Foydalanuvchi:Xatchiman/USS Arizona
Bu foydalanuvchi sahifasi ayni damda Xatchiman (munozara) 18:01, 2024-yil 14-oktyabr (UTC) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 16:36, 16-oktyabr 2024 (UTC) (12 kun avval) da tahrir qilingan. |
USS Arizona — 1910-yil oʻrtalarida AQSh dengiz qurolli kuchlari uchun qurilgan jang kemasi. 48-shtat nomi bilan nomlanuchi ushbu kema Pensilvaniya shtatidagi ikkinchi va oxirgi kema boʻlgan. 1916-yilda ishga tushirilgandan soʻng Arizona Birinchi jahon urushi paytida AQShda qolgan, ammo prezident Woodrow Wilson uni Parij tinchlik konferensiyasiga olib borgan. 1919-yilda kema yunon-turk urushida Amerika manfaatlarini himoya qilish uchun Izmirga joʻnatilgan. Ikki yildan soʻng Arizona Tinch okeani flotining tarkibiga oʻtkazilgan.
1920—1930-yillar oraligʻida Arizona kemasi modernizatsiya qilingan va har yili oʻquv mashgʻulotlari uchun muntazam ravishda qoʻllanib kelingan. 1933-yili Kaliforniya shtatining Long Beach yaqinida sodir boʻlgan zilziladan soʻng zararlanganlar uchun yordam koʻrsatishda qoʻllanilgan va keyinchalik 1936-yildan 1938-yilgacha boʻlgan vaqt oraligʻida James Cagneyning Here Comes the Navy filmida suratga olingan. 1940-yili Yaponiyadagi imperializmga qarshi chiqish uchun Tinch okeanida joylashgan portdan Gavayidagi Pearl Harborga yuborilgan.
1941-yil 7-dekabr kuni yaponlar Pearl Harborga hujum qilishgan va Arizona havo hujumidan shikastlangan. Arizonaga bir nechta bomba tushganidan soʻng kema suv ostiga gʻarq boʻlgan va undagi 1177 nafar ekipaj aʼzolari, ofitserlarning esa barchasi oʻldirilgan. Yaponiya tomonidan choʻktirilgan boshqa kemalar ikkinchi jahon urushi davrida qayta taʼmirlangan, ammo Arizona kemasini taʼmirlashning iloji boʻlmagan. Vayron qilingan kema qoldiqlari hali ham Pearl Harbornda qolgan va USS Arizona Memorial ostida joylashgan. Hujum paytida halok boʻlgan askarlar sharafiga qurilgan manument ham Harborga oʻrnatilgan.
Tafsiri
tahrirPensilvaniya sinfidagi kemalar oʻsha davrdagi Nevada sinfidagi kemalarga qaraganda hajm jihatidan katta boʻlgan. Arizonaning umumiy uzunligi 185 metr boʻlgan, bu koʻrsatkich eski kemalardan 7 metr uzunroq boʻlgan. Kema 29 158 tonna vazinga ega boʻlgan va yuk bilan uning ogʻirligi umumiy 31 917 tonnani tashkil etgan, bu koʻrsatkich esa eski kemalarga qaraganda 4 000 tonnaga koʻproq boʻlgan[1]. Arizona ekipajida 56 nafar ofitser va 1031 nafar harbiy xizmat oʻtagan[2].
Kema toʻrtta toʻgʻridan-toʻgʻri harakatlanadigan Parsons bugʻ turbinlari toʻplamlariga ega boʻlgan, ularning har biri oʻn ikki Babcock & Wilcox qozonlaridan foydalangan, diametri 3,7 metr va 1.5 dyuymli propellerni boshqargan[3][1]. Turbinlar jami 34 ming ot kuchi ishlab chiqarishga moʻljallangan edi, lekin Arizona dengiz sinovlari davomida atigi 33 ming ot kuchi ishlab chiqarishga erishgan[4]. Keyinchalik kema 1924-yil sentyabr oyida toʻliq quvvat sinovida kutilgan natijani qayd etgan[5].
Arizonada uchta qurol turellarida 12 ta 45-kalibrl 14 dyuymli qurollar boʻlgan [1]. Turetlar ketma-ketlikda I dan IV gacha raqamlangan[6]. Tarpedalardan himoyalaish uchun kema ikki yonida 51 kalibr 5 dyuymli (127 mm) qurollar bilan taʼminlangan. Tarpedalarga qarshi qurol kemaning eng nozik qismida joylashgan va ulardan eng tahlikali vaziyatlardagina foydalanilgan[7]. Havo hujumidan himoyalanish uchun kemaga 4 ta 50 kalibrli qurol qoʻyilishi rejalashtirilgan, leki keyinchalik ularning faqatgina 2 tasi kemaga oʻrnatilgan. Qolgan 2 ta havo hujumiga qarshi qurollar keyinchalik kema bortidan joy olgan[8]. Arizonada ikkita 21 dyumli suv ostidan hujum qilish uchun qurollar oʻrnatilgan va qurollar uchun 24 ta oʻqdori boʻlgan[1].
