Muxsinova Umriya Barnoyevna
2022-yil 20-sentyabrda qoʻshildi
Arxiv hujjatlari - Fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ma’lum ahamiyat kasb etgani bois saqlanishi lozim bo‘lgan matnli, qo‘lyozma va mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar. Bolalar adabiyoti - Shaxs va ta’limni rivojlantirish, bilimlarni tarqatishning eng muhim vositalardan biri bo‘lgan nashr turi. Bolalar kitolari faqatgina o‘qish va bilim olish manbai bo‘libgina qolmay, balki bolaning estetik va psixologik tarbiyasida muhim o‘rin tutuvchi manbadir. Boshqarish faoliyati - Raxbarning pedagogik, normativ va psixologik asoslarda boshqarish qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va amalga oshirishga qaratilgan maqsadga muvofiq hatti- xarakatlari majmui. Byurokratiya - (tom ma’noda- kanselyariya hukmronligi; fransuzcha bureau-byuro, kanselyariya va yunoncha-kratos-kuch, hokimiyat, hukmronlik) Tabaqalangan boshqaruv tizimi bo‘lib, uning uchun har bir darajada vakolatlar chegarasining aniq belgilanganligi, qarorlarning mavjud qonunlar va qoidalarga binoan qabul qilinishi xosdir. Genefond - Genlar zahirasi; turli genlarning tarqalishi, ularning nisbiy miqdor va tarkibiy sifati; muayyan organizmlarning tarqalganligi. Irsiy belgilarni o‘rganish va aniqlash inson genetikasi, jonivorlar hamda o‘simliklar genetikasi uchun ham muhim ahamiyatga ega Hozirgi vaqtda genofondni saqlash muammosi dunyoning ko‘pgina mamlakatlari uchun dolzarb muammoga aylangan Gigeyena - Yashash tarzi va mehnat sharoitining inson sog‘lig‘iga ta’sirini o‘rganadigan, kasalliklarni profilaktika qilish, sog‘liqni saqlash va hayotni uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadigan qadimiy tibbiyot sohalaridan biri Didaktik o‘yinchoqlar - Bolalarning aqliy va sensor rivojlanishi va ta’lim olishida xizmat qiladigan o‘yinchoqlar turi. Bunday o‘yinchoqlarga mozaikalar, stol ustida o‘ynaladigan va bosma o‘yinlar, xalq o‘yinchoqlari (matryoshkalar, piramidalar, rangli sharlar, xushtaklar, chillaklar) kiradi. Yosh guruhi - Yosh belgisiga ko‘ra birlashtiriladigan kishilarning biron bir shartli katta guruhi. Yoshni davrlashtirishga muvofiq MTTda bolalarning yoshiga ko‘ra ana'naviy ajratiladigan guruhlar: yasli yoshdagi bolalar guruhi, birinchi kichik yoshdagi bolalar guruhi, ikkinchi kichik yoshdagi bolalar guruhi, katta bolalar guruhi va maktabga tayyorlov guruhi. Inklyuziv ta’lim - Bolalarni bir biridan ajratuvchi to‘siqlarni bartaraf etishga, ularning yoshi, jinsi, diniy va ijtimoiy kelib chiqishi. Iste’dod - Qobiliyatlar, iqtidorlarning yuqori darajada rivojlanganligi bo‘lib, ijodiy faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi Kasbiy faoliyat - Biron narsaning bajarilishining murakkab va me’yoriy jihatdan belgilangan usuli. Mehnat sub'ekti faoliyatining sifat jihatdan belgilanadigan shakli. Inson bajarayotgan faoliyatning murakkabligini tavsiflaydigan mezon. Maktabgacha bolalik - Bolaning tug‘ilganidan to maktabga borguncha bo‘lgan rivojlanish davri; bola organizmining jadal voyaga yetishi va ruhiyatining shakllanishi bilan belgilanadi. Maktabgacha yosh - Bolaning ruhiy rivojlanish bosqichi. Bola rivojlanishining hozirgi zamon milliy davrlashtirilishi bo‘yicha 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davri. Maktabgacha yoshdagi bola kompetentligi - Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining asosiy xarakteristikasi. Kommunikativ, ijtimoiy, intellektual kompetentlikni hamda jismoniy rivojlanish borasidagi kompetentlikni o‘z ichiga oladi. Kommunikativ kompetentlik bolaning o‘z istaklari, niyatlarini nutqiy va nutqiy bo‘lmagan (imo-ishora, mimik va pantomimik) vositalar yordamida erkin Maktabgacha ta’lim tashkiloti - Turli yo‘nalishdagi maktabgacha ta'lim dasturlarini amalga oshiradigan ta'lim muassasasi. Ularda 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning tarbiyasi, ta'limi, parvarishi va sog‘lomlashtirilishi ta'minlanadi.
Yo‘nalishiga ko‘ra maktabgacha taʼlim muassasasi quyidagi turlarga bo‘linadi: umumiy tipdagi MTT, tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari mavjud bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus MTTlar va surunkali kasalliklar bilan og‘rigan bolalar uchun sanatoriya tipdagi MTTlar.
Milliy an’analar - Millat hayotining turli sohalarida namoyon bo‘ladigan tushunchalar, belgilar, xususiyatlar, qadriyatlar, faoliyat turlari, odatlar va xislatlarning avloddan avlodga o‘tishi hamda meros bo‘lib qolishini ifodalovchi tushuncha Nodavlat notijorat tashkilot - Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni o‘z qatnashchilari o‘rtasida taqsimlaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkiloti Oilaviy muhit - Oilaviy munosabatlar, tarbiyaviy jarayonlar kechadigan ijtimoiy- ma'naviy, axloqiy muhitni ifodalovchi tushuncha. Har qaysi millatning o‘ziga xos ma'naviyati, dunyo qarashi, tasavvur va e'tiqodini shakllantirish hamda yuksaltirishda oilaning o‘rni va ta'siri beqiyosdir. Inson qalbi va ongidagi eng sof, pokiza tuyg‘ular, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlar, eng avvalo oila bag‘rida shakllanadi. Oliy ta’lim - Turli oliy dargohlarda oliy malakali mutaxasislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlari tomonidan xalq xo‘jaligi, fan va madaniyatning turli sohalari bo‘yicha oliy Tarbiyalanuvchilar - Maktabgacha tarbiya muassasalariga boradigan bolalar; mehribonlik uylari, ixtisoslashtirilgan maktab internatlarda tarbiyalanuvchi bolalar va o‘smirlar maktabdan tashqari muassasalarda shug‘ullanadigan bolalar. Tarbiyachi - Tarbiyani amalga oshiradigan , o‘zga kishi shaxsining hayot tarzi va rivojlanishi uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olgan shaxs. Ta’lim sifati - Ta'lim jarayoni va uning natijalarini tavsiflaydigan kategoriya, ta’lim jarayoni qanday bo‘lishi kerak, qanday maqsadlarga xizmat qilishi kerakligi to‘g‘risida jamiyatda tarqalgan tasavvurlarga qanchalik mosligini belgilaydi. Farmon - Birqator mamlakatlarda davlat boshlig‘ining normativ akti. O‘zbekistonda Prezident farmoni.