= OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TEXNIK MUHANDISLARNI KASBIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Bizning mamlakatimizda bilimdon, madaniyatli, texnik bilimlarga havas qiladigan sog‘lom avlodni kamol toptirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridandir. Fizika asoslarini o‘qitishda tabiat qonunlarini ilmiy manzarasini yaratishda o‘z o‘rniga ega ekanligi, jamiyat va inson hayotida faol ishtirok etish hamda oziq-ovqat, sog‘liqni saqlash, energiya ta’minoti va atrof-muhit muhofazasi kabi umumbashariy muammolarning ijobiy hal qilinishida katta mavqeyi doimo talabalar diqqat markazida turishi kerak ekanligi mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi. Mavzuning bayoni ta’lim samaradorligini oshirish talabaning ta’lim markazida bo‘lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va o‘z sohasidagi bilimlarini mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy texnik qurilmalarning ishlash prinsipini o‘rganish va ishlata olish qobiliyatinini shakllantirishdan iborat . Texnik muhandislarni tayyorlashda fizika o‘qituvchilarining asosiy vazifasi fizikaviy tushunchalar, qonunlarni ongli ravishda ilmiy bilimlar tarzida tushuntirishga, ta’lim mazmunini va metodlaridan samarali foydalanish, takomillashtirilgan pedagogik texnologiyalar va kompetensiyaviy yondashuvni keng tatbiq qilish, fizikadan olingan bilimlarni hayot bilan hamohang bog‘lash talab etiladi. Demak, ta’lim sohasidagi tub islohotlar fizika fanini chuqur o‘rganishni talab qiladi . Ma'lumotlarga ko‘ra, XX asrga kelib dunyo miqyosida yoshlarning tabiiy fanlarga, fizika, matematika fanlarini o‘rganish asosiy masala bo‘lmoqda. Ayniqsa, bu tendensiya AQSh, Yaponiya singari rivojlangan mamlakatlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Zamonaviy yaponiyalik yoshlar texnik sohani ko‘proq afzal ko‘rmoqda. Zamon talablari bizning mamlakatimizda fizika fanini rivojlantirish undan amaliyotda foydalanib davlatimizga chet el investisiyalarini olib kelishni va rivojlanishga munosib hissa qo‘shishni talab etmoqda, shu bois mamlakatimiz bu borada texnologik rivojlanish darajasidagi o‘rinlarda turgan bo‘lsada, tashvishlanmasdan bo‘lmaydi Ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichi: fan, ilmiy-tadqiqot, innovasion yutuqlarni rag‘batlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish hamda ixtisoslashgan laboratoriya, yuqori texnologiya markazlari va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha 2016 yil 30 dekabrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvida qayd etganidek, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Bugun jahonning yetakchi universitetlari, ilmiy markazlari va fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashni zamonning o‘zi talab qilmoqda. Mamlakatimizni zamon talablari darajasida rivojlanishini ilm-fansiz tasavvur qilish qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar o‘zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi. Kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovasion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi. Oliy ta’limning asosiy maqsadi - bo‘lajak texnik kasb egalarini va boshqa kasblarini katta hayotga tayyorlashdan iborat. Talabalar katta hayotga dunyo haqidagi butun bilimlar jamlanmasi bilan qadam qo‘yishi lozim. Hayot faqat odamlar dunyosi emas, balki moddalar dunyosi, bizni o‘rab turgan tabiat hamdir. Ta’lim tizimini modernizasiyalashda oliy ta’lim tizimida o‘zini o‘zi rivojlantiruvchi shaxsni shakllantirish talablariga asoslangan o‘quv jarayoniga innovasion, pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarini joriy etish bugungi kunda asosiy vazifa va yo‘nalishlardan hisoblanadi .Halqaro miqyosda mamlakatimiz talabalari o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun kompetentligini namoyon etadigan oliy ta’lim muassasasining har bir talabasi chuqur bilimga, kreativ tafakkur, keng dunyoqarashga ega bo‘lishi;zamonaviy fan, texnika talablari doirasida doimiy, to‘xtovsiz bilim olish, texnik maxoratini oshirib borishi;shaxsning individual ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik madaniy rivojiga yordam beradigan umumiy ta’lim tayyorgarligiga erishishi; Oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari kasbiy sohasiga taalluqli nazariy va amaliy bilimlarga, usullaridan kompetensiyaviy yondashuv asosida dars berishning zamonaviy bo‘lishi;ta’lim dasturlarini, dars uslublari va darsliklarni mukammal bilishi; yangiliklardan xabardor bo‘lishi va ularni ishlab chiqarishga joriy etishi.Oliy ta’lim muassasasida fizika o‘qituvchilari tayyorgarligining metodik tizimi rivojlanish tamoyillariga, quyidagi omillarni tatbiq etish qo‘shish orqali metodik tayyorgarlikni takomillashtirish zarur bo‘ladi:Yuqori malakali texnik muhandislar tayyorlashda o‘qituvchi muhim ahamiyatli.O‘qituvchi tayyorgarlikning fundamentalligini saqlash tamoyili; - kasbiy rivojlanish tamoyili: oliy ta’lim muassasalarida fizikani o‘qitishning metodik tizimini takomillashtirish kasbiy mahoratining oshishiga bo‘lgan talabini hisobga olgan holda barcha kompetentlarni kasbiy yo‘naltirishini kuchaytirish kerak ; Fizika o‘qituvchilari metodik tayyorgarligini takomillashtirishning muhim vositalaridan biri ham o‘qituvchi kompetensiyasiga oid xalqaro huquqiy-me'yoriy hujjatlarning mazmun va mohiyatini bilish, ularga amal qilishdan iboratdir. Pedagogika amaliyotida keng qo‘laniladigan «metodika» va «ta’lim texnologiyasi» tushunchalari mohiyatini tavsiflashda ko‘plab adabiyotlarda turli yondashuvlar mavjud bo‘lib, metodik bilimlar guruhi quyidagilardan iborat :o‘qitish texnologiyalarini bilish; har xil o‘qitish turlarini tashkillashtirishning o‘ziga xosligini bilish;o‘qituvchining auditoriyaga tayanch fanga oid kompetensiyalar orqali ta'sir qiluvchi vositalaridan maqsadga muvofiq foydalana bilish; zamon talabiga mos innavasion fikr yuritishni tashkillashtira olish. Metodik tayyorgarlik kasbiy tayyorgarlikning asosiy yakuniy fazasi hisoblanadi. Aynan metodik bilimlarni egallash talabalarning kasbiy tayyorgarligini keltirib chiqaradi. Oliy ta’lim muassasasioldiga qo’yilgan vazifalardan biri kelajak texnik muhandislarnizamon talablari asosida o’qitish, o’quv-tarbiya jarayoninitashkil qilishdagikamchiliklarni bartaraf qilish,kompetensiyaviy ta’limdan foydalanish texnik muhandis kadrlar tayyorlashni har taraflamatakomillashtirish hisoblanadi. Yuqorida zikr etilgan tahlillarasosida texnik muhandislarni kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish jarayoni murakkab tuzilishga ega bo’lib, uningnazariy bilimlar va ijodiy faoliyat kabi kompanentlarni o’z ichiga qamrab olishi asosida jarayonning takomillashtirilgan modeli mexanizmi ishlab chiqildi .Bu esa texnik muhandislarni Бу эса техник муҳандисларни kasbiy tayyorgarliginimantiqiy uzviy va uzliksiz jarayonlarda amalga oshirishgaomil bo’ladi. Texnik muhandislarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish mexanizmi SHuni alohida takidlash zarurki ,fizika o’rganadigan obektlarr doirasi juda keng va bu soxada kashf qilingan qonunlar juda universaldir . Bu esa o’z navbatida fizikani boshqa tabiiy fanlar ichida yetakchi o’ringa olib chiqdi.


                                                                          '== ЎЗБЕКИСТОНДА ТАЪЛИМ ТИЗИМИДА ДУАЛ ТАЪЛИМИ ВА ЁШЛАР ЭЪТИБОР ==


Ҳар бир жамият ўзининг тараққиёт йўлини белгилар экан, албатта, мамлакатнинг гули ва ишончи бўлган ёшлар тарбиясига ҳам алоҳида эътибор қаратади. Умуман олганда эса, инсоният пайдо бўлганидан бери фарзанд тарбияси билан у ёки бу тарзда шуғулланиб келинган. Ибтидоий жамоа даврида бу жараён баъзан онгли, баъзида эса онгсиз равишда кечган бўлиши мумкин. Қандай бўлишидан қатъи назар, тарбия усуллари муттасил давом этаверган, улар даврлар ўтиши, турмушнинг мураккаблашиши натижасида тобора чуқурроқ ва кенг маъно касб эта борган. Умуман, тарбия халқнинг эътиборидан четда қолмаган. Демак, қадим-қадимдан фарзанд тарбияси башарият ҳаётида муҳим ўрин эгаллаб келган. Ҳар бир ота-она ўз жигаргўшасининг ақлли, одобли, меҳр-оқибатли, меҳнатсевар инсон бўлиб етишишини истайди, баҳоли қудрат шунга шароит яратишга, камолини, меҳнатининг самарасини кўришга ҳаракат қилади. Зурриёдининг иқболи, истиқболи йўлида кучини ҳам, керак бўлса, жонини ҳам аямайди. Яна шу нарса истисносиз аёнки, ёш авлод тарбияси неча минг йиллар илгари ҳар бир оиланинг хусусий иши ҳисобланган бўлса, кейинчалик ижтимоий даражага кўтарилган. Мамлакатимиз миллий истиқлолга эришгандан сўнг ёш авлод тарбияси чин маънодаги давлат сиёсати даражасиги кўтарилди. Бошқача қилиб айтганда, таълим-тарбия тизимини такомиллаштириш, ёш авлодни билимли хар томонлама баркамол этиб вояга етказиш амалга оширилаётган сиёсий, иқтисодий, ижтимоий, маънавий, ҳуқуқий ислоҳотларнинг моҳиятига сингдирилди. Чунки бозор иқтисодиёти тамойилларига асосланган хуқуқий демократик давлатни халқимизнинг ёш авлодлари учун қуришга киришилган эди. Демак, келгусида уни бугунги авлод қўлидан қабул қилиб оладиган ва бошланган эзгу ишларни давом эттирадиган, Ўзбекистоннинг мустақиллигини мустаҳкамлайдиган, жаҳон миқёсида унинг нуфузи ва обрўсини кўтарадиган, ўзбек халқининг ҳеч кимдан кам эмаслигини амалда намойиш қиладиган авлод ҳам орзу-умидларга, истак ва ниятларга муносиб бўлиши лозим эди. Таълим тизимида дуал таълимни амалга ошириш бугунги кунинг муҳим долзарб муаммоларидан бири ҳисобланади. Ёшлар ҳаёти давомида таълимда олган билимларини ўз ҳаёти, фаолиятида қўллай олиши лозим. Дарҳақиқат, Юртбошимиз Ш.Мирзиёев таъкидлаганларидек, тарихан қисқа муддатда қиёфаси тубдан ўзгарган, миллий ва замонавий меъморчилик анъаналари асосида қайта қурилган, дўсту душманларимизнинг ҳавас-ҳасадини уйғотган шаҳар ва қишлоқларда ким яшайди, юртимизнинг ерости ва ерусти бойликларини қайта ишлаётган саноат корхоналарини ким бошқаради, ҳосилдор далалар, ноз-неъмат манбаи бўлган боғ-роғлар, минг-минг чақирим равон йўллар кимга хизмат қилади, катта харажатлар ҳисобига бунёд этилаётган замонавий ўқув даргоҳларида кимлар вояга етаяпти, бугун катта ҳаёт остонасига қадам қўйишга шайланувчи йигит-қизлар катта машаққат ва заҳматлар ҳисобига бунёд этилган моддий ва маънавий бойликларнинг қадрига етадими, уни асрашга, кўпайтиришга қодирми, деган саволларга аниқ жавоб олиш ўз меҳнатларининг бесамар кетмаганига, иродаси мустаҳкам, имони бутун, муҳими, халқига содиқ ва фидойи авлод камол топаётганига ишонч ҳосил қилишнинг ўзи ҳам катта бахтдир. Мамлакатимиз мустақиллигининг дастлабки кунлариданоқ бу масалалар ҳукуматнинг асосий эътиборида бўлди. Буни биз Биринчи Президент И.Каримовнинг асарларида, қабул қилинган ҳукумат қарорларида яққол ҳис этамиз. Бу асар ва ҳужжатларда она-Ватан равнақи учун жонкуярлик, йўналишни донолик билан аниқлаш, халққа фидойлик билан хизмат қилиш туйғулари ва бу йўлдаги эзгу мақсадлар мужассам ифода топгандир. Бу ғоялар халқимизга катта имкон ва илҳом бахш этди, уларнинг келажакка бўлган умидини мустаҳкамлади. Шунинг учун ҳам Президент Ш.Мирзиёев: “Ватанимиз мустақиллигини ҳар томонлама мустаҳкамлаш, мамлакатимизнинг барқарор иқтисодий ва ижтимоий ривожланишини, халқимиз фаровонлигини таъминлашга қаратилган ишларимизда буюк Юртбошимиз Ислом Абдуғаниевич Каримовнинг “Она Ватанимиз ва халқимизга садоқат билан хизмат қилиш – олий саодатдир” [1] деган сўзлари доимо бизга куч-қувват ва ғайрат бағишлайди, деб ишонаман”, дея таъкидлайдилар. Бугунги кунда мамлакатимиз мустақиллигининг янги босқичга кўтарилганини, тараққиётида улкан ўзгариш ва жадаллашув юзага келганини кўриб турибмиз. Шундай пайтда ёшлар тарбияси масаласи ҳам эътибордан четда турмайди, аксинча, катта рағбат касб этади. Чунки ҳар жабҳада катта куч бўлиб майдонга чиқувчи, замонавий билим ва касб-ҳунарларни пухта эгаллаб, мустақил ва янгича фикрлайдиган, Ватанимизнинг эртанги куни учун масъулиятни ўз зиммасига олишга қодир бўлган навқирон ёшлар давлатимизнинг, халқимизнинг таянчи ва суянчидир. Шу сабабли истиқлолнинг дастлабки кунлариданоқ ёшларнинг маънавий оламини юксалтириш, уларни миллий ва умуминсоний қадриятлар руҳида тарбиялашга долзарб вазифа сифатида қаралди ва бугунги кунда ҳам шу даражада аҳамият қаратилмоқда. Бу вазифанинг долзарблигини Президент Ш.Мирзиёевнинг қуйидаги фикрларида ҳам яққол ҳис этамиз: “Маълумки, ёш авлод тарбияси ҳамма замонларда ҳам муҳим ва долзарб аҳамиятга эга бўлиб келган. Аммо биз яшайдиган XXI асрда бу масала ҳақиқатан ҳам ҳаёт-мамот масаласига айланиб бормоқда. “Тарбия қанча мукаммал бўлса, халқ шунча бахтли яшайди”, дейди донишмандлар. Тарбия мукаммал бўлиши учун эса бу масалада бўшлиқ пайдо бўлишига мутлақо йўл қўйиб бўлмайди” [2] Таълим тизимида дуал таълимни жорий этишда Муҳтарам Президентимиз ташаббуслари педагогика соҳаси талабалари тўрт кун олийгоҳда, икки кун мактабда амалиёт ўтайдилар. Бу усул орқали етишиб келаётган ёш кадрлар назария билам амалиётни бирга олиб бормоқдалар.

