Foydalanuvchi:Noneboy33/qumloq
Amir Temur | |
---|---|
Temurbek | |
Tavalludi | Kesh, Chigʻatoy ulusi (bugungi Shahrisabz, Oʻzbekiston) 8-aprel 1336-yil |
Vafoti | Oʻtror, Chigʻatoy ulusi (bugungi Oʻtror, Qozogʻiston) 18-fevral 1405-yil |
Turmush oʻrtogʻi | Turmush Ogʻo, Oʻljay Turkon Ogʻo, Choʻlpon Mulk Ogʻo, Saroy Mulk Xonim, Tuman Ogʻo, Dilshod Ogʻo, Tukal Xonim, Ruh Parvar Ogʻo, |
Bolalari | Jahongir Mirzo, Umarshayx Mirzo, Mironshoh Mirzo, Shohruh Mirzo |
Otasi | Amir Taragʻay |
Onasi | Takina Xotin |
Amir Temur (Eski turkcha: امیر تیمور – Amir Temur) (1336-yil 8-aprel – 1405-yil 18-fevral) – oʻrta asrlarning buyuk turk askari va qoʻmondoni, Temuriylar imperiyasi asoschisi, Oltin Oʻrda, Mamluq sultonligi, Dehli sultonligi, Usmonli davlati, Kavkaz va Erondagi davlatlarni barisini yengishi ortidan musulmon olamining mutloq yetakchisi, yeri 4,4 mln km² ga yetishgan 14-yuzyilliknig eng kuchli davlati quruvchisi, 35 yillik boshqaruvi va yurishlari chogʻida biror urushni yutqazmagan qoʻshinboshi, tarixda koʻrilgan uchta buyuk harbiy-taktik lashkarboshilardan biri, Temurlilar uygʻonish davri yaratuvchisi, ilm-fan, meʼmorchilik, sanʼat va adabiyot homiysi.
Oilasi, shaxsiyati va kelib chiqishi
tahrirTemurbek shabon oyining yigirma beshida, hijriy yetti yuz oʻttiz oltinchi yilda (8.04.1336), oʻn ikki hayvonli Turk yilligiga koʻra Sichqon yilida Kesh shahri yaqinidagi Xoʻja Ilgʻor qishlogʻida tulilgan. Ayricha amerikalik tarixchi Beatrice Forbes Manz xonim Temurbekning tugʻilgan yilini oʻn toʻrtinchi yuzyillikning yigirmanchi yillariga toʻgʻri kelishini iddao etadi va bu shubhalanishiga vaj qilib Temurbekning 1336-yilda tugʻilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar uning davridan keyin yozilganini va uning davriga oid bir nechta manbalardagi voqealarda Temurbekning yoshi uning 1320-yillar oxirida tugʻilganini koʻrsatishini aytadi (qarang, Tamerlane and the Symbolism of Sovereignty, B. F. Manz). Biroq birorta tarix kitoblarida Temurbekning tugʻilgan yili 1336-yil emas, balki boshqa yil ekanligi toʻgʻrisida bilgi umuman uchramaydi.
Otasi Amir Taragʻay (oʻrta chogʻ turkchasida Taragʻay – qoraquyruq qushi) barlos qabilasining beklaridan biri va qabilaning asosiy 5 ta urugʻidan birining yetakchisi edi (qarang, The rise and rule of Tamerlane, B. F. Manz va The Mongol Period B. Spuler). Taragʻaybek Chigʻatoy ulusining taniqli beklaridan biri boʻlib, Kesh viloyatida amirlik qilgan. Amir Taragʻay yillik Ili daryosi boʻyida Xon tomonidan chaqiriladigan yurt beklarining qurultoyiga taklif etilgan va bunday yigʻinlarda doimo qatnashgan. Butparast oʻlaroq tugʻilgan Taragʻaybek Chigʻatoy ulusi orasida birinchilardan boʻlib islom dinini qabul qilgan. Otasi Barqul Noyondek u ham harb va siyosat ishlariga qiziqmagan va asosan islom dinini oʻrgangan. Temurbek tez-tez qabrini ziyorat qiladigan va keyinchalik qabri ustiga maqbara (1373–1374) qurdirgan Shamsiddin Kulol Taragʻaybekning piri boʻlgan.
Onasi Takina Xotun va yoki Takina Mohbegim toʻgʻrisida bilgilar oz. Zafarnoma (Yazdli Sharafiddin)da yolg'iz otigina soʻzlanadi. 1403-yilda Temurbek Jenoa, Fransiya, Angliya qirollariga elchi qilib yuborgan, Sultoniya bosh rohibi (archiepiscopus) Johannes de Galonifontibus Takina Xotunning oddiy oiladan ekanini yozadi. Temurli saroyida yozilgan, biroq yozuvchisi aniq bilinmagan Muyizz al-Ansab (Izzatli nasablar) asarida Takina Xotun barlos qabilasi bilan chegaradosh boʻlgan Chigʻatoy ulusining Yasaur qabilasidan ekanligi yoziladi. Temurbek bilan yuzma-yuz soʻzlashgan Ibn Haldun (1400–01) Temurbek onasini afsonaviy „Avesto“ bahodiri Manuchehrning avlodidan ekanligini aytganini yozadi. Temurbekning siyosiy kitobyozar raqibi Ahmad ibn Arabshoh oʻz Ajoyib ul-maqdur fi navaib (fi axbor) at-Taymur (arabcha: عجائب المقدور في نوائب تيمور – oʻzbekcha: Temurdagi taqdirning ajoyibotlar) asarida uning Chingizxonning naslidan ekanligini yozadi. 18-yuzyillikda yuzaga chiqqan Temurbek shaxsiyati toʻgʻrisidagi kitoblarda Takina Xotun Buxoro „Sadr ash-Sharia“ (Shariat qonunlarini izohlovchi)si Ubaydullo Mahbubiyning qizi oʻlaroq tanitiladi. Oʻzbek tarixchisi Turgʻun Fayziyez oʻzining „Temuriylar shajarasi“ (Toshkent, 1995) kitobida Temurbekning onasi toʻgʻrisida „Jangnomayi Amir Temur Koʻragon“ kitobiga tayangan holda Buxoro ulamolarining eng ulugʻi „Sadr ash-Sharia“ning qizi ekanligini bildiradi.
Temurbekning opasi Qutlugʻ Turkon ogʻo va singlisi Shirinbeka ogʻo edi. Ular Temurbekdan oldin oʻlishgan va Samarqanddagi Shohi Zinda majmuasidagi maqbaralarda koʻmilishgan.
