Dunyo boʻylab 80 kun filmi – 2004-yilda suratga olingan AQSh sarguzasht komediya filmi boʻlib, Jules Vernening 1873-yilda yozgan asari va 1956-yilda suratga olingan xuddi shu nomdagi filmning remeyki hisoblanadi. Filmda Jackie Chan, Stiv Koogan, Sesiliy de Fransiya va Jim Broadbent kabi yulduzlar ishtirok etgan. Filmda Phileas Fogg ixtirochi sifatida tasvirlangan va u dunyoni 80 kun ichida aylanib chiqish borasida garov oʻynagan. Safarda unga Xitoylik sherigi Passepartout hamrohlik qilgan. Film bundan oldingi versiyasi va Jules Vernning asaridan koʻplab jang sahnalari qoʻshilgani bilan keskin farq qiladi. „Dunyo boʻylab 80 kun“ filmi Amerika Qoʻshma Shtatlarida 24 million dollar, dunyo boʻylab 48 million dollar daromad topgan. Shuningdek, tanqidchilar tomonidan salbiy baholangan, bunga sabab esa filmning asarga umuman oʻxshamasligi edi.

Dunyo boʻylab 80 kun
Rejissyor(lar) Frank Coraci
Prodyuser(lar) Bill Badalato
Hal Lieberman
Ssenariynavis(lar) David Titcher
David Benullo
David Goldstein
Qaysi asarga
asoslangan
Dunyo boʻylab sakson kun
1873 novel
Jules Verne
Rollarda
Bastakor(lar) Trevor Jones
Kinematografiya Phil Meheux
Muharrir(lar) Tom Lewis
Studiya(lar) Walden Media
Spanknyce Films
Mostow/Lieberman Productions
Distribyutor Walt Disney Pictures;
Summit Entertainment [1]
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 120 daqiqa[2]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til English
Byudjeti $110 million[2]
Daromadi $72.2 million[2]

Film syujeti

tahrir

Xitoylik oʻgʻri Lau Xing Angliya bankini oʻmaradi va Phileas Foggning uyiga kelib qoladi. Oʻzini Passepartout deb tanishtirgan Lau Xing Phileasning xizmatkori boʻlib uning uyida ish boshlaydi. Passepartout Phileasga yangi ixtirosini tekshirishda yordam beradi. Yangi yaratilgan mashina oʻsha vaqtlarda eng yuqori deb hisoblangan 80 km/s tezlikdan oshib rekord tezlikka erishadi.

Royal Academy of Scienceda Fogg akademiya rahbari Lord Kelvin bilan tortishib qoladi. Tortishuv uzoq davom etadi va Kelvin Phileasni dunyoni 80 kun ichida aylanib chiqolmasligi haqida gapirib uni yengmoqchi boʻladi. Phileas dunyoni 80 kun ichida aylanib chiqa olishini aytadi va agar garovda yutib chiqsa Kelvinning fan va inovatsiyalar direktori lavozimini qoʻlga kiritadi, magʻlub boʻlsa xonavayron boʻladi. Shundan keyin Fogg va Passepartout Londondan yoʻlga chiqib ketadi.

Passepartout va Phileas Parijga kelib, u yerda general Fangning jangchilariga duch keladi. Passepartout askarlar bilan jang qiladi va ohiri ulardan qochib qutuladi. Fang Passepartout oʻg'irlagan budda toshini qoʻlga kiritishni xohlaydi.

Kelvin bankda boʻlib oʻtgan oʻgʻrilik haqida bilib qoladi. Keyin Hindiston koloniyalariga Phileas va Passepartoutni hibsga olish kerakligi haqida xabar yuboradi. Passepartout oʻzini qidiruvda ekanligini bilib, sheriklariga bu haqida aytadi. Phileas va sheriklari ayollar libosini kiyib Fang askarlaridan qochmoqchi boʻladi lekin oxir oqibat ular oshkor boʻladi. Jamoa askarlardan qutilib Xitoy tomon yoʻl oladi.

