Foydalanuvchi:Xumoyun Ergashev/Взятие Самарканда Надир-шахом
Xumoyun Ergashev/Взятие Самарканда Надир-шахом | |
---|---|
|
Samarqandning Nodirshoh tomonidan bosib olinishi afshorlar sulolasidan boʻlgan Eron hukmdori Nodirshoh Afshorning Oʻrta Osiyo harbiy yurishining bir qismi edi. Buxoro xonligiga qarshi 1740-yilda amalga oshirilgan yurishning natijasi ma'lum vaqt davomida Buxoro xonligining qaram bo'lishi bilan yakunlandi.
Tarixi
tahrirNodirshoh qoʻshinlari 1740-yilda Samarqandga hujum qildi. Bu davrga kelib Buxoro xonligi afshorlarga qisman qaram edi. Amir Temurga ixlosi baland bo'lgan Nodirshoh uchun Samarqand ramziy ma’noga ega edi. Keyinchalik, Nodirshoh Samarqand bo'ysundirilgach, Xorazm xonligi tomon harakat qildi, chunki Elbarsxon Buxoro xonligining ittifoqchisi bo'lib, Nodirshoh hokimiyati xavfsizligiga tahdid solardi.
Nodirshoh Samarqandni juda oson egalladi. Shahar qo‘lga kiritilganidan biroz vaqt o‘tgach, Nodirshohga Samarqand shimoliga ko‘p sonli samarqandlik qo‘zg‘olonchilar va Buxoro va Qo'qondan kelgan qo‘shin to‘plangani haqida xabar qilinadi. U yerga Nodirshohning ishonchli sarkardalaridan biri Lutfalixon boshchiligida 20 ming kishilik qo‘shin yuboriladi. Yigirma minglik armiya yaqinlashayotganidan xabar topgan qo'zg'olonchilar to'qnashuvdan qochib, shimolga chekinishdi. Ammo Lutfalixon qo‘shini kutilmaganda ularga yetib olgan va qo'zg'olonchilarni mag'lub etgan
Rivoyatlarga ko'ra, Nodirshoh Samarqanddan Eronga Bibixonim masjidining oltin, kumush, qimmatbaho toshlar, zargarlik buyumlari va boshqa qimmatbaho metallar qotishmasidan quyma qo'sh eshiklarini, shuningdek, qator me'morlar, olimlar, shoirlar va Samarqand hunarmandlarini olib ketgan.
Bu voqeadan olti yil o'tib, Nodirshoh 1747-yil iyun oyida o'ldirildi. Nodirshoh tunda Xurosondagi chodirida o‘ldirilgan. Qoʻzgʻolonchi Afshor va Qojar qabilalari yo'lboshchilari Nodirshohning boshini Hirotga jiyani Aliqulixon huzuriga joʻnatadilar .
- Nodirshoh Afshor. NEU, Toshkent, 2000-2005.
- La stratégie militaire, les campagnes va les batailles de Nader Shah - La Revue de Tehéran - Eron".
- Nodirshohning halokatli hirsi
- Nodirshoh. Kengash tarixi