishini davom ettirishda ikki xil aspektda ya'ni Daniel biznes bilan shug'ullangan, Aleksandr esa adabiy jihatlarga e'tibor qaratgan. Buning natijasida esa Charles Kingsley (1855), Thomas Hughes (1859), Francis Turner Palgrave (1861), Christina Rossetti (1862), Metthew Arnold (1865) va Lewis Carroll (1865) kabi taniqli mualliflarning ijod mahsullarini nashr etishga muvaffaq bo'lgan. Carrollning Aleksandr bilan 1863-yil 19-oktabrda Londonda birinchi marta uchrashgan[3]. Alfred, Lord Tennyson 1884-yilda, Tomas Hardiy 1886-yilda va Rudyard Kipling 1890-yilda ushbu ro'yxatga qo'shilgan[4].
Macmillan tomonidan nashr etilgan boshqa yirik yozuvchilar orasida B. Yeats, Rabindranath Tagore, Nirad C. Chaudhuri, Seán O'Casey, John Maynard Keynes, Charles Morgan, Hugh Walpole, Margaret Mitchell, C. P. Snow, Rumer Godden va Ram Sharan Sharma kabilar ham bor edi.
Yuqorida sanab o'tilgan adiblarning adabiy sarlaridan tashqari, kompaniya Nature (1869), Grove Dictionary of Music and Musicians (1877) va Sir Robert Harry Inglis Palgravening Dictionary of political Economy (1894–99) kabi doimiy tilda yuruvchi kitoblarni yaratdi.
GeorgeEdward Brett 1869-yilda Qo'shma Shtatlarda Macmillanning birinchi ofisini ochdi. 1896-yilda Macmillan o'zining AQShdagi operatsiyalarini Brett oilasiga, Grorge Platt Brett va kichik George Platt Brettga sotib, Amerikaning Macmillan Publishing kompaniyasini yaratdi. The Macmillan Company (keyinchalik Macmillan Inc.) nomi bilan ham tanilgan. Bizneslarining bo'linishiga qaramasdan, kichik George Brett va Garold Macmillan yaqin do'st bo'lib qolishdi. Macmillan Publishers Amerika kompaniyasi ulushini 1951-yilgacha, ya'ni undan voz kechgunga qadar saqlab qoldi. 1952-yilda Macmillan Amerika bozoriga St.Martin Press nomi bilan yana kirib keldi[5].
Kanadaning Macmillan kompaniyasi 1905-yilda tashkil etilgan va 1973-yilda Maclean-Hanter tomonidan sotib olingan. Bir nechta qoʻshilishlardan soʻng, Macmillan Canada 2002-yilda tarqatib yuborilgan va uni John Wiley & Co. sotib olgan[6].
1964-yilda siyosatdan nafaqaga chiqqandan so'ng, Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri, asoschilaridan biri Danielning nabirasi Harold Macmillan Macmillan Publishers raisi bo'ldi. U bu lavozimda 1974-yilgacha ishladi, u raislikni o'g'li Maurice Macmillanga[7] topshirdi. U Edward Heathning mag'lubiyatga uchragan hukumatida Paymaster General lavozimini tark etdi. Keyin Harold Macmillan 1986-yil dekabr oyida vafotigacha prezidentning faxriy lavozimini[8] egalladi[9]. Parlamentda muxolifatda bo'lgan bir paytda, u oilaviy firmada 1920-yildan 1940-yilgacha (kichik vazir bo'lganida) va yana 1945-yildan 1951-yilgacha kichik sherik sifatida ishlagan.
Ushbu kompaniya Germaniyaning Holtzbrinck Publishing Group kompaniyasi tomonidan 1999-yilda sotib olindi[10].
21-asrda
tahrirPearson Amerikada Macmillan nomini 1998-yilda, Simon & Schuster ta'lim va professional guruhini sotib olgandan so'ng, turli xil Macmillan Inc. mulklari va savdo belgilarini o'z ichiga olgan. Holtzbrinck uni 2001- yilda Pearsondan sotib olgan[11]. McGraw-Hill o'zining bolalar bog'chasini Macmillan/McGraw-Hill brendi ostida boshlang'ich maktab nomlari orqali sotishda davom etmoqda. 2007-yil oktyabr oyida Holtzbrinck Publishingning AQShdagi operatsiyalari o'z nomini Macmillanga o'zgartirdi[12]. Uning audio nashriyot izi Audio Renaissance dan Macmillan Audio ga o'zgartirildi va tarqatish tarmog'i Von Holtzbrinck Publishers Services dan Macmillan Publishers Services ga o'zgartirildi. Xuddi shu oyda Pan Macmillan ingliz bolalar noshiri Kingfisherni Houghton Mifflindan sotib oldi. Roaring Brook Press nashriyotchisi Simon Boughton Kingfisherning AQShdagi biznesini nazorat qiladi[13].