Lau Xingning tugʻilib oʻsgan qishlogʻi Lanchjouda ularni ehtirom bilan kutib olishadi. Biroq ularni qora chayonlar nomli mahalliy guruh qoʻlga oladi. Lau Xing guruh rahbariga qarshi jang qilish taklifini beradi. Jangda Lau gʻalaba qozonadi va Lanchjou qishlogʻiga ular uchun ilohiy sanalgan toshni qaytarib olib boradi.

Fogg Launing oilaviy suratini koʻrib qoladi va oʻzini doʻstlari tomonidan aldangandek his qilib, sayohatini yolgʻiz davom ettirishga qaror qiladi. Lau Xing va Monique ham San Fransiskoga Phileasni qidirib keladi va ular Foggni qashshoq va gʻarib holda topadi. Shundan keyin jamoa oldingi ginalarni unutib birgalikda yoʻlda davom etadi.

Nyu-Yorkda aholi Phileasni kutib olish uchun portga chiqadi, natijada yoʻl toʻsilib qoladi. Politsiyachilar yordam berish maqsadida ularni manzilgacha kuzatib qoʻyadi. Uch doʻst yana Fang askarlariga duch keladi. Ular Fang jangchilaridan qochib kema bortiga chiqib olishlari va sayohatni kemada davom ettirishlari kerak edi. Phileas bortga chiqib oladi, ammo Passepartout bunga ulgurmaydi. Shunda Phileas Passepartoutni yolgʻiz tashlab ketmaslik uchun kema bortidan tushadi. Fogg tushkun holatga tushib qoladi, ammo Passepartout hali keyingi kemaga chiqib olishlari mumkinligini aytib unga taskin beradi.

Phileas boshqa eski kema topadi va Passepartout bilan birga yoʻlga chiqadi. Yoʻlda kema buzilib qoladi, Phileas juda shoshilayotganini va kemani sotib olishini aytadi. Kema kapitaniga katta miqdorda pul vaʼda qilgan Phileas kemani sotib olishga erishadi. Keyingi reja kemadagi yogʻoch qismlardan samalyot yasash edi. Ular kemadan barcha yogʻoch qismlarni ajratib olib, samalyot yasashni uddalashadi. Shundan keyin Londonga yangi uchar moslamada yoʻlga chiqishadi.

Kelvin oʻzini gʻolib deb eʼlon qiladi va tantana qilishni boshlaydi. Ammo osmonda qandaydir notanish jism paydo boʻlib hammaning eʼtiborini oʻziga tortadi. Shunda samodagi jism yaqinlashganida unda Phileas va Passepartout kelayotganligi koʻrinadi. Phileas oʻz vaqtida Londonga qaytib kelishni uddalaydi va garovni yutadi.

Rollarda

tahrir

Namoyish etilishi

tahrir

1956-yilda Warner Bros filmni remeyk qilish huquqiga ega boʻlganidan soʻng Stephen Sommers va Brendan Fraserlarni yangi filmda roʻl oʻynash uchun taklif qilgan. Ssenariy muallifi Stan Chervin boʻlib, filmga Ang Lee va Stephen Herek rejissyorlik qilishi rejalashtirilgan[3][4].

Frank Coraci film ustida ish boshlaganidan soʻng asarning 1956-yilda chiqarilgan filmini koʻrib, keyin asarni oʻzini ham oʻqib koʻrganidan soʻng asarda asosiy qahramon yoʻqligini aytgan. Shundan keyin u film ssenariysini tubdan oʻzgartirishni va Phileas Foggni boshqacha tasvirlashni taklif qilgan. Coraci Phileas roliga Jonni Depni taklif qilgan ammo rahbariyat uni bu roʻlga munosib koʻrmagan[5]. Jackie Chan 2002-yil filmda Passepartout rolini ijro etayotganini eʼlon qilgan[6]. Jackie Changa film uchun umumiy 18 million dollar toʻlangan[7]. Keyinchalik Phileas Fogg roli uchun Steve Coogan tasdiqlangan. Filmni Walden Media kompaniyasi moliyalashtirgan, Summit Entertainment esa marketing bilan shugʻullangan. Paramount Pictures film distributsiya huquqlarini sotib olgan va 2003-yil 21-noyabr kuniga film premyerasi belgilagan. Biroq kompaniya keyinchalik aktyorlar uchun toʻlanayotgan pulni koʻp deb eʼtiroz bildirgan[8][9].