Pensilvaniya sinfidagi kemalarda ham huddi Nevada sinifidagi kemalar uchun qoʻllanilgan prinsipdan foydalanilgan va „Hammasi yoki hech nima“ shiori bilan kemaning eng nozik qisimlarigina yaxshi himoyalangan. Kema zirxi 13.5 dyum qalinlida boʻlgan va kemaning faqatgina motor qismida boʻlgan. Zirhning umumiy uzunligi 17 futni tashkil etgan va 8 futi kemaning ost qismiga ulangan[1]. Kema ostiga ulangan zirxning qalinligi 8 dyumni tashkil etgan. Kemaning old qismidagi qurollarjoylashgan qismidagi zirhning qalinligi 18 dyumni, yon qismi 10 dyumni va ustki qismi 5 dyumni tashkil etgan[2].
Asosiy himoyaviy palubaga 3 ta umumiy qalinligi 3 dyum boʻlgan listlar biriktirilgan. Boshqaruv qismiga yaqin zirx 6,25 dyumgacha qalinlashib borgan[9]. Kemaning trubina qismidagi zirh qalinligi 9 dyumni, qozon qismida 15 dyumni tashkil etgan[2]. Oʻqdorilar 9 dyum oraliq bilan kemaning eng tub qismiga joylashtirilgan[9].
Qurilish va sinovlar
tahrir39-sonli jang kemasi qurilishi uchun (korpus raqami: BB-39) 1914-yil 16-mart kuni tongda Franklin Delano Roosevelt ishtirokida ruxsat berilgan[10]. Kema quruvchilari New york times jurnali kemani dunyodagi eng kuchli va ulugʻvor ekani haqida yozishi uchun 10 oy ichida kema qurilishini tugatgan holda rekord oʻrnatishni rejalashtirishgan[11][12][13]. Oradan 1 yil oʻtgach kemaning faqatgina yaqini qurib bitirilgan. Arizona jangovar kemasi 1915-yil 19-iyun sanasida dengizga tushurilgan, kemaning toʻliq qurib bitirilishiga esa umumiy hisobda 15 oydan koʻproq muddat kerak boʻlgan[14].
Nyu-York Times gazetasiga koʻra kema suvga qoʻyilish jarayoniga 75 mingdan ortiq inson qatnashgan va ular orasida koʻplab amaldorlar ham boʻlgan. Ochilish marosimida boshqa jangovar kemalar ham qatnashgan[15][16].
Arizona 1916-yil 17-oktyabr kuni Kapitan Jon Makdonald dengiz qoʻshiniga topshirilgan[17]. 2916-yil 10-noyabr kuni kema Nyu york shahri tomon yoʻlga chiqqan va u yerda kema toʻliq tozalangan va safar chogʻi dvigateli sinovdan oʻtkazilgan[18]. Kemaning magnit kompaslari toʻliq oʻchirilganidan soʻng kema toʻlaqonli ish boshlagan. Guantanamo hududidan tashqarida 7-dekabr kuni kema turbinasida nosozlik yuzaga kelgan va Arizona taʼmirlash uchun Nyu-Yorkga qaytishga majbur boʻlgan. Kema trubinasini ichkarida taʼmirlashning iloji boʻlmagan va shu sababdan trubinalarni chiqarib olish uchun kema palubasida bir nechta teshik ochishga toʻgʻri kelgan. Deyarli 4 oylik taʼmirlash ishlaridan soʻng kema yana suvga qaytarilgan[19].
Birinchi jahon urushi
tahrirArizona kemasi 1917-yil 3-aprel sanasida portni tark etgan va 3 kun oʻtkach Amerika Qoʻshma Shtatlari hukumati Germaniyaga qarshi urush eʼlon qilgan[20]. York daryosi ishlaydigan 8-qoʻshin boʻlinmasiga tayinlangan[20][21] Arizonada faqat oʻquv mashqlari va yaradorlarga yordam koʻrsatish uchungina qoʻllanilgan. Urush boshlanganidan koʻp oʻtmay Arizona qayta jihozlangan. Kema eski San Marcos (sobiq Texas) qirgʻogʻiga yaqinidagi harsangtoshlardan 14 dyumli oʻqdorini sinash uchun nishon sifatida foydalangan. Arizona suv osti kemalari hujumiga tushibqolishi ehtimoli yuqori boʻlgan va shu sababli faqatgina boshqa kemalar bilan birga harakatlangan. 1917-yil dekabr oyida Atlantika okeani orqali Toʻrtta koʻmirda ishlaydigan amerikalik dreadnought kemalari urushga yuborilgan, ammo Arizona ular orasida boʻlmagan[22].
