Sitora Oblakulova/Rangina Hamidiy
Tavalludi 1978
Taʼlimi Virginia universiteti
Kasbi Yozuvchi, pedagog, siyosatchi va ijtimoiy faol shaxs
Otasi Gʻulom Haydar Hamidiy

Rangina Hamidiy (pashtucha: رنګینه حمیدي) (1978-yilda tug‘ilgan) — afg‘on-amerikalik yozuvchi, pedagog, siyosatchi va ijtimoiy faol shaxs[1]. Afg‘onistonda ayollar huquqlari himoyachisi sifatida tanilgan. Mamlakatdagi ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun turli ijtimoiy loyihalarda ishtirok etgan. Afg‘onistonda "Tolibon" hokimiyatni qo‘lga kiritgunga qadar Hamidiy mamlakat ta’lim vaziri bo‘lib ishlagan va Afgʻonistonda ushbu lavozimda ishlagan birinchi ayolga aylangan[2]. Afg'oniston "Tolibon" tomonidan bosib olinganida Hamidiy mamlakatda qolishga va afg'on ayollarining imkoniyatlarini kengaytirishda faol ishtirok etib, insonparvarlik sa'y-harakatlarini davom ettirishga va'da bergan[3]. Biroq oradan bir necha hafta o'tgach, oilasi bilan Arizonaga qochib ketgan[4].

Yoshlik yillari

tahrir

1978-yilda Afg‘onistonning Qandahor shahrida pushtun oilasida tug‘ilgan. Otasi G‘ulom Haydar Hamidiy Qandagor shahri hokimi bo'lgan[5]. 1980-yilda Sovet qo'shinlari Afg'onistonga bostirib kirganidan keyin Rangina Hamidiy 1981-yilda to'rt yoshida oilasi bilan qochqin sifatida Pokistonga hijrat qilgan va Kvettada yashagan[6][7]. Keyinchalik, 1988-yilda oilasi bilan Amerika Qo'shma Shtatlariga ko'chib o'tgan va Vashington yaqinida katta bo'lgan. Hamidiy Virginia universitetida diniy va gender tadqiqotlari bo'yicha bakalavr darajasini egallagan.

Karyerasi

tahrir

Rangina Hamidiy 2003-yilda o‘z vatani Afg‘onistonga qaytib kelgan va mamlakatning doimiy fuqarosiga aylangan. 2001-yil 11-sentabrda AQShda sodir etilgan terrorchilik hujumlaridan so‘ng Hamidiy vataniga qaytishga qaror qilgan va o‘z ona yurti Afg‘onistonni qayta qurish va uni rivojlantirishga va’da bergan[8]. Yurtiga qaytgach, “Afg'on fuqarolik jamiyati uchun ayollar daromadini oshirish loyihasi”da menejer bo‘lib ishlagan. Hamidiy Qandahor shahrida yashovchi ayollar uchun ijtimoiy dasturlar va tadbirlarni taqdim etish orqali ushbu loyihada kashshof va taniqli faollardan biri sifatida yetakchilik qilgan[1]. U CNN telekompaniyasining "Qahramon" mukofoti 2007-yilgi mavsumi uchun uchun tanlab olingan 18 nafar finalistdan biri bo'lgan[6].

2008-yilda Rangina Hamidiy Qandahor viloyatida ayollar tomonidan boshqariladigan "Qandahor xazinasi" deb nomlanuvchi muassasaga asos solgan. Uning maqolalari Asia Times, The Guardian, The Daily Telegraph, BBC, Amerika ovozi va NPR kabi turli nashrlarda chop etilgan[6]. Hamidiy, shuningdek, Mary Littrell bilan birgalikda 2017-yilda "Embroidering within Boundaries: Afghan Women Creating a Future" (Chegaralar ichida kashta tikish: afg‘on ayollari kelajak yaratmoqda) nomli kitobini ham nashr ettirgan[9].

Rangina Hamidiy Afg‘oniston Ochiq Jamiyati, Afg‘oniston fuqarolik jamiyati instituti va Afg‘oniston ayollari savdo-sanoat palatasining maslahat kengashlarida faoliyat yuritgan[6].