Suratga olish ishlari 2003-yil 13-mart kuni Tailandda boshlangan va keyinchalik Berlinda davom ettirilgan[10][11]. Paramaunt pictures film distributsiyasidan voz kechgach, Disney bu huquqni sotib olgan[12].

Film premyerasi

tahrir

Dunyo boʻylab 80 kun filmi 2004-yil 13-iyun kuni Kaliforniya shtatining Gollivud shahridagi El Capitan teatrida taqdim etilgan va 2004-yil 16-iyun kuni Walt Disney Pictures tomonidan kinoteatrlarda namoyish etilgan.

Tanqidlar

tahrir

Tanqidiy javob

tahrir

Dunyo boʻylab 80 kun filmi turli tanqidlarga uchragan. Rotten Tomatoes filmga umumiy ovozlarni jamlagan holda 4,79/10 ball bergan va „Film romandan tubdan farq qiladi“ deb sharhlagan[13][14]. CinemaScore tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomada tanqidchilar filmni aralash A+, B+, F koʻrinishda baholagan[15].

Guardian Media Group ham filmning romandan tubdan farq qilgani uchun tanqid qilgan[16]. Roger Ebert filmda vizual uslubiyat borligini aytib ijobiy fikr bildirgan[17].

Mukofotlar

tahrir

Film ikki marta Oltin malina mukofotining – Eng yomon remake va Eng yomon ikkinchi darajali aktyor kategoriyalarida eʼlon qilingan[18].

Mukofot Kategoriya Nomzod Natija
Oltin malina mukofoti Eng yomon ikkinchi darajali aktyor Arnold Schwarzenegger qatnashgan
Eng yomon remeyk Dunyo boʻylab 80 kun qatnashgan
Stinker mukofoti Eng yomon ikkinchi darajali aktyor Arnold Schwarzenegger taqdirlangan
Eng yomon remeyk Dunyo boʻylab 80 kun taqdirlangan

Manbalar

tahrir
  1. Goodridge, Mike „Around the World in 80 Days“. Screen International (2004-yil 18-iyun). Qaraldi: 2021-yil 14-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Around the World in 80 Days (2004)“. Box Office Mojo. IMDB. Qaraldi: 2011-yil 29-oktyabr.
  3. Fleming. „'Mummy' team to tour 'World'“. Variety (1999-yil 28-iyun). Qaraldi: 2022-yil 23-aprel.
  4. Lyons. „Herek around 'World' journey“. Variety (1999-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 23-aprel.
  5. „History of: Around the World in 80 Days“. YouTube.
  6. Lyons. „Chan's the man for 'Eighty Days'“. Variety (2002-yil 20-iyun).
  7. Harris. „Jackie Chan“. Variety (2003-yil 26-iyun). Qaraldi: 2022-yil 21-aprel.
  8. Lyons. „Par boards Chan's 'World' trip“. Variety (2002-yil 9-iyul). Qaraldi: 2022-yil 21-aprel.
  9. Harris. „Inside Move: On Walden bond“. Variety (2003-yil 12-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 21-aprel.
  10. Dunkley. „Bates a Queen for '80 Days'“. Variety (2003-yil 30-mart). Qaraldi: 2022-yil 21-aprel.
  11. Dunkley. „Branson full of hot air in 'Around the World' cameo“. Variety (2003-yil 10-iyul). Qaraldi: 2022-yil 21-aprel.
  12. Dunkley. „Disney deals for '80 Days'“. Variety (2003-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 21-aprel.
  13. „Around the World in 80 Days“. Rotten Tomatoes. Fandango Media. Qaraldi: 2020-yil 10-oktyabr.
  14. „Around the World in 80 Days Reviews“. Metacritic. CBS Interactive. Qaraldi: 2020-yil 13-fevral.
  15. „CinemaScore“. cinemascore.com.
  16. „Around the World in 80 Days | DVD and video reviews“. The Guardian (2004-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 28-oktyabr.
  17. Roger Ebert. „Around the World in 80 Days“. Chicago Sun-Times (2004-yil 16-iyun). Qaraldi: 2014-yil 20-iyul.
  18. „For Immediate Release“. Razzies.com. Qaraldi: 2014-yil 13-fevral.