Arabcha sohib (صاحب) va qiron (yaqinlik, yaqinlashma) soʻzlaridan tuzilib forscha sohib-i qiron (صاحب كران) holiga kelgan Sohibqiron soʻzi munajjimlar tomonidan Mushtariy (Yupiter) yulduzi va Zuhro (Venera) yulduzining bir burjda toʻplanganligi asosida tugʻilgan kishi maʼnosida qoʻllanilgan. Bu sifat baxtli, qutli va doimo gʻolib va jahonolar kishilarni ifoda etish uchun ishlatilgan. Amir Temurgada bu sifat Sohibqiron va yoki hazrat Sohibqiron shakllarida qoʻllanilgan. Temurbek 1362-yilda Seyiston (سیستان)ga birinchi kelishi chogʻida oʻng oyogʻidan va oʻng qoʻlidan Mamaqtuv (Yazdli Sharafiddin, Zafarnoma 19a,19b, 89b) tomonidan yoydan otilgan oʻqdan yaralangan. Ayricha Temurbekning siyosiy raqiblari tomonidan unga soʻkinish maʼnosidagi Temur-i lang (forscha: تیمور لنگ) nomi qoʻllanilgan. Oqsoq Temur va yoki choʻloq Temur maʼnosida kelgan Temurlang soʻzi kunbotar (gʻarb) ellari tomonidan Tamerlane, (inglizcha), Tamburlaine (inglizcha), Tamerlan (fransuzcha), Tamorlan (ispancha), Tamerlanis (lotincha), Timurlenk (usmonli turkcha) va Temur Aksak,Tamerlan (ruscha) kabi shakllarda oʻzlashtirilgan. 1370-yilda Chingizlilar xonadonidan boʻlgan Qozonxonning qizi Saroy Mulk Xonim (Bibi Xonim)ga uylanishi ortidan Temurbek Temur Koʻragon (تیمور کورگن) va yoki Temur Guragon nomini oladi. Koʻragon (xүrgen) moʻgʻulcha kuyov soʻzi boʻlib „Xonning kuyovi“ maʼnosida qoʻllanilgan. Chingizxonning qonidan boʻlmaganligi uchun Xon nomini olmaydi va musulmonlarning boshi oʻlaroq Amir nomini oladi. Temurbek Islom dini bilimlariga tayanib yurishlar qiladi va oʻzini „Islom qilichi“ sifatida taniltiradi. Islom dinini yoyish yoʻlida qilgan yurishlaridan keyin Abu Fotih nomini oladi. 1402-yilda Izmir qal’a qamalida katolik Hospitaller (lotin, Ordo Fratrum Hospitalis)larini, Gurjiston(Gruziya) nasroniylarini bir necha bor yutishi ortidan Abu Gʻoziy nomini oladi. Turklar oʻz odatiga koʻra oʻz yetakchilarini Bek deb atashardi. Shu yuzdan Temurbek ham Bek nomini oladi. 1404-yilda Samarqandda boʻlgan Kastiliya (ispaniya) elchisi Rui Gonzales de Klavixo oʻzining sayohat qoʻlyozma kundaligida ham Temurbek nomini qoʻllaydi.
Temurbekning turk yoki moʻgʻul ekanligi toʻgʻrisadagi bilimlar yolgʻiz kunbotar (gʻarb) olamidagina tortishmali. Rui Gonsales de Klavixo Temurbekning kelib chiqishini Chigʻatoy ulusining ellariga bogʻlasa, nabirasi Muhammad Taragʻay (Ulugʻbek nomi bilan tanilgan) „Tarix-i arba ulus“ kitobida Shajarat al-atrak (Turklar kelib chiqishi)ni koʻrsatadi va unga koʻra Temurbek va ota-bobolari Yofas oʻgʻli Turkning bolalari ekanligini aytadi. Turk otli kishi esa butun turklarning otasi ekanligi koʻrsatiladi. Kunbotar ellarining oʻtmish yozuvchilari oʻrtasida Temurbekni turk-moʻgʻul yoki turklashgan moʻgʻul kelib chiqishli ekanligi keng yoyilgan. Biroq Richard Bulliet (A Global history) Temurbekning qabilasi Barloslarning moʻgʻullarga aloqasi yoʻqligini soʻzlasa, Rene Grousset (qarang, L’empire des steppes, Atilla, Gengis-Khan, Tamerlan,1939 Paris) Temurbekning kelib chiqishi Chingizxonga bogʻlanganligini yolgʻiz oʻz chogʻida yozilgan kitoblardagina ekanini, biroq uni moʻgʻullik bilan umuman birligi yoʻqligini va Turk ekanligini yozadi. Temurbek tarixi boʻyicha 3 salmoqli kitobdan birisi sanalgan Ahmad ibn Arabshohning „Ajoyib ul-maqdur fi navaib at-Taymur“ kitobida boʻlsa Temurbekni barlos turki ekanligini yoziladi:
„Turklarda ham Arablarda boʻlganidek qabilalar va urug'lar bordir va har bir qabilada vazir (qabilaboshi) bordir. U oʻz qabilasi ichida yashash tarzi boʻyicha maslahat beradigan yorituvchi chiroqdir. Ulardan birinchisi Arlot, ikkinchisi Jaloyir, uchinchisi Qavchin, toʻrtinchisi Barlosdir. Temur(bek) toʻrtichisidan chiqqandir.“ (4-bet).
Temurbek Turk ekanligidan gʻururlanar, oʻz oʻrnida oʻziga qarata aytilgan Moʻgʻul soʻzini yomon koʻrardi (Yusuf Husayn Xon, Two studies in early mongol history, 1976). Oʻzbek tarix yozuvchilari Temurbekning soʻzsiz turk boʻlganligini aytib keladi. Temurbekning oʻzi yozganligi aytiladigan Mulfazot-i Temuriy (Temur qissalari yoki Temur tuzuklari) kitobida Taragʻaybek oʻgʻli bilan soʻzlashganda (Zuhriddin Bobokalonov, 2004, 48-bet) turk kelib chiqishli ekanligini aytgani yoziladi.
Temurbekning bolalik va yoshlik yillari
tahrirTemurbekning yoshligi Keshda kechadi. Otasi Taragʻaybek oʻz chogʻining odatlariga koʻra Temurbekka ot minish, ov qilish, yoydan oʻq otishni oʻrgatuvchilarni tayin qiladi. Shu yuzdan Temurbek 18-20 yoshlarida tulporlarni yaxshi ajrata oladigan epchil otliq va qoʻrqmas bahodir boʻlib ulgʻayadi. Temurbekni yoshligida madrasaga ham beradilar. Biroq Temurbekning oʻqimishsiz boʻlganligi toʻgʻrisida kunbotar ellari oʻrtasida yanglish qarash chindek oʻrnashib qolgan. Temurbek oʻzi toʻgʻrisida kitobida 21 yoshga toʻlganida otasining hosili yaxshi boʻlganini, qoramol va yilqilar koʻp bolalaganini, oʻzi ularni 10 tadan qilib ishchilariga boʻlib berganini yozadi. Temurbekning yoshlik yillari toʻgʻrisida bilgilar juda oz.
Temurbekning til bilimlari
tahrirTemurbek oʻz ona tilisi chigʻatoy (eski turkcha yoki eski adabiy oʻzbekcha)cha va forschada soʻzlashgan. Temurbek arabcha soʻzlasha olmagan va moʻgʻul tilida soʻzlasha olganligiga oid bilgilar tortishmali. Uning davrida Turk(Eski oʻzbek adabiy tili)cha – soʻzlashuv, adabiyot va davlat ishlari tili, forscha – huquq, davlat ishlari, adabiyot va soʻzlashuv tili, arabcha – din tili boʻlgan. Oʻrta chogʻ davlatlariga boʻlganidek Temurbek davlatida ham asosiy huquqiy ishlar – soliqlar yigʻish, gʻaznachilik ishlari, moliya ishlari fors tilida olib borilgan. Temurbek oʻz yurishlari chogʻlarida kotiblariga kunlik ishlarni Turkcha va forscha tillarda yozib borishlarini buyurgan. Temurbek tarixining bilingan 3 ta tamal asaridan 2 tasi, Nizomiddin Shomiy – Zafarnoma, Sharafiddin Ali Yazdiy – Zafarnoma, aynan shu kunlik qoʻlyozmalarga asoslanib yozilgan kitoblardir. Rasmiy yozuv turi esa arab alifbosiga asoslangan fors va turk (eski uygʻur alifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvi) yozuvlari edi.
28.03.1391 – yilda (Yazdiy,Zafarnoma,119a) Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamishxonga qarshi yurish chogʻida Temurbek hozirgi Qozogʻistondagi Ulugʻ togʻda askarlariga tosh keltirishlarini buyuradi va toshga oʻyib bitik yozdiradi. Nizomiddin Shomiy Zafarnomasida esa 28.04.1391 da ushbu bitik bitilganligi yoziladi. Bu bitikda 3 qator arabcha va 8 qator turklarning oʻz yozuvi boʻlmish eski uygʻur yozuviga asoslangan eski adabiy oʻzbekchada yozigʻ yozilgan.
Bu bitik 1935-yil avgust oyida Ulugʻ togʻdan 100km janubda yer olgan Jezqazgan shahridan 50 km kunbotar(gʻarb)da joylashgan Qaramoʻla togʻ yon bagʻri oldidagi Qarsaqpay mis koni yaqinida qozoq geologi Qanish Satbaev tomonidan topilgan. Bu yuzdan Qarsaqpay bitigi ham deb ataladi. Bitik bugungi kunda Sant-Peterburgda Ermitaj muzeyida saqlanadi.
