Ulugbek19940126
Inson faoliyatining qadimiy va nafis sohalaridan biri bu arxitekturadir. Arxitekturaga ta’rif bermasdan awal, «arxitektura» so‘zining kelib chiqishiga nazar tashlaylik. So‘z ildizi «tektura» quri lish san’ati m a’nosini berib, «arxi» qo’shimchasi esa oliy, yuqori darajada degan ma'noni bildiradi. Demak, «arxitektura» — qurilishning yuqori bosqichi, ya’ni oliy darajadagi qurilish demakdir. Aynan shu ma’noda «arxitektor» o'zbek tilidagi «me’mor» so'ziga yaqin turadi. Shuning uchun ham arxitekturaga nisbatan me’morchilik atamasi keng ishlatiladi. Arxitektura qurilish san’atining oliy darajasi, biroq har qanday qurilishni ham arxitekturaga tenglashtirish yoki o‘xshatish mumkin emas. Chunki qurilish juda keng qamrovli so‘z bo'lib, arxitekturaga mos bo'lmagan ayrim sohalami ham o‘z ichiga oladi. Masalan, temiryo‘1 qurilishi, yerosti quvurlari yoki shaxtalar qurilishi va hokazo. Demak, har qanday qurilish ham arxitektura bo‘la olmaydi, lekin har qanday arxitektura negizida, awalambor, qurilish yota di. Qurilishning arxitekturaga aylanishi uchun u yuqori darajada gi san’at namunasi yoki asari tarzida yaratilishi kerak. Arxitekturani inson amaliy faoliyatining boshqa turlaridan, shu jumladan, qurilishdan farqi shundaki, u foydalilik masalalaridan tashqari, muayyan tarixiy va ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda davr ehtiyojlarini qondiruvchi mafkuraviy va badiiy estetik vazifalami ham bajaradi. Arxitekturaning hozirgacha qabul qilingan ta’rifi shunday: arxi tektura — inson va jamiyat faoliyati, insonning maishiy turmushi, mehnali, umuman hayoti uchun fazoviy muhit yaratish san’atidir. Bu yerda «fazoviy» deyilganda kosmosni emas, balki yer sathi ustida quriladigan obyektlar joylarni nazarda tutiladi. Bunday fazoviy muhit yopiq yoki ochiq bolishi mumkin. U chegaralovchi, belgilovchi (devor, tom, to‘siq, panjara, dov-daraxt, tosh kabi) strukturalar yordamida tashkil etiladi. Masalan, Toshkentdagi «Moviy gumbazlar» qahvaxonasi yoki uning yonidagi choyxona binolari g'isht, beton va oyna, to'siq-devor, pol va tom (gumbaz ham tommng bir turi) yordamida atrofdan chegaralanib, yopiq fazoviy muhit hosil etilgan. Bu yerdagi xiyobonda tok va so'ri osti da ham qisman chegaralangan muhit hosil qilingan. Bundan farqli holda choyxona oldidagi sufa-so‘rilar gorizontal tekislik bo'yicha ochiq muhitga ajratilgan. Sayr yo'ilari ham ochiq muhitdir. Ular daraxt, buta, maysa, plita, tosh, suv basseyni, fawora kabilar yor damida rejalangan. Yana shuni aytish joizki, «arxitektura» o'zining yaratilishi jihatidan ikki ma’noda ishlatiladi, birinchidan, inson ijodiy faoliya tining sohasi ma’nosida va, ikkinchidan, shu faoliyatning mahsuli ma’nosida. Arxitekturaning maqsadi va vazifalari. Insonlaming yashashi, ishlashi va dam olishiga mo'ljallanib tashkillashtirilgan makonni yoki muhitni shakllantirish arxitekturaning bosh vazifasidir. Bi roq, uning vazifasi bu bilan cheklanmaydi. M a’lumki, har qan day muhit odamlar mhiyatiga, ongining shakllanishiga ta’sir ko'r satadi. Chunki arxitekturada qo'llaniladigan hajmiy shakllar, mod diy muhit biron bir jozibali ko'rinishga yoki axborotga ega bo'ladiki, ular odamlar didiga, ongiga ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi mumkin. Arxitekturaning vazifasiga ana shu muhitda insonlar uchun o'ziga xos qulaylik va shinamlik yaratishgina emas, balki insonning go'zallikka bo'lgan ehtiyojini qondirish, u yashayotgan jamiyat madaniy hayoti, xalqchil milliy an’analari va ilg'or estetik tuyg'ularini o'zida aks ettirish kabi vazifalar ham kiradi. Arxitektura insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi. U insoniyat jamiyati yashash va dam olish vositalarining qanchalik zaruriy qismlari (turar-joy uylari, jamoat binolari, bog' va parklar, xiyobonlar va boshqalar)dan tarkib topsa, xuddi shun cha ishlab chiqarish vositalari (zavod va fabrikalar, elektr va issiq lik stansiyalari, ishlab chiqarish korxonalari)dan ham tarkib topadi. Umumiy ma’noda arxitektura — bu insoniyatning yashashi va faoliyati uchun sun’iy shakllantiriladigan, amaliy va ma’naviy ehtiyojlarga mo'ljallangan moddiy muhitlar tizimidir. Ayni paytda, arxitektura bu san’at hamdir. Shu boisdan arxitekturada muayyan hayot tarzi, davr tafakkuri va talabi, muayyan estetik va mafkuraviy ehtiyojlar, g‘oyalar majmuasi o'zining moddiy va badiiy ifodasini topadi. Arxitektura ko'p qirralidir. U muayyan vazifalarga mo'ljallanib tashkillashtirilgan ichki muhitli binolar, binolar ansambli va komplekci, shaharlar, qishloqlar, maxsus tashkillashtirilgan tashqi ochiq muhitlar (ko'chalar, maydonlar, istirohat bog'lari, parklar, mahallalar, dahalar)dan tashqari, ichki muhitga ega bo'lmagan, biroq ochiq muhitni tashkillashtirishga xizmat ko'rsatuvchi inshootlar va mo'jaz me’moriy shakllar (monumentlar, obelisklar, tasviriy oynalar, ko'priklar, yo'llar, sohillar, ko'prik yo'llar (puteprovodlar), transport chorrahalari (razvyazkalari), faworalar, zinapoyalar, to'siqlar va sh.k.) hamdir. Ana shu nuqtayi nazardan olib qara ganda arxitektura jarniyatning ijtimoiy, ishlab chiqarish va maf- kuraviy ehtiyojlaridan vujudga keluvchi moddiyatdir. Aynan ana shu ehtiyojlar arxitektorlar oldiga aniq vazifalar qo'yadi. Yaratil gan arxitektura jamiyat va uning ma’lum bir davrining moddiy va ma’naviy madaniyatini belgilaydi, o'zida aks ettiradi.