Urush 1918-yil 11-noyabr kuni tomonlarning oʻzaro kelishuvi bilan yakunlangan. Bir hafta oʻtgach kema Amerika Qoʻshma Shtatlari hududini tark etib Buyuk Britaniya tomon yoʻl olgan, va 1918-yil 30-noyabrda manziliga yetib borgan[20]. Dorset Portland Harborda 2 hafta boʻlganidan soʻng Arizona Fransiyaga yoʻlga chiqqan[23]. 1918-yil 13-dekabr kuni Arizona toʻqqizta jang kemasi va yigirma sakkiz qiruvchi kema prezident Wooodrow Wilson va Jorj Vashingtonni Parij tinchlik konferensiyasiga kuzatib qoʻygan[24]. Oʻnta jang kemasi ertasi kuni Fransiyadan yoʻlga chiqib ketgan, Atlantik okeanini kesib oʻtishga ikki haftadan kam vaqt sarflab 26-dekabr kuni Nyu-Yorkdagi paradalarda ishtirok etgan[25]. Arizona ham paradlarda ishtirok etgan va keyingi bir necha hafta jamoatchilik uchun tomosha qilishi uchun portda qolgan[26].
Urushdan keyingi davr va 1920-yillar
tahrir1919-yil 22-yanvarda Arizona Nyu-Yorkdan Hamptonga yoʻl olgan, 4-fevral kuni Guantanamo boʻyidagi janubiy qirgʻogʻiga yetib kelgan[20]. Karib dengizi hududlarida Arizona asosan oʻquv janglarida va snaryadlarni tekshirishda qoʻllanilgan. Kema Parij tinchlik shartnomasi Gretsiya va Italiyaning agressiyasiga javob sifatida Turkiyadagi Smyrna (hozirgi Izmir) shaxriga yuborilgan. Yunon va Italiya hukumati oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun har biri Smyrna hududiga katta jang kemalarini Georgios Averofga joylashtirgan. Arizona yetib kelganidan koʻp oʻtmay, yunon quruqlik kuchlari transport vositalari keltirilib, kema portiga yuklangan. Shahardagi tartibsizliklar natijasida yuzaga kelgan tahlikali vaziyat tufayli koʻplab Amerika fuqarolari Arizona kemasida oʻzlariga bexavotir joy topishgan[27].
Kelishmovchiliklar bartaraf etilganidan soʻng shaxarni tark etishidan 15 kun oldin Arizona ekipaji Konstantinopolga (hozirgi Istanbul) borish buyrugʻini olgan. 30-iyun kuni Nyu-Yorkga yard portiga qaytib kelgan va toʻliq taʼmirlangan kemaning oʻzini himoyalash va hujum qilish uchun qurol tizimini yangilashgan. Ishlar 1920-yil yanvar oyida yakunlangan va kema ekipajini harbiy mashgʻulot oʻtash uchun Guantanamoga yuborishgan. Bu vaqt davomida Arizona 1919-yil mart oyida Teksasiga berilganga oʻxshash parvoz platformasi mavjud edi[28].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Friedman, p. 440.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Stillwell, p. 359.
- ↑ Stillwell, p. 360.
- ↑ Breyer, p. 214.
- ↑ Stillwell, p. 305.
- ↑ Wright, pp. 66, 123, 285.
- ↑ Friedman, pp. 116, 440.
- ↑ Stillwell, p. 19.
- ↑ 9,0 9,1 Friedman, pp. 115, 118, 440.
- ↑ "Lay Keel of Navy’s New Dreadnought, „ The New York Times, 17 March 1914.
- ↑ Stillwell, pp. 3–5.
- ↑ “Two Best Warships to be Built for US, „ The New York Times, 13 July 1913.
- ↑ “Arizona Launching Here in Early June, „ The New York Times, 21 March 1915.
- ↑ “50,000 to witness Arizona launching, „ The New York Times, 13 June 1915.
- ↑ „Arizona Afloat as 75,000 Cheer“. The New York Times (1915-yil 20-iyun).
- ↑ „19-LC-19A-5: USS Arizona (BB 39)“, navy.mil, qaraldi: 19 November 2021
- ↑ “The Mighty Arizona Now a Part of Navy, " The New York Times, 18 October 1918.
- ↑ Stillwell, pp. 14–15.
- ↑ Stillwell, pp. 16–21.
- ↑ 20,0 20,1 20,2 20,3 NH&HC, „Arizona“
- ↑ Stillwell, pp. 21–22.
- ↑ Stillwell, pp. 22–31.
- ↑ Stillwell, pp. 36–37.
- ↑ "Fleet Met Wilson Before Daylight, „ The New York Times, 14 December 1918.
- ↑ “Battleship Fleet sails for New York, „ The New York Times, 15 December 1918.
- ↑ “Ovation to Sea Fighters, " The New York Times, 26 December 1918.
- ↑ Stillwell, pp. 44–45.
- ↑ Stillwell, pp. 45, 48, 51, 56–57.