Temurbekning siyosiy-harbiy kechmishi
tahrirTemurbekning siyosatga kirib kelishi
tahrir1358-yil Qazagʻanbekning oʻlimidan soʻng Movarounnahrda boshlangan bosh-boshdoqlik chogʻida Temurbek amakisi Xoji Barlos bilan Kesh yerlarini boshqarardi. 1360-yil yanvarda Jeta (Moʻgʻuliston) xoni Tugʻluq Temur Movarounnahrga yurish qiladi. Tugʻluq Temur bilan kelishgan Temurbekka Keshdan Sirdaryogacha boʻlgan yerlar topshiriladi. Tugʻluq Temur orqasiga qaytib ketadi. Xizr Yasuriy va Temurbek birga qoʻshin yigʻadilari. Xoji Barlos esa Yasuriy bilan yovlashadi va unga qarshi yurish qiladi. Tomonlar Oyqor yaqinida toʻqnashishadi. Temurbek tomon dushmanni yengadi. Biroq keyinroq Temurbek Yasuriy bilan yovlashadi. Kesh yaqinidagi Surushdagi urushda Temurbek dushmanni yengadi. Temurbek Termiz tomonga qarab yuradi. Ali Jarjariy bilan yovlashadi. Angor yaqinida toʻqnashishadi. Temurbek dushmanni yengadi. 1361-yil martda Tugʻluq Temur yana Movarounnahrga yurish qiladi. Temurbek yana Tugʻluq Temur oldiga boradi va Temurbekka Kesh viloyati va 10 ming kishi topshiriladi. Movarounnahrga xon qilib Ilyosxoʻja, Tugʻluq Temurning oʻgʻli, tayinlanadi. Tugʻluq Temur oʻz yurtiga qaytadi. Temurbek Husaynbek bilan uchrashadi. Alibek Joni Qurboniy bu ikki bekni tutib qamatadi. Moxonda qamoqda bir necha kun qolgan beklar Muhammadbek, Alibekning akasi, tomonidan ozod qilinadi. Temurbek Seyiston tomon yuradi. Temurbek va Husaynbek Seyiston hokimi soʻrovi va bergan soʻzlariga koʻra uning yovlariga qarshi urushishadi. Temurbek tomon dushmanni yengadi. Seyiston hokimi soʻzini ustidan chiqmaydi. Temurbek Seyistondan qaytishida Sagziylar Mekrondan kelib Temurbek va yoʻldoshlariga tashlanishadi. Sagziylar qoʻshini chekinadi. Temurbekning oʻng qoʻli va oʻng oyogʻi yaralanadi. Temurbek Garmsirga keladi va tuzaladi. Keyin Balxga qarab boradi va Abdulloh arigʻi oldida, Abu Said, Mangli Buʼga, Haydarlarga qarshi urushadi. Temurbek dushmanni yengadi. Temurbek Dashti Koʻlankaga keladi. Toshkoʻprik yaqinida Temurbek Yumkon oʻgʻli Temur, Sariq, Shingum va Tugʻluq Xoʻjaga qarshi urushadi. Temurbek dushmanni yengadi. 1364-yil Temurbek va Husaynbek Kesh yaqinidagi Qubba-i metinda Ilyosxoʻja bilan toʻqnashishadi. Temurbek tomon dushmanni yengadi. Temurbek Qobulshoh Oʻgʻlonni Movarounnahrga xon qilib koʻtaradi. Ilyosxoʻja yana Movarounnahrga yurish qiladi. 1365-yil 22- mayda Chinoz yaqinida Chirchiq daryosi boʻyida Loy jangi boʻlib oʻtadi. Temurbek boʻlinmasi qarshi tomon boʻlinmasini yengadi. Biroq Husaynbek dushmanga qarshi turolmaydi. Bu yuzdan Temurbek Keshga qaytishga majbur boʻladi. 1366- yil Husaynbek va Temurbek yovlashadi. Qatlashdagi urushda Temurbek tomon dushmanni yengadi. Temurbek Qarshiga qarab yuradi. Qarshi qamalida Musabekni 12000 otligʻini 243 kishi bilan yengadi. 1367-yil Moxon yaqinidagi Bermasda Bekishohga qarshi yuradi. Temurbek dushmanni yengadi. Temurbek Husaynbek bilan yarashib Qobul tomon yuradi. Temurbek tomon Qobul sharini egallayadi. 1368-yil Temurbek Badaxshonni yagʻmo etib qaytadi. Temurbek Husaynbek ila yana yovlashadi. 1370-yil Arxangdagi urushda Temurbek Husaynbekni uzil-kesil yengadi. Sayyid Baraka Temurbekka tabl va yalov taqdim etadi. Temurbek Balx tomon yuradi va Balxni qoʻlga olib Suyurgʻotmish Oʻgʻlonni xon qilib koʻtaradi. 1370-yil Temurlilar davlati quriladi.
Amir Temurning hokimiyat boshqaruvi davri
tahrirTemurbek Amir unvonini oladi va Samarqandni boshshahar etib belgilaydi. 1370-yil kuzida yirik Qurultoy o'tkazadi. 1371-yil Amir Temur Jeta tomon 2 bora yurish qiladi. Hevak o'lkasi va Kot shahri aslan Chig'atoy ulusining yerlari bo'lsada, biroq u yerlar soliqlarini Xorazmdagi So'fiylar yig'ar edi. 1372-yil bahorda bu yerlarni qaytarishni ko'zlab Temurbek Xorazm tomon ilk yurishini qiladi. Temurbek Qot qal'asini qamal qiladi va qal'ani egallaydi. Temurbek Qovun arig'iining oldida Husayn So'fiy bilan urushib dushmanni yengadi. Husayn So'fiy yengilishdan so'ng Xorazmga qarab chekinadi va o'sha yerda o'ladi. Temurbek Yusuf So'fiy bilan yarashadi va ortiga qaytadi. Qaytish ortidan Yusuf So'fiy Kotni talaydi. Temurbek 2-bora Xorazm tomon yuradi. Temurbek qudachilik qilish uchun bu gal Xorazmni urmaydi. 1375-yil yanvarda Temurbek Jeta tomon 3-bora yurish qiladi. Ili daryosi bo'yida urushda Temurbek dushmanni yengadi. 1376-yil Temurbek Xorazm tomon 3 chi yurishini qiladi. Biroq bu yurish chog'ida Sari Bug'a va Odilshoh yovlik yo'liga o'tgani uchun ortiga qaytadi. Keyi 4-bora Jetaga yurish qiladi. Temurbek qo'shini Jeta xoni Qamariddinni to'la yengadi. Shu yili to'ng'ich o'g'li Jahongir Temuro'g'li o'ladi. Temurbek 5-bora Jeta tomon yuradi va To'qtamish o'g'lon bilan uchrashadi. To'qtamishga Sig'noq va Sabron o'lkalarini beradi. 1376-yilning o'zida Temurbek O'risxon tomon qo'shin tortadi. Jayron Qamishda yog'iy qo'shinini yengadi. 1377-yilda Samarqandga qaytadi. Temurbek qaytishi ortidan To'qtamish hokimiyati yiqiladi. Temurbek To'qtamishni yana qo'llaydi va qurol-yaroq bilan ta'minlaydi. 1379-yil Temurbek Xorazm tomon 4-bora yurish qiladi. Xorazm qal'a qamalida Yusuf So'fiy Temurbek bilan birga-bir urushishni so'raydi. Temurbek so'rovni sharaf bilib yolg'iz o'zi qal'a ostiga boradi. Biroq Yusuf So'fiy tashqariga chiqmaydi. Temurbek qal'ani egallaydi. 1381-yilda Temurbek Eron o'lkasi tomon qo'shin tortadi. Temurbek ketma-ket Fushanj qal'asini va Hirotni o'z davlati yerlariga qo'shib oladi. Keyin Samarqandga qaytadi. 1382-yil boshlarida Xuroson tomon yurish qiladi. Kalot qal'asi va Tushriz qal'asini egallaydi. Ortidan Mozandaron Tomon yo'l oladi. Biroq Alibekning Kalotga yurishi yuzidan Temurbek orqaga qaytadi. Keyin Samarqandga qaytadi. 1383-yil yozida Temurbekning xotini Dilshod og'o va egachisi Qutlug' Turkon og'o o'ladi. Jeta tomon qo'shin jo'natgan Amir Temur o'zi Mozandaron tomon yuradi. 