Tahrirlarga eʼtiborli boʻling

tahrir

Assalomu alaykum @Abduvaitov Sherzod 56. Vikipediyaga xush kelibsiz. Davlatlar boʻyicha maqolalarga yangi maʼlumotlar qoʻshib, tahrirlayotganingiz uchun rahmat.

Ammo tahrirlagan maqolalaringizni koʻzdan kechirib, tahrirlagan maqolalaringizda quyidagi xatolarga yoʻl qoʻyayapsiz: vikifikatorni ishlatmayapsiz; qoʻshgan/tarjima qilgan maʼlumotlaringizda manbalar koʻrsatilmagan; zarur boʻlmagan soʻzlarni qalin holda yozgansiz; ' ni ‘ shaklida yozish kerak edi; davlatlar haqidagi tahrirlarda „Asosiy maʼlumotlar“ nomli boʻlim yaratgansiz, vikipediya maqolasi axborotnomalardagi maqola emas, unday boʻlim yaratmaganingiz maʼqul; imloviy xatolar, gʻaliz jumla va AT gaplar mavjud, birdaniga katta matn joylaganingiz uchun, hissangizni koʻrib, xatolarini tuzatish qiyinchilik tugʻdirishi mumkin. Shuning uchun iltimos, Vikipediya qoidalari asosida imloviy xato va ATdan xoli boʻlgan tahrirlar qiling, tahrirlaringizga yanada eʼtiborliroq boʻling. Biror yordam kerak boʻlsa faol foydalanuvchilardan yordam soʻrang. Yoqimli tahrirlar tilayman. Saidakbar Baxtiboyev(munozara) 17:33, 2025-yil 1-yanvar (UTC)Javob berish

Assalomu alaykum. Samimiy kutib olish uchun tashakkur. Tushunarli. Yangi 2025-yil muborak bo‘lsin! Rahmat. Baxtli tahrirlar! (Abduvaitov Sherzod 56 (munozara) 03:31, 2025-yil 2-yanvar (UTC))Abduvaitov Sherzod 56 (munozara) 03:30, 2025-yil 2-yanvar (UTC)Javob berish