Foydalanuvchi:Tahrirchiqiz/Elizabeth von Arnim
Elizabeth von Arnim | |
---|---|
Fayl:Elizabeth von Arnim photograph 1900.jpg Elizabeth von Arnim, 1900-yil | |
Tavalludi |
Mary Annette Beauchamp 31-avgust 1866-yil |
Vafoti |
9-fevral 1941-yil (74 yoshda) Charleston, Janubiy Karolina, Amerika Qoʻshma Shtatlari |
Taxallusi | Elizabeth |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Bolalari | 5 |
Qarindoshlari | Katherine Mansfield (cousin) |
Elizabeth von Arnim (1866-yil 31-avgust – 1941-yil 9-fevral), ingliz yozuvchisi boʻlib asl ismi Mary Annette Beauchamp. Avstraliyada tugʻilgan, ammo keyinchalik nemis aristokratiga turmushga chiqadi va shu sababli uning dastlabki asarlari Germaniyada joylashgan. Uning birinchi nikohi grafinya fon Arnim-Schlagenthin va ikkinchi Elizabet Rassell, grafinya Rassell bilan boʻlgan. Birinchi turmush oʻrtogʻining vafotidan keyin u yozuvchi H. G. Wells bilan uch yillik ishqiy munosabatda boʻlgan, keyinroq Nobel mukofoti sovrindori va faylasuf Bertran Rasselning akasi Frenk Rasselga turmushga chiqqan. U Yangi Zelandiyada tugʻilgan yozuvchi Ketrin Mansfildning amakivachchasi edi. Yoshlik chogʻlarida May ismi bilan tanilgan boʻlsa-da, uning birinchi kitobi uni oʻquvchilarga Elizabet taxallusi bilan tanishtirdi. Oxir-oqibat doʻstlari va nihoyat oilasiga aylandi[1]. U Alice Cholmondeley taxallusini faqatgina 1917-yilda nashr etilgan Kristin romani uchun ishlatgan[2].
Hayoti
tahrirU Avstraliyaning Sidney shahridagi Kirribilli punktidagi boy yuk savdosi bilan shugʻullanuvchi Genri Xerron Beauchamp (1825–1907) va Elizabet (Louey laqabli) Vays Lassetterlarning (1836–1919) oilasida tugʻilgan. Uni oila aʼzolai May deb atashgan. Uning toʻrt akasi va bir singlisi bor edi[3]. Uning amakivachchalaridan biri Ketrin Mansfild taxallusi ostida yozgan Yangi Zelandiyada tugʻilgan Ketlin Bouchem edi. U uch yoshga toʻlganda, oilasi Angliyaga koʻchib oʻtdi, biroq bir necha yilni Shveytsariyada ham oʻtkazishadi[1][4].
Elizabet 22 yoshdan katta boʻlsa-da, Mansfield bilan xatlar yozishadi, bir-birlarining asarlarini koʻrib chiqishadi va natijada yaqin doʻst boʻlishadi[5]. Sil bilan kasallangan Mansfild 1921-yilning may oyidan 1922-yilning yanvarigacha Shveytsariyaning Montana viloyatida (hozirgi Krans-Montana) yashab, 1921-yil iyun oyidan boshlab eri John Middleton Murry bilan Chalet des Sapinsni ijaraga olganlar. Uy Randognedagi Arnimning Chalet Soleil uyidan unchalik uzqo emas edi. Bu davrda Arnim amakivachchasinikiga tez-tez tashrif buyuradi[5][6]. Mansfield Shveytsariyada boʻlganida yozgan " A Cup of Tea " qisqa hikoyasida Rozmari qahramoni sifatida Arnimni satirik qiladi[5][7].
Arnim Qirollik musiqa kollejida oʻqigan, asosan organni oʻrgangan[8].