1383-yil kuzida Sabzavor qal'asi yiqitildi. Temurbek Seyiston tomon yo'l oladi. Rizo qal'a qamalida Shoh Qutbiddinni yengadi va Seyistonni oladi. Keyin Bo'st tomon yuradi.Qal'ayi Toqni va Bo'st qal'asini egallaydi. Hirmand daryosi bo'ylab yurib Hazorbaro qal'asi(dinsizlar qal'asi) va Dahna qal'asini egallaydi. Qaytishda Afg'oniylar bilan urushda dushmanni yengadi. Seyiston va Zobuliston qo'shilishi ortidan Temurbek Samarqandga qaytib keladi. 1384-yil bahorida qayta Mozandaron tomon yo'l oladi. 1385-yil yozida Sultoniya shahrini oladi. So'ngra Omul va Sori o'lkalarini qo'l ostiga kiritadi va Samarqandga qaytadi. Temurbekning Eron o'lkalaridan qaytishi ortidan To'qtamishxon Eronga bostirib kiradi va shahar va qishloqlarni talaydi. 1386-yil o'tmishda 3-yillik yurish oti bilan ingan yurishini boshlaydi. Luristonda qaroqchilar urilishidan keyin Ozarbayjon yerlari tomon yo'l oladi. Sulton Ahmad Tabrizni tashlab qochishi yuzidan Temurbek Tabrizni oladi. Gurjistonga qarab yurishda Garni, Sarmoluka va Qars qal'alarini oladi. Gurjiston boshshahri Tiflis(Tbilisi)ni o'zgadinlilarga qarshi kurashib fath qiladi. Temurbek G'oziylik urushidan keyin Qorabog'ga boradi. 1387-yil To'qtamish Kaspiy(Xorazm dengizi)ning kunbotari oldidan o'tgan yo'l orqali Ozarbayjonga qarab qarab qo'shin jo'natadi. Temurbek qo'shini ol qo'shin g'ajirchilari To'qtamish qo'shinini uradi. Amir Temur karvontalar Turkman qaroqchilarini yo'qotish uchun Oydin, Avniq va Arzirum qal'arini yiqitadi. Keyin Van va Vaston o'lkalari tomon yo'l oladi. Van qal'a qamali 20 kun cho'ziladi va qal'a egallanadi. Kurdiston va Urmiya Turkiga o'z noiblari belgilaydi. 1387-yil kuzida Fors o'lkasiga qarab yuradi. Xamadon o'lkasidan o'tib Isfahon qal'asini egallaydi. Biroq Isfahonliklarning yanglish urushi sabab Isfahon shahri eli qirg'in qilinadi. Shu yil oxirida Sheroz shahri olinadi. Biroq Temurbek To'qtamishxonning ontlashmani buzib Movorounnahrga qilgan yurishi ketidan Samarqandga qaytadi. 1388-yil ko'klam chog'ida Amir Temur Xorazmga 5-gal yurish qiladi. Xorazm qal'asini buzib ichiga arpa ektiradi va shahar elini Samarqandga ko'chirtiradi. So'ngra To'qtamishxon tomon qo'shin tortib boradi. 1389-yil Temurbekning izidan kelayotganini bilib qolgan To'qtamishxon ortiga chekinib ketadi. Kengash bilan so'zlashgan Temurbek Jeta tomon 5 chi yurishini qiladi. 1389-yil yozida Jeta qo'shinlarini yengib Samarqandga qaytib keladi. 1391-yil Dashti Qipchoq tomon yurish qiladi. Amir Temur 18/06/1391 Qunduzcha urushida To'qtamishxon bilan to'qnashadi. Qo'shinini yetti bo'lak qilib tizgan Temurbek yog'iyni yengadi. 1392-yil ko'klam boshida Samarqandga qaytadi. 1392-yil yozida o'tmishda 5-yillik yurish oti bilan ingan yurishini boshlaydi. Omul va Gitisiston qal'asi olinadi. Temurbek 1393-yil boshida Iroq tomon qarab yuradi. Olinmas deb atalgan Safed qal'asi olinadi. Potila yeri yaqinidagi urushda Temurbek Fors o'lkasing shohi Shoh Mansurni yengadi va Shoh Mansurning boshi kesiladi. Temurbek Eron o'lkasi noibligini Muzaffar oilasidan olib o'z beklariga bo'lib beradi. 1393-yil kuzida Bog'dodga yetib keladi. Sulton Ahmad Jaloyir urushsiz qal'ani tashlab qochadi va Temurbek Bog'dodni egallaydi. 1393-yil qish boshida olinmas deb atalgan Tikrit qal'asi olinadi. Ortidan Diyorbakr tomon jo'nab u yerda o'z yo'rig'ini o'rnatadi. 1394-yil Ruha(Urfa) tomon borib u yerda o'z yo'rig'ini o'rnatadi. 1394-yil yanvarda Temurbekning ikkinchi o'g'li Umarshayx o'ladi. Mardin qal'asi olinadi. Ortidan 3-4 ming yildan buyon olinmagan Homid qal'asi olinadi. 14/07/1394 da Avniq qal'asi yiqitiladi. Amir Temur Gurjiston o'zgadinlilari ustiga yana bir bor yurish qilib talaydi. Ortidan To'qtamishxon ustiga yurish qiladi. 15/04/1395 da Tarak daryosi yoqasida Temurbek To'qtamish bilan to'qnashadi. Temurbek To'qtamishxonni tamoman yengadi. Temurbek Jo'jixon ulusini urish uchun O'rus tomon yuradi. Ulus boshshahri Saroy Botu qal'a shahri qulatiladi. Ortidan Qorasuv(Voronej) otli O'rus viloyati yag'molanadi. Keyin Maskav(Moskva) shahri tomon yuradi va u yerni talaydi. Temurbek Ozoq(Azov) qal'asini oladi. 1396-yil Temurbek Elburzko'hga qaytadi. Olinmas deb atalgan Kula va Tovus qal'alarini oladi. Temurbek Kavkaz va shimoldagi o'lkalarda o'z hokimiyatini o'rnatgandan keyin 18/07/1396 Hamadondan Samarqand tomon yo'lga tushadi. 1398-yil Amir Temur Chinga yurish qilishni istagan bo'lsada kengash so'ziga ko'ra Hindiston tomon yuradi. Musulmonlar so'rovi sabab 1398-yil yoz boshlarida Katur gabr(kofir)larini yo'q etadi. 1398-yil sentabrda Puriyon Afg'onlarini yengadi. 25/10/1398 da Shohnavoz qal'asi olinadi. Ketidan Batnir, Sarasati, Fathobod va Amurani kentlari yerlari davlat yerlariga qo'shib olinadi. Temurbek 1 oy ichida 20 dan ortiq qal'a qamallari va urushlarda yutadi. 16-17/12/1398 Dehli sultoni Mahmud Sulton bilan to'qnashadi. Temurbek Filli Mahmud Sulton qo'shinlarini sochib yanchib tashlaydi. 18/12/1398 da Dehlida Temurlilar davlati bayrog'i ilinadi. Temurbek 10/01/1399 Gang daryosi bo'yida gabrlarga qarshi urushadi va dushmanni yengadi. 12/01/1399 da bir kunda 3 bora urushadi va yovlarining barisini yengadi. 14/10/1399 da Hindiston yurishidan qayta boshlaydi. Suvalak tog'ida dinsizlarga qarshi va Jammu o'lkasida o'zgadinlilarga qarshi g'azo qiladi. Amir Temur 28/04/1399 da Samarqandga kirib keladi. Shu yil kuzida o'tmishda 7-yillik yurish oti bilan ingan yurishini boshlaydi. 1400-yilda Gurjiston tomon yurish qiladi. Zarit va Svanet qal'alarini egallaydi. Bu yerda o'z hokimiyatini o'rnatib ortga qaytadi. Shom o'lkasi tomon yo'l olgan Temurbek Bihishti va ayntob qal'alarini oladi. 28/10/1400 da Temurbek Xalab qal'asini oladi. Xama, Xams va Ba'albak kentlari egallanadi. 05/01/1401 da Damashq urushida Temurbek Mamluq davlati sultoni Farajni uzil-kesil yengadi. Temurbek Damashqni oladi. Keyin Shomdan Iroq tomon yuradi. 09/07/1401 da Temurbek Bog'dodni qayta egallaydi va buzdiradi. Keyin Tabriz tomon yuradi. Undan chiqib Qorabog' tomon yuradi. Bu orada Usmonli bilan orasi sovigan Temurbek Rum(Anado'li, bugungi Turkiya) tomon yuradi. Shu qishda Tartum qal'asi ortidan Qamoh va Horun qal'alarini oladi. Qaysariya va Anquriya(Anqara) qal'a qamallari chog'ida Boyazid Yildirim qo'shini bilan Anqara yaqiniga kelganini bilgan Temurbek Boyazitga qarshi qo'shinini tizadi. 