Zarkent ota ziyoratgohi – Parkent tumanidagi Zarkent qishlogʻiga yaqin – Chatqol togʻ yonbagʻrida joylashgan „Zarkent bobo“, „Qushqoʻnmas avliyo“ nomlari bilan mashhur boʻlgan ziyoratgoh. Bu yerdagi tabiiy buloq Zarkent qishlogʻini ichimlik suv bilan taʼminlaydi[1].

Ziyoratgoh haqida rivoyatlar

tahrir

Mahalliy aholining taʼkidlashicha, ushbu ziyoratgohning oʻziga xos noyob xislati mavjud. Birinchisi, bu joydagi daraxt va butalarga bulbuldan boshqa qush qoʻnmaydi. Rivoyat qilinishicha, asli Shomda tugʻilgan va zamonasining ilmli kishisi boʻlgan Sayyid Jaʼfar Gʻoziy Zarkentga keladi. Bu yerda u kishiga Hazrati Hizr uchraydi. Sayyid Jaʼfar Gʻoziyning tashnaligini qondirish uchun hassasini toshga uradi va buloq paydo boʻladi. Gʻoziy dushmanlari taʼqibidan xalos boʻla olmagach, ushbu buloq atrofidagi butazorga kirib ketgan va qaytib chiqmagan. Mahalliy aholining taʼkidlashicha, bu buloq suvidan ichgan odamlar boʻqoq kasali bilan deyarli ogʻrimas ekan[1].

„Zarkent ota“ majmuasi – Zarkent ota VIII – IX asrlarda yashagan harbiy qoʻmondon va qutb-ul-aqtob darajasidagi tasavvuf ahli namoyondasidir. Shu bilan birga, dunyoda Gʻoziyning yettita qadamjosi bor boʻlib, Zarkent qishlogʻidagi tarixiy majmua eng ulugʻ qadamjolardan biri hisoblanadi[2].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Nodirabegim Ibrohimova „Ziyorat qilmoqchimisiz? Toshkent viloyati qadamjolari bilan tanishing“. xabar.uz. Qaraldi: 7-mart 2024-yil.
  2. A.Musayev, O‘zA „Toshkent viloyatida ziyorat turizimi ommalashtiriladi va "Yosh sayyohlar uchun" loyihalar bor“. uza. Qaraldi: 7-mart 2024-yil.