Ta'lim vazirligi

tahrir

2020-yilda Hamidiy Afg‘oniston Ta’lim vazirligi rahbari etib tayinlangan. va mamlakatda oxirgi 30 yil ichida ta'lim vaziri vazifasini bajargan birinchi ayolga aylangan. U, ayniqsa, xotin-qizlarga qaratilgan tashabbuslarni kuchli qo'llab-quvvatlagan[10]. Oʻsha yilning dekabr oyida Afgʻoniston parlamenti Rangina Hamidiyning bu lavozimda ishlashiga ishonch bildirishni rad etgan. Shundan keyin 2021-yil yanvar oyida Hamidiy ta'lim vazirligining 11-maslahatchisini ishdan bo'shatdi. Ishdan ketgan maslahatchilar yaqin kelajakda yana 1400 nafar xodimni bo'shatish rejalari borligini aytgan. Ulardan biri: "Hamidiy Ta'lim vazirligida qarindosh-urug'chilikka yo'l qo'yadi, u masalalar bilan siyosiy va xolisona tarzda shug'ullanmaydi" deb da'vo qilgan[11].

2021-yilning mart oyida Afg‘oniston Ta’lim vazirligi 12 yoshdan oshgan o‘quvchi qizlarga ommaviy tadbirlarda qo‘shiq aytishni taqiqlagan edi. Vazirlik matbuot kotibi Najiba Arianning aytishicha, talabalar va ota-onalarning takliflaridan keyingina mamlakatda shunday qaror qabul qilingan. Bu qaror ijtimoiy tarmoq platformalarida norozilikka, shuningdek, Hamidiyning tanqidiga sabab bo‘ldi. Ayrim kuzatuvchilarning fikricha, bu Hamidiy tomonidan qat'iy diniy parlamentariylarni tinchlantirish uchun ilgari surilgan siyosiy manevrlar bo'lgan[12][13]. Keyinchalik vazirlik taqiqni "noto'g'ri tushunilgan" deya ta'riflab, buning COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini to'xtatish maqsadida qizlar va o'g'il bolalar o'rtasidagi ommaviy yig'ilishlarni cheklash choralari bilan bog'liqligini aytgan. Aprel oyi boshiga kelib, vazirlik ushbu qarorni bekor qilgan. Arian esa xat aslida vazirlikning rasmiy pozitsiyasini aks ettirmaganligini da'vo qiluvchi bayonot bilan chiqqan. 2020-yilda taʼlim vazirligi talabalarga “islomiy ruh”ni singdirishga yordam berish maqsadida oʻquvchilar maktabda oʻqishning dastlabki 3 yili davomida barcha darslarni masjidlarda olishlari toʻgʻrisida qaror chiqargan va ushbu qaror turli noroziliklarga sabab bo'lgan. Biroq keyinchalik jamoatchilik tanqididan soʻng ushbu qaror ham bekor qilingan[14].

2021-yil iyul oyida Londonda boʻlib oʻtgan Global Taʼlim Sammitida soʻzga chiqqan Hamidiy oʻz mamlakati xavfsizlik kuchlariga "Tolibon"ning butun Afgʻonistonni toʻliq egallashiga yoʻl qoʻymasligiga ishonchi komil ekanligini va ularning mamlakatga qaytishidan qoʻrqishini aytgan. "Mening eng katta qo'rquvim 1996-yilga qaytish, tom ma'noda o'sha vaqtda qizlar maktabdan chiqarib yuborilgan, maktablar yopilgan, ayol o'qituvchilar, har qanday sohadagi ayol ishchilar o'z uylariga jo'natib yuborilgan", deya nutq so'zlagan[15].

2021-yilning avgust oyida Kobulning qulashi vaqtida bir qancha nufuzli siyosatchilar, jumladan, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani ham mamlakatdan qochib ketganida Rangina Hamidiy ta’lim sohasidagi sa’y-harakatlarni davom ettirish maqsadida mamlakatda qolishga qaror qilgan. BBC World Newsga bergan intervyusida Hamidiy Ashraf G‘anining qochib ketishidan hayratda ekanligini va u duch kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlardan qo‘rqishini aytgan[16][17]. 2021-yil 23-avgust kuni Afg‘oniston axborot agentligi Hamidiyning "Tolibon" bilan uchrashuvi aks etgan suratni Tvitterga joylagan. Natijada, ko‘pchilik Hamidiyning hali ham ta’lim vaziri vazifasini bajarayotganligini taxmin qilgan[18]. Biroq o'sha yilning 29-avgust kuni yangiliklar sahifalarining "Tolibon" haqidagi hikoyalarida Oliy ta'lim vaziri vazifasini bajaruvchi yangi shaxs Abdulboqiy Haqqoniyning so'zlaridan iqtibos keltirilib, barcha sinflarni jinsiga qarab ajratish talab qilinganligi aytilgan[19].