20/07/1402 Anqara urushida Temurbek Boyazid Yildirimni uzil-kesil yengadi. G'alaba so'zlari dunyoning har tomoniga yuboriladi. Birin-ketin Rumdagi shaharlar egallanadi. 02/12/1402 da Amir Temur Izmir tomon yuradi. 14 kundan qisqa muddatda 7 yil Usmonli davlati ola bilmagan Izmir qal'asi olinadi. Ortidan Egridir va Nasibin qal'alari olinadi. Temurbek Rum viloyatidan chiqib Gurjiston tomon yuradi. Umuman olib bo'lmas deb atalgan Kartin qal'asini oladi. Qishni Qorabog'da o'tqazgan Temurbek 26/03/1404 da Samarqand tomon yuradi. 19/05/1404 da yana biror bora olinmagan qal'a Feruzko'h qal'asi 2 kunda olinadi. 1404-yil iyulda Amir Temur Samarqandga kelib tushadi. 1405-yil Chinni olishni istagan Temurbek Chin tomon yurishini boshlaydi. 14/01/1405 da O'trorga kelib tushadi. Biroq yurish yakuniga yetmaydi. 1405-yil 18-fevralida ayozning ayozli kunlarida Temurbek O'trorda hayotdan ko'z yumadi. 23/02/1405 da Sohibqiron Amir Temur Samarqandda Go'ri Amirda ko'miladi.
Temurbekning boshqa davlatlar bilan siyosiy bog'lanishlari
tahrirOltin O'rda davlati - To'qtamishxonning yengilishlaridan keyin Temurbek Oltin O'rdada o'zi xon belgilab keladi va savdo aloqalarini saqlaydi. Temurbek davlati bo'yinturug'i ostiga to'la kirmasa ham ortiq xavf tug'dirmaydigan davlatga aylanadi. Oltin O'rda daqvlati cho'kishi boshlanadi.
Mamluq davlati - Shomdagi yengilishdan keyin Mamluqli davlati Temurbekning so'rovlarini, elchi Atalmishni qo'yib yuborish va so'ralgan ot va qoramollar berish, o'taydi. Urushdan oldin va keyin bir necha bora 2 tomondan ham elchilar borib keladi. Maktublar almashiniladi. Temurbek davlati bo'yinturug'i ostiga kiradi.
Jete davlati - 5 bora og'ir yurishlardan so'ng ortiq Movorounnahr uchun xavf tug'diradigan davlat bo'lmaydi.
Dehli sultonligi - Dehlidagi yengilishdan so'ngra Temurbek davlati bo'yinturug'i ostiga kiradi.
Rus davlati - Bosqin chog'ida bir qancha sovg'a salomlar o'taydi. Moskva yag'mosi tarixchilar orasida tortishmali.
Avlodlari
tahrirTemurning oʻgillari
tahrir- Umar Shayx Mirzo I – Tolun ogʻa bilan
- Jahongir Mirzo – Turmish Ogʻa bilan
- Miron Shoh Mirzo – Mengli ogʻa bilan
- Shohrux Mirzo – Toʻgʻay Turxon ogʻa bilan
Temurning qizlari
tahrir- Begi aka (1382-yilda vafot etgan) – Turmish ogʻa tomonidan. Amir Muso Tayichiudning oʻgʻli Muhammad begimga uylangan
- Sulton Husayn Toychiud
- Sulton Baxt Begim (1429/30-yilda vafot etgan) – Oʻljay Turxan ogʻa tomonidan. Birinchi turmushga chiqqan Muhammad Mirke Apardi, ikkinchisiga uylangan, 1389/90, Sulaymon Shoh Duglat.
- Saodat Sulton – Dilshod ogʻa
- Bikijan – Mengli ogʻa
- Qutlugʻ Sulton ogʻa – Togʻay Turxon ogʻa
Umar Shayx Mirzo I ning oʻgʻillari
tahrir- Pir Muhammad
- Iskandar
- Rustam
- Bayqara I
- Mansur
- Sultan Husayn Bayqara
- Badiʼ az-Zamon
- Muhammad Moʻmin
- Muhammad Zamon Mirzo
- Muzaffar Husayn
- Ibrohim Husayn
- Badiʼ az-Zamon
- Sultan Husayn Bayqara
- Mansur
Jahongirning oʻgʻillari
tahrir- Muhammad Sulton Mirzo
- Pir Muhammad
Mironshohing oʻgʻillari
tahrir- Halil Sulton
- Abu Bakr
- Muhammad Mirzo
- Abu Sayid Mirzo
- Umar Shayx Mirzo II
- Zahiriddin Muhammad Bobur
- Moʻgʻullar
- Jahongir Mirzo II
- Zahiriddin Muhammad Bobur
- Umar Shayx Mirzo II
- Abu Sayid Mirzo
Shohruh Mirzoning oʻgʻillari
tahrir- Mirzo Muhammad Taragʻay – Ulugʻbek nomi bilan mashhur
- Abdul-Latif
- Gʻiyatiddin Boysungʻur
- Alo al-Davla Mirzo
- Ibrohim Mirzo
- Sulton Muhammad
- Yodigor Muhammad
- Abul-Qosim Bobur Mirzo
- Alo al-Davla Mirzo
- Sulton Ibrohim Mirzo
- Abdulloh Mirzo
- Mirzo Soyurhatmish Xon
- Muhammad Juqiy
Oq Oʻrda bilan jang
tahrirAmir Temur Movarounnahrni moʻgʻullar hukmronligidan ozod etib, bu qad. mamlakatda mustaqil davlat barpo etgan boʻlsada, hali mamlakatda barqaror tinchlik oʻrnatilgan emas edi. Bir tomondan ayrim viloyat hokimlari Amir Temur hakimiyatini tan olishdan bosh tortib turgan boʻlsalar, ikkinchi tomondan mamlakatning sharqiy va shim. hududlari notinch edi. Moʻgʻuliston bilan Oq Oʻrda hukmdorlari Fargʻona vodiysining sharqi, Oʻtror, Yassi (Turkiston) va Sayram sh.lariga xavf solib, bu hududlarga tez-tez hujum qilar va aholini talontoroj qilardi. Shuning uchun ham Amir Temur dastlabki yillarda mamlakat sarhadlari xavfsizligini taʼminlashga katta ahamiyat berdi. Isyonchi amirlarga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. 1370-yil kuzi va 1371-yil bahorida amir Zinda Chashmga zarba berib, Shibirgʻon viloyati boʻisundirildi. Balx va Toshkent viloyatlari ham Amir Temur hokimiyatini tan oldilar. Ammo Xorazm Oq Oʻrda hukmdorlariga suyanib, hanuz boʻysunishdan bosh tortib kelardi. Xorazmni Amir Temur Chigʻatoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblab, uni oʻz davlatiga koʻshib olish siyosatini tutdi. Ammo bu masala elchilar vositasida tinch yoʻl bilan hal etilmagach, Amir Temur Xorazm hududiga besh marotaba yurish qildi. Birinchi yurishi 1371-yil yoz (iyul)ida Kot shahrini egallash bilan yakunlandi. Amir Temurning 1373-yil bahori va 1375-yil yozida Xorazm tomonga qilgan ikki yurishi natijasiz tugadi. Bu asnoda Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamish bilan ittifoq tuzib olgan Xorazm hukmdori Yusuf soʻfi, uning yordamida Amir Temur davlati hududlariga bir necha bor yurish qilib, Qorakoʻl viloyati va Buxoro tumanlarini talon-toroj etdi. Bunday vaziyat shubhasiz, 1379-yilda Amir Temurni toʻrtinchi marotaba Xorazmga qoʻshin tortishga majbur etdi. Lekin, bu yurish ham avvalgilari kabi sulh tuzish bilan tugadi. Biroq shunga qaramay, Yusuf soʻfi ilgari Xorazmning Chigʻatoy ulusiga tegishli boʻlgan jan.-sharqiy (Kot va Xiva sh.lari birga) qismini yana qaytadan bosib oldi. Amir Temur davlatiga nisbatan Yusuf soʻfining tutgan bunday tajovuzkorona siyosati Xorazm ustiga Amir Temurning beshinchi marta yurish qilishiga sabab boʻldi. 1388-yilda Xorazmning poytaxti vayron etilib, uning hududlari Amir Temur davlatiga boʻysundirildi.