Ba'zi hisob-kitoblarga qaraganda, 2009-yil holatiga ko'ra, elektron kitoblar umumiy kitob savdosining 3-5 foizini tashkil etgan va bozorning eng tez o'sayotgan segmenti bo'lgan[14]. The New York Times ga ko'ra, Makmillan va boshqa yirik nashriyotlar Amazon, Barnes & Noble va Sony kabi chakana savdo do'konlari tomonidan elektron kitoblarni katta chegirmaga sotilishi iste'molchilar kitoblar uchun to'lashga tayyor bo'lgan narsaning qadrsizlanishidan qo'rqishgan. Bunga javoban, nashriyot o'z mualliflari uchun elektron kitoblarni sotishdan tushgan sof tushumning 20 foizi miqdorida avtorlik gonorari belgilagan, bu boshqa yirik nashriyotlarga qaraganda besh foizga pastroq bo'lgan yangi shartnomani taqdim etdi[14]. 2010-yil 27-yanvarda Apple iPad-ning iBookstore ga kirish imkoniyati bilan birga kelgan mahsulot e'lon qilinganidan so'ng, Macmillan Amazon.com ga ikkita variantni taqdim etdi: chakana sotuvchining tanlagan narxi ("wholesale model") asosida elektron kitoblarni sotishni davom ettirish; qattiq muqovali nashr chiqqandan keyin bir necha oy o‘tgach chiqarilgan elektron kitob nashri bilan yoki Apple tomonidan sanoatga kiritilgan agentlik modeliga o‘tish. Bunda har ikkalasi bir vaqtda chiqariladi va narx nashriyot tomonidan belgilanadi. Ikkinchi holda, Amazon.com 30 foizlik komissiya oladi[15]. Amazon bunga javoban Macmillanning elektron va qog'oz kitoblarini o'z veb-saytidan olib tashladi (garchi kitoblar sotuvchi filiallar tomonidan hali ham ro'yxatga olingan bo'lsa ham). 2010-yil 31-yanvarda Amazon Macmillan tomonidan afzal ko'rgan agentlik modelini tanladi[16]. 2012-yil aprel oyida Qo'shma Shtatlar Adliya vazirligi Apple, Macmillan va boshqa to'rtta yirik nashriyotni ayblanuvchi sifatida ko'rsatib, Amerika Qo'shma Shtatlari Apple Inc.ga qarshi sudga murojaat qildi. Sudda ular monopoliyaga qarshi qonunni buzgan holda elektron kitoblar narxini belgilash va Amazon.com ning bozordagi mavqeini zaiflashtirish maqsadida til biriktirganliklari da'vo qilingan[17]. 2013-yil dekabr oyida federal sudya monopoliyaga qarshi da'volar bo'yicha kelishuvni ma'qulladi, unda Macmillan va boshqa nashriyotlar narxlarni belgilash tufayli kitoblar uchun ortiqcha to'lagan mijozlarga kreditlar taqdim etgan fondga to'lashdi[18].
Yana qarang
tahrir- Buyuk Britaniyadagi eng yirik kitob nashriyotlar ro'yxati
Manbalar
tahrir- ↑ Jaques, Zoe. Lewis Carroll's Alice's Adventures in Wonderland and Through the Looking-Glass: A Publishing History. Routledge, 2016-05-06 — 16-bet. DOI:10.4324/9781315592275. ISBN 978-1-317-10552-7.
- ↑ „The Macmillan Jungle Book Colouring Book Free Monkey Pattern Download“. WH Smith. Qaraldi: 2022-yil 17-iyun.
- ↑ Cohen, Morton N.. Lewis Carroll: A Biography. Vintage Books, 1996 — 126-bet. ISBN 9780679745624.
- ↑ „About Pan Macmillan“. Pan Macmillan UK. 2016-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-sentyabr.
- ↑ The Macmillan Story, 2017 — 65-bet.
- ↑ Oberman, Mira. „CDG sells off book list“. The Globe and Mail (2002-yil 12-iyun). Qaraldi: 2024-yil 1-iyun.
- ↑ 'Who's Who' 1981 edition page 1678
- ↑ Milliot, Jim. „Holtzbrinck's U.S. Arm Now Macmillan“ (en). Publishers Weekly (2007-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 17-oktyabr.
- ↑ Bookseller, Allbusiness.com
- ↑ „News Briefs: Macmillan Rebrands Higher Education Division“ (en). Publishers Weekly (2011-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 17-oktyabr.
- ↑ „News Briefs: Macmillan Buys Kingfisher“ (en). PublishersWeekly.com (2007-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 17-oktyabr.
- ↑ Milliot, Jim. „Holtzbrinck's U.S. Arm Now Macmillan“ (en). Publishers Weekly (2007-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 17-oktyabr.
- ↑ „News Briefs: Macmillan Buys Kingfisher“ (en). PublishersWeekly.com (2007-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 17-oktyabr.
- ↑ 14,0 14,1 Rich, Motoko. „Macmillan Lowers E-Book Payments for Authors“. The New York Times (2009-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 11-fevral.
- ↑ Motoko Rich and Brad Stone. „Publisher Wins Fight With Amazon Over E-Books“. The New York Times (2010-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 11-fevral.
- ↑ The Amazon Kindle team. „Macmillan E-books“. Kindle Community. Amazon.com (2010-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 11-fevral.
- ↑ Mui, Ylan Q. and Hayley Tsukayama. „Justice Department sues Apple, publishers over e-book prices“. The Washington Post (2012-yil 11-aprel). Qaraldi: 2014-yil 1-iyun.
- ↑ Molina, Brett. „E-book price fixing settlements rolling out“. USA Today (2014-yil 25-mart). Qaraldi: 2014-yil 1-iyun.
Adabiyotlar
tahrir- Chisholm, Hugh, ed. (1911) "Macmillan" Encyclopædia Britannica 17 (11chi nashri) Cambridge University Press p. 264
- Macmillan: A Publishing Tradition. Palgrave Macmillan, 2002. ISBN 0-333-73517-X.
- Morgan, Charles. The House of Macmillan (1843–1943). Macmillan, 1944. ISBN 978-1199630568.
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti
- Macmillan Catalogue, January 1893 at Faded Page (Canada)
- The Macmillan Story: Bringing authors and readers together since 1843
- Macmillan at Open Library