Tilga e’tibor-elga etibor

“Tilga e'tiborsiz — elga e'tiborsiz” Alisher Navoiy

         1989-yil 21-oktabr kuni o’zbek tiliga “Davlat tili “ maqomi berildi. O’tgan o‘ttiz  ikki yil ichida ona tilimiz rivojida ulkan yutuqlar, yuksalishlar davri bo’ldi. Davlat tili maqomi berilishi bilan barcha ishlar o’zbek tilida olib borildi. Barcha ta`lim muassasalarida o’quv mashg’ulotlari o’zbek tilida olib borilishi, gazeta, jurnal, kitoblarni o’zbek tilida nashr etilishi, rusiyzabon o’quvchilarga o’zbek tili darslarining o’tilishi, mahallalarga, ko’chalarga o’zbek adabiyoti arboblarining, allomalarining nomlari berilishi, dunyoga mashhur asarlarning o’zbek tiliga tarjima qilinishi, o’zbek lug’atini qadimiy so’zlarimizni tiklanishi bilan boyib borishi – bularning barchasi o’zbek tilining beqiyos rivoji namunalaridir. Har qanday tilning go’zalligi-yu, nafosatlari bilan tanishish, ulardan bahramand bo’lishning yana bir yo’li shu tilni yaratuvchi xalqning tili, og‘zaki ijodi  namunalari, jumladan, dostonlari, maqollari-yu iboralari, qayroqi so’zlarini chuqur o’rganib olishdir. 

Hozirgi vaqtda o’zbek xalqi va uning madaniyati, ona tili dunyoga mashhurdir. Horijiy mehmonlarimiz o’zbek tiliga bo’lgan e’tiborini an’anaga aylanib qolgan

    “Til bayrami” ni kuzatib ham bilib olganlar. Qanday so’zlashishimiz qanday muloqotda bo’lishimizdan bizning adaniyatimizni bilish mumkun. Adabiy tilni bilgan odam madaniyatli bo’la oladi. Xorijiy mehmonlar ham madaniyatimizni, elimiz qandayligini tilimiz orqali bilib oladilar.Tilga e’tiborli bo’lsak, elimiz yanada rivojlanadi, mavqesi oshadi. Tilga e’tibor-elga e’tibor demakdir. Biz o’quvchilar xalq og’zaki ijodini chuqur o’rganib, o’zbek tilimizni boyitishga, yuqori mavqega ko’tarishga hissa qo’shmog’imiz va ona tilimizni chuqur o’rganib, tilga e’tiborli bo’lmog’imiz lozim.
    «Ayni vaqtda jamiyatimizda til madaniyatini oshirish borasida hali ko'p ish qilishimiz lozimligini ham unutmasligimiz zarur. Ayniqsa, ba'zan rasmiy muloqotlarda ham adabiy til qoidalariga rioya qilmaslik, faqat ma'lum bir hudud doirasida ishlatiladigan sheva elementlarini qo'shib gapirish holatlari uchrab turishi bu masalalarning hali-hanuz dolzarb bo'lib qolayotganini ko'rsatadi. Bu haqda so'z yuritganda, bobomiz Alisher Navoiyning «Tilga e'tiborsiz — elga e'tiborsiz» degan so'zlarida naqadar chuqur hayotiy haqiqat mujassam ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilamiz».
      O'zbek tili dunyoning eng qadimiy va boy tillaridan biridir. Bu tilning beqiyos imkoniyatlari qadimiy toshbitiklarda, xalqimizning zamonlar sinovidan o'tib kelayotgan maqol va hikmatli so'zlari, betakror iboralari, qo'shig'-u dostonlarida, mumtoz shoirlarimiz, XX asrdagi ijodkorlarimiz asarlarida yaqqol namoyon bo'lgan.
      Ona tilini sevish - vatanparvarlik belgisi, ajdodlar ruhiga hurmat ramzi. O'z tilini asrab-avaylagan xalq o'zligini, g'ururini asrab-avaylagan boladi. Shuni esda tutingki, ona tilimizda xalqimizga xos his-tuyg'ular, tushuncha va tasavvurlar, urf-odat hamda an'analar chuqur aks etgan. Tilimizdagi hayo, ibo, andisha, oriyat, nomus, mehr-oqibat degan so'zlarni boshqa tillarga aynan tarjima qilib bo'lmaydi. Ularni faqat o'zbek tili orqali ifoda etish mumkin. Chunki bu tushunchalar ko'proq bizning xalqimizga xos va ularni bayon etishga ham faqat shu xalqning tili qodir. Bir so'z bilan aytganda, ona tilimiz xalqimiz dilining tubida bo'lgan eng murakkab tuyg'u va tushunchalarni ham ifoda eta oladi. Chunki bu til necha asrlar, ming yillar davomida shu xalq bilan birgalikda shakllangan. Shuning uchun ham ona tili millatning ruhi deymiz.
    Ona tiliga bo'lgan muhabbat, avvalo, har bir so'zning ma'nosini chuqur anglagan holda ishlatish, uni yaxshi bilish, asrab-avaylash kabi fazilatlarda ko'rinadi.

Til bilish — madaniyat belgisi. Xalqimiz ta'biri bilan aytganda, til bilgan el biladi. Shuning uchun ota-bobolarimiz qadim-qadimdan ikki-uch tilni bilgan. Bu esa ularga boshqa millat vakillari bilan erkin muloqot qilish, ulardan o'rganish va ular bilan tinch-totuv, hamkor-u hamnafas bo'lib yashash imkonini bergan. Ay¬niqsa, bugungi kunda, mamlakatimiz butun dunyo bilan keng ko'lamda hamkorlik qilayotgan paytda til bilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun yurtimizda nufuzli xalqaro tillar sirasiga kiradigan tillarni o'rganishga ixtisoslashgan maxsus maktab va litseylar, oliy o'quv yurtlari ochilmoqda, talabalarimiz til o'rganish uchun xorijga yuborilmoqda. Lekin ona tili har qanday sharoitda ham inson uchun ruhiy tayanch bo'lib qoladi. Ayniqsa, milliy o'zlikni anglash, «Kim edim-u, kim bo'ldim?» degan savolga javob topish, xotira tuyg'usi bilan yashashda ona tilining ahamiyati beqiyos. Aynan ona tili tufayli inson o'z ajdodlari bilan doimo ruhiy muloqot qilib yashaydi. Ya'ni, ularning aytgan o'gitlari, yozib qoldirgan asarlari, qilgan ezgu ishlari ona tili orqali avloddan avlodga o'tib boradi.

     Shunday qilib, ona tilini puxta bilish, u bilan g'urur-iftixor qilish milliy ma'naviyat, o'zlik ifodasi bo'lsa, boshqa tillarni bilishga intilish madaniyat belgisi, qo'shimcha bilim quroliga ega bo'lishdir.

OLALAR OVQAT HAZM QILISH TIZIMIDAGI FUNKSIONAL O’ZGARISHLAR ANIQLANISHI

tahrir

Boshqa tomondan funksional buzilishlar “organ funksiyasining buzilishi asosida orgabdan tashqari zararlanish va uning funksional boshqarilishining buzilishi yotadi”. Odam organizmidagi ko’pgina patologik jarayonlarni ifodalash amaliy va nazariy jihatdan qulay hisoblanadi.Patogenezi Hazm qilish traktidagi barcha motor buzilishlarni quyidagi gruppalarga bo’lish mumkin Propulsiv aktivlikning o’zgarishi: Pasayishi – oshishi Sfinkterlar tonusining o’zgarishi : Pasayishi –oshishi Retrograd motorikaning paydo bo’lishi Ko’rsatilgan buzilishlar shu organning o’ziga bog’liq bo’lishi(anomaliyalar, yallig’lanishlar va bsh.), yana nerv va gumoral regulyatsiyaning buzilishi bilan bog’liq bo’lishi funksional bo’ladi. Psixosomatik buzilishlar bilan kechuvchi nerv regulyatsiyasining buzilishi bunga ko’proq mos keladi Bemorning shikoyatlari negizida ichki organlarda joylashuvchi retseptorlardan keluvchi axborotni qayta ishlashi yotadi. Ularning shakllanishiga nafaqat patologik jarayon ta’sir ko’rsatadi, balki bemorning nerv sistemasini o’ziga xosligi va psixik holati ham ahamiyatga ega. Bemorning haqiqiy shikoyati patologiya darajasi, retseptorlarning sezuvchanligi, o’tkazuvchi sistemaning o’ziga xosligi va organlardan keluvchi axborotlarni yarimsharlar po’stlog’ida qayta ishlash darajasi bilan aniqlanadi. Har qanday etiologiyali xazm traktining motoric buzilshlari ikkilamchi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bulardan eng ahamiyatlisi hazm qilish va so’rilish jarayonlarining buzilishi hamda ichak mikrobiosenozining buzilishidir. Yuqorida sanab o’tilgan buzilishlar motor buzilishni chuqurlashtiradi va patogenetik “illatli halqa” hosil bo’ladi. Tasnif Rossiyalik (Moskva) bolalar gastroenterologlari tomonidan 2004-yilda XI Kongressida qabul qilingan “bolalarda hazm organlari funksional buzilishini diagnostikasi va davolash to’g’risida ” gi qaroriga asoslanib tuzilgan. “Rim mezoni II” loyihasi ustida ishlovchi pediatr ekspertlar guruhi taklif qilgan klassifikatsiya ushbu tasnif uchun asos bo’lib xizmat qilgan. Diagnoz klinik ma’lumotlarga (shu jumladan, to’liq yig’ilgan anamnez) va qo’shimcha laborator va instrumental tekshiruv natijalariga asoslanib qo’yiladi. Funksional buzilishlar diagnostikasida asosiy qiyinchilik tug’diruvchi omil bu barcha organic patologiyalarni istesno qilish zaruratidir. Shundan keyingina kasallikning funksional xarakterda ekanligi haqida ishonch bilan aytish mumkin,Funksional buzilishlar simptomatikasi turlicha, lekin shikoyatlar uzoq vaqt davomida kuzatilgan bo’lishi lozim. “Rim mezoni II” ga asosan, ushbu davr oxirgi yillarda 12 oy va undan uzoq (doimiy bo’lishi shart emas!) davom etgan bo’lishi lozim. “havotirga soluvchi simptomlar“ga quyidagilar kiradi: Haroraе Sababsiz ozish Disfagiya Qonli qusish Axlatda qon Funksional buzilishlar deyarli har doim nerv sistemasidagi qandaydir buzilishlar bilan bog’liq bo’ladi. Bunday bemorlarni tekshirish kompleksiga doimo nevropatolog, psixolog, psixonevrolog ko’rigini kiritish lozim. Qusish bilan ifodalanuvchi funksional buzilishlar. Funksional buzilishlar, qusishni asosida gastroezofagal reflyuks yotadi.Me’da yoki ichak qoldig’ini qizilo’ngachga o’tishi MKB-10 aloxida boshqa sindrom sifatida ko’rinadi. GERni diagnostikasi sutkalik me’daichi PH-metricasida shirani olib ko’riladi. Bu umumiy reflyuks epizodlarini kun davomida davomiyligini ko’rsatadi. Normada qizilo’ngachdagi pH 5,5-7,0, GERda esa pH 4 gacha tushadi. Patologik GER da reflyuks epizodlari kuniga 50 tadan oshib ketadi. Regurgitatsiya – qizilo’ngachdagi ximusni ovqatni yutgandan keyin yana qaytib chiqarishi. Bolalarni dastlabki oylarida regurgitatsiya kam kam kuzatilsa, ovqat yegandan keyin 1 soat davomida bo’lsa fiziologik deb baholash mumkin. Agar kuniga 2 marta, ovqat yrgandan keyin 1 soatda so’ng kuzatilsa unda patologik deb xisoblash mumkin. Qayt qilishni bolalarni dastlabki oylarida kuzatilishi MITni yuqori bo’limlarini o’ziga xosligi, va MIT motorikasi va sfinkterlarni nerv-gumoral yetilmaganligi bilan izoxlanadi. Ko’pincha qayt qilish no’to’gri emdirish(aerofagiya, ko’p emizish, emizish rejimi buzilishi va b.) va MNSni perinatal shikastlari oqibatidir. Pilorospazm - oshqozonni piyozcha qismini muskullarini spazmi xisobiga ovqatni qolib ketishi. Bunda dastlabki oylardan qayt qilish kuzatiladi, ovqat massasi o’zgarmagan, nordon xidli o’t kislotalarisiz ajraladi.Rentgenologik patologiya odatta anqlanmaydi, lekin ovqatdan 2 soatdan keyin ko’rilsa kontrast moddani evakuatsiyasi ushlanib qolgani ko’riladi. Abdominal og’riq bilan kechuvchi funksional buzilishlar. Dispepsiya sindromi Butun Jahon Gastroentereloglar Kongresida quyidagi buzilishlarni o’z ichiga oladi: og’riq, diskomfort epigastr sohasida, ko’ngil aynishi, qayt qilish, kekirish, zarda qaynashi, to’lish xissi. Keyinchalik 1999 yilda dispepsiya zarda qaynashi bilan gazstroezofagal reflyuksga, og’riq yoki qorindagi diskomfortni ichak tasirlanish sindromiga kiritishdi. Funksional dispepsiyani asosida me’dani harakat funksiyasi nerv, gumoral regulyatsiyasini buzilishida, shu jumladan visseral gipersezuvchanlik yotadi. Funksional dispepsiyani shakllari Yaragao’xshash (epigastrda joylashgan og’riqlar, ochlikdagi” og’riqlar, qaysiki ovqatlangandan, antasid, antisekretor preparatlar qabul qilgandan keyin qoladigan) diskinetik (ovqatlanish vaqtida kuchayadigan qorinni yuqori qismlaridagi diskomfort.Nospetsefik (malum bir variantga kirishini aniqlashda qiyin bo’lgan shikoyatlar)Ichak ta’sirlanish sindromi Bu sindrom uchun xarakterli oxirgi 3 oy davomida qorinda og’riq yoki diskomfortni bo’lsihi, defekatsiyadan keyin kamayuvchi yoki axlatni xarxilligi.Qo’shimcha simptom bo’lib defekatsiya aktini qiyinlashishi yoki to’gri ichakni to’liq bo’lmagan bo’shashi, shilliq ajralishi, qorinni shishi bo’ladi ITSni 3ta asosiy klinik shakli farqlanadi. ITS og’riq va meteorizm bilan ITS ich qotishi bilan ITS diareya bilan Funksional abdominal og’riq Klinik ko’rinishida kindik atrofida joylashgan og’riqqa shikoyat qilinadi, lekin og’riqlar boshqa sohada ham joylashishi ham mumkin.Intensivligi, og’riq xarakteri, xuruj chastotalari turlicha bo’ladi.Og’riqlar 3 oydan ko’p vaqt mobaynida kuzatilib boshqa gastroenterologik o’zgarishlar kuzatildi. Funksional diareya – diareya, hazm qilish organlarini buzilishlarisiz, og’riq sindromlarisiz.Erta yoshdagi bolalarda ahlat miqdori 15g/kg kuniga bo’lishi kerak. 3 yoshda ahlat miqdori katta yoshdagilarga yetishib qoladi, va diareya 200g oshganda xisoblanadi. Katta yoshda diareyada ahlatni miqdori oshishi, bundan tashqari ahlatni harakteri ham: suyuq yoki bo’tqasimon, kuniga 2 martadan ko’p, gaz hosil qilish kuchayishi bilan yuzaga keladi. Funksional diareya og’riq sindromi bilan harakterlanmaydi. Funksional ich qotish – ichskni funksiyasini buzilishi ichakni 36 soatdan uzoq vaqt davomida bo’shatmaslik ko’rinishida namoyon bo’ladi.Defekatsiya aktini qiyinlashuvi, to’liq bo’shatmaslik xissiyoti, kam miqdordagi ahlaatni zich ko’rinishda namoyon bo’lishi. Funksional enkoprez– funksional ahlatni tuta olmaslik, psixik stress ko’rinishida kelib chiqadi(qo’rquv, cho’chish), sistematik defekatsiyaga to’siqni yoqolishi, yoshlikda o’tkazilgan MNS kasalliklari Chaqaloqlik ichak kolikasi sindromi(CHKS) Bu sindrom ostida hazm qilishni funksional buzilishi yotadi, 4-6 oylrda o’tib ketadi.Bolalardagi kolika 90% erta yoshdagi bolalarda kuzatiladi, pediatrga uchragan 5-25% murojat qilgan bolalarda. Mutaxassislar bolalardagi kolikani hazm qilish organlarini diskoordinatsiyasi hisobiga ichakdagi massa va gazlarni sekin tranzitidan yuazag keladi deb xisoblashadi. Bolalarni birinchi 3oy ichida qanaqa oziqlantirishdan tashqari qonda motilin va serotinin miqdori oshgan, xolisistokinin miqdori pasaygan. Bularni hammasi shu sindorm kelib chiqishiga sabab bo’ladi.Serotoninneyrotransmitter sifatida MIT regulyatsiya qiladi.Xolisistokinin ximusni evakuatsiyasini, ichaklar motorikasiga ta’sir etadi. CHIK klinik ko’rinishi Tipik — 2-6-haftadan kolikalar paydo bo’ladi, 2 oyda kuchayadi, 3-5-oylarda yoqoladi. qo’shimcha patologiyali bolalarda, MIT funksional buzlishi va boshqa faktorlar bilan keluvchi. Kolikalar 3-5 oy davomida bo’ladi(5-10% bolalarda) kechki — 3oylikdan so’ng kolikalar paydo bo’ladi. CHIK diagnozida shubxalantiradigan simptomlar: Og’irligini qo’shilishi. Psixamotor rivojlanishni buzilishi Xansirash va sianoz xurujlari Teri simptomlari(toshma, shish, giperimiya) Qayt qilish, kuchli diareya, ich qotishlari, axlatni xarakterini o’zgarishi Tutqanoqlar Xolsizlik, ovqatdan bosh tortish Isitma Biliar traktni funksional buzilishi O’t pufagini diskeniziyasi ko’pincha vegetativ disfunksiya belgilari xisoblanadi.O’t pufagi zararlanganda ham kelib chiqishi mumkin. Undan tashqari boshqa MIT organlari kasalliklari: birinchi navbatda 12BI gumoral regulyatsiyasi buzilishi xisobiga O’t qopi diskeniyasini tipik simptomi diskomfort yoki og’riq o’ng qo’vurga yoyi ostida turli xil intensivlikdagi.(o’tkir yoki o’tmas, ovqatdan keyin, yoki oldin, fizik va emotsianal zo’riqishdan so’ng), ko’ngil aynish, og’izda achhiq tamdir. Palpatsiyada o’t qopi proeksiyasida og’riqli va o’t qopi simptomlari musbat bo’ladi.

