BARQAROR TURIZM- O’ZBEKISTONDAGI ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISHNING POTENSIAL KALITI

tahrir

Sayfullayeva Madina Sirojiddinovna

tahrir

Buxoro Davlat Universiteti

Iqtisodiyot va Turizm fakulteti

E-mail: sayfullayevam8@gmail.com

tel: +998 91 3118868

Annotatsiya: Turizm allaqachon dunyo iqtisodiyotiga sezilarli darajada ta’sir o’tkaza oladigan sanoatga aylanib ulgurgan. Ko’pkina mamlakatlarda esa iqtisodning yetakchi tarmog’i sifatida shakllangan. Bunga sabab turizm sanoatining keng tarmoqli xizmatlar sohasiga ega ekanligi va deyarli barcha sohalarga o’z ta’sirini o’tkaza olishidadir. Buning iqtisodiy tomonlama, asosan daromad, ish bilan bandlik jihatlari singari ijobiy tomonlari asos qilib olinsada, uning eng asosiy tabiatga zarar keltirishi ko’pincha inobatga olinmaydi. Rejalashtirilmagan va nazorat qilinmagan turizm sohasi kelajakda davlat miqiyosida, keyinchalik dunyo, global miqiyosdagi hal qilib bo’lmas muammoga aylanadi. Vaqtinchalik iqtisodiy foyda evaziga tabiatni tavakkal ostida qoldirish kelajak uchun ulkan to’siqlarga yo’l ochadi. Barqaror iqtisodiy foydaga erishish esa, har bir mamlakatda barqaror turizm me’zonlarini yaratish va ularni joriy qilish orqali erishiladi. Bu orqali nafaqat tabiat balki tarixiy-madaniy me’ros saqlab qolinadi, shuningdek, jamiyatda atrof muhitga qarash, ekologik madaniyat kabi yondosh tushunchalar ham shakllanadi.

Barqaqorlikning o’zi, doimiylik, resurslardan oqilona foydalanish, biologik xilma-xillikni saqlash, barcha iqtisodiy, madaniy, tabiiy oqibatlarning zararini minimallashtirish orqali mahalliy aholi va atrof muhit himoyasini maksimallashtirish bilan birgalikda natijaga erishish maqsadida strukturaviy boshqaruvni ham yo’lga qo’yish demakdir.

Ushbu tezisda, turizmning ekologik va iqtisodiy jihatlari orasida muvozanatni aynan barqaror turizm me’zonlari orqali ta’minlash metodikasini taklif etadi.  

Kalit so’zlar: ekologik turizm, barqaror turizm, konsepsiya, strategiya.

Sayyohlar oqimining ortishi va xarajatlarning ko’payishi, ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmi tashqi import hajmiga yanada ortishi, charter reyslarning soni ko’payishi iqtisodiyotning rivojlanishi bilan bir qatorda mamlakatda ekologik muhitni ancha xavfga solishi tayin. Bunda xozirgi ekologik tizimni yanada yaxshilash va boricha saqlab qolish vazifasini turizm bilan kompleks ravishda amalaga oshirib, kelajak uchun uzoq muddatli strategiyalar amalga oshirilishi zarurligi seziladi. Bunday bir vaziyatda aynan barqaror turizm me’zonlari dunyo mamlakatlari uchun yagona samarali yechim sifatida ko’maklashadi. Barqaror turizm me’zonlarini qo’llash nafaqat barqaror ekologik muhitni balki barqaror iqtisodiy o’sishni ham va’da qiladi.

Barqaror turizmning o’zaro aloqador uchta jihati mavjud: atrof muhitga doir, ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy. Barqaror turizm shu uch muhim jihatlarni boshqaradi va ular orasida muvozanat o’rnatadi. Buning natijasi esa uzoq va barqaror bo’lgan iqtisodiy foyda, tabiiy atrof muhit va ijtimoiy-madaniy aloqalar.

Barqaror turizm o’zi tarkibida barcha subyekt va obyektlar jamlanmasini olibgina qolmay, asosan tabiatni asrashga qaratiladi. Bundan tashqari uning mohiyatini yanada chuqurroq anglash maqsadida “barqaror” va “barqaror bo’lmagan” turizm rivojlanishi orasidagi farqga e’tibor qaratamiz. (2-jadval) Bunda farqlar uchta asosiy kategoriyalarda seziladi:

*Umumiy konsepsiyalar

*Rivojlanish strategiyalari

*Turist xulq-atvori

2-jadval. Barqaror turizmning barqaror bo’lmaganidan farqi.

Barqaror

Barqaror emas

tahrir
Umumiy konsepsiyalar
Sekin rivojlanish

Keskin rivojlanish

tahrir
Nazoratdagi rivojlanish Nazoratsiz rivojlanish
To’g’ri masshtab Noto’g’ri masshtab
Uzoq muddat Qisqa muddat
Sifatga bog’liqlik Miqdorga bog’liqlik
Mahalliy aholi nazorat Uzoqdan boshqaruv
Rivojlantirish strategiyalari
Avval reja, keyin rivojlanish Rejasiz rivojlanish
Konseptsiyaga asoslanuvchi loyihalar Tahminlarga asoslanuvchi loyihalar
Mahalliy investorlar Tashqi investorlar
Oddiy arxitektura Oddiy bo’lmagan arxitektura
Turist hatti xulq atvori
Past darajali qadr Yuqori darajali qadr
Ba’zi aqliy tayyorgarliklar Kam bo’lgan yoki umuman mavjud bo’lmagan aqliy tayyorgarlik
Mahalliy tilni o’rganish Mahalliy tilni o’rganmaslik
Sezuvchan, e’tiborli Intensive va e’tiborsiz
Osuda Shovqinli
Qaytariladigan tashriflar Qaytish ehtimoli mavjud emas