Shaxsiy hayoti
tahrir1891-yil 21-fevralda Londonda Elizabeth beva qolgan nemis aristokrati graf Henning August von Arnim-Schlagenthin ga turmushga chiqadi[9], u bilan ilk marotaba ikki yil oldin otasi bilan Italiyada boʻlgan gastrol safarida uchrashgan[2]. Henning von Arnim Germaniyaning Fransiyadagi sobiq elchisi marhum graf Harry von Arnimning toʻngʻich oʻgʻli edi. Avvaliga ular Berlinda yashagan, keyin 1896-yilda oʻsha paytdagi Nassenxayda, Pomeraniya (hozirgi Polshadagi Rzędziny) ga koʻchib oʻtishgan, u yerda Arnimlar oilasi yerga ega boʻlgan[10]. Ular 1891-1901-yillarda toʻrt qizi va bir oʻgʻil farzandli boʻlishadi[11]. 1899-yilda Henning von Arnim firibgarlik uchun hibsga olinadi, ammo keyinchalik oqlanadi[12].
1901-yil 1-aprelda Birlashgan Qirollik aholisini roʻyxatga olish paytida Arnim Angliyada amakisi Henry Beauchamp bilan Bekslidagi Retreatda yashagan. Uning oʻgʻli Henning Bernd 1902-yilning oktyabr oyida Londonda tugʻilgan[13].
Nassenheidedagi bolalar oʻqituvchilari orasida 1905-yilning bahor va yozida bir necha oy ishlagan E. M. Forster ham bor edi[11]. Forster u yerda oʻtkazgan oylari haqida qisqacha xotiralar yozadi[14]. 1907-yil apreldan iyulgacha yozuvchi Hugh Walpole bolalar tarbiyachisi boʻlgan[15].
1908-yilda Elizabeth von Arnim bolalari bilan Londonga koʻchib oʻtadi[2]. Garchi grafning ishlari tufayli nikoh baxtsiz va ular bir muncha vaqt alohida yotoqxonalarda uxlashgan boʻlishsada, er-xotin buni rasmiy ajralish deb hisoblamadilar. 1910-yilda moliyaviy muammolar sababli Nassenheide mulkini sotishga toʻgʻri keldi. Oʻsha yilning oxirida graf von Arnim xotini va uchta qizi bilan Bad Kissingenda vafot etadi[3][16].1911-yilda Elizabeth Shveytsariyaning Randogn shahriga koʻchib oʻtadi va u yerda Chalet Soleil qurdiradi[17]. 1910-yildan 1913-yilgacha u romanchi H. G. Wellsning bekasi boʻlgan[4].
1916-yil yanvar oyida Arnim faylasuf Bertran Rassellning akasi Frank Russellga,Earl Rassell Ikkinchiga turmushga chiqadi. Afsuski nikoh janjal bilan yakunlandi va ular 1919-yilda ajralishdi[18]. Keyin qizi Libet va Evi istiqomat qiladigan Qoʻshma Shtatlarga ketadi. 1920-yilda u Shveytsariyadagi uyiga qaytib, uni Evropaning boshqa qismlariga tez-tez sayohat qilish uchun asos sifatida ishlatdi[2]. Oʻsha yili u Alexander Stuart Frere (1892-1984) bilan ish boshladi, u keyinchalik Heinemann nashriyotining raisi boʻldi. 1933-yilda Frere yozuvchi va teatr tanqidchisi Patricia Wallacega turmushga chiqadi[16].
Bibliografiyasi
tahrir- Elizabeth and Her German Garden (1898) –onlayn Gutenberg loyihasida
- The Solitary Summer (1899) – onlayn Gutenberg loyihasida
- The April Baby’s Book of Tunes (1900) (Kate Greenaway tomonidan tasvirlangan) –onlayn Gutenberg loyihasida
- The Benefactress (1901) – onlayn Gutenberg loyihasida
- The Ordeal of Elizabeth (1901-yil, oʻlimdan keyin nashr etilgan roman loyihasi)
- The Adventures of Elizabeth in Rugen (1904) – onlayn Gutenberg loyihasida
- Princess Priscillaʼs Fortnight (1905) – onlayn Gutenberg loyihasida
- Fräulein Schmidt and Mr Anstruther (1907) –onlayn Gutenberg loyihasida
- The Caravaners (1909) –onlayn Gutenberg loyihasida
- The Pastor’s Wife (1914) – onlayn Gutenberg loyihasida
- Christine (1917) (Alice Cholmondeley taxallusi ostida yozilgan) – onlayn Gutenberg loyihasida
- Christopher and Columbus (1919) – onlayn Gutenberg loyihasida
- In the Mountains (1920) – onlayn Gutenberg loyihasida
- Vera (1921) – onlayn Gutenberg loyihasida
- The Enchanted April (1922) – onlayn Gutenberg loyihasida
- Love (1925)
- Introduction to Sally (1926)
- Expiation (1929) (2019-yilda Persephone Books tomonidan qayta nashr etilgan)
- Father (1931)
- The Jasmine Farm (1934)
- All the Dogs of My Life (avtobiografiyasi, 1936)
- Mr. Skeffington (1940) – onlayn Gutenberg loyihasida
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Usborne 1986, s. Andoza:Page needed
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Maddison, Isobel (2016) Elizabeth von Arnim: Beyond the German Garden. Abingdon: Routledge.
