Sitora Oblakulova/Sima Vali

Vali 1999-yilda
Tavalludi
Vafoti 22-sentyabr 2017-yil(2017-09-22)
(66 yoshda)
Falls Church, Virginia, AQSh
Mukofotlari Xalqaro Amnistiyaning Ginetta Sagan jamgʻarmasi mukofoti
Ms. Jamg'armaning Gloria Steinem "Vision ayollar" mukofoti

Sima Vali (dariycha: سیما ولی) (1951-yil 7-aprelda tugʻilgan – 2017-yil 22-sentyabrda vafot etgan) – afgʻon millatiga mansub dunyodagi eng kuchli inson huquqlari himoyachilaridan biri. Qochqinlar va ichki koʻchirilgan aholi erkinliklari va imkoniyatlarini kengaytirish uchun xalqaro targʻibotchi sifatida xizmat qilgan. Vali mojarolardan qochgan qochqin ayollar va qizlarning fuqarolik huquqlarini himoya qilish va ularning jamiyatga teng ravishda qayta integratsiyalashuvini taʼminlovchi „RefWID“ (RefWID), Inc. global notijorat tashkiloti boshqaruvchi direktori boʻlib xizmat qilgan. U, shuningdek, dunyodagi birinchi feministik tahlil markazi Sisterhood is Global Institute vitse-prezidenti lavozimida ham faoliyat yuritgan[1].

Valining soʻzlariga koʻra, Afgʻon urushidagi qochqin sifatidagi shaxsiy tajribasi uni hujumga uchragan aholi huquqlari uchun kurashishga ilhomlantirgan. Valining faoliyati davomida Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi va Amerika Qoʻshma Shtatlari davlat departamenti oldidagi guvohliklari afgʻon ayollari boshchiligidagi nohukumat tashkilotlarini va Afgʻonistonning yangi shakllangan demokratiyasida ayollarning ishtirokini qoʻllab-quvvatlash uchun millionlab dollarlarning oʻzlashtirilishiga olib keldi.

Sima Vali 2002-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash marosimida BMT Bosh kotibi Kofi Annan, birinchi xonim Laura Bush va Iordaniya qirolichasi Nur bilan birga nutq soʻzlagan[2].

Vali 1999 va 2009-yillarda Ford Hall Forumida maʼruzachi, boshqa koʻplab nufuzli tadbirlar va taniqli institutlar qatorida „Dropping Knowledge“ loyihasi ishtirokchisi boʻlgan.

Karyerasi

tahrir

2001-yilda Sima Vali BMT tomonidan Germaniyada tashkil etilgan Bonn kelishuvida „Tolibon“ hokimiyatining qulashi ortidan yangi Afgʻoniston hukumatini tuzgan 3 nafar ayol delegatlardan biri edi. U qirol Muhammad Zohirshohning Rim delegatsiyasi vakili sifatida xizmat qilgan[3].

Anjumanda Vali ayollar ishlari vazirligini yaratish masalasida muhim rol oʻynagan. Uning erkak hamkasblari ushbu vazirlikni yangi maʼmuriyat tarkibiga doimiy ravishda kiritilishini taʼkidlagan[4]. Keyinchalik ushbu vazirlikka rahbarlik qilish uchun aynan Sima Vali nomzodi tavsiya etilgan, biroq Vali xalqaro darajadagi faoliyatiga koʻproq eʼtiborini qaratish maqsadida ushbu taklifga rad javobini bergan[5]. Vali Sima Samarni xotin-qizlar ishlari vaziri lavozimiga nomzod qilib koʻrsatgan[3].

„Ayollar tinchlik muzokaralarida faol ishtirok etishlari kerak. Jangovar boʻlmagan kishilar sifatida ular tinchlikni oʻrnatish va bu yoʻldagi harakatlarni qoʻllab-quvvatlashda ayollar muhim rol oʻynaydi. Urushdan qattiq aziyat chekkan xalqimiz kelajagini shakllantirar ekanmiz, endilikda biz genderga bogʻliq boʻlmagan qarorlar qabul qilolmaymiz“. – Sima Valining Bonn shartnomasidagi nutqi, Germaniya, 2001-yil.