Hukumat ishlaridan keyingi faoliyati

tahrir

2021-yil 31-avgust kuni Hamidiy oilasi bilan Afg‘onistonni tark etgan. 2022-yil holatiga ko'ra, ular Amerika Qo'shma Shtatlarining Arizona shtatida istiqomat qilishadi. Hamidiyning o'zi Arizona shtat universitetida faoliyat ko'rsatadi[20].

Adabiyotlar

tahrir
  • Hamidi, Rangina (2017). Chegaralar ichida kashta tikish: afg‘on ayollari kelajak yaratmoqda

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Leading Change: Featuring Rangina Hamidi“ (en). Leading Change: Featuring Rangina Hamidi (2013-yil 26-iyul). Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  2. „Education Cannot Wait Interviews Afghanistan's Minister of Education Rangina Hamidi“. Inter Press Service (2021-yil 12-aprel). Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  3. „Afghani Education Minister Rangina Hamidi Vows to Stay in Kabul and Fight“ (en). Al Bawaba. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  4. „A year later, former Afghanistan education minister reflects on her country“ (en). NPR (2022-yil 18-avgust). Qaraldi: 2023-yil 19-iyul.
  5. „Who is who in Afghanistan?“. www.afghan-bios.info. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 „Minister's Biography | Ministry of Education“. www.moe.gov.af. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  7. „Rangina Hamidi“ (en). CCCB. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  8. „Activist Rangina Hamidi Works to Improve Lives of Afghan Women | Voice of America - English“ (en). www.voanews.com. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  9. Hamidi, Rangina. Embroidering Within Boundaries: Afghan Women Creating a Future (en). Thrums Books, 2017. ISBN 978-0-9984523-0-2. 
  10. „Education Cannot Wait Interviews Afghanistan's Minister of Education Rangina Hamidi“ (en). Inter Press Service News Agency (2021-yil 12-aprel). Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  11. „Acting Minister Rejected by Parliament Fires 11 Advisers“ (en). Tolo News (2021-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  12. „Afghanistan bans schoolgirls older than 12 from singing — reports“ (en). Deutsche Welle (DW) (2021-yil 10-mart). Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  13. „Ban on Afghan schoolgirls singing in public slammed“ (en). Al Jazeera (2021-yil 11-mart). Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  14. „Why did Afghanistan's government try to ban schoolgirls from singing?“ (en). The New Arab (2021-yil 2-aprel). Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  15. „Afghan education minister insists that women's dark days under the Taliban must not return“ (en). The National (2021-yil 29-iyul). Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  16. „Might face consequences: Ex-Afghan education minister fearful after Taliban takeover“. India Today (inglizcha). August 17, 2021. Qaraldi: 2021-08-18.
  17. „"Tendré que enfrentarme a consecuencias que nunca imaginé": la exministra afgana que decidió quedarse tras el triunfo del Talibán“ (es). BBC News Mundo. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  18. „"Taliban will create an education system that will be unmatched in Asia, head of Taliban's education commission, Abdul Hakim Hemat, says in a meeting at the ministry of education."“ (en). Twitter (2021-yil 23-avgust). Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  19. „"Taliban: Male and Female Students to Study in Separate Classrooms."“ (en). Tolo News (2021-yil 29-avgust). Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  20. Chang, Ailsa; Lim, Megan; Handel, Sarah. „A year later, former Afghanistan education minister reflects on her country“ (en). NPR (2022-yil 18-avgust). Qaraldi: 2023-yil 23-aprel.

[[Turkum:21-asr Amerikalik ayollar]] [[Turkum:Yashayotgan insonlar]] [[Turkum:1978-yilda tugʻilganlar]] [[Turkum:Afgʻonistonlik siyosatchilar]]