Mogʻuliston istilosi
tahrirBu orada Amir Temur Moʻgʻuliston hokimi Qamariddin bilan ham toʻqnashib qoldi, chunki bu davrda uning Movarounnahrga boʻlgan talonchilik xurujlari kuchayib ketgandi. 1370 – 71-yillarda u Toshkent va Andijon ustiga bir necha bor bosqin qilib, talab qaytgandi. 1376-yilda esa Qamariddin hatto Fargʻona vodiysining talaygina qismini bosib oldi. Amir Temur mamlakatning shim.-sharqiy hududlariga nisbatan boʻlayotgan muttasil taxdidni bartaraf qilish uchun Qamariddinga jiddiy zarba berishga kirishadi. Yigirma yil (1371 – 1390) mobaynida Sohibqiron Moʻgʻulistonga yetti marta yurish qilib, moʻgʻul hukmdorlari Anqotoʻra va Kamariddin ustidan gʻalaba qozondi. Shu zaylda Amir Temur Movarounnahr va Xorazmda ichki tarqoqlik, oʻzaro nizolar, shuningdek Moʻgʻuliston tomonidan boʻlib turgan tazyiqqa chek qoʻyib, ushbu hududda yashovchi elu elat va xalqlarni yagona davlatga birlashtirdi. Bu shubhasiz, Movarounnahr aholisi taqdirida ijobiy ahamiyat kasb etdi.
Eron va Kavkaz yurishlari
tahrirAmmo, Amir Temur bu bilan qanoatlanmadi. Tez orada u qoʻshni davlatlar va xalqlar ustiga yurish qilib, ularni oʻziga boʻysundirish va markazlashgan buyuk saltanat barpo etishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi. Bu davrda Oltin Oʻrda, Xuroson va Erondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat uning uchun juda qoʻl keldi. Amir Temur harbiy yurishni Xurosondan boshladi. 1381-yil u Hirotni egalladi. Saraxs, Jom va Qavsiya sh.lari jangsiz taslim boʻldi. Xuroson, xususan uning poytaxti Hirot strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega boʻlib, Eron, Iroq, Shom va boshqa mamlakatlarga oʻtishda koʻprik vazifasini oʻtardi. 1381 – 84 yillar davomida Amir Temur Eronning katta qismini egalladi. Avval (1381) Kalot, Turshiz va Sabzavor, keyin (1383) Seistonning Zireh, Zova, Farah va Bust qalʼalari, 1384-yilda esa Astrobod viloyati va Ozarbayjonning Omul, Sori, Sultoniya va Tabriz shaharlari istilo qilindi.
Amir Temurning 3 yirik istilolari
tahrirAmir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga 3 marta lashkar tortdi. Bu yurishlar tarixda „3 yillik“, „5 yillik“ va „7 yillik“ urushlar nomi bilan mashhur. 3 yillik (1386 – 1388) harbiy istilolar oqibatida Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Van koʻli atrofidagi yerlar egallandi.
3 yillik istilo
tahrirAmir Temur shu bilan birga shimoliy-gʻarbdan, yaʼni Oltin Oʻrda tomonidan boʻlayotgan tazyiqqa barham berish maqsadida Toʻxtamishga qarshi 3 marta qoʻshin tortishga majbur boʻldi. U 1389-yilda Dizaq (Jizzax)ning Achchiq mavzeida, 1391-yilning 18-iyunida (hozirgi Samara bilan Chistopol shaharlari orasida joylashgan Qunduzcha (Kondurcha) daryosi vodiysida (qarang Qunduzcha jangi) va nihoyat, 1395-yilda (28 fevral) Shimoliy Kavkazda Terek daryosi boʻiida Toʻxtamish qoʻshiniga qaqshatqich zarba beradi (qarang Terek daryosi boʻyidagi jang). Amir Temur harbiy yurishlari natijasida Quyi Idil (Volga) viloyatlari, Saroy Berka, Saroychik va Hojitarxon (Astraxon) kabi shaharlar gʻorat qilindi. Amir Temur Toʻxtamishni quvib Ryazan viloyatigacha bordi va Yelets shahrini ishgʻol qildi. Sharafuddin Ali Yazdiy Amir Temurning Moskva istilosini shunday taʼriflaydi: „Sohibqiron Maskavga sorikim, Rusning shaharlaridan erdi, tavajjuq qildi. Anda yetkonda nusratshiʼor cheriki ul viloyatni (shahar va atrofini) chobtilar va andagʻi hokimlarni tobeʼ qildi. Va cherikning eliklariga sonsiz mol tushti…“ („Zafarnoma“, 179-bet). Bu urushda Azaq (Azov), Kuban va Cherkas yerlari ham kuchli aziyat chekegandi. Qizigʻi shundaki, Amir Temur Idilning Turotur kechuvi boʻyida Oʻrusxonning oʻgʻli Quyrichoq oʻgʻlonni chaqirtirib, unga qoʻlga kiritilgan sobiq Joʻchi ulusini inʼom etdi. Rossiya tarixchilari B. D. Grekov va A. Yu. Yakubovskiyparnmnt yozishlaricha, Amir Temurning Toʻxtamish ustidan qozongan gʻalabasi, faqat Markaziy Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek tarqoq Rus knyazliklarining birlashishi uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan.
5 yillik istilo
tahrirShundan soʻng Amir Temur butun eʼtiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo va Hindiston yerlarini uzil-kesil zabt etishga qaratdi. U besh yillik (1392 – 1396) urush davomida Gʻarbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egalladi, natijada muzaffariylar va jaloiriylar sulolasining hukmronligi barham topdi.
Hindiston istilosi
tahrirAmir Temurning Hindiston istilosi (1398-yil may – 1399-yil mart) qariyb 11 oy davom etdi. Amir Temur Hindistondan katta oʻlja, shu jumladan 120 jangovar fil bilan qaytdi. Oʻljalarning bir qismi qoʻshinga taqsimlab berildi, qolgani Samarqand va Kesh shaharlarida olib borilayotgan qurilishlarga sarflandi.