Oʻsha yili Vali Belgiya poytaxti Brusselda oʻtkazilgan Demokratiya uchun Afgʻoniston ayollari sammitining bosh tashkilotchisi boʻlib ishlagan. Sammit Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining gender masalalari boʻyicha maslahatchisi Tenglik, UNIFEM va ayollar tashkilotlari koalitsiyasi yordamida oʻtazilgan[6]. Tenglik tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, Afgʻoniston ayollari sammiti „afgʻon ayollarining uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan orzu va intilishlarining tarixiy ifodasi hamda Afgʻonistonni qayta tiklash bilan bogʻliq tezkor ravishda amalga oshiriladigan harakatlar boʻyicha aniq talablar roʻyxatini qabul qilgan“[6].

2003-yilning iyun oyida Sami Valiga Afgʻonistondagi inson huquqlarini himoya qilish missiyasida „Womenʼs Edge“ hammuassisi va ijrochi direktori Ritu Sharma hamrohlik qilgan. Bu Valining oʻz vataniga va Pokistondagi afgʻon qochqinlari lagerlariga qilgan bir necha safarlaridan biri boʻlib, u yerda oʻnlab treninglar va qochqinlarning imkoniyatlarini oshirish boʻyicha seminarlar oʻtkazgan. Vali tez-tez qochqinlar va urushdan keyingi jamiyatlarda ayollarning doimiy marginallashuviga qarshi chiqib, bu ayollarni yetakchi boʻlishga yordam beradigan taʼlim dasturlariga chaqirgan[7].

„Dropping Knowledge“ nodavlat tashkiloti tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra „Vali urushlardan jabrlangan ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish, urushdan keyingi demokratik fuqarolik jamiyati institutlarini qayta qurish hamda ayollar va ularning erkak hamkasblarining inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan dastur modellarini ishlab chiqishda kashshof boʻlgan“[3]. 1990-yillarda Vali Yugoslaviya hududidagi urush paytida Bosniya va Xorvatiyadagi NNTlarning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashda katta rol oʻynagan[8].

Vali, shuningdek, Afgʻonistonda ayollarning mavqeini oshirish va u yerdagi ayollarning AQSh taraqqiyotiga koʻmak jamgʻarmalaridan teng huquq olishini taʼminlashga qaratilgan nohukumat tashkilotlar koalitsiyasi hisoblanuvchi afgʻon ayollari boʻyicha siyosat kengashini tuzishda ham muhim rol oʻynagan.

Sami Vali 2005-yilda Afgʻonistonning Jalolobod shahrida ayollar oʻrtasida demokratik jamiyat qurish loyihasini boshlash uchun borganida "Tolibon", "Al-Qoida" va Pokiston jangarilari qoʻlida oʻlimdan arang qutulib qolgan[9]. Garchi Valiga ilgari ham „Tolibon“ oʻlim tahdidini solgan boʻlsa-da, bu safargi hujum unga uyushtirilgan eng keskin va xavflisi boʻlgan.

1990-yillarning oʻrtalarida hokimiyat tepasiga koʻtarilganidan beri Vali „Tolibon“ mafkurasiga ashaddiy muxolif boʻlib kelgan. 1998-yilda Butunjahon holati forumida Vali shunday nutq soʻzlagan:

„Tolibon“ ayollarga zulm qilish uchun madaniyat va dindan foydalanadi, lekin mening dinimda ayollarni uyda saqlash, ularni oʻqitmaslik, ochlikdan oʻldirish va tibbiy yordamdan mahrum qilish, ularning oʻlimiga sabab boʻluvchi hech narsa yoʻq. Islom bizni ayollarga gʻamxoʻrlik va himoya qilishga oʻrgatadi, shuning uchun Afgʻonistonda ayollarga munosabat haqida bahslashish odatiy hol, chunki bu bizning madaniyatimiz va dinimizdir – bu boʻshliqdagi bahsdir“[10].

