Foydalanuvchi:Shjabborova/qumloq

O‘zbеkiston san’at tarixi

tahrir

XIX asrda O‘rta Osiyoda Tasviriy san’at, Toshkеnt, Samarqand, Buxoro va Qo‘qon miniaturachilari ijodiyoti o‘zini namoyon qildi. Ma’lumki, XIX asr ma’rifatparvari, shoir, faylasuf, hattob, falakiyotchi Ahmad Donish (1827-1897) yana musavvir istе’dodiga ega edi. Uning bizgacha yetib kеlgan rasmlari: Abduqodir Bеdilning “To‘rt unsur” qo‘lyozma asariga bag‘ishlab chizilgan “Shoir va rassom” miniaturasi hamda shahar mirshabini aks ettirgan satirik miniaturasi bundan dalolat bеradi. U chizgan miniaturalar nihoyasiga yetkazilgan mukammal rasm, o‘rniga qo‘yilgan bo‘yoqlar, aniq-ravon kontr chiziqlari, uning grafik dastxati bilan ajralib turadi. Ahmad Donishning shogirdi Abdulxoliq Mahmud ham qurt-qumursqalar va gullarni mahorat bilan aks ettirgan rassom sifatida tanilgan.

Toshkеntlik To‘xta Sodiq Xo‘jayev o‘z qo‘li bilan, biron-bir haykaltaroshlik asboblari va kеsiklarisiz, oddiy qalamtarashda o‘yib ishlagan ot va kiyik haykalchalarining.

1886 yildayoq Turkiston ko‘rgazmasida namoyish etilganligi O‘rta Osiyo xalqlarining borliqni badiiy tasvirda aks ettirishga intilishlaridan dalolat bеradi. Ana shu ko‘rgazmada Toshkеntlik kosiblar tomonidan bajarilgan uylarning: ganchdan yasalgan ikki qavatli yevropa uslubidagi uy va nihoyatda mahorat bilan haqiqiysiga o‘xshatib yasalgan ikkita o‘zbеk uyi modеllari ham namoyish etilgan edi.



O‘zbek miniatyura san’ati

tahrir
 
 

Islom dinida Allohni inson va har qanday yerdagi mavjudot bilan tashqi qiyoslash taqiqlanadi. “Ko‘zlar Uni idrok etmaydi, U ko‘zlarni idrok qiladi” - deyiladi Muqaddas Qur’oni Karimda. Ammo shu bilan birga, Qur’on hayvonlar va odamlarni tasvirlashni taqiqlamaydi, lekin bunday tasvirlar ibodat obyektiga aylanmasligi va muqaddas joylarga joylashtirilmasligi kerak.Istisno - buyumlar va kitoblarni bezash uchun yaratilgan nozik va nafis miniatyuralar. Badiiy miniatyura tasviriy san’atning alohida turi hisoblanadi. Dastlab, bu turdagi dizayn yuqori qatlam buyrug‘i bilan amalga oshirilgan va qo‘lda yozilgan kitoblar, qimmatli qo‘lyozmalar va yilnomalarning ajralmas qismi hisoblangan. Ularni yaratish uchun rassomdan katta mahorat va professionallik talab etilgan, chizma qanchalik nozik va yorqin bo‘lsa, miniatyura shunchalik yuqori baholanib, muallifning yuksak kasbiy mahorati ko‘rsatkichi hisoblangan.

Bundan tashqari, miniatyuralar bezakning bir qismi hisoblangan. Kichik, rang-barang rasmlar boy savdogarlar uylarida va xonlar saroylarida hashamatli buyumlarni bezash uchun ishlatilgan. Miniatyuralarda tarixiy yilnomalar, ov va jang sahnalari, uchrashuv va taomlar tafsiloti tasvirlanishi mumkin bo‘lgan. Miniatyura yaratish jarayoni juda murakkab va ko‘p vaqt talab qiladigan jarayon bo‘lib, u matonat, katta sabr-toqat, mustahkam qo‘l va o‘tkir nigohni hamda muallifning cheksiz tasavvurini talab qiladi. Chizma tabiiy xom-ashyodan tayyorlangan maxsus cho‘tka bilan chizilgan.Eng mashhur miniatyura rassomlaridan biri Kamoliddin Behzod (1450-1535) hisoblanadi. Uning asarlari Hirot maktabi va butun Oʻrta Osiyo miniatyuralarini tasvirlashdagi yuksak mahorati bilan eʼtirof etilgan.

Bugungi kunda miniatyura rangtasviri oʻzbek tasviriy sanʼatining mustaqil turi bilan ifodalanadi. Poytaxtimizda Kamoliddin Behzod nomidagi memorial bog‘-muzey faoliyat ko‘rsatmoqda. Muzeyda Kamoliddin Behzod, uning shogirdlari va izdoshlari ijodiga oid 500 dan ortiq qimmatbaho eksponatlar, eski qo‘lyozma kitoblar, turli yozma hujjatlar, tuval, charm, qog‘oz, zargarlik qutilariga miniatyura rasmlari keng namoyish etib kelinmoqda.