Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

tahrir
 

Filial tarixi

tahrir

Qoraqalpogʻiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etadigan yoshlarni tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-noyabr kungi „Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialini tashkil etish toʻgʻrisida“gi qarori asosida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialini tashkil etildi. Birinchi boʻlib filialga tarix fanlari nomzodi, dotsent Mambetov Bayram Jaqsimuratovich direktor etib tayinlangan. Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent Nurishov Darmenbay Esnazarovich, Oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari tarix fanlari nomzodi Utemuratov Baxram Bekmuratovich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent Aytimbetov Maxsetbay Ziynatdinovichlar tayinlandi. Filialning asosiy vazifalari etib sport faoliyati, jismoniy tarbiya va sport menejmenti, maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport, psixologiya (sport) taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni taʼminlash; xizmatlar va sogʻlomlashtirish tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilgʻor xorijiy tajribadan foydalangan holda sport sohasiga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish va ishlanmalarni amalga oshirish; oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalaridagi respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish; respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlarga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish belgilandi.

RAHBARIYAT

 

O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori

Erimbetov Bayrambay Qarlibayevich

Telefon: (861) 224-84-24

E-mail: Legend_ball@gmail.ru

Qabul kuni va soati: Chorchanba va juma

Soat 10-00 dan 12-00 gacha

 

O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktorining

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi o’rinbosari

Xaydarov Rustam Maratovich

Telefon: (861) 224-84-24

E-mail: rustamhaydarov081@gmail.com

Qabul kuni va soati: Sechanba va paychanba

Soat 15-00 dan 17-00 gacha

 

O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

O’quv  ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari

Utemuratov Baxram Bekmuratovich

Telefon: (861) 224-84-24

E-mail: utemuratov@uzdjtsunf.uz

Qabul kuni va soati: Sechanba va paychanba

Soat 15-00 dan 17-00 gacha

 

O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari

Mambetnazarov Islambek Muratbaevich

Telefon: (861) 224-84-24

E-mail: islambekmambetnazarov95@gmail.com

Qabul kuni va soati: Duchanba va juma

Soat 15-00 dan 17-00 gacha

Eng dastlab filialda „Sport turlari“ fakulteti tashkil etildi.

tahrir

2018-2019-oʻquv yilida sport turlari boʻyicha;

  • voleybol,
  • basketbol,
  • dzyudo,
  • erkin kurash,
  • maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport,
  • badiiy gimnastika,
  • eshkak eshish,

bakalavrlar tayorlash kunduzgi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha jami 50 nafar talaba bilan oʻz faoliyatini boshlagan.

  • voleybol,
  • basketbol,
  • dzyudo,
  • erkin kurash,
  • maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport,
  • badiiy gimnastika,
  • eshkak eshish,
  • psixologiya (sport)

kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi taʼlim yoʻnalishlariga jami 202 nafar abiturient talabalikga qabul qilindi.

2020 −2021-oʻquv yilida sport turlari boʻyicha;

  • voleybol,
  • boks,
  • dzyudo,
  • erkin kurash,
  • maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport,
  • badiiy gimnastika,
  • eshkak eshish,
  • psixologiya (sport)
  • suzish,
  • kurash,
  • futbol,
  • basketbol

kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi taʼlim yoʻnalishlariga jami 322 nafar abiturient talabalikga qabul qilindi.

2021-2022- oʻquv yilida sport turlari boʻyicha;

  • voleybol,
  • boks,
  • dzyudo,
  • erkin kurash,
  • maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport,
  • badiiy gimnastika,
  • eshkak eshish,
  • psixologiya (sport)
  • suzish,
  • kurash,
  • futbol,
  • basketbol
  • yengil atletika,
  • qoʻl topi,
  • ogʻir atletika,
  • yunon-rum kurashi,
  • shaxmat,

kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi taʼlim yoʻnalishlariga jami 322 nafar abiturient talabalikga qabul qilindi.

2022-2023-oʻquv yilida sport turlari boʻyicha;

  • voleybol,
  • boks,
  • dzyudo,
  • erkin kurash,
  • maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport,
  • badiiy gimnastika,
  • eshkak eshish,
  • psixologiya (sport)
  • suzish,
  • kurash,
  • futbol,
  • basketbol
  • yengil atletika,
  • qoʻl topi,
  • ogʻir atletika,
  • yunon-rum kurashi,
  • shaxmat,
  • velosport
  • qilichbozlik
  • badminton

kunduzgi taʼlim yoʻnalishlariga jami 368 abiturient talabalikke qabul qilildi. 2022-2023-oʻqish yilinda filialda kunduzgi taʼlimda 799, sirtqi taʼlimda 370 va maxsus sirtqi taʼlim yoʻnalishinda 59 jami 1 228 talaba bilim olmoqda.

2023-2024- oʻquv yilida sport turlari boʻyicha;

  • voleybol,
  • boks,
  • dzyudo,
  • erkin kurash,
  • badiiy gimnastika,
  • eshkak eshish,
  • suzish,
  • kurash,
  • futbol,
  • basketbol,
  • yengil atletika,
  • qol topi,
  • ogıir atletika,
  • yunon-rum kurashi,
  • shaxmat,
  • velosport
  • qilichbozlik
  • badminton

kunduzgi taʼlim yoʻnalishlariga jami 257 nafar abiturient talabalikka qabul qilindi. 2023-2024-oʻquv yilida filialda kunduzgi taʼlim shaklida 545 nafar, sirtqi taʼlim shaklida 517 nafar, jami 1 062 nafar talaba taılim olmoqda.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali 540 oʻrinlik oʻquv binosiga, „Turon“ stadioniga, Axborot-resurs markazi, elektron kutubxona https://t.me/el_kitapxana va „Raqamli texnologiyalar“ markazlari faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda filialda „Sport turlari“ fakulteti, „Jismoniy tarbiya nazariyasi va gumanitar fanlar“, „Yakka-kurash va tabiiy fanlar“ va „Sport oʻyinlari“ kafedralari mavjud. Shuningdek talabalar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadida „Orol“ sport klubi tashkil etilgan. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialiga 2023-yil 6-sentyabr sanasidan boshlab pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori, professor Erimbetov Bayrambay Karlibaevich direktor etib tayinlandi. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktorining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari dotsent Xaydarov Rustam Maratovich 2023-yil 6-sentyabr kuni lavozimga tayinlandi. Bugungi kunga qadar filialda taʼlim olayotgan talabalar orasidan 14 nafar jahon, 21 nafar Osiyo, 150 dan ziyod Oʻzbekiston chempionlari yetishib chiqdi. Bir nafar talaba „Jasorat“ va „Shuxrat“ medali bilan besh talabamiz „Umid uchquni“ koʻkrak belgisi bilan mukofotlandi. 6 nafar talaba Xalqaro sport ustasi, 22 nafar talaba „Oʻzbekiston sport ustasi“ sport darajalariga ega. Hozirgi kunda filialda 1 nafar fan nomzodi (PhD), professor ilmiy darajasiga ega, 3 nafar fan nomzodi dotsent ilmiy darajasiga ega, 9 nafar fan nomzodi (PhD) va 2 nafar ilmiy darajasiz dotsentlar bor.

 
UzDJTSU Nukus filiali bosh binos
 

Primbetov Azamat Auesbaevich O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Yakka kurash va tabiiy fanlar» kafedrasi dotsenti v.v.b.

U 2005-yil Nukus davlat pedagogika instituti bakalavr yo‘nalishi, 2021-yil Qoraqalpoq davlat universiteti Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari nazariyasi va uslubiyati mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini tugatgan.

2014-yili Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi O‘rta-maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi tomonidan faxriy yorlig'i bilan taqdirlangan.

2019-yili Qoraqalpog'iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

Primbetov Azamat Respublika va xalqaro miqyosidagi ilmiy-nazariy konferensiyalarda jumladan, ilmiy tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha Rossiya, Amerika, Qozog'iston, Hindiston, Polsha davlatlarida o‘tkazilgan xalqaro anjumanlarda faol ishtirok etgan. U tomonidan 2 ta monografiya, 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 39 dan ortiq maqola va tezislar nashr etilgan.

Azamat Primbetov O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Xalqaro kurash nazariyasi va uslubiyati kafedrasida “12-14 yoshli erkin kurashchi qizlarning musobaqaoldi tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi doktorlik dissertasiyasi 2023-yili muvaffaqiyatli himoya qilib pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.

Primbetov Azamat yillar davomida bir necha ilmiy loyihalarda etakchi ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, etakchi mutaxassis sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Uning muallifligida 1 o‘quv qo‘llanma (Sport pedagogikalıq sheberligin asırıw (erkin gúres)), 1 darslik (Grek-rim gúres teoriyası), OAK ro'yxatidagi ilmiy jurnallarda 12 ta maqola, xalqaro ilmiy jurnallarda 8 ta maqola, respublika va xalqaro miqyosidagi konferentsiyalarda 20 ta ilmiy tezislari chop etilgan. Shuningdek, Ayollar kurashi sport kundaligi dasturi deb nomlangan elektron dastur yaratib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining № DGU 31725 guvohnomasini olgan.

A.Primbetov o‘z faoliyati davomida murabbiy sifatida O‘zbekiston Respublikasi Kubok va chempionati, xalqaro musobaqalarning sovrindorlari, shuningdek, Osiyo va jahon chempionati sovrindorlari, Olimpiyada o‘yinlari qatnashchisini tayyorlarb,jismoniy tarbiya va sport sohasining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Bugungi kunda talabalarga ta'lim berib qolmasdan fililda sport va ilm-fanning rivojlanishida xizmat qilib kelmoqda.