Foydalanuvchi:Sitora Oblakulova/Marzia Basel
Sitora Oblakulova/Marzia Basel | |
---|---|
Tavalludi |
1968 |
Fuqaroligi | Afgʻoniston |
Taʼlimi | George Washington universiteti |
Marzia Basel (1968-yilda tug'ilgan) - Afg'onistonning sobiq sudyasi. Tolibon hukmronligi davrida u o'z uyida ayollarga yashirincha ta'lim bergan. Afg‘onistondagi progressiv huquq tashkiloti asoschisi. Bugungi kunda xalqaro munosabatlar va huquq sohalarida keng qamrovli tayyorgarlikka ega.
Biografiyasi
tahrirMarzia Basel 1968-yilda Afg'onistonning Kobul shahrida o'rta tabaqali liberal oilada tug'ilgan[1]. Otasi sudya, opasi advokat sifatida faoliyat yuritgan[2]. 1995-yilga kelib, Marzia Baselning o'zi ham sudya sifatida qasamyod qilgan[3] Oradan bir yil o'tgach, Tolibon mamlakatda barcha ayollarning o'qitilishiga taqiq qo'ygan. Shundan keyin mamlakatdagi hamma ayollar burqa kiyishga majbur bo'lishgan. Bunday vaziyatda Basel o'zini ham tom ma'noda, ham majoziy ma'noda qamoqdagidek his qilganini eslab shunday deydi: "Yozda havo shunchalik issiq ediki, men asta-sekin bo'g'ilib ketayotganimni his qildim. O'sha kichkina, to'rli qafasdan tashqariga qarab, men va menga o'xshagan barcha ayollarni qafasga tutqin qilingan hayvonlardek ekanligini, hammamiz erkinlik va qadr-qimmatdan mahrum qilinganimizni angladim"[1].
Tolibon hokimiyat tepasida bo'lgan vaqtiida, Marzia Basel ayollarni o'qitishga qarshi qonunlarga qarshi chiqadi va 1996-2001-yillar orasida o'z uyidan tashqarida ularga ingliz tilini o'rgatadi[4]. U sakkiz yoshdan ellik yoshgacha bo'lgan taxminan 350 dan 400 nafargacha talabalarga beradi[1]. Uning ba'zi shogirdlari Tolibon tarafdorlarining rafiqalari bo'lgan[5]. Tolibon rejimi olib tashlanishidan biroz avval hayoti xavf ostida qolgan Marzia Basel qochqin sifatida Pokistonga qochib ketgan[1].
2002-yilda Marzia Basel Afg‘onistonlik ayol sudyalar assotsiatsiyasiga (AWJA) asos solgan[6]. Uning Afgʻonistonda huquq sohasida ishlayotgan ayollarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan saʼy-harakatlari 2005-yildagi 1 nafar advokat ayollar sonini 2013-yilda 150 nafarga oshirganidan ham ko'rish mumkin[6]. Afgʻoniston Oliy sudi Afgʻoniston ayol sudyalari assotsiatsiyasi faoliyatini toʻxtatib qoʻyganidan soʻng Basel “Afgʻoniston progressiv huquq tashkiloti”ga asos solgan va 2009-yildan bugungi kunga qadar ushbu assotsiatsiyaning direktori hisoblanadi[5]. U, shuningdek, Afgʻoniston Mustaqil Advokatlar Assotsiatsiyasi Xotin-qizlar qoʻmitasi va Afgʻoniston Xotin-qizlar vazirligi maslahat qoʻmitasining koʻngilli aʼzosidir. Tolibon qulaganidan so‘ng Basel Kobul jamoat xavfsizligi sudida xizmat qilib, Afg‘oniston mustaqil sud komissiyasini tashkil etish bo‘yicha vakil va Favqulodda Loya Jirg‘a komissiyasi xodimi sifatida faoliyat yuritib, davlatni qayta tiklash ishlarida qatnashadi. U, shuningdek, BMTning turli agentliklari bilan ishlash tajribasiga ham ega. Bundan tashqari UNICEFning Afg‘onistondagi balog‘atga yetmagan bolalar odil sudlovi loyihasi xodimi, UNIFEMning Afg‘onistondagi gender masalalari bo‘yicha xodimi sifatida ham faoliyat yuritgan. 2006-yildan beri Germaniya hukumatining Afgʻoniston GTZ (hozirgi GIZ Qonun ustuvorligi loyihasi) boʻyicha yordamchisining Milliy maslahatchisi boʻlib ishlab kelmoqda[7].
Shuningdek, 2002-yilda Marzia Basel AQShga borib, Afg'onistonga qo'shimcha yordam so'rash maqsadida o'sha paytdagi prezident George W. Bush, Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat kotibi Colin Powell va boshqalar bilan uchrashadi[2]. O'zi tashrif buyuradigan mamlakatning urf-odatlarini hurmat qilish kerakligini aytishiga qaramay, yurtiga qaytib kelgan Basel har safar sochini o'rab olmagani uchun qattiq tanqidga uchrardi[2]. Marzia Bazel mamlakatdan ketganidan keyin uning ishdan bo'shatilgani yoki yo'qligi turli bahs-munozaralarga sabab bo'ladi, biroq keyinchalikning Baselning o'zi balog'atga yetmaganlar uchun adliya dasturini yaratishda yordam berish maqsadida UNICEFga qo'shilish yuritdan ketganligini aytadi[2].
Marzia Basel ayollarning qonuniy huquqlari va ularning advokatlik qilish huquqlarini himoya qilishda faollik ko'rsatishda davom etadi[4]. 2005-yilda George Washington universitetining xalqaro huquq yo'nalishi bo'yicha magistrlik darajasini oladi[8].
Hayotiga qilinadigan tahdidlar tufayli Marzia Basel, oxir-oqibat, Afg'onistondan tashqarida qolishga majbur bo'ldi. 2011-yilda uyi eshigida agar Tolibon uni topgan taqdirda o'ldirishi tahdid qilib yozilgan xabar qoldirilgan edi[6]. Eri va otasi xavfsizligi uchun uni Afg'onistondan uzoqroqda turishga undashadi[6]. Amerika Qo'shma Shtatlarida muhojirlarni qo'llab-quvvatlash tizimining yo'qligi sababli Marzia Basel Kanadaga ko'chib o'tadi[6]. Bugungi kunda u Kanadaning Toronto shahrida istiqomat qiladi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Basel, Marzia; Hollywood, Dana Michael (2005). "Under a Cruel Sun: My Life as a Female Judge and Underground Educator Under the Soviets, the Taliban, and the Americans". William & Mary Journal of Women and the Law 12 (1): 205–238. http://scholarship.law.wm.edu/cgi/viewcontent.cgi?article=1121&context=wmjowl. Qaraldi: 18 September 2015.Foydalanuvchi Sitora Oblakulova/Marzia Basel]] Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name ":3" defined multiple times with different content - ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Afghan Judge in Tangle Over Her Uncovered Hair“. Toronto Star (2002-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 18-sentyabr. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name ":0" defined multiple times with different content - ↑ 3,0 3,1 „Contested Terrain: The Future of Afghan Women“. International Security (2015-yil may). Qaraldi: 2015-yil 18-sentyabr. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name ":2" defined multiple times with different content - ↑ 4,0 4,1 „Project for Afghan Women's Leadership: Afghan Women Leaders Speak“. Mershon Center for International Security Studies. Ohio State University (2005-yil noyabr). Qaraldi: 2015-yil 13-sentyabr. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name ":02" defined multiple times with different content - ↑ 5,0 5,1 „Marzia Basel“. Wise Muslim Women. Women's Islamic Initiative in Spirituality and Equality. Qaraldi: 2015-yil 18-sentyabr. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name ":1" defined multiple times with different content - ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 Kitch, Sally L.. Contested Terrain: Reflections With Afghan Women Leaders. Champaign, Illinois: University of Illinois Press, 2014 — 27–30, 84, 181–186-bet. ISBN 978-0-252-09664-8. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name ":4" defined multiple times with different content - ↑ „MARZIA BASEL“. Qaraldi: 2024-yil 14-iyun.
- ↑ Mills, Margaret A. (2006). "'Afghan Women Leaders Speak': An Academic Activist Conference, Mershon Center for International Security Studies, Ohio State University, November 17–19, 2005". NWSA Journal 18 (3): 191–201. https://muse.jhu.edu/journals/nwsa_journal/v018/18.3mills.html. Qaraldi: 18 September 2015.Foydalanuvchi Sitora Oblakulova/Marzia Basel]]
Havolalar
tahrir[[Turkum:Yashayotgan insonlar]] [[Turkum:1968-yilda tugʻilganlar]]