Vali, shuningdek, 12 yil davomida, Afgʻon urushining tugashi va Afgʻonistonda kurash kechayotgan vaqtda Amerika hukumatining Afgʻonistonni tark etishining ham dadil tanqidchisi boʻlgan.

Valining asarlari nufuzli jurnal, gazeta va kitoblarda chop etilgan. "Women inn Exile" (Surgundagi ayollar) asarida Vali 1978-yilda Afgʻonistondan qochib ketgani haqidagi dahshatli tafsilotlari haqida bayon qilgan.

Vali Pol Fitzgerald va Elizabeth Gould bilan birgalikda „Invisible History: Afghanistanʼs Untold Story“ (Koʻrinmas tarix: Afgʻonistonning soʻzsiz hikoyasi, 2009-yil) asarini nashr ettirgan. Shuningdek, Fitzgerald va Gould bilan RefWID hamkorligida „The Woman in Exile Returns: The Sima Wali Story“ (Surgundagi ayol qaytib keladi: Sima Vali hikoyasi) hujjatli filmini ham suratga olgan. Filmda Valining 2002-yil oktyabr oyida 24 yillik surgundan soʻng Kobulga qaytishi va uning mamlakatni qayta qurish ishlariga yordam berish uchun qilgan saʼy-harakatlari haqida hikoya qilinadi[11].

Vali Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi, AQSh Davlat Departamenti, Xalqaro Amnistiya, Ford Hall Forumi, Yale universiteti yuridik maktabi, George Washington universiteti huquq maktabi kabi koʻplab universitet va muassasalarda, Shimoli-sharqiy universitet, Woodrow Wilson markazlarida nutq soʻzlagan, u yerda konferensiyalarni olib borgan, shuningdek, ishtirokchi sifatida ham tashrif buyurgan.

Sami Vali CNN, CBS News, ABC News, FOX News, Al Jazeera, NPR va CBC telekanallarida turli yangiliklar dasturlariga intervyu bergan va ushbu intervyular katta ekranlarda namoyish etilgan.

1978-yilda Qoʻshma Shtatlarga surgun qilinishidan oldin Sami Vali Kobuldagi Amerika elchixonasi va AQSh Tinchlik Korpusida faoliyat yuritgan[12].

Vali 2017-yilning 22-sentyabrda Virginiya shtatidagi Falls cherkovida 66 yoshida koʻp tizimli atrofiyadan vafot etgan[13][12].

Taʼlimi

tahrir

Sima Valiga 2002 va 2003-yillarda mos ravishda Smith kolleji va Shenandoah universiteti tomonidan faxriy doktorlik unvoni berilgan. U Kobul universitetida biznes boshqaruvi boʻyicha bakalavr, Amerika Universiteti Xalqaro Xizmatlar Maktabida (SIS) Xalqaro aloqalar boʻyicha magistrlik darajasini olgan.

Mukofotlari

tahrir
  • Amnesty International, „Ginetta Sagan Fund Award“ (1999)[14]
  • Qochqin ayollar va bolalar uchun ayollar komissiyasi, „Women of Vision Award“ (1992)
  • Donor ayollar tarmogʻi, „Resourceful Women Award“ (1992)
  • "Gloria Steinem Women of Vision Award " (1989)[15]
  • Kollej talabalari yetakchilari uchun milliy konferensiya, „Women of Distinction Award“ (1988)
  • Clairol Foundation, „Take Charge Award“ (1987)

