Foydalanuvchi:Usmonov Gayrat:Braziliya-Isroil munosabatlari
Fayl:Size= | |
Andoza:Bayroqikon/ | Andoza:Bayroqikon/ |
Isroil-Braziliya munosabatlari - Braziliya va Isroil o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlardir. Braziliya Tel-Avivda elchixonasiga va Xayfada faxriy konsulligiga ega. Isroilning Braziliyada elchixonasi va San-Pauluda bosh konsulligi joylashgan. Braziliya va Isroil siyosiy va harbiy aloqalarga ega. Shuningdek, Ikki davlatning quroli kuchlari yaqindan hamkorlik qilishadi. Braziliya isroilparast parlamentariylarni yollovchi siyosiy tashkilot Isroil ittifoqchilari kokusining toʻliq aʼzosi hisoblanadi.
IBGEning aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, Braziliya yahudiylarning soni bo'yicha dunyoda taxminan 107,329 yahudiylar bilan dunyoda 9-chi va Lotin Amerikasida 2-o'rinda turadi[1]. Braziliya yahudiy konfederatsiyasi (CONIB) Braziliyada 120 000 dan ortiq yahudiylar borligini taxmin qilgan[2]. Isroilda taxminan 20 000 braziliyalik istiqomat qiladi, ularning aksariyati braziliyalik yahudiylardir .
Ikkinchi jahon urushi davrida yahudiylarni qo'llab-quvvatlash
tahrirIkkinchi jahon urushining dastlabki bosqichlarida Braziliya Lotin Amerikasi respublikalari tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchta maslahat uchrashuvida ishtirok etdi, ularda eksa kuchlari bilan diplomatik munosabatlarni kollektiv ravishda uzish bo'yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan[3]. 1942-yilgi Rio-de-Janeyro konferentsiyasida Braziliya fashistlar Germaniyasi bilan barcha diplomatik munosabatlarni to'xtatganligini va shu tariqa Ittifoqchi kuchlarga qo'shilganligini e'lon qilgan. Oxir oqibat, Argentina va Chili davlatlaridan mustasno tarzda, Janubiy Amerikaning aksariyat davlatlari Ittifoqchi kuchlarga qo'shilgan.
Osvaldo Arana 1938-yildan 1944-yilgacha tashqi ishlar vaziri bo'lgan vaqtida, ko'plab yahudiylarga Braziliya vizalar berilgan. 1939-yilda yahudiylarga Braziliyada 4601 ta ruxsatnoma va vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma berilgan. O'sha yili barcha yashash uchun vizalarning 9 foizi va vaqtinchalik Braziliya vizalarining 14 foizi yahudiylarga berilgan. 1940-yilda 2500 yahudiy muhojir Braziliya vizalarini qo'lga kiritgan[4] .
Albert Eynshteyn Osvaldo Aranyidan do‘sti, nemis yahudiy Xelen Fabian-Katzga viza olishda yordam so‘ragan. Eynshteyn avvalroq Qo'shma Shtatlar hukumatiga yordam so'rab murojaat qilgan edi, ammo AQSh Fabian-Katzga viza bermagan. Fabian-Katz Braziliyaga viza olgan va San-Pauluda yashayotgan akasi oldiga borgan[4].
Isroil mustaqilligini e'lon qilishdagi roli
tahrirBraziliya Isroil davlatini yaratishda katta rol o'ynagan. 1947-yilda Braziliya Falastinni bo'lish rejasini e'lon qilgan. O'sha paytdagi Braziliya delegatsiyasining BMTdagi rahbari bo'lgan elchi Osvaldo Aranha Falastinning bo'linishini qo'llab-quvvatlagan. Bu esa Isroil davlatini yaratishga katta turtki bo'lgan. Bugungi kunda Isroilning Beer Sheva, Ramat Gan shaharlaridagi ko'chalar va Quddusdagi maydon Aranya nomi bilan atalgan. 2007-yilda uning qarindoshlari va Braziliyaning Isroildagi elchisi ishtirok etgan marosimda Tel-Avivdagi ko'chaga uning nomi berdi[5].
Braziliya Isroil Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul qilganidan bir yil o‘tmay, 1949-yil 7-fevral kuni Isroil davlatini tan olgan birinchi davlatlardan biri bo'lgan. Birinchi Isroil elchixonasi 1955-yilda Braziliyaning o'sha paytdagi poytaxti Rio-de-Janeyroda ochilgan. Birinchi elchi David Shaltiel edi.
Siyosiy aloqalar
tahrirBraziliya butun dunyo bo'ylab isroilparast parlamentariylar bilan hamkorlik qiluvchi siyosiy yuridik tashkilot bo'lgan Isroil Ittifoqchilar Kokusining to'liq a'zosidir. Federal deputat Fátima Pelaez, Amapa shtatining Braziliya parlamentidagi vakili, Braziliya Isroil ittifoqchilarini qo'llab-quvvatlash guruhi raisi hisoblanadi.
2017-yil 16-iyun kuni Braziliyaning Yahudiy davlatidagi yangi elchisi Meyra de Vaskonselos o‘z lavozimiga kirishdi. Ishonch yorliqlarini topshirish marosimida Isroil prezidenti Rivlin yangi elchini YUNESKOga ovoz berishda Isroilga qarshi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlagani uchun jazolagan[6].
2018-yilning noyabr oyida Braziliya prezidenti Jair Bolsonaro AQSh va Gvatemala elchixonalari ortidan Isroildagi Braziliya elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirishga va’da bergan[7].
2018-yilning 28-dekabr kuni Isroil bosh vaziri Netanyaxu Braziliyaga tashrif buyurdi va ushbu mamlakatning yangi saylangan prezidenti bilan uchrashdi. Netanyaxu Bolsonaroning inauguratsiya marosimida ishtirok etdi, shuningdek, Braziliya tashqi ishlar va mudofaa vazirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan. Muzokaralar davomida tomonlar iqtisodiyot, xavfsizlik, suv resurslarini boshqarish, qishloq xo‘jaligi, texnologiya va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olganlar. Jair Bolsonaro Bosh vazir Benyamin Netanyaxuga Braziliyaning eng oliy faxriy ordenini topshirdi, shuningdek, Netanyaxuning Isroilga javob tashrifi taklifini qabul qilgan.
2019-yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasi doirasida ikki davlat tashqi ishlar vazirlari Isroil Kats va Ernesto Arauxo o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar mamlakatlar o‘rtasida strategik va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar. Bundan tashqari, Braziliya Hizbullohni terrorchi tashkilotlar ro'yxatiga qo'shish bo'yicha muzokaralar olib borgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 2010 Brazilian census Brazilian Institute of Geography and Statistics. Retrieved on 2013-11-13
- ↑ „U.S. Department of State. Brazil, Retrieved on 2013-12-18“. 2017-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-aprel.
- ↑ „OSWALDO ARANHA - 2nd Session“. Un.org. 2016-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-sentyabr.
- ↑ 4,0 4,1 Maria Luiza Tucci Carneiro. O anti-semitismo nas Amжricas: memзria e histзria — 285-bet. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "books.google.ca" defined multiple times with different content - ↑ «Tel Aviv Street Named for Brazilian», Dateline World Jewry, World Jewish Congress, September, 2007
- ↑ „Первый посол Танзании в Израиле вручил верительные грамоты президенту Ривлину“. 2022-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-iyun.
- ↑ „Новый президент Бразилии перенесет посольство в Израиле в Иерусалим“. Meduza (2018-yil 2-noyabr). 2018-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-noyabr.