7 yillik istilo
tahrirAmir Temurning 1399 – 1404-yillarda olib borgan harbiy yurishlari natijasida Shomning Halab (Aleppo), Xums, Baalbek (Baʼalbak), Dimishq (Damashq) kabi yirik shaharlari va Iroqi Arabning Ubuliston oʻlkasi (qad. Kappadokiya) bilan Bagʻdod, shuningdek Turkiyaning katta qismi zabt etiladi. Anqara jangida Amir Temur jahonning buyuk sarkardalaridan biri Boyazid Yildirim ustidan gʻalaba qozondi. Turk sultoni asirga olindi. U bilan birga xotini serb malikasi Olivera, oʻgʻillari Muso va Iso Chalabiylar ham asirga tushdilar. Soʻng, Amir Temur Anadolu yarim orolini egallab, Oʻrta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etdi va salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham berdi. Soʻngra, Egey dengizida joylashgan Xios va Lesbos orollaridagi Genuya mulklarining hukmdorlari unga taslim boʻldilar, Misr ham oʻz itoatkorligini izhor etdi. Amir Temur Anqara, Nikeya, Bursa va Izmir shaharlarini egallab, Vizantiya va butun nasoro olamining Boyazidga yigʻib bergan bojlaridan iborat katta boylikni qoʻlga kiritdi. Birgina Bursa shahridan olingan oltin va javohirlarning oʻzi kattagina karvonga yuk boʻlgan. Bandi qilingan Boyazid oʻrdugohga olib kelingach, Amir Temur unga hurmat va ehtirom koʻrsatdi. Uning vafotidan soʻng (1403-yil 9-mart) esa vorislariga himmat koʻzi bilan boqib, ularga beqiyos muruvvatlar qildi. Chunonchi Boyazidning toʻngʻich oʻgʻli Sulaymon Chalabiyni turklarning Yevropadagi viloyatlariga hokim etib tayinladi. Edirne (Adrianopol) shahri uning poytaxti qilib belgilandi. Anadoluning shimoliy-gʻarbiy qismi suyurgʻol sifatida Iso Chalabiyga inʼom qilinib, Bursa shahri uning poytaxtiga aylantirildi. Usmoniy turklar davlatining markaziy qismini boshqarishni Muso Chalabiyga topshirdi.
Amir Temur Usmoniy turklar davlatini butunlay bosib olish niyatida boʻlmagan, chunki u Yevropa davlatlarining Yaqin Sharq mamlakatlariga nisbatan tajovuzkorona niyatda ekanligini yaxshi tushunar edi. Shuning uchun ham Amir Temur Usmonli turklar davlatini saqlab qoldi va Boyazidning vorislariga muruvvat qoʻlini choʻzdi. Shunday boʻlsada, Boyazid ustidan qozonilgan bu gʻalaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380 – 1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399 – 1407) tabriklab, unga maxsus maktub yubordilar. Chunki Amir Temur endigina uygʻonayotgan Yevropaga islom dinini yoymoqchi boʻlgan Usmoniy turklar davlatiga zarba berib, Yevropadagi nasroniylarning xaloskoriga aylangan edi.
Xitoyga yurishining boshlanishi
tahrirAmir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgach, 1404-yil 27-noyabrda 200 ming qoʻshin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning Oʻtrorda vafoti (1405-yil 18-fevral)amalga oshmay qoldi. Maʼlumki, Amir Temur 1405-yil kuchli shamollash sababli olamda oʻtdi deyiladi. Lekin, Amir Temurni vafotini tezlashtirgan boshqa sabablar ham bor. Ibn Arabshohning yozishicha (1436-yil yozilgan) kuchli sovuq natijasida Temur ibrida (sovuqdan jismni zaiflashtiradigan kasallik) kasaliga chalinib, tabiblar uni dad etish maqsadida tayyorlagan tarkibida isitadigan moddalar, xushboʻyliklar va rezavorliklar boʻlgan xamr aragʻini isteʼmol qilgan. Tarixchi, Xondamirning fikricha Amir Temur oʻlimini tabiblar Dori sifatida tayyorlagan araq tezlashtirib yuborgan. Xondamir „ Habib us-siyar“ asarida shunday yozadi: "…sohibqiron shu asosda araqqa ragʻbat koʻrsatdi, unga javhar keltirishlarini buyurdi, koʻrinishidan suvdek boʻlsa ham sifati jihatidan olovdek edi. Oliyjanob Sohibqiron ikki kecha kunduz araq ichdi, ammo aslo ovqat yemadi. Shuning uchun mijozoda oʻzgarish yuz berdi. Bu oʻzgarishni tabiblar xumor belgisi boʻlsa kerak deb tushundilar. Yana unga bir-ikki qadah berdilar, harorati biroz taskin topdi, ammo vujudi va tabiatiga sharob taʼsir qildi shekilli, issigʻi Yana koʻtarilib ketdi. Sohibqiron sogʻligʻi yomonlashdi. Mazkur ichimlik bu vaqtda faqat tabobatda qoʻllanilib, mast qiluvchi funksiyasi oʻzlashtirilmagan edi. Temur kasalining kuchayishi va koʻp miqdorda isteʼmol qilingan araq sabab boʻlgani haqida oʻsha davr tarixchisi Hofiz Abru ham yozadi.[2] Amir Temurning vafoti haqidagi xabar garchi avvalda sir tutilsada, ammo koʻp vaqt oʻtmay bu noxush xabar mamlakat boʻylab tarqalib ketadi. Amir Temurning jasadi Samarqandga olib kelinib dafn qilinadi (qarang Amir Temur maqbarasi).
Amir Temur siymosiga tarix va madaniyat nuqtai-nazaridan qarashlar
tahrirAmir Temur davrida madaniyat va fan
tahrirAmir Temur – buyuk davlat asoschisi hisoblanadi. U Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar, Sirdaryo va Orol dengizidan Fors qoʻltigʻiga qadar gʻoyat katta hududni qamrab olgan markazlashgan ulkan saltanatga asos soldi. Bundan tashqari Amir Temur davlatiga Kichik Osiyo, Suriya, Misr va shim.-gʻarbda Quyi Volga, Don buylari; shim.-sharqda Balxash koʻli va Ili daryosigacha; jan.-sharqda esa Shim. Hindistongacha bulgan mamlakatlar buysundirildi. Amir Temur. davlatni aql-zakovot va huquqiy asos bilan idora etgan. Uning „… davlat ishlarining toʻqqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim“, degan soʻzlari buning yorqin dalilidir.