- ↑ 3,0 3,1 Arnim, Jasper von (2003) Elizabeth von Arnim, von-arnim.net. Retrieved 24 July 2020
- ↑ 4,0 4,1 Oxford Dictionary of National Biography, online edition (UK library card required): Arnim, Mary Annette [May] von. Retrieved 5 March 2014.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Maddison 2013, ss. 85–91
- ↑ Katherine Mansfield, Vincent OʻSullivan, ed., et al. (1996) The Collected Letters of Katherine Mansfield: Volume Four: 1920–1921, pp. 249–250. Oxford: Clarendon Press. Retrieved 20 July 2020 (Google Books)
- ↑ Katherine Mansfield, (2001) The Montana Stories London: Persephone Books.
- ↑ Isobel Maddison, Juliane Römhild, et al. (22 June 2017) „Reading Elizabeth von Arnim Today: An Overview“, Women: A Cultural Review, Vol. 28, 2017, Issue 1–2. Retrieved 18 July 2020.
- ↑ Genealogische Handbuch des Adels., p. 30. Gotha: Justus Perthes Verlag, 1932.
- ↑ Henning August Graf v. Arnim (1851–1910) In: Das Geschlecht von Arnim. IV. Teil: Chronik der Familie im 19. und 20. Jahrhundert. Published by Arnim’scher Familienverband, Degener, 2002, p. 591.
- ↑ 11,0 11,1 R. Sully (2012) British Images of Germany: Admiration, Antagonism & Ambivalence, 1860–1914, p. 120, New York: Springer. Retrieved 20 July 2020 (Google Books).
- ↑ Morgan, Joyce. The Countess from Kirribilli. Australia: Allen & Unwin, 2021 — 50–51-bet. ISBN 978-1-76087-517-6.
- ↑ "Henning Bernd Von Arnim-schlagenthin" in England & Wales, Civil Registration Birth Index, 1837-1915: 1902; Registration Place: Strand, London, England; Volume 1b, page 606
- ↑ E. M. Forster, (1920–1929) Nassenheide. The National Archives. Retrieved 18 July 2020.
- ↑ Elizabeth Steele (1972), Hugh Walpole, p. 15, London: Twayne ISBN 0-8057-1560-6.
- ↑ 16,0 16,1 Römhild, Juliane (2014) Femininity and Authorship in the Novels of Elizabeth von Arnim: At Her Most Radiant Moment, pp. 16–24. Lanham, Maryland: Rowman & Littlefield. ISBN 978-1-61147-704-7 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "romhild" defined multiple times with different content - ↑ „Elizabeth von Arnim – Biography and Works“. online-literature.com. Qaraldi: 2016-yil 7-noyabr.
- ↑ Derham, Ruth. Bertrand's Brother: The Marriages, Morals and Misdemeanours of Frank, 2nd Earl Russell. Stroud: Amberley, 2021 — 257–283-bet. ISBN 978-1-3981-0283-5.
Havolalar
tahrir- Works by Elizabeth von Arnim in eBook form at Standard Ebooks
- Works by Elizabeth Von Arnim at Project Gutenberg
- Works by or about Elizabeth von Arnim at Internet Archive
- Works by or about Mary Annette Beauchamp at Internet Archive
- Works by Elizabeth von Arnim at LibriVox (public domain audiobooks)
- „Article about Elisabeth von Arnim on Gmina Dobra Website“. 2016-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-oktyabr.
- „Elizabeth von Arnim Society“.