Barqaror bo’lgan turizm xar bir kategoriya bo’yicha barqaror bo’lmagan turizmda tubdan farq qiladi. Barqaror turizmda rivojlanish sekin kuzatilsada, uning natijasi uzoq muddatli bo’ladi. Natijaga kelganda esa, barqaror bo’lmagan turizmda asosiy e’tibor miqdorga qaratiladi, bu esa ba’zan keragidan ortiq ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Rivojlantirish srtategiyalari ham butkul farq qilib, barqaror turizm rivojlanishda faqat o’z mamlakati moliyaviy manbalariga tayanadi. Turist xulq atvoridagi asosiy farqlar esa barqaror turizmda bir muncha osuda va turistning yana qaytish istagi bilan ketishini nazarda tutadi. Turistik destinatsiyalar ham bir muncha sayyohlar g’amxo’rligiga muhtoj, osuda tabiatga ega bo’ladi. Shuning uchun qisqa muddatli foydaga asoslangan turizm shakllaridan ko’ra uzoq, sof tabiatga ega manzillar, kelajakni kafolotlovchi barqaror turizm har bir mamlakatning bosh siyosatiga aylanishi lozim.

Biroq ushbu siyosat har bir davlatdan alohida moliyaviy manbalarni talab etadi. Bu borada esa ayrim davlatlat strategiyasini misol keltirish mumkin. Bunda daromadni tabiat soliqllarini joriy qilish orqali ham shakllantirish imkoniyati mavjud. Tushumlarni esa quidagi sxema orqali (2-shakl) yo’naltirish mumkin. Bunda davlat turli segmentlarga aralashuvini ko’rish mumkin.

O’zbekistonda buning kelajagi qanday?

Har bir mamlakatda iqtisodiyot osha mamlakatning tayanchi bo’lib hisoblanadi. Xizmatlar soxasi, xususan Turizm ham ko’plab mamlakatlar yalpi ichki mahsulotida oldingi o’rinlarni egallab keladi. Xususan mamlakatimiz dunyo bo’yicha yalpi ichki mahsulotga qo’shgan hissasining o’sishi bo’yicha 2018-yilda 72-orinda (WTTC ma’lumotiga ko’ra) bo’lsa bu 2028-yild 14-o’ringa chiqishi bashorat qilinadi. Tashqi import hajmida (turizm sohasidagi ta’minotchilar tomonidan ) ham 2018-yildagi 4.5 % o’sish, 2028-yilda 6foizga ortishini ko’rsatadi, sayyohlar tashrifi ham o’n yil mobaynida 2.4%ga ortishi aytib o’tilgan. Bulardan xulosa qilish mumkinki, sayyohlar oqimining ortishi va xarajatlarning ko’payishi, ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmi tashqi import hajmiga yanada ortishi, charter reyslarning soni ko’payishi mamlakatda ekologik muhitni ancha xavfga solishi tayin. Bunda xozirgi ekologik tizimni yanada yaxshilash va boricha saqlab qolish vazifasini turizm bilan kompleks ravishda amalaga oshirib, kelajak uchun uzoq muddatli strategiyalar amalga oshirilishi zarurligi seziladi. Mamlakatimiz yuqoridagi izohlanga barqaror turizmni tashkil qilish uchun keltirilgan qadamlarni bosqichma bosqich joriy qilishi lozim.

Þ         Uzoq muddatli barqaror turizm strategiyalarini ishlab chiqishi;

Þ         Davlat aralashuvi orqali markazlar tashkil qilinishi va ularda aholi va turistlar ishtirokida seminar konsultinglar tashkil qilish;

Þ         Har bir hovlida yashovchi aholiga “o’zbek ananaviy bog’lari”ni tashkil qilish uchun rag’batlar joriy qilish;

Þ         “Tourist environment tax”larni joriy qilish va ularni barqaror turizmga yo’naltirish;

Adabiyotlar:

1.           Middleton, V.T.C. and Hawkins, R., (1998). Sustainable Tourism, A Marketing Perspective. Oxford: Butterworth-Heinemann.

2.           Mihalic, T., (2000). Environmental Management of a Tourism destination. A factor of tourism competitiveness. Tourism Management, 21, 65-78.

3.           Miller, G. ,(2001). The development of indicators for sustainable tourism: results of a Delphi survey of tourism researches. Tourism Management, 22, 351-362.

4.           Prescott-Allen, R., (1997). Barometer of sustainability: measuring and communicating wellbeing and sustainable development. In IUCN ed. An approach to assessing progress toward sustainability: Tools and training series for institutions, field teams and collaborating agencies. Gland: IUCN.

5.           Puppim de Oliveira, J.A., (2003).Governmental responses to tourism development: three Brazilian case studies. Tourism Management, 24, 97-110 

6.           Visser, N., Njuguna, S., (1992). Environmental Impacts of Tourism on the Kenya Coast. In UNEP ed. Industry and Environment. Paris: UNEP. Wells, M.P., (1997) Economic Perspectives on Nature Tourism, Conservation and Development. Pollution and Environmental Economics Division, Environmental Economics Series. Washington DC: World Bank. World Tourism Organization, (1997).

7.           International Tourism: a Global Perspective. Madrid: WTO. World Tourism Organization, (2002).

8.           Enhancing the economic benefits of tourism for local communities and poverty alleviation. Madrid: WTO. World Tourism Organization, (2002).

9.           Guide for local authorities on developing sustainable tourism. Madrid: WTO. World Tourism Organization, (2002).