Shaharsozlik va meʼmorlik
tahrirSohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyosdir. Tarix bu qoʻhna dunyoda oʻtgan koʻp jahongirlarni biladi. Ularning aksariyati faqat buzgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr buyi bunyodkorlik bilan mashgʻul bulgan. Uning „Qay bir joydan bir gisht olsam, oʻrniga un gʻisht qoʻydirdim, bir daraxt kestirsam, oʻrniga unta kuchat ektirdim“ degan soʻzlari buning yorqin isbotidir. Amir Temurga har bir zafarli voqea va sevinchli hodisani muhtasham meʼmorlik obidasi barpo etish bilan nishonlash odat boʻlgan. Shu maqsadda Hindiston, Sheroz, Isfahon va Damashqning mashhur ustahunarmandlari mamlakatda hashamdor imoratu inshootlar bino qilganlar. Amir Temur zabt etgan mamlakatlarning bir qator shaharlari (Bagʻdod, Darband, Baylaqon)ni qayta tikladi. Amir Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bagʻdodda Madrasa, Turkistonda mashhur shayx Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara qurdirgan boʻlsada, lekin asosiy eʼtiborini ona shahri Kesh va poytaxti Samarqandga qaratdi. Keshda otasining qabri ustiga maqbara, oʻgʻli Jahongirga maqbara bilan masjid qurdirdi. Amir Temur hukmronligining ilk davrida Kesh shahrini poytaxtga aylantirish niyatida boʻlib, uning obodonchiligiga katta ahamiyat berdi, bu yerda mashhur Oqsaroy qad koʻtardi. Amir Temur Keshni Movarounnahrning madaniy markaziga aylantirishga harakat qildi. Shu boisdan bu shahar „Qubbat ul-ilm val-adab“ unvoniga ega boʻldi. Saltanat poytaxti Samarqand Amir Temur davrida ayniqsa gullab yashnadi. Shaharda Isfahon, Sheroz, Halab, Xorazm, Buxoro, Qarshi va Kesh sh.larining meʼmoru binokorlari qoʻli bilan saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbaralar quriladi. Shahar tashqarisida esa bogʻ-rogʻlar va boʻstonlar barpo etiladi (qarang Amir Temur bogʻlari). Xususan Shohizinda meʼmoriy majmuasiga mansub Shodimulk ogʻo maqbarasi, Shirinbeka ogʻo maqbarasi va boshqa quriladi. Shaharda Bibixonim jome masjidi, Amir Temurning qarorgohi Koʻksaroy va Boʻstonsaroylar qad koʻtaradi. Umuman olganda Samarqand sh. Amir Temur davrida oʻzining qad. oʻrni Afrosiyobyaan birmuncha jan.roqda butunlay yangitdan qurildi. Shahar tevaragi mustahkam qalʼa devori bilan oʻralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, Soʻzangaron va Feruza kabi nomlar bilan ataluvchi 6 ta darvoza oʻrnatildi. Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida oʻnlab sugʻorish tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Yangi qishloqlar barpo etildi. Ibn Arabshohning yozishicha, Amir Temur Samarqand atrofida qad koʻtargan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr, Bagʻdod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Amir Temurning fikricha, Samarqand kattaligi, goʻzalligi hamda tevarak-atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmogʻi lozim edi.
Fan va rassomlikning rivojlantirilishi
tahrirAmir Temurning harbiy yurishlari, jangu jadallarining oqibatlariga baho berilar ekan, shuni alohida taʼkidlash kerakki, uning faoliyati qoʻyilgan maqsad va rejalari jihatidan ikki bosqichga boʻlinadi. Birinchi bosqich (1360 – 86)da Amir Temur Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzish yoʻlida kurashdi, Movarounnahrni birlashtirishdan manfaatdor boʻlgan mahalliy zodagonlardan iborat ijtimoiy kuchlar (mulkdor dehqonlar, harbiylar, hunarmandlar, savdogarlar va ruhoniylar) yordamida tarqoq mulklarni birlashtirish uchun kurash olib bordi. Amir Temurning bu davrdagi faoliyati Oʻrta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti taraqqiyoti yoʻlida shubhasiz ulkan ijobiy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda tarqoqpik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat i.ch. kuchlarini va moʻgʻullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida boʻhronga uchragan iqgisodni tiklash uchun qulayroq sharoit vujudga keldi. Ayni vaqnda xoʻjalikning asosi boʻlgan dehqonchilikda muayyan siljishlar roʻy berdi. Yangi-yangi ariq (kanal)lar qazilib, dehqonchilik maydonlari kengaydi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topib, shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi. Amir Temur biror mamlakatni tasarrufiga olishdan avval albatta oʻsha joy aholisiga tinchlik yoʻlini taklif etgan, bu yoʻl inkor etilgan holdagina harbiy kuch ishlatgan.
Shahrisabzdagi Temur oʻgʻillari Jahongir va Umarshayxning maqbarasi]]
Amir Temur hayotligi chogʻidayoq saltanatni asosan toʻrt qism (ulus)ga boʻlib, oʻgʻil, nabiralariga taqsimlab bergan: Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Seyiston (markazi Hirot) Shohruxga, Gʻarbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (markazi Tabriz) Mironshohga, Fors, yaʼni Eronning jan. qismi (markazi Sheroz) Umarshayxga, Afgʻoniston va Shim. Hindiston (markazi Gʻazna, keyinchalik Balx) Pirmuhammadga suyurgʻol qilib berilgan. Amir Temur davlati oʻziga xos tartib-qoidalarga asoslangan holda idora etilgan (qarang Temuriylar davlati). Amir Temur asos solgan bu davlat Xuroson va Movarounnahrda XVI asr boshigacha mavjud boʻlib, Shayboniyxon tomonidan tugatilgan.
Shoʻrolar tuzumi davrida Amir Temur. shaxsi va faoliyatiga adolatsizlik bilan yondoshilib, bir yoqlama baho berilib kelindi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng bunday qarashlarga barham berildi. Amir Temurning jahon tarixida tutgan oʻrni oʻz joyiga qoʻyila boshlandi. Oʻzbekistonda uning faoliyatini oʻrganishga va uni ommalashtirishga keng yoʻl ochildi. Uning nomi Oʻzbekistonda abadiylashtirildi. Koʻplab shahar va qishloqlardagi shoh koʻchalar, maydonlar, jamoa xoʻjaliklari, maktablar, kinoteatrlar va boshqa uning nomi bilan ataldi. Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarning markaziy maydonlarida Amir Temurga haykal oʻrnatildi, Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar davri muzeyi barpo etildi (1996-yilda), „Amir Temur“ ordeni taʼsis etildi (1996-yilda) va Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasi tashkil qilindi (1995-yilda). Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida hazrat Sohibqiron tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi (1996-yilda). Amir Temur haqida ikki qismdan iborat badiiy film, spektakllar va sheʼriy hamda nasriy asarlar yaratildi.
Temur va Fransiya qiroli
tahrirU davlat ahamiyatiga ega boʻlgan har bir masalani hal etishda, shu sohaning bilimdonlari va ulamolari bilan maslahatlashardi. Odatdatibbiyot, riyoziyot, falakiyot, tarix, adabiyot, tilshunoslik ilmi namoyandalari, shuningdek ilohiyot va din sohasidagi mashhur ulamolar bilan suhbatlar oʻtkazardi. Amir Temur saroyida ulamolardan mavlono Abdujabbor Xorazmiy, mavlono Shamsuddin Munshi, mavlono Abdullo Lison, mavlono Bahruddin Ahmad, mavlono Nuʼmonuddin Xorazmiy, Xoʻja Afzal, mavlono Alouddin Koshiy, Jalol Xokiy va boshqa xizmat qilardi. Alisher Navoiyga Amir Temurning ilm va maʼnaviyat aqliga koʻrsatgan gʻamxoʻrligi juda yoqar edi. Bu haqda Navoiy shunday degandi: „Agar Temur qayerda fan, madaniyat va sanʼat ahlini uchratsa, ularni oʻz homiyligiga olar, ularga izzat-ikrom koʻrsatar, ularning tarbiyasiga ahamiyat berar hamda bu zotlardan oʻz oliy majlisida nadim (maslahatchi) sifatida va boshqa lavozimlarda foydalanardi“. Amir Temur davrida savdo va hunarmandchilik gʻoyatda rivojlanadi. Yangi bozorlar, savdo rastalari barpo qilinadi. Klavixo Samarqand bozorlarida bugʻdoy va guruchning moʻlligi va arzonligi haqida gapirib, shahar hunarmandchiligi mahsulotlarini – atlas, kimxob, har xil ip va jun toʻqima mollar, moʻynali va ipakli poʻstinliklar, attorlik mollari, ziravor va dorivorlar, zarhal va lojuvardlar hamda boshqa mollarning serobligini ham taʼkidlaydilar. Bu davrda Amir Temur va uning joy Sulton Mahmudxon asir olingan noiblari Xitoy va Hindistondan Oʻrta Osiyo orqali Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga yoʻnalgan asosiy xalqaro savdo yoʻli – „Buyuk ipak yoʻli“ni nazorat qilib, savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini taʼminlashda, rabotlar, qalʼalar, koʻpriklar qurish yoʻlida muhim chora-tadbirlar koʻrdilar va Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga gʻoyat katta eʼtibor berdilar. Amir Temur eng muhimi, Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi mayda hukmdorlar oʻrtasidagi tarqoklik va boshboshdoqlikka barham berib, bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqgar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qoʻshdi. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik kirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar oʻrnatdi.
Manbalar
tahrir