Konsultatsiyalar

tahrir
  • PADCO/AECOM, Muqobil yashash vositalari loyihasida katta texnik mutaxassis, Badaxshon, Afgʻoniston (2005–2006);
  • AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), NNT/PVO rahbariyati maslahatchisi (2003);
  • Ayollar uchun xalqaro maslahatchi (1997–2003);
  • AQSh Sogʻliqni saqlash va aholiga xizmat koʻrsatish departamenti, Qochqinlarni joylashtirish boshqarmasi, Qochqin ayollarning mahalliy qochoq ayollar dasturlari va siyosatlar boʻyicha ishchi guruhi maslahatchisi (2002);
  • Birlashgan Millatlar Tashkiloti Qochqinlar boʻyicha Oliy Komissarligining qochoqlar va koʻchirilgan ayollarni rivojlantirish dasturlari va siyosati boʻyicha maslahatchisi (2001);
  • Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ayollar taraqqiyoti boʻyicha boʻlimi, tubdan ajralgan ayollar, katta fuqarolik va siyosiy oʻtishlarni boshdan kechirayotgan ayollar va qizlar uchun gender dasturlari hamda siyosatni ishlab chiqishda maslahatchi (2000);
  • Ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlarni boshdan kechirayotgan jamiyatlarda ayollarga taʼsir koʻrsatadigan rivojlanish loyihalari, siyosati va amaliyotlari boʻyicha Harvard universitetining Qochqinlar travma markazi direktorlar kengashi va maslahatchisi (1987–1989, 2000);
  • Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afgʻoniston boʻyicha maxsus elchisi va Afgʻoniston boʻyicha maxsus maslahatlashuvlar boʻyicha Norvegiya hukumati maslahatchisi (1999);
  • Farzandlarimiz kelajagi jamgʻarmasi direktorlar kengashi aʼzosi (1995–1999);
  • Develed Creative Associates International, Inc. tomonidan gender, inson huquqlari va majburiy migratsiya boʻyicha dasturlari maslahatchisi (1998);
  • Qochqin ayollar va bolalar uchun ayollar komissiyasi boshqaruv kengashi aʼzosi (1990–1994).

Manbalar

tahrir
  1. „Sima Wali | Carnegie Council for Ethics in International Affairs“. www.carnegiecouncil.org. Qaraldi: 2019-yil 22-oktyabr.
  2. „Afghan Women Today: Realities and Opportunities | C-SPAN.org“ (en-us). www.c-span.org. Qaraldi: 2019-yil 22-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 „dropping knowledge :: Sima Wali - Human Rights Activist :: biography, links“. www.droppingknowledge.org. Qaraldi: 2019-yil 22-oktyabr.
  4. „Events“. United Nations.
  5. „Sima Wali, Afghan refugee who battled 'gender apartheid' in her homeland, dies at 66“. Los Angeles Times (2017-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 22-oktyabr.
  6. 6,0 6,1 „Afghan Women's Summit for Democracy | Equality Now“. 2016-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-fevral.
  7. Howe, Marvine. „Chronicle“. The New York Times (1992-yil 18-fevral). Qaraldi: 2019-yil 22-oktyabr.
  8. Ferris-Rotman, Amie. „Sima Wali obituary“ (en-GB). The Guardian (2017-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 22-oktyabr.
  9. Pilecki. „Guest Contributor: Sima Wali“. HuffPost (2005-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 22-oktyabr.
  10. You Paid For War, Now Pay For Peace (Wayback Machine saytida 25 February 2016 sanasida arxivlangan)
  11. The Woman in Exile Returns: The Sima Wali Story Grailwerk
  12. 12,0 12,1 Roberts, Sam. „Sima Wali, Champion of Afghan Women's Rights, Is Dead at 66“ (en-US). The New York Times (2017-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 23-oktyabr.
  13. Washington Post Sima Wali, exiled champion of Afghan women, dies at 66, October 12
  14. „The Ginetta Sagan Award“ (en-US). Amnesty International USA. Qaraldi: 2019-yil 23-oktyabr.
  15. „Eight 'Women of Vision' Saluted“ (en-US). Los Angeles Times (1989-yil 17-may). Qaraldi: 2019-yil 23-oktyabr.

Havolalar

tahrir
  • Sima Vali C-Span telekanalida chiqish qiladi
  • Sima Vali „ Bilimdan voz kechish“ning erkin ovozlar jadvalida
  • Sima Vali global fuqarolar doirasi taqdimoti

[[Turkum:Qandahorliklar]] [[Turkum:2017-yilda vafot etganlar]] [[Turkum:1951-yilda tugʻilganlar]] [[Turkum:Webarxiv andozasi wayback havolalari]]