TUPROQ KOLLOIDLARI, TUPROQNING SINGDIRISH QOBILIYATI

tahrir

Tuproq kolloidlari ham boshqa barcha kolloidlar singari xossalarga ega bo’lsa- da, ayrim xususiyatlari jumladan, ularni tashkil etuvchi moddalarning sifat tarkibi bilan farq qiladi. Odatda zarrachalar o’lchami 1 mikrondan kichik bo’lganda kolloid xossasi ro’y beradi. Shuning uchun kolloidlarga qadarli fraksiyalar (1-0,2μ) ham ajratiladi. Kolloidlar xossasiga ega bo’lgan barcha zarrachalar yig’indisiga t u p r o q n i n g k o l l o i d k o m p l ye k s i yoki K.K.Gedroys bo’yicha t u p r o q n i n g s i n g d i r i sh k o m p l ye k s i (TSK)deyiladi. Tuproqning singdirish kompleksi jumladan kolloidlar tuproqda kechadigan moddalarning singdirishi va almashinishi kabi jarayonlarida bevosita ishtirok etadi. Tuproqning turli qattiq, suyuq va gazsimon moddalarni o’zida singdirishi yoki kolloidlar yuzasida ular konsentrasiyasini oshirish xossasiga t u p r o q n i n g s i n g d i r i sh q o b i l i ya t ideyiladi. Tuproqning eritmadan ba’zi moddalarni o’zida singdirib qolish qobiliyati uzoq o’tmishdan ma’lum. Yunon olimi Aristotel (eramizgacha 384-322 y) va XVI asrda Bekon Berberi sho’r suvni tuproq qatlamlari orqali o’tkazib, chuchuk suv olish tajribalarini o’tkazadi. Angliyalik olimlar Tompson va Spens 1845 yilda dastlabki laboratoriya tadqiqotlarida tuproqda almashinish qobiliyatiga ega bo’lgan asoslar borligi ko’rsatib o’tildi. Angliyalik olim D.T.Uey tuproq eritmadagi birikmalarni tuz holida emas, balki tuzlarning asoslarinigina singdiradi; tuproq bilan eritma orasidagi almashinish reaksiyasi juda tez-darhol va ekvivalent miqdorida bo’ladi. Agar eritmada erkin holdagi ishqorlar (NaOH, KOH kabi) bo’lsa, ular tuproqda to’liq singdiriladi (V.V.Dokuchayev, P.A.Kostichev, A.N.Sabaninlar o’z tadqiqotlarida tuproqning singdirish qobiliyatini o’rganishga alohida e’tibor berdilar. Ayniqsa tuproq kolloidlari va singdirish qobiliyatini o’rganish borasida jahon miqyosidagi yangiliklar bilan boyitgan olim K.K.Gedroysning xizmatlari alohida ahamiyatga ega. Ko’p yillik ilmiy-tadqiqod ishlarining natijalari akademik K.K.Gedroysning «Tuproqning singdirish qobilyati haqida ta’limot» (1922) asarida bosilib chiqdi. Tuproqning singdirish qobiliyati haqidagi ta’limotni keyinchalik yanada rivojlanishida G.Vigner, S.Matson, Ye.N.Gapon (20-30 yillarda) va so’ngra A.N.Sokolovskiy, N.P.Remezev, A.f.Tyulin, I.N.Antipov-Karatayev, S.N.Alyoshin, N.I.Gorbunov, F.Kelli va boshqalarning xizmatlari katta bo’ldi. Tuproqning singdirish jarayonlarida kolloidlar asosiy ahamiyatga ega. Tuproq kolloidlari asosan ikki yo’l: yirik zarralarning mexanik va kimyoviy nurab, maydalanishi hamda molekulalar va ionlarning kimyoviy, fizikaviy yo’llar bilan birikishi (kondensasiyasi) natijasida hosil bo’ladi. Tarkibiga ko’ra tuproq kolloidlari mineral, organik va ular kompleksidan iborat organik-mineral gruppalarga bo’linadi. Tuproq kolloidlarining xarakterli xususiyati ular solishtirma yuzasi : (ya’ni ma’lum massa yoki hajmdagi tuproq zarrachalarining yuzasi m2 yoki sm2 hisobida) ning katta bo’lishi va shunga ko’ra sathiy energiyasining yuqori bo’lishidir. Buni tasavvur etish uchun 1 sm3hajmdagi qattiq jismni tashkil etuvchi barcha kublar yuzasi maydonini hisoblashdan olingan quyidagi raqamlarni keltirishkifoya 2. Tuproq kolloidlari nihoyatda kichik ultramikroskopik zarracha - bo’lsa-da juda murakkab tuzilgan. Kolloid zarracha, ular yuzasidagi ionlar qatlami bilan birga kolliod misella deyiladi.(12-rasm).adsorbilanadi) degan xulosalargak . Misellaning tuzilishi. (N.I. Gorbunov buyicha) Kimyoviy tarkibidan qat’iy nazar kolloid misella asosan uch qavatdan - yadro, ichki qavat va sirtqi qavatdan iborat. Kolloid misella asosini uning yadrosi tashkil etadi. Yadro kimyoviy jihatdan murakkab birikma bo’lib, amorf yoki kristalik tuzilishlidir. Mineral kolloidlar yadrosi asosan alyumokislotalar hamda ba’zan kremniy kislota, temir va alyuminiy oksidlaridan tashkil topgan. Organik kolloidlar yadrosi asosan gumin kislotasi, fulvokislotalari, protein, kletchatka va boshqa murakkab organik moddalardan iborat. Yadro ustida ikkita qarama-qarshi zaryadlangan ionli qatlam joylashgan. Bevosita yadro ustida joylashgan ionlarga potensiallarni aniqlovchi (potensiallovchi) ionlar, tashqi qatlamdagiionlarga kompensirlovchi yoki harakatsiz ionlar qatlami deyiladi. eldi.Potensiallarni aniqlovchi ionlar qatlami ko’pincha manfiy zaryadlangan bo’lib, kompensirlovchi qatlam esa, shu manfiy zaryadlarga teng keladigan miqdordagi musbat ionlari zaryadlaridan iborat. Kompensirlovchi ionlar tuproqshunoslikda almashinuvchi yoki singdiriluvchi kationlar ham deyiladi. Ko’pchilik singdirilgan kationlar potensiallarni aniqlovchi ionlar yonida joylashgan bo’lib, harakatsiz ionlar qatlamini tashkil etadi. Singdirilgan kationlarning oz qismi potensiallarni aniqlovchi ionlar qatlamidan ancha uzoqroq masofada joylashib Misella yadrosi potensiallarni aniqlovchi ionlar qatlami bilan birga granula deyiladi. Granula kompensirlovchi ionlarning harakatsiz qatlami bilan birga kolliod zarracha deb ataladi. Zaryadlanishiga ko’ra tuproq kolloidlari uch gruppaga ajratiladi. Asidoidlar - zarracha manfiy zaryadlangan bo’lib almashinuvchi ionlar vodorod va boshqa kationlar hisoblanadi. Bazoidlar - zarracha musbat zaryadlangan bo’lib, almashinuvchi ionlar gidroksil va boshqa ionlardan tashkil topgan. Amfolitoidlar - zarracha musbat yoki manfiy zaryadlangan bo’lishi mumkin. Eritmadagi vodorod ionlarining konsentrasiyasiga ko’ra amfolitoidlarda almashinuvchi vodorod yoki gidroksil ionlari mavjud bo’ladi. Shuning uchun ular muhit reaksiyasiga qarab asidoid yoki bazoidlarga o’xshaydi. Amfolitoidlarga temir va alyuminiy gidroksidlarining kolloidlari kiradi. Kolloid zarrachalar elektr zaryadiga ega bo’lganligi sababli suv molekulalarini tortib olib gidratlanadi va o’z yuzasida suv pardasini hosil qiladi. Suv pardasining qalinligi kolloidlarning tarkibi, tabiati va zaryadlari miqdoriga ko’ra harxildir. Qalin suv pardasi bilan o’ralgan kolloidlarga gidrofil va yaxshi gidratlanmagan kolloidlarga gidrofob kolloidlar deyiladi. Tuproqdagi gumus kislotalari, oqsillar va kremniy kislotasining kolloidlari gidrofil bo’lib, temir va alyuminiy gidrati oksidlari va kaolinit gruppasi minerallarining kolloidlari gidrofobdir. Suv pardasi kolloid zarrachalarning bir-biriga ta’sir kuchini pasaytiradi, ularning birikishi kamayib, qiyin koagullanadi.Tuproq kolloidlari ham boshqa kolloidlar kabi ikki, ya’ni zol va gel holida bo’ladi. Zol holidagi kolloid suyuq muhitda erigan va tarqoq holatda bo’lib, bir xil zaryadli (ko’pincha manfiy) bo’lganida to’xtovsiz harakat qilib turadi. Gel holidagi kolloid aksincha har xil zaryadli bir qancha kolloid zarrachalar yig’indisidan iborat, yopishqoq quyqa shaklda bo’lib, suyuq muhitda osonlik bilan cho’kish xususiyatiga ega. Zol holidagi kolloidlarning turli omillar ta’sirida bir-biri bilan yopishib, tuplanib cho’kma hosil qilishi, ya’ni gel holatiga o’tishiga koagulyasiya, aksincha, gel holatidagi kolloidlarning yana qayta tarqalib zol hosil bo’lishiga peptizasiya jarayoni deyiladi. Koagulyasiya asosan turli elektrolitlar ta’sirida zoldagi zaryadlarning yo’qolib, neytrallanish natijasida yuzaga keladi. Shuningdek, tabiatda koagullanish tuproqning qurishi yoki muzlashi natijasida ham ro’y beradi. Bunday sharoitda elektrolitlarning zollarga ta’sir kuchi yuqoribo’ladi. , diffuziya qatlamini hosil qiladi. Gidrofob kolloidlarning elektorolitlar ta’sirida koagullanishi oson bo’lib, gidrofil kolloidlarda esa faqat yuqori konsentrasiyali elektrolitlar bo’lganda yuzaga keladi. Gidrofil kolloidlar ko’pincha zol hosil qilib, peptizasiya jarayonlarini kuchaytiradi. Bunda ayniqsa kolloidlarning gidroksil (OH-) ionlari va yuqori gidratlangan kationlar (masalan, Na) bilan to’yinganligi katta rol o’ynaydi. Peptizasiya natijasida tuproq strukturasi buzilib, uning fizikaviy va suv xossalari yomonlashadi. Kolloidlar koagullanishi asosan kolloidlar bilan elektrolitlar, ya’ni tuproqning suyuq qismidagi tuz, kislotalar va ishqorlarning o’zaro ta’siri natijasida vujudga keladi. Chunki bu elektrolitlar (CaCl2, NaOH, HCl) dissosilanish natijasida musbat kationlar (Ca2+, Na+, H+) va manfiy zaryadli (Cl-, OH-) anionlarga ajraladi. Ana shu kation yoki anionlar ta’sirida kolloid zarrachalar neytrallanadi va boshqa kolloid misella tomonidan tortib olinib, koagullanadi. Tuproq kolloidlari ko’pincha manfiy zaryadlanganligi sababli, bu hodisa musbat zaryadli ionlar ta’sirida ro’y beradi. Tuproq kimyoviy degradasiyasi jarayonlari, tuproq reaksiya yoki ph noqulay o’zgarishlarga qarangzaxiralarining kamayishi va o’simlik oziq moddalar mavjudligi, qobiliyati zaharli yakson qilishmoddalar, ildiz zonasida tuzlarning ortiqcha pullaridan kamaytirish va. asosiy kimyoviy quyidagicha jarayonlari: Oksidlash - asoslarini eritmaga yoki acidproducing qo’shilishi oqibatida tuproq ph pasayishi o’g’itlar. Oziqlantiruvchi kamayish - muhim o’simlik ozuqa (masalan, N, P, K, Ca, Mg olib tashlash, Anorganik bilan to’ldirish holda terish o’simliklar yoki haddan tashqari eritmaga tomonidan) yoki organik tuzatishlar Toxification - bir darajaga ba’zi elementlar (masalan, Al, Mn, Fe) ortiqcha pullaridan debo’simliklar zaharli hisoblanadi Sho’rlanishi - ildiz zonasida eruvchan tuzlarning ortiqcha pullaridan elektr bunday to’yingan bazasini o’tkazuvchanlik 4 DS/sm (1.6 Plitalar) oshib Alkalinization yoki sodication - ildiz sodic tuzlar (Na ion) ning afzallik> 8.5 15 natriy yutilish nisbati (SAR) va tuproq pH olib zonasi ifloslanishi / ifloslanishi - sanoat, shaxta chiqindilarni ariza va shaharifloslantiruvchituproqqa.9 Koagullanishning borish tezligi, shu jarayonda ishtirok etadigan kation yoki anionlarning valentligiga, kolloidlar turiga va tuproqning mexanik hamda kimyoviy tarkibiga bog’liq. Mineral kolloidlar organik kolloidlarga nisbatan rayeksiyaga tezroq kirishadi, shuningdek bir valentli (Na+, K+) kationlar ikki va uch valentli (Ca2+, Mg2+, Fe3+) kationlarga nisbatan koagullanishda sust ishtirok etadi. K.K.Gedroys koagullanish qobiliyatiga ko’ra barcha kationlarni quyidagi liotrop qatorga joylashtiradi: Li+< Na+< NH4+< K+< Mg2+< H+< Ca2+< Ba2+< Al3+< Fe3+ Bir valentli kationlar bilan to’yingan kolloidlar asosan zol holatda bo’ladi; bir valentli kationlar ikki va uch valentli kationlar bilan almashganda gel holatiga o’tadi. Masalan,tuproqsingdirishkompleksiningnatriybilanto’yinishinatijasidazolhosil bo’lib, tuproqning chang holatga kelishiga, tuproq kolliodlari zaryadining oshishi va gidratlanishiga sabab bo’ladi. Natriyning kalsiy bilan almashinishi esa koagullanishga va tuproqda suvga chidamli strukturaning yuzaga kelishiga olib keladi. Ishqoriy reaksiya turli oksidlar kolloidlarining cho’kmaga tushishi va organik hamda ba’zi mineral kolloidlarning zol holatiga o’tishini kuchaytiradi. Kolloidlar koagullanishi qaytar va qaytmas bo’ladi. Bir valentli kationlar (Na+, K+, H+) ta’sirida vujudga kelgan gel osonlik bilan yana zolga o’tganligi uchun uni qaytar koagullanish deyiladi. Ikki va uch valentli (Ca2+, Mg2+, Fe3+) kationlar ta’sirida paydo bo’lgan gel yana qayta zolga o’tmaganligi uchun qaytmas koagullanish deb ataladi. Qaytmas koagullanish tuproqdagi suvga chidamli strukturalarni hosil qiladi va uni uzoq saqlab qoladi. Musbat zaryadlangan kolliodlar koagullanishida anionlar qatnashadi. Lekin ko’pchilik tuproq kolloidlari manfiy bo’lganidan, bu xildagi koagullanish kam uchraydi. Tuproq qatlamlarida to’planadigan manfiy zaryadli organik va mineral moddalarning musbat kolloidlari bir-biri bilan aralashib, o’zaro ta’sirlashuvidan elektrolitsiz koagullanish vujudga keladi. Ana shunday koagullanish podzol va sho’rtob tuproqlarning illyuvial gorizontlarida ko’p uchraydi. Neytral va unga yaqin reaksiyali karbonatli tuproqlar (qora, kashtan va bo’z tuproqlar) dagi koagullanish natijasida turli mayda zarrachalar birikib, mikrostrukturali va keyinchalik yirik donador strukturalarni paydo qiladi. Natijada tuproqlarning fizik-suv, fizik-mexanik xossalari yaxshilanadi. Demak tuproq kolliodlari bilan bevosita bog’liq bo’lgan koagullanish va singdirish jarayonlari dehqonchilikda muhim ahamiyatga ega.Tuproqda kechadigan singdirish jarayonlari o’z tabiati bilan nihoyatda murakkab bo’lib, jumladan, turli moddalarning zarrachalar yuzasida yutilib, ushlanib qolinishi yoki ularning bevosita singdirilmasligi kabi xilma-xil hodisalar yig’indisini o’z ichiga oladi. Tuproqning singdirish qobiliyati turli kimyoviy, fizikaviy, fizik- kimyoviy va biologik jarayonlar ta’sirida ro’y beradi. Akademik K.K.Gedroys tuproqda moddalarning singdirilishi (yutilishi) va bunda yuz beradigan turli jarayonlarni e’tiborga olib, tuproqning singdirish qobiliyatini: mexanik, biologik, kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy kabi besh turgaajratadi. Mexanik singdirish qobiliyati. Atmosfera yog’inlari va sug’orish suvlaridagi mayda loyqa zarrachalarning tuproq qatlamlarida to’liq yoki qisman ushlanib qolinishiga mexanik singdirish deyiladi. Masalan, yerni loyqa suv bilan sug’organda undagi mayda gard holidagi zarrachalar tuproqning g’ovaklarida mexanik ravishda saqlanib qoladi. Mexanik singdirish tuproqning mexanik tarkibi va g’ovakligiga bog’liq. Og’ir qumoq va soz mexanik tarkibli tuproqlarda qumloq va qumli tuproqlarga nisbatan bunday singdirish yuqori bo’ladi. Tuproq zarrachalari orasidagi kapillyar g’ovaklar qanchalik kichik bo’lsa, unda o’lchami kattaroq zarrachalar shuncha ko’p to’planadi, shuningdek , zichlangan tuproqlarda g’ovaklikka nisbatan mexanik singdirish kuchliroqdir. Mexanik singdirish tuproqning muhim xossasi hisoblanadi. Bahorgi oqim suvlardagi ko’plab loyqa zarrachalari va undagi oziq moddalar suv sizib o’tgandan keyin, tuproqda singdirilib qolinadi. Tuproqning mexanik singdirish qobiliyatidan dehqonchilikda va sug’orish amaliyotida keng foydalaniladi. Masalan, dehqonlarimiz azaldan toshloq va qumli yerlarning fizik holatini yaxshilash, suvning sizib ketishini kamaytirish maqsadida maydonlarga suv bilan loyqa yuborib, yotqizishgan (kolmataj). Ana shu yo’l bilan toshloq yerlarni yaroqli holga keltirishgan. Loyqa yotqizish hozirgi vaqtda g’ovak gipsli tuproqlarning fizikaviy xossalarini yaxshilab borishda ham keng foydalanilishi mumkin. O’rta Osiyoning qator daryolarining loyqa suvlari bilan (masalan, Amudaryo suvida loyqa ko’p bo’ladi) yerni sug’organda tuproqda mexanik singdirilish natijasida, loyqa bilan birga ko’plab oziqaviy moddalar to’planadi va tuproq unumdorligi ham oshibboradi. Biologik singdirish qobiliyati o’simliklar va tuproq mikroorganizmlarining hayot faoliyati bilan bog’liq. O’simliklar rivojlanish davrida tuproq eritmasidan o’ziga kerakli moddalarni tanlab oladi va ularni organik moddalarga aylantirib, tuproqda mustahkam ushlab qoladi. Natijada o’simliklarning ildizi tarqalgan tuproq qatlamlarida organik moddala moddalar bilan bir qatorda, ko’plab har xil kul elementlari va azot to’planadi va yuvilishdan saqlanib qolinadi. Dukkakli o’simliklarning 2 metrdan oshadigan ildizlari tuproqning pastki qatlamlaridan kaliy, fosfor, kalsiy,oltingugurt kabi elementlarni so’rib olib, tuproqning yuqori qatlamlarida to’playdi. Tuproq mikroorganizmlari organik moddalarni parchalab, kul elementlarini aktiv o’zlashtiradi. Ba’zilari atmosferadagi azotni fiksasiyalab, ularni oqsil moddalarning birikmalari holida tuproqda ushlab,mustahkamlaydi. Demak, biologik singdirish natijasida tuproqda o’simliklar uchun zarur oziqa moddalar, jumladan, azot to’planadi va tuproq unumdorligi yaxshilanib boradi.Ye.N.Mishustin ma’lumoticha, madaniylashgan chimli podzol tuproqlarning har gektarida bir yilda biologik singdirilish natijasida 120 kg azot, 40 kg fosfor, 25 kg kaliy to’planadi. Kimyoviy singdirish qobiliyati. Tuproqda kechadigan kimyoviy reaksiyalar natijasida eritmadagi birikmalarning qiyin eriydigan holda cho’kmaga tushishi va tuproqda mustahkam ushlanib qolinishiga kimyoviy singdirish deyiladi. kationlardan Ca2+, Mg2+, Fe3+, Al3+ singarilar singdirilishi mumkin. Tuproqqa tushadigan atmosfera yog’inlari, sizot va sug’orish suvlari tarkibidagi kation va anionlar tuproq eritmasidagi tuzlar bilan erimaydigan va qiyin eriydigan birikmalar hosil qiladi va natijada tuproqda singib qoladi.Masalan: 1) TSK]Ca2++ Na2SO4 TCK]2Na +CaSO4; 2) TSK]Ca2+ + 2NaHCO3 TSK] 2 Na +Ca(HCO3)2Ca (HCO3)2 H2O + CaCO3+CO2; 3) Na2CO3+ CaSO4 CaCO3 + Na2SO4; 4) Al(OH)3 + H3PO4 AlPO4 +3H2O; Agar karbonatli yerga tarkibida fosfor kislotaning eriydigan tuzi bo’lgan superfosfat Ca(H2PO4)2 solinsa, u holda bu tuz tuproq eritmasidagi kalsiy tuzlari bilan quyidagicha reaksiyaga kirishib, suvda qiyin eriydigan uch kalsiy fosfat Ca3(PO4)2 hosil bo’ladi:

2 CaCO3 + Ca(H2PO4)2 = Ca3(PO4)2 +2H2SO3 CO2+H2O (ohak) (superfosfat)(cho’kma)6 singdirilish natijasida o’simliklarning fosfordan foydalanish koeffisiyenti juda kam (20-25 foiz). Shu sababli hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligida yaxshiroq eriydigan va o’simliklar uchun qulay bo’lgan o’g’it-ammofos qo’llanilmoqda. Kislotali tuproqlar (podzol, chimli-podzol, qizil tuproqlar) da temir va alyuminiy gidrooksidlari ko’p bo’lganidan fosfor kislotasi ionlari bilan reaksiyaga kirib, qiyin eriydigan temir va alyuminiy fosfatlari vujudga keladi. Demak, fosforli o’g’itlardan foydalanilayotganda tuproqning kimyoviy singdirish qobiliyatiga alohida e’tibor berishlozim. Fizikaviy singdirish qobiliyati. Tuproqning mayda dispers (kolloid) zarrachalari yuzasida turli moddalar konsentrasiyasi oshirilishiga fizikaviy singdirish qobiliyati deyiladi. Tuproqdagi mayda zarrachalarning yuza energiyasi ta’sirida turli gaz va suv bug’lari, mikroorganizmlar va organik moddalar fizik yo’l bilan singdiriladi hamda ularni tuproqdan yuvilib ketishdan saqlaydi. Fizikaviy singdirishda adsorbilanish ya’ni kolloidlar yuzasida moddalar konsentrasiyasining ko’payishi yuz berganidan, bu singdirishga molekulyar singdirish yoki adsorbilanish deb ham yuritiladi. Fizikaviy singdirish tuproqning mexanik va mineral tarkibiga, gumus miqdoriga bog’liq. Mexanik zarrachalar qanchalik mayda va gumus ko’p bo’lsa adsorbilanish xususiyati shuncha yuqori bo’ladi. Fizik yoki molekulyar adsorbilanish natijasida organik moddalardan hosil bo’lgan ammoniy kabi azot birikmalari hamda eritmadagi turli tuzlar tuproqda singdirilib, yuvilishdan saqlanibqoladi Ana shunday

BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI O’QITISH METODIKASI

tahrir

Ona tili - har bir elatning, xalqning, millatning oʻz tili. Ona tili lugʻat tarkibi, asosan, shu tilga mansub xalqning turmushi, madaniyati va anʼanalarini ifodalaydigan soʻz va tushunchalardan iborat boʻladi. Ona tili taraqqiyoti har bir elat, xalq va millatning ijtimoiy rivojlanishi bilan uzviy bogʻliq. Darsni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishda o’quvchi va o’qituvchi faoliyatiga qo’yiladigan talablar, didaktik qoidalar ta’lim prinsplari hisoblanadi. Bu prinsplar har fanda o’ziga xos tadqiq etiladi. Biz quyida ona tili fanini o’qitishda qo’llaniladigan prinsplar xususida so’z yuritamiz. Tizimlilik va izchillik prinspi. O’zbek tili o’qitishda tizimlilik va izchillik prinsipi muhim o’rin tutadi. Til fanining bo’limlarini bir tartibda o’rganish shu prinspga mos tushadi. Ona tili fanini o’rgatishda dastlab fonetika, leksika haqida, shundan so’ng so’z yasash, so’z tarkibi, morfologiya va sintaksis haqida ma’lumot beriladi. Bu esa yuqoridagi prinspga amal qilinganligini bildiradi. Ona tili o’qitishda

nazariyani amaliyotga bog’lash ham muhimdir. Buning uchun fonetika va grammatikadan har bir mavzu orfografiya yoki punktuatsiya bilan, orfoepiya yoki lug’at bilan bog’liq holda o’tilishi lozim. Bu prinspni amalga oshirish uchun grammatik qoidalarga mos misollarni jonli nutqdan olish, qoidalarni mustahkamlashda o’quvchilarning ijodiy tafakkurini o’stirishga yordam beradigan mashqlardan foydalanish zarur bo’ladi.

Ona tili o’qitishda onglilik ham muhim o’rin egallaydi. Onglilik prinspi ta’rif yoki qoidaning o’quvchilar tomonidan ongli o’zlashtirilishiga tirishmoqni talab etadi: 1. O’qitishda ongli verbal-kognitiv ta’limga (OVKT) asoslanish 2. Til materiali va ta’lim oluvchilarning yosh psixologiyasi mutanosibligiga e’tibor berish. 3. O’quvchilarda mustaqil va ijodiy mushohada malakalarini mustahkamlash 4. Darsni ma’lum bir tizimda olib borish 5. Mavzulararo bog’lanishga e’tibor berish 6. Nutqiy malakalarni mustahkamlash va til sezgirligini oshirish Mustaqillik va faollik prinsipi. Mustaqillik va faollik orqali o’quvchi ta’limining faol ishtirokchisiga aylanadi. Mustaqillik faollik uchun sharoit yaratilsa, faollik mustaqillikni tarbiyalashga asos bo’ladi. Mashg’ulotlarda mustaqil ishlarni tashkil etish qo’yilgan muammo, savol va topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqib o’quv jarayonini boshqarish yosh avlodda mustaqillik va faollikni tarbiyalaydi. Buning uchun o’quvchi har bir mashg’ulotda mustaqil va ijodiy ishlashi, tilning mavjud imkoniyatlaridan unumli foydalanishi, so’z boyligini oshirib borishi, ravon va aniq so’zlash malakasini egallashi darkor. Ilmiylik va tushunarlilik prinsipi. Ilmiylik prinsipi o’quv predmetlarini hozirgi fan yutuqlari zaminida bayon qilishni talab etadi. Tushunarlilik prinsipi esa o’quv predmetini bolalarning yoshi, shaxsiy xususiyatlari, hayotiy tajribalari, tayyorgarlik darajasiga moslashtirishni taqozo etadi. Bu ikki prinsp bir-birini to’ldiradi. Bu prinsplarni amalga oshirishda quyidagilarga etibor berish talab etiladi: - til sathlarini o’zaro bog’liqlikda o’rgatish; - o’qituvchining fan yangiliklaridan xabardor bo’lib turishi kerak; - o’qituvchi butun fikrini ilmga asoslanib bayon etishi lozim; - til va nutqni farqlab o’qitishning, ixcham va talaffuz meyorlariga mos bo’lishi; - ayrim o’quvchilarga individual munosabatda bo’lish. Ko’rsatmalilik prinsipi. Ko’rsatmalilik o’quvchilar bilimini oshirish va o’qituvchining mehnatini samarali qilish vositalaridan biridir. Ko’rgazmali quroldan yangi bilim berishda ham, o’tilganlarini qaytarish va ayrim faktlarni izohlashda ham foydalanish mumkin. Ko’rgazma sifatida turli jadvallardan, boshqotirmalardan, fikrlash jarayonini tezlashtirishga qaratilgan o’quv topshiriqlaridan, kompyuterda ishlashga yo’naltirilgan dasturlardan, audiyo-video o’quv dasturlaridan foydalanish mumkin. O’zbek tili o’qitishning o’ziga xos prinsiplari 1. Til o’qitishda tabiiylikka rioya qilish. Maktabda til o’qitish maktabgacha tilni o’zlashtirish jarayonining tabiiy davomi bo’lishi kerak. Tilni o’qitishda tabiiylik prinspiga amal qilishda o’quvchilarning boshlang’ich sinfda olgan bilimlarini hisobga olish, til materiallarini jonli nutq tarkibida o’rgatishga e’tibor berish lozim bo’ladi. 2. Yozma nutqni og’zaki nutqqa chog’ishtirib o’rgatish. Og’zaki va yozma nutqni o’zaro chog’ishtirib o’rgatish o’quvchilarning imlo savodxonligini oshiradi, ular orfoepik va orfografik qoidalarning farqlarini ongli ajratadigan bo’ladi. Bunday o’qitish o’quvchilarning nutq madaniyatini oshiradi. Bu prinsp quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi: tovushni harf bilan chog’ishtirish, punktuatsiyani ohang bilan chog’ishtirish, og’zaki mashqdan yozma mashqqa qarab borish. 3. O’quvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirib borish prinsipi. Nutqning ifodaliligi va ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ko’nikma va malakalar ona tili mashg’ulotlarida shakllanadi. Tilning barcha bo’limlari ham nutqiy mahoratni rivojlantirishda keng imkoniyatga ega. 4. Til bo’limlari va ular orqali ifodalangan ma’nolarni ajratish. O’quvchilar tilni yaxshi egallashlari uchun uning fonetikasini puxta bilishlari lozim. Fonetik qoidalar esa talaffuz meyorlarini belgilashda muhim o’rin tutadi. Fonetikani yaxshi o’rgatish imlo, leksikologiya va grammatikani yaxshi o’rgatishga ham yordam beradi. 5. O’quvchilarda yoshlikdan “til sezgirligi” tuyg’usini shakllantirish. Bu qobiliyat tufayli o’quvchilar har bir so’z va shaklni o’zidagi mavjud bilim va malakalar yordamida tez uqib, ularni amaliy nutqqa tadbiq etadilar. 6. O’quvchilarning yozuv madaniyatini, savodini uzluksiz oshirib borish. O’quvchilarning orfografiya va punktuatsiyaga doir bilim-malakalarini oshirish uchun og’zaki va yozma nutq doimo qiyosiy ravishda o’rganilishi kerak. Masalan, tinish belgilarini to’g’ri qo’yish uchun oquvchi gapning sintaktik qurilishini yaxshi bilishdan tashqari nutqning ohang tomonini ham fahmlay olishi zarur.Og’zaki nutq bilan yozma nutq orasidagi munosabatni to’g’ri belgilash orqali o’quvchilarning yozuv malakalari ham takomillashib boradi. 'Qalin matn

ILMIY-TEXNIKAVIY TARAQQIYOTIDA ENERGETIKANING ROLI

tahrir

ILMIY-TEXNIKAVIY TARAQQIYOTIDA ENERGETIKANING ROLI Energiya – tabiat hodisalari, madaniyat va insoniyat hayotining umumiy asosidir. Shu bilan bir qatorda energiya materiya harakati turli ko‘rinishlarining miqdoriy ko‘rsatkichidir. Turi bo‘yicha energiya kimyoviy, mexanik, elektrik, yadro va h.k. larga bo‘linadi. Inson tomonidan foydalanish mumkin bo‘lgan energiya energiya resurslari deb ataluvchi moddiy obyektlarda mavjuddir. Barcha turdagi energiya resurslaridan amaliy ehtiyojlarda juda ko‘p miqdorda foydalanuvchilari asosiy energiya resurslari deb yuritiladi. Ularga ko‘mir, neft, gaz kabi organik yoqilg‘ilar, shuningdek, daryolar, dengizlar va okeanlar, quyosh, shamol, yer tubining issiqlik (geotermal) energiyalari kiradi. Energiya resurslari qayta tiklanuvchivaqayta tiklanmaydigan turlarga bo‘linadi. Yangilanuvchi energiya resurslariga uzluksiz ravishda tabiat tomonidan tiklanib turuvchi energiya resurslari (suv, shamol va h.k.) kiradi. Yangilanmas energiya resurslariga oldindan tabiatda jamlangan, ammo hozirgi geologik sharoitlarda paydo bo‘lmaydigan energiya resurslari (masalan, ko‘mir) kiradi. Tabiatda bevosita olinuvchi energiya (yoqilg‘i, suv, shamol, yerning issiqlik energiyasi, yadro energiyasi va h.k.) birlamchi energiya, uni inson tomonidan maxsus qurilmalarda o‘zgartirish natijasida paydo bo‘lgan energiya ikkilamchi energiya deyiladi. O‘z nomlanishida elektr stansiyalari foydalanuvchi birlamchi energiya turini ifodalaydi. Masalan, issiqlik elektr stansiyasi (IES) issiqlik energiyasi (birlamchi energiya)ni elektr energiyasi (ikkilamchi energiya)ga aylantiradi, shuningdek, gidroelektr stansiyasi (GES) suv turli xil energiyalardan – Quyosh energiyasi, organik yoqilg‘ining kimyoviy energiyasi, daryolar, dengizlar va okeanlar suvlarining mexanik energiyasi, shamol energiyasi, og‘ir yadrolarning parchalanishida hosil bo‘luvchi yadro energiyasidan foydalanish an’anaviy hisoblanadi. energiyasini elektr energiyasiga, atom elektr stansiyasi (AES) atom energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi. Lozim bo‘lgan turdagi energiyani olish va u bilan iste’molchilarni ta’minlash energetik ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladi. Bu jarayonni besh bosqichga ajratish mumkin. 1. Energiya resurslarini olish va konsentratsiyalash: yoqilg‘ini qazib olish va tayyorlash, gidrotexnik inshootlar yordamida naporni vujudga keltirish va h.k. 2. Energiya resurslarini o‘zgartiruvchi qurilmalarga uzatish: bu quruqlikda va suvda tashish orqali yoki suv, gaz va h.k.larni trubalarda haydash orqali amalga oshiriladi. 3. Birlamchi energiyani ikkilamchi mavjud sharoitlarda taqsimlash va iste’mol qilish uchun qulay bo‘lgan energiya turiga (odatda elektr va issiqlik energiyalariga) o‘zgartirish. 4. O‘zgartirilgan energiyani uzatish va taqsimlash. 5. Energiyani uzatilgan va o‘zgartirilgan ko‘rinishlarda iste’mol qilish. Agar qo‘llaniluvchi birlamchi energiya resurslari energiyasini 100% deb qabul qilsak, unda foydali ish bajaruvchi energiya faqat 35-40% ni tashkil etadi, qolgan qismi isrof bo‘ladi. Isrofning asosiy qismi issiqlik energiyasiga to‘g‘ri keladi. Energiya isrofi hozirgi davrda mavjud bo‘lgan energetik mashinalarning texnik xarakteristikalari bilan belgilanadi. Turli energiya resurslari Yer sharining mintaqalari va davlatlarida nojinsli joylashgan. Ularning ko‘p mavjud bo‘lgan joylari ko‘p iste’mol qilish joylari bilan mos kelmaydi. Jahonda mavjud neft zaxiralarining yarmidan ko‘pi Yaqin va O‘rta Sharq mintaqalarida joylashgan bo‘lib, u yerdagi iste’mol jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 4-5 baravar pastdir. O‘zbekiston Respublikasi hududining 60% qismi neft va gaz zaxiralari va ulardan foydalanish bo‘yicha istiqbolli hisoblanadi. Uzoq yillardan buyon olib borilgan qidiruvlar hamda geologiya-geofizika izlanishlari asosida Respublika hududi beshta neft-gazlilik mintaqalarga (Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G‘arbiy Hisor, Surxondaryo va Farg‘ona) bo‘lingan bo‘lib, ularda neft va kondensatning umumiy resursi 5780 mln. tonnani tashkil etadi. O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi orasida uglevo-dorodli yoqilg‘i mahsulotlarini qazib olish suratini pasaytirmagan, balki Hozirgi zamon mashinalarida iste’mol qilinuvchi energiya juda ko‘p miqdorni tashkil etadi. Buni quyidagi taqqoslash asosida ifodalash mumkin. Jahonning barcha ishga yaroqli aholisi bir yil davomida har sutkada 8 soat to‘liq fizik kuch bilan ishlagan taqdirda ham hozirgi zamon issiqlik va gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqariluvchi energiyaning yuzdan biri miqdoridagi energiyani ishlab chiqara olmaydi. Energiyani iste’mol qilish bundan keyin ham ishlab chiqarish darajasini o‘sishini ta’minlagani holda oshib boradi.

BIOTETEXNOLOGIK KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH ASOSIDA CHIQINDISIZ TEXNOLOGIYANI YARATISH

tahrir

Biotexnologiya fanini hozirgi vaqtda jadal sur’atlar bilan rivojlanishi bevosita biologiya fanining taraqqiyoti bilan uzviy bog’liqdir. Biotexnologiya fanlar ichida hozirgi kunda yetakchi о’rinni egallamokda. Sababi biologiyaning molekular darajaga kо’tarilishi,hozirgi kunda bir qator masalalarni biotexnologiya fanisiz yechish imkonini bermaydi. Shu sababdan ham biotexnologiya turli yunalishlari inson hayoti uchun kerakli bо’lgan oziq-ovkat mahsulotlarini, shuningdek energiya muammosi, turli ekologik muammolarini, biologik faol va dorivor moddalar ishlab chiqarish muammolarini hal qilishi mumkin. Biotexnologiya avvalo, ekologik jihatdan katta istiqbolga ega, uning yordamida energiya kam darajada sarflanadi, chiqindisiz texnologiyalar yaratish amalga oshiriladi, shu manoda ham biotexnologiyaturli preparatlar: jumladan insulin, interferon, turli gormonlar, biologik faol moddalar olishda, biotexnologik jarayonlarni qо’llash har jihatdan katta istiqbolga ega. Biotexnologiyani о’zlashtirishda talabalar biologiyadan: mikrobiologiya va virusologiya, genetika, molekulyar biologiya, bioximiya, biofizika, fiziologiya, botanika va zoologiya qonunlari xaqida tushunchaga ega bо’lishlari kerak. Mikrobiologiyadan: sanoat mikrobiologiyasi jarayonlari, mikroorganizmlarni о’stirish Aerob va anaerob mikroorganizmlar oqova suvlarda uchraydigan organik materiallardan tozalash xususiyatiga ega. Achitqi, neftni qayta ishlash zavodi, sut va pishloq ishlab chiqaruvchi korxonalar, kartofel va kraxmalni qayta ishlovchi zavodlardan chiqadigan chiqindilarni anaerob jarayon yordamida tozalash bo’yicha katta muvaffaqiyatlarga erishilgan. Bu jarayonda faol biologik komponentlar qayta ishlatiladi, qoldiq mahsulotlar kamayadi, sezilarli darajada noxush hidlar tarqalishi kamaytiriladi. Eng muhimi metan hosil bo’ladi. Bulardan tashqari kimyoviy zararlanish (biotsidlarning destruksiyalanishi kabi)ning nazorat qilish uchun mikrob shtammlaridan foydalaniladi. Asosiy qism: pseudomonas turiga mansub bakteriyalarda oksireduktaza yoki gidroqsilazalar bo’lib, ular yuqori toksiq uglevodorodlar va aromatik birikmalarni parchalash xususiyatiga egadir. Pseudomonas ning ayrim shtammlari tarkibida ushbu fermentlarni kodlovchi genlar plazmida tarkibida uchraydi. Bunday plazmidalarning 4 xili mavjud: OSТ (oktan va va dekanni parchalanishi), XYL (ksilol va toluolni parchalanishi), SAM (kamforani parchalanishi) va NAH (naftalinni parchalanishi). SAM va NAH plazmidalari bakterial hujayralarni chatishtirib o’zining o’tkazuvchanligini ta’minlaydi, qolgan plazmidalar esa bakteriyaga boshqa plazmidalar kiritilgandagina o’tkazilishi mumkin.

Keyinchalik bu shtammlarning gibrid plazmidalari olingan bo’lib, ular tozalanmagan neftda boshqa shtammlarga nisbatan uglevodorodlarni metabolitlash xususiyatiga egadir. Ular yordamida harorat va boshqa omillarni nazorat qilgan holda oqar suvlarni tozalash mumkin. 

Ayrim mikroblar molekulalarni shunday o’zgartirish xossasiga egaki, ularning o’zi boshqa mikroblar ta’sirida parchalanadi. Bunday «kometabolizm”ni Dafton va Хsi (Kaliforniya universiteti) kuchli toksik paration insektitsidini Pseudomonasning 2 ta shtammi ta’sirida parchalanishini ko’rsatib berishgan. Gen injenerligi metodlari asosida bunday natijalarga erishish ko’zda tutilmoqda. Bu ko’plab birikmalarni (kimyoviy sanoatda ajraladigan va bioparchalanmaydigan) buzish xususiyati va assimilyatsiya qiluvchi mikrob shtammlarini konstruksiyalash muammosini yechishga xizmat qiladi. Qishloq xo’jaligi, o’rmon va oziq-ovqat sanoati chiqindilaridan turli maqsadlarda, xususan, biomassani oshirish, hamda undan energiya olish va shu yo’l bilan atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishda ishlatiladi. Ularni mikroorganizmlar yordamida bijg’iydigan birikmalargacha parchalash yoki ularni oqsillarga aylantirish mumkin. Oqava suvlarda suv o’tlarini kulturasini ko’paytirib, nafaqat suvlarni tozalash, balki oqsil va mikroelementlarga boy biomassa olish mumkin. Ko’plab chiqindi va yo’ldosh mahsulotlarni qayta ishlash mumkin. Ma’lumotlarga ko’ra turli boshoqli o’simliklardan taxminan 1700 mln. t. somon chiqadi va bularning ko’p qismi ishlatilmaydi. Yoki ananasni konservatsiyalashda uning 20% igina ishlatiladi, asosiy qismi esa chiqindiga chiqadi. Uning mevasi, po’sti va boshqa chiqindilari sharbat olish uchun eziladi, quritilgan qoldiqlari esa mollarga yem sifatida beriladi. Spirtli bijg’itish bilan ushbu zavodlardan oqiziladigan chiqindilarni kamaytirish mumkin. Тarkibida uglevod bo’lgan chiqindi va yo’ldosh mahsulotlarni an’anaviy mikrobli bijg’ish yoki biotexnologik jarayonlar yo’li bilan qayta ishlash mumkin. Masalan, saxarozani kristallash uchun boshlang’ich sirop hisoblangan va texnologik sikldan chiqarib tashlanadigan melassa – shakar olishdagi yo’ldosh mahsulot hisoblanadi. Uning tarkibida shakardan tashqari sulfitlar, karbonatlar va kalsiy, magniy tuzlari mavjud. Melassani bijg’ish davomida qolgan shakarning hammasi ham ishlatilmaydi. Kraxmal donlarning, kartofel va maniokning quruq massasini 50%ini tashkil etadi. Bu mahsulot jo’hori va maniokdan olinadi. U kislotali yoki fermentativ gidrolizga oson uchraydi va undan dekstrin va glbkoza olinadi. Ushbu geksozalardan spirt va fruktozali sirop olishda foydalaniladi.

Sellyuloza va gemitsellyulozani mikrobli degradatsiya va konversiyaga uchratib etil spirti yoki kimyoviy sanoat uchun xomashyo olish mumkin. Clostridium thermosellum tarkibidagi sellyulaza va gemitsellyulaza genlarini lostridium ning boshqa turlariga o’tkazib sellyuloza va gemitsellyulozani etil spirti, atseton, sirka va sut kislotasiga aylantirish mumkin.

Biokonversiya – metabolitlarni mikrob hujayralari yordamida o’ziga yaqin bo’lgan birikmalarga aylanishidir. Shu bilan birga mikroorganizmlar kimyoviy sintezning muhim va murakkab jarayonlarning ma’lum bir bosqichiga ta’sir qiladi. Biokonversiyaning qadimgi turi – sirka olish jarayonida etil spirtini sirka kislotaga aylanishidir. Biokonversiyaga asoslangan metodlar yordamida steroid gormonlar sintez qilingan. 1930 yilning boshlarida Kendall va Rayxshteyn buyrak osti bezidan revmatoid artritni davolashda ishlatiladigan kortizon ajratib olishgan. Kortizon sintezining birinchi oraliq mahsuloti progestorondir. Biokonversiya 370C haroratda suvli muhitda va atmosfera bosimida olib boriladi. Hozirgi kunga kelib steroid yadrosining uglerod atomini ma’lum bir mikroorganizmlar yordamida gidroqsillash va kerakli steroidni olish mumkin. Mikroorganizmlar steroidlarni olish uchun xomashyoni (masalan, sterinlar) ishlab chiqarishda ham ishlatiladi. Ba’zi hollarda biokonversiyani amalga oshirish uchun aralash kulturalar yoki mikrob shtammlarini ketma-ket qo’shish kerak bo’ladi. Bularning har biri biokonversiyaning o’ziga xos bosqichini amalga oshiradi. Immobillangan hujayralardan foydalanish fermentlarga nisbatan biokonversiya samaradorligini oshiradi va uning sarf-harajatini kamaytiradi. Mikroorganizmlarning sanoatda ishlatiladigan shtammlarini qo’llash uchun 2 usuldan foydalaniladi: shtammlarni skriningi va ajratib olishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun DNKning maxsus uchastkalarida mutatsiyalarni induksiyalash; gen injeneriyasi va tabiiy jinsiy jarayonni kengaytirish uchun protoplastlarni qo’shilishi; tabiiy genlarni o’tkazish va yangi genlarni rekonstruksiya qilish uchun rekombinant DNKni qo’llash. Mikrob hujayralarida ma’lum bir gen nusxasi sonini ko’paytirish genlarni amplifikatsiyalash orqali amalga oshiriladi va natijada ushbu genom kodlaydigan mahsulot ishlab chiqarish keskin ortadi. Bunday texnik yondashuv hujayrada plazmidalar sonini ko’paytirish bilan bog’liqdir. Odatda bitta hujayraga 1-30 ta nusxa to’g’ri keladi va 2-250 gen mavjud. Shu bilan birga hujayrada plazmida genlari 3000 nusxagacha oshirilgan. Genlarni amplifikatsiyalash E.colining uchun keng ishlatilgan. Hozirga kelib istalgan xromosoma geni yoki genlar guruhini plazmidaga o’tkazish, so’ngra plazmidani amplifikatsiyalash uchun ichak tayoqchasiga o’tkazishga erishilgan. Undan tashqari bir hujayradan boshqasiga polietilenglikol ishtirokida transformatsiyalash yo’li bilan Basillus plazmidasi o’tkazilgan. Pseudomonas plazmidalarini esa boshqa grammanfiy bakteriyalarga o’tkazilgan. Shu yo’l bilan antibiotiklar ko’p miqdorda olinadi. Xulosa: qishloq xo’jalik yoki sanoat chiqindilarini qayta ishlashda Qishloq xo’jaligi, o’rmon va oziq-ovqat sanoati chiqindilaridan turli maqsadlarda, xususan, biomassani oshirish, hamda undan energiya olish va shu yo’l bilan atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishda ishlatiladi. Ularni mikroorganizmlar yordamida bijg’iydigan birikmalargacha parchalash yoki ularni oqsillarga aylantirish mumkin. Oqava suvlarda suv o’tlarini kulturasini ko’paytirib, nafaqat suvlarni tozalash, balki oqsil va mikroelementlarga boy biomassa olish mumkin.

Vitaminlar manbai o‘simlik va mikroorganizmlardir

tahrir

Tabiatda vitaminlar manbai o‘simlik va mikroorganizmlar hisoblanadi. Vitaminlar asosan o’simliklarda sintezlanadi. Mikroorganizmlardan esa sanoatda vitaminlarni mikrobiologok usulda olinishi Vitaminlar inson organizimi uchun juda katta ahamiyatga ega ekanligi Ishlab chiqarishda vitaminlarning katta qismi kimyoviy sintez orqali olinishi tursa, ularni sanoatda mikrobiologik usul bilan olish ham katta amaliy o‘rin tutishi. O’simliklаr tаrkibidа vitаminlаrgа аylаnuvchi mа’lum оrgаnik mоddаlаr sintеzlаnib, ulаr prоvitаminlаr ekanligi haqidagi tushunchalar berilgan.Vitаminlаr manbai o`simlik va mikroorganizimlardir o`simliklarning har bir qismi o`ziga hos vitaminlarga boydir shu bilan bir qatorda hozirgi kunda biotenologiyaning jadal rivojlanishi biologik jarayonlar texnologiyasi biologik agentlar yoki ularning majmualaridan mikroorganizimlar o`simliklar va hayvon hujayralari ularning kompanentlaridan kerakli mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida keng foydalaniyapti. Ko’pgina mikraorganizmlar turli fizalogik faol moddalar: fermentlar vitaminlar aminakislotalar, stimulatorlar sintez qilish xususiyatiga egadir.ayniqsa hozirgi kunda mikroorganizmlardan turli hil vitaminlar biotehnologik yo`l bilan ajratib olinmoqda. Vitaminlar hаqidаgi gipоtеzаning tа’rifi 1911 yildа Lоndоndа ishlаyotgаn pоlyak оlimi Kаzimir Funk tоmоnidаn bеrildi. U guruch kеpаgidаn оvqаtgа оz miqdоrdа qo’shib bеrilgаndа hаm bеri-bеri kаsаllаgini dаvоlаydigаn kristаll fаоl mоddа оlishgа muvаffаq bo’lаdi. Bu birikmаni tаrkibini tеkshirib ko’rib, undа аmin shаklidаgi аzоtning bоrligi аniqlаdi vа bu mоddаgа hаyot uchun zаrur bo’lgаn yangi bir kimyoviy birikmа dеb qаrаb, uni (vitаmin) dеb nоmlаdi. “Vitа” lоtinchа хаyot, “аmin”- tаrkibidа аzоt tutuvchi kimyoviy gruppа, ya’ni хаyot аmini mа’nоsini аnglаtаdi. Shu tаjribаdаn kеyin pоlyak оlimi K.Funk mаnа shu nоmа’lum mоddаlаrni vitаminlаr dеb аtаydi. Vitаminlаr fаqаt оdаm yoki hаyvоn оrgаnizmi uchun zаrur bo’lmаy, o’simliklаr vа mikrооrgаnizmlаr uchun hаm kеrаklidir. Mаsаlаn, o’simliklаr tоmirlаri аyrim vitаminlаrsiz yaхshi rivоjlаnmаydi. Mikrооrgаnizmlаrning nоrmаl rivоjlаnishi uchun оzuqа muhitidа vitаminlаr bo’lishi tаlаb qilinаdi. Vitаminlаr bilаn fеrmеntlаr оrаsidа o’zviy bоg’liqlik bo’lib, ko’pginа vitаminlаr o’zigа хоs оqsillаr bilаn birikib, fеrmеntlаr hоsil qilаdi. Shundаy qilib, vitаminlаr еtishmаsligi оqibаtidа kаsаlliklаrning (аvitаminоz) bоshlаnishi, shu оrgаnizmdа mа’lum rеаksiyani оlib bоruvchi fеrmеnt аktivligining pаsаyishi vа оqibаtdа mоddа аlmаshinishining buzilishi bilаn tushintirilаdi. O’simliklаr tаrkibidа vitаminlаrgа аylаnuvchi mа’lum оrgаnik mоddаlаr sintеzlаnib, ulаr prоvitаminlаr dеyilаdi. Vitaminlar kichik molekulali moddalar bo’lib, turli organik birikmalarning sinflariga mansub. Vitaminlar hayvon, o’simlik va mikroorganizmlarda kechadigan muhim fiziologik va biokimyoviy jarayonlarda aktiv qatnashadigan birikma hisoblanadi. Ko’pincha vitaminlar fermentlarning oqsilmas qismini tashkil qiladi. Vitaminlar asosan o’simliklarda sintezlanadi. Odam va hayvon organizmiga esa ovqat bilan birga kiradi. Vitaminlar — past molekular organik moddalar guruhiga kirib, juda kam konsentratsiyada ham kuchli va turli biologik ta’sir qila olish xususiyatiga ega. Tabiatda vitaminlar manbasi o‘simlik va mikroorganizmlar hisoblanadi. Bk menaxinonlar va B12 kobalaminlar asosan mikroorganizmlardan sintezlanib olinadi. Ishlab chiqarishda vitaminlaming katta qismi kimyoviy sintez orqali olinishi tursa, ularni sanoatda mikrobiologik usul bilan olish ham katta amaliy o‘rin tutadi. Mikrobiologik yo‘1 bilan ergosterin va B12 vitamin olinsa, vitamin C olishda soritni sorbozaga oksidlashda mikroorganizmlar ishlatiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishda karotinoidlar va B2 vitamin, vitamin konsentratlarini olishda qo'llaniladi. Dunyoda 40 dan ortiq vitaminlar ishlab chiqarish sanoatlari mavjud, bulardan 18 tasi AQSh da, Yaponiyada 8 ta va 14 ta G'arbiy Yevropada joylashgan. 2. Karotinoidlar — tabiat pegmenti sifatida keng tarqalgan guruhiga kiradi. Ular o‘simlik, suv osti o‘simliklari, fototrof bakteriyalar va turli xil xemotrof bakteriyalar hosil qiladi. Bundan tashqari, karotinoidlar ba’zi bir mog‘or zamburug‘i va drojjalarni sintez qiladi. Shuningdek, karotinoidlar ba’zi baliq, parranda organizmlarida qatnashadi, lekin o‘zicha fermentlar paydo bo'lmaydi, balki ovqat bilan kirib, organizmni A vitamini bilan boyitish manbayi sifatida xizmat qiladi.

Karotinoidlar o‘simlik va mikroorganizmlarda bo‘sh formada bo‘lib, glukozidlar va karotin — oqsil kompleksi hosil qilishimumkin, lekin ko‘p holda uzun zanjirli yog' kislotali efir ko'rinishida uchraydi.
Fototrof mikroorganizmlarda karotinoidlar sintezi asosan yorug'lik oqimi, ba’zi organik birikmalar soniga (atsetat) va tarkibidagi kislorodga bog'liq. Xematrof mikroorganizmlaming fototrofdan farqi shundaki, karotinoidlar ikkilamchi metabolizm mahsuloti hisoblanadi. Yorug'lik karotinoidlami hosil bo'lishida nafaqat fototrofda balki xematrofda ham pigmetlar tarkibiga ham ta’sir ko'rsatadi. Ba’zi mog'or zamburug'i va xematrof bakteriyasida karatinoidlar hosil bo'lishi yorug'likka bog'liq. Qorong'ida karotinoidlar faqat rangsiz sintezlanadi. Ko'p mikroorganizmlar karotinoidlarni hosil qilish uchun molekular kislorod kerak bo'ladi. U karotin sintezi hosil bo'lish uchun qatnashadi. Ko'p mikroorganizmlar karotinoidlar sintezi darajasida hosil bo'ladi. 

Karotinoidlar kimyoviy sintez yordamida va tabiat manbasi — o'simlik va mikroorganizmlar turli hil yo'li bilan ajratib olinadi. Kimyoviy yo'l bilan (3- karotin, A vitamin va boshqa karotinoidlar olinadi. Kimyoviy yo'l bilan p- karotinoidlar olishning oddiy manbasi bo'lib, sabzi, qovoq, o't, na’matak, oblepixa va boshqa ko'katlar xizmat qiladi. Shu maqsadda keng ko'lamda mog'or zamburug'i va drojjilar ishlatiladi. Karotinoidlar qishloq xo'jaligida, tibbiyotda va oziq-ovqat sanoatida keng ko'lamda qo'llaniladi. (3-karotin oziq-ovqat sanoatida, tibbiyotda dori-darmon tayyorlashda va kosmetikada ishlatiladi. Oziq-ovqatda pigment moddasi va bo'yog' sifatida qandolat mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Tibbiyotda (3-karotin teri rakining rivojlanishini davolashda qo'llaniladi. Qishloq xo'jaligida karotinoidlar don o'simliklarining o'sishini yaxshilashda ishlatiladi. 3. Alkaloidlar — alkaloidlar murakkab strukturaga ega bo'lgan, tarkibida azot saqlovchi moddalar guruhiga kiradi. Alkaloidlar o'simliklardan ajratib olinadi, alkaloidlar mikroorganizmlarini o'rganish endi boshlanmoqda. Alkaloidlar kuchli farmakologik ta’sirga ega. Ular to'qim alarni qisqartirish qobiliyatiga ega bo'lganligi sababli ginekologiyada qo'llaniladi. Bundan tashqari, alkaloidlar migren, qon bosim oshganda ishlatiladi. Birinchi izlanuvchanlik ishlarida ovqat ratsioniga kiruvchi asosiy hayot uchun kerak bo'ladigan komponentlardan — uglevod, oqsil, yog‘, mineral moddalar va suvdan tashqari 1880-y N.I.Lunin tomonidan boshqa moddalar o'rganildi. Keyinchalik bu moddalar vitaminlar deb nomlandi (lotincha vita — hayot degan ma’noni anglatadi), ya’ni hayot aminlari deb nom oldi. 1956-yil Xalqaro kimyoviy nomenklatura bo'yicha vitaminlar quyidagi guruhga bo'linadi: 1. Suvda eriydigan vitaminlar. 2. Yog'da eriydigan vitaminlar. 3. Vitaminsimon birikmalar. Vitaminlaming organizmga ta’siri quyidagicha: Avitaminoz — organizmda 1,2 vitamin yo'qligi. Gipovitaminoz — vitamin yetishmovchiligi. Gipervitaminoz — vitaminning organizmda ko'payib ketishi. 1. Yog‘da eruvchi vitaminlar. a) A vitamin — A, retinol. Vitamin A asosan tuxum, qaymoq, sut, saryog', mol, buyrak, jigarda vatreskabalig'ijigarida mavjud. Kattalar uchun 1 sutkada vitamin A—1 mg tavsiya etiladi. b) D vitamin — kalsiferol. D vitamin yetishmovchiligida raxit kasalligi kelib chiqadi. Raxitda bola rivojlanishi to'xtaydi. Tish yorib chiqishi kechikadi, tishlaming o'zi esa yemiriladi. Oshqozon ichak ishi buzilib, kamqonlikka olib keladi. D vitamin asosan baliq yog'ida, treska balig'i jigarida, ikrasida, tuxum sarig'ida va yog'da mavjud. 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun sutkalik vitamin D me’yori 500 dan 1000 xalqaro birlikda. Kattalarga esa 100 xalqaro birlikda tavsiya etiladi. d) E vitamin — tokoferol. E vitamin yetishmaganda erkaklarda urug'ning harakati susayadi. Mushak to'qimasi paralichi va anemiyaga olib keladi. E vitamin — paxta, jo'xori, pista yog'ida va bug'doyda mavjud. E vitamin kattalar uchun sutkada 15 xalqaro birlikda tavsiya etiladi. e) K vitamin — filloxinon. K vitamin yetishmasa jigar kasalligi asosan sariq kasalligi va ichak kasalligi kelib chiqadi.

Asosan antibiotiklar ko'p olganda ichak mikroflorasi o'lganda K vitaminni organizmda so'rilishi yomonlashadi. K vitamin — ko'katlarda, ismoloq, karam va qovoqda mavjud. 2. Suvda eruvchi vitaminlar. a) B, vitamin — tiamin. B, vitamin asosan o'simlik mahsulotlari, go‘sht, baliq va sut mahsulotlari, dukkakli — loviya, no'xotda mavjud. B, vitamin yetishmasa, beri-beri (noto‘g‘ri yurish) kasalligi, ishtaxani buzilishi, quwatsizlik, anemiya, ozish, asablami buzilishi kuzatiladi. B, vitaminning sutkalik normasi kattalar uchun 1,3— 2,5 mg, bolalarga 1,3—1,7 mg. b) B2 vitamin — riboflavin. 

Inson riboflavinning 65—70 % ni non, sut va go‘sht mahsulotlaridan, 30—35 % ni esa ho‘l meva va sabzavotlardan oladi. B2 vitamin yetishmasa og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanishi, ko'rish qobiliyati buzilishi va kamqonlik, yuz terisini shkastlanishiga olib keladi. Kattalar uchun sutkalik B2 vitamin normasi 2 mg, bolalar uchun esa 1—2 mg tavsiya etiladi. d) B6 vitamin — piridoksin. B6 vitamin asosan go'sht, baliq, mol yuragida va buyragida ko‘p. Sutkalik normasi kattalar uchun 2 mg. B6 vitamin yetishmasa teri yallig‘lanishi, o'sishni sekin- lashishi va hokazolarga olib keladi. e) C vitamin — askorbin kislota. C vitamin yetishmasa quwat- sizlik, ishtahani kamayishi, bo‘y o'smasligi, tish yuvganda milkni qonashi, infeksion kasalliklarga tez yo'liqishi va hokazo. C vitamin asosan ko‘katlarda, barglar va sabzovotlarda bo‘ladi. Sutkalik C vitamin normasi kattalar uchun 70—120 mg. f)B12 vitamin — kobalamin. B12 mikroorganizmlardan sintezlanadi. Bl2 asosan mol jigari, buyragida ko‘p. Sutkalik B12 normasi 2—2,5 mkg. 3. Vitaminsimon birikmalar. a) U vitamin — metilmetionin sulfoniy xlorid. U vitamin asosan sabzavotlar sharbatida, karomda juda ko‘p. U vitamin oshqozon ichak yo'llari yallig'lanishida yaxshi yordam beradi. Hulosa. Tabiatda vitaminlar manbai bo`lgan o‘simlik va mikroorganizmlardir. Hozirda Bk menaxinonlar va B12 kobalaminlar asosan mikroorganizmlardan sintezlanib olinayapti. Mikrobiologik yo‘1 bilan ergosterin va B12 vitamin olinsa, vitamin C olishda soritni sorbozaga oksidlashda mikroorganizmlar ishlatiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishda karotinoidlar va B2 vitamin, vitamin konsentratlarini olishda qo'llaniladi. Karotinoidlar kimyoviy sintez yordamida va tabiat manbai hisoblangan — o'simlik va mikroorganizmlardan turli hil yo'l bilan ajratib olinamoqda. Kimyoviy yo'l bilan (3- karotin, A vitamin va boshqa karotinoidlar olinadi. Kimyoviy yo'l bilan p- karotinoidlar olishning oddiy manbasi bo'lib, sabzi, qovoq, o't, na’matak, oblepixa va boshqa ko'katlar xizmat qiladi. Shu maqsadda keng ko'lamda mog'or zamburug'i va drojjilar ishlatiladi.

SHAJARA (arab tilida — daraxt ma'nosini beradi) , genealogiya — fani kishilarning kelib chiqishi, ajdodlari va qonqarindoshlik aloqalari majmui. Uni tarix fanining bir tarmog'i — genealogiya fani o'rganadi. Payg'ambarlar, podsholar, xukmdorlar, olimu-ulamolar afsonaviy qahramonlar nasl-nasabiga qiziqish qadim zamonlardanoq bo'lgan, lekin o'rta asrlarda shajara imtiyozli tabaqalarning paydo bo'lishi va ularning avlod-ajdodlarini kelib chiqishiga va rasmiylashtirishga qiziqishning kuchayishi bilan alohida ahamiyat kasb etgan. Bu, o'z navbatida, nasl nasabni soxtalashishini oldini olish maqsadida juda ko'plab tarixchi olimlar tadqiqot ishlari olib borib kiyik terisida yozilgan davlat xukmdorlari tasdiqlab muxr bosib bergan shajaralarni o'sha davrda yangi chiqqan xitoy qog'ozlariga va keyinchalik samarqant qog'ozlariga ko'chirib o'sha davr podshoxlariga muxr urdirib tasdiqlatib olganlar, Abu Sa'd Abdulkarim ibn Muhammad ibn Mansur at-Tamimiy as-Sam'oniyning “ Nasabnoma” asarida VIII–XII Asrda yashagan Movaranaxrlik Olimu ulamolarni shajarasini tuzib chiqadilar 12-asrdan boshlab Shajara o'rtasidagi nikoh aloqalari haqida guvohlik beruvchilarning paydo bo'lishiga olib kelgan. Shu davrlarda urug' yoki birbiriga yaqin bir necha urug' a'zolarining naslnasabiga oid bir necha daftarlar tuzila boshlagan. Keyinchalik o'rta Osiyoda Shajaraga oid dastlabki yirik asarlar 15-17-a. larda paydo bo'lgan. Ayniqsa, Mirzo Ulug'bekni «TARIX-I ARBA' ULUS» («TO'RT ULUS TARIXI») asari va Abulg'oziy Bahodirxonning «Shajarayi turk» va «Shajarayi tarokima»asarlari 13—17-a. lardagi mo'g'ul va turk urug'lari, hukmdorlari haqida qimmatli ma'lumotlar beradi.

      O'rta Osiyoda nasab daftariga xo'jalar, saidlar va b. ega bo'lib, bu hujjatlar ularning payg'ambar, sahobalar, tarxon, beklar naslidan kelib chiqqanligini ko'rsatuvchi dalil sifatida, shuningdek, soliq to'lash, xalq hasharlariga chiqish va b. ishlarda alohida imtiyozga, umuman jamiyat hayotida yuqori mavqega ega bulishi uchun xizmat qilgan. Shajara hujjatlari dastlab shaxsning siyosiy mavqeiga ko'ra, guvohlar ishtirokida hukmdorlar huzurida tuzilgan va uning muxri bilan tasdiqlangan. Keyinchalik hukmdorlar avvalgi muhrlarni ko'rib tasdiqlab beraverishgan.
   Amur Temur hukumronligi davriga kelib nasl nasabni surishtirib biron lavozimga qoyish yoki qilgan gunoxiga qarab jazolash odat tusiga kirdi. Temuriylar hukumronligi davrida Muxammad payg'ambar avlodlari Sayyidlar xonadoni vakillarini xurmatlarini joyiga qoyib yuqori lavozimlar berib va davlat soliqlaridan imtiyozlar berib ba'zilaridan ozod qildi. Turkiston zaminiga rossiya imperiyasi kirib kelishi bilan bu zaminda yashaydigan millatlarni tarixini yo'qotishga xarakat qilinib vatan parvar millat vakillariga bosmachi degan tamg'a bosilib, diniy ulomalarni eskilik sarqiti gumashtalari deb, xalq dushmanlariga chiqarib surgun qilishdilar. 
     Milliy davlatchiligimiz tarixiga oid haqiqatlarni oydinlashtirish, uzoq yillar tabarruk 

nomi va shoni pinhon tutilgan ulug' ajdodlarimizning ilmiy-ijodiy, ma'naviy-ma'rifiy merosini xalqqa qaytarish yo'lida qilinayotgan xayrli ishlar behad quvonchlidir.Xalqimizda yetti pushti, ajdodlarining istiqomatgohi va faoliyati tarixidan xabardor insonlarga alohida ehtirom bilan munosabatda bo'linadi. «Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o'zi tug'ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi». Zero, bu tuyg'u insonning qadim bobokalonlari va, eng muhimi, o'z Vataniga chuqur hurmati, e'tiqodi ramzidir.

       Binobarin, payg'ambar alayhissalomning muborak hadislaridan birida: «Qarindoshlik aloqasi bo'lgan nasablaringizni o'rganinglar, chunki siylai rahm – qarindoshlar orasida mehrni uyg'otadi va molingiz ko'payishiga sabab bo'ladi hamda sizni yaxshilik bilan eslaydilar», – deya uqtiriladi.
    «Nasab» arabcha so'z bo'lib, kelib chiqish, nasl-nasab, sulola, ajdod ma'nolarini anglatadi. Islom ahlining ko'payishi, arab xalqlarining ajam xalqlari bilan qo'shilib ketishi nasablarni o'rganish haqidagi ilmning dunyoga kelishiga zamin yaratdi. Uning asoschisi nasab ilmining imomi Hishom ibn Muhammad ibn Soib al-Kilabiydir [vafoti hijriy 204 (milodiy 820) yil1]. Sahobai kiromlardan xalifai roshid Abu Bakr Siddiq, raziyallohu anhu, ham nasab ilmining bilimdoni bo'lganlar.Al-Kilabiydan keyin ham ko'plab «Nasabnoma» ta'lif qilingan. Shu an'ana davomchisi «al-Ansob»ning muallifi tojul-islom Abu Sa'd Abdulkarim ibn Muhammad ibn Mansur at-Tamimiy as-Sam'oniy al-Marvaziy al-Hofiz hijriy 506 (milodiy 1113) yilning sha'bon oyida Marvda dunyoga kelganlar. [Hijriy 562 (milodiy 1167) yilda Marvda vafot etganlar.] Tamim qabilasining bir tarmog'i hisoblangan sam'oniylardan bo'lganlari uchun bu zotga as-Sam'oniy nisbati berilgan. Uch yoshlarida otalari Muhammad ibn Mansur u kishini Nishopurga olib keladilar. Bir yil o'tgach, otalari vafotidan so'ng, amakilari qo'lida Qur'on va fiqh ilmidan saboq olgan Abdulkarim as-Sam'oniy keyinchalik nasab ilmiga qiziqib, dunyo mamlakatlari bo'ylab safarga chiqadilar.    
     Safarlari davomida yetti ming mashoyixdan tahsil olganlarki, bu adadga boshqa hech bir olim yetgan emas. Shuni ta'kidlash joizki, as-Sam'oniy o'sha ustozlaridan ko'pchiligining tahsiniga ham sazovor bo'lganlar. Xar bir inson o'zini hech bo'lmasa yetti pushtini bilishi kerakligini ota bobolarimiz bod bod takidlaganlar bu bilan ota bobolarimiz nimalar bilan shug'ullanganligi kasbi kori turmush tarzi va o'z nasl nasabini obdon o'rganishlari va ularni qoldirgan madaniy, ma'naviy  meroslarini asrab avaylashni va kelgusi avlodlariga yetkazishni, farzantlariga diniy ta'lim tarbiya berishni, o'zini o'zligini anglashni vatanparvarlik ruxida tarbiyalab mukammal inson bo'lib yetishishi uchun har bir ota ona farzanlari uchun ma'suldir. Shu bilan birgalikda o'tib ketgan ajdodlarini eslab turishlari, ajdodlarini nasl nasabini bilishlari uchun shajara ya'ni nasabnomalarini yozma ravishda o'zlari bilgancha  yozib borishlari kelajak avlodlarga qoldirishlari  foydadan holi bo'lmaydi.  Sizlarni etiborlaringizga Termiziy Sayyidlardan bo'lgan Salovot qishlog'ida yashab keladigan bir oilaga tegishli bo'lgan shajarani misol tariqasida ilova qilmoqdamiz.    
   
 Termiz  Sayyidlaridan bo'lgan Salovot qishlog'i Sayyidlarni bir shoxchasini oilaviy shajarasi ilova qilinmoqda.

1.Hazrat Ali Murtazo ibn Abu Tolib R.A. (599-661), safdoshlarini va ahli ayollarini Alloh rahmat qilsin. 2.Imom Husayn R.A. (626-680)yy 3.Imom Zaynulobiddin R.A. (658-713)yy

4.Imom Boqir R.A. (Hasan al—Asg'ar)  Abu Ja`far, Abdulloh Termiziy. (677-732)yy 5.Sayyid Amir Ubaydilloh (Abdulloh, imom  Ja'far sodiq).   Imom Boqir R.Ani O'g'li (Aroj  Abu  Ali) Termiziy(701-765).
 6.Sayyid Ismoil Amir Abdullohni o'g'li (imom  Ja'far sodiq).
 7.Sayyid Amir Muhammad Koshoniy shoir.
 8.Sayyid  Ali , Koshoniy.Sayyid  Muhammad  Shoir Koshoniyni o'g'li.
 9.Sayyid  Ibrohim  Bog'odiy Sayyid  Alini  o'g'li .
 10. Sayyid  Kozim, Sayyid  Ibrohimni o'g'li.
 11.Sayyid Taho(Taqo)  Sayyid  Kozimni o'g'li Bog'dodiy 
 12.Sayyid Yunus .Sayyid Tahoni o'g'li Bog'dodiy.            
 13.Sayyid Muso.Sayyid Yunusni o'g'li Iroq Shom.
 14.Sayyid Abdullo Sayyid Musoni o'g'illari Bog'dodiy.
 15.Sayyid Ziyoviddin Sayyid Abdulloni o'g'li Bog'dodiy.
 16.Sayyid Xotam Sayyid Ziyoviddinni o'g'li Bog'dodiy Iroqiy.
 17.Sayyid Madut Sayyid Xotamni o'g'illari Bog'dodiy.
 18.Sayyid Ato  Sayyid Madutni o'g'illari Madina.
 19. Sayyid Solih otash nafas Sayyid Atoni o'g'illari Termiziy Tojikistonda vafot qilganlar 

qabrlari tojikistonda.

 20.Sayyid Yahyo Termiziy Turkmanistonda tug'ilgan Termiziy Salovotiy.

Sayyid Solihni o'g'li Salovotiy.

 21.Sayyid Rafayullo  Sayyid Yahyoni o'g'illari G'uzorda bek bo'lgan Nasafiy.bir kechada 1000 

rakat namoz o'qiganlar.

 22.Xoji Sayyid Ibrohim ota  Abu Ismoil Buxororiy.makka piyod
 23.Sayyid Ibrohimni  o'g'li Ismoil Abu Najmiddin Buxoriy – Buxoro Mir Arab madrasasida 

ta'lim olgan va Mudarislik qilgan .

 24.Sayyid Najmiddin vali ko'zi ko'rlarni davolaganlar Abu  Nizomiddin G'uzor Nasafiy – 

Buxoroda ta'lim ko'rlarni tuzatadi .

 25.Sayyid Nizomiddin korxab Sayyid Najmiddin vali  o'g'li Abu Salohiddin G'uzor Nasafiy–

Buxoroda ta'lim.

26.Sayyid Nizomiddin  o'g'li Saloxiddinxon Abu Abdurahim G'uzor Nasafiy– Buxoroda ta'lim 

olgan.

27.Sayyid Abdurahimxon Abu Abdulkarimxon  G'uzor bek Nasafiy– Buxoroda ta'lim.
28.Sayyid Abdulkarimxon Abu Muhammad Amin G'uzor Nasafiy– Buxoroda ta'lim Buxoroda  vofot 

qilganlar.

29.Sayyid Muhammad Amin Sayyid Abdulkarimxonni o'g'li G'uzor tug'ilganlar Chiroqchi begi va 

Turkmanistonni bir qancha begliklarini birlashtirgan beg boshi bo'lib ko'p yillar turkmanistonda yashab qolganlar Nasafiy. – Buxoroda ta'lim olgan . 30. Sayyid Raxmatilloxon mashxur (Mullo xo'ja Eshon) Sayyid Muhammad Aminxonni o'g'li G'uzor, Chiroqchi Nasafiy. – Buxoro Mir Arab madrasasida ta'lim olgan va Mudarislik qilgan Shayxul islom rutbasini olganlar. (1762- noaniq) yy

31.Sayyid Muxammadxon Raxmatilloxon o'g'li (Mullo xo'ja Eshon)
31.Sayyid Rivoyatilloxon Raxmatilloxon o'g'li(Mullo xo'ja Eshon). Shibirg'on
31.Sayyid Davatilloxon  Raxmatilloxon o'g'li (Mullo xo'ja Eshon) Shibirg'on

Z1. Sayyid Safoxon Raxmatilloxon (Mullo xo'ja Eshon)ni o'g'li 31.Sayyid mullo Fozilxon Raxmatilloxonni o'g'li (Mullo xo'ja Eshon) Termiziy Salovotiy – Buxoroda Mir Arab madrasasida ta'lim olgan . (1805-noaniq)yy 32.Mullo Sayyid Gulxo'jaxon (Qoraxon) Eshon Fozilxonni o'g'li Termiziy Salovotiy – Buxoroda Mir Arab madrasasida ta'lim olgan .(1837-1918)yy 33.Sayyid Xusaynalixon Gulxo'jaxon (Qoraxon) o'g'li 33. Sayyid mullo Fayzuddinxon (Fayzulloxon) Gulxo'jaxon(Qoraxon) ni o'g'li Termiziy Salovotiy. (1883-55) yy

34. Sayyid Ibldulloxon mullo  Fayzuddinxonni o'g'li
34. Sayyid Jo'raxo'jaxon mullo  Fayzuddinxonni o'g'li
34.Sayyid Safarxon mullo  Fayzuddinxonni o'g'li Termiziy Salovotiy. (1917-1990)yy
35.Sayyid Shukurxon mullo Safarxonni o'g'li.(1938-2016)yy
     36. Safarova Xurshida  Shukurxo'ja qizi (1966-2015)yy
36. Safarov Ilyos  Shukurxo'ja o'g'li (1967-2011)yy
37. Shukurov Islomxo'ja Ilyos xo'ja o'g'li (1992)y
38.Ilyosiddinova Asal Islomxo'ja qizi (2018) y
38. Ilyosiddinova Said axror Islomxo'ja o'g'li (2021) y
37. Shukurov Fazliddin Ilyos xo'ja o'g'li (1993)y
38. . Ilyosiddinova Sayyid Muhammad Fazliddinxo'ja o'g'li (2021) y
37. Shukurov Shamsiddin Ilyos xo'ja o'g'li  1996y
37. Shukurov Asilbek Ilyos xo'ja o'g'li  2007y
     36. Safarova Zulayho  Shukurxo'ja qizi (1968)y
     36. Safarova Nargiza  Shukurxo'ja qizi (1970)y
     36. Safarova Mashxura  Shukurxo'ja qizi (1973)y
     36. Safarova Muattar Shukurxo'ja qizi (1974)y
     36. Safarova Umida  Shukurxo'ja qizi (1975)y

36. Safarov Abduvoxidxon Shukurxo'ja o'g'li (1977)y

37.Shukurova Mohichehrabibi Abduvoxidxon qizi (
37. Shukurova Munisabibi Abduvoxidxon qizi
37. Shukurov Saidbunyodxon Abduvoxidxon o'g'li
37. Shukurov Saidbasirxon Abduvoxidxon qizi
   
36. Safarova Aziza  Shukurxo'ja qizi (1981)y
36. Safarova Maqsuda  Shukurxo'ja qizi (1987)y
35. Sayyid Shavkatxon Safarxon o'g'li.(1945-2014)yy
     Shavkatxo'jani zavjasi Yaxyaeva Raxilabibi Aslamxon qizi (1945)y
36. Saparov Saidshuxrat Shavkatxo'ja o'g'li (1969)y
37. Shavkatxo'jaev Saidshaxboz Shuxratxo'ja o'g'li (2001)y
    37. Shavkatxo'jaeva Marjona bibi  Shuxratxo'ja qizi (2005)y
     36. Safarova Dilfuza  Shavkatxo'ja qizi
36. Safarov G'ayratxo'ja Shavkatxo'ja o'g'li (1974) y
      37. Shavkatova Bibirobiya G'ayratxo'ja qizi (1999)y

37. Shavkatov Bekzod G'ayratxo'ja o'g'li (2002)y

       37.Shavkatxo'jaeva Muslima G'ayratxo'ja qizi (2004)y

37. Shavkatovxo'jaev Saidzubayir G'ayratxo'ja o'g'li (2008)y

       37.Shavkatxo'jaeva Madina G'ayratxo'ja qizi (2007)y

36. Saparov O'tkirxo'ja Shavkatxo'ja o'g'li (1975)y 37. Shavkatov Asliddin O'tkirxo'ja o'g'li

      36.Safarova Zulfizar  Shavkatxo'ja qizi (1977)y
      36.Safarova Zulxumor  Shavkatxo'ja qizi (1984)y
35. Sayyid Dilovarxon Safarxon o'g'li.(1947)y
36. Safarova Feruza(1971)y
Z6. Safarova To'xtagul(1979)y
Z6. Safarova Surayyo (1988)y
Z6. Safarova Qurbonoy(1997)y
     35. Sharofat bibi Safarxon qizi. (1949)y
     35.Nasiba bibi Safarxon qizi.(1951)y
     35.Muyassar bibi Safarxon qizi. (1953)y
     35. Nazokat bibi Safarxon qizi. (1959)y
35.Sayyid Davutxon Safarxon o'g'li.(1961) y 
36.Safarova Maftunabibi Sayyid Davutxon qizi. (1984)y
36.Safarov Uchqunxon Sayyid Davutxon o'g'li. (1987)y
37. Sayyid Dilshodxon  Uchqunxon o'g'li. (2014)y

37. Sayyid Madinabonu Uchqunxon qizi. (2017)y

37. Sayyid Akbarxon  Uchqunxon o'g'li. (2021)y
36. Safarov Ilxomxon Sayyid Davutxon o'g'li. (1990)y
37. Sayyid Komilxon Ilxomxon o'g'li. (2020)y
36. Safarova Manzurabibi Sayyid Davutxon qizi. (1992)y
35.Sayyid Nomonxon Safarxon o'g'li. (1964)y
36. Safarov Sayyid Jamshidxon Sayyid Nomonxon o'g'li(1989) y
36. Safarov Setorabibi Sayyid Nomonxon qizi(1991)y
36. Safarov Sayyid Jasurxon Sayyid Nomonxon o'g'li (1995)y
34. Sayyid Jo'raxo'jaxon Mullo Fayziddinxon (Fayzulloxon) o'g'li (1919-1992)yy 

35. Asrorova Rajaboy bibi Sayyid Jo'raxo'jaxon qizi (1948-2008)yy 35. Jo'raeva Zarifa bibi Sayyid Jo'raxo'jaxon qizi(1949-2017)yy 35.Fayzullaev Sayyid G'oyibnazarxon Jo'raxo'jaxon o'g'li (1957-2018)yy 36.Fayzullaev Sayyid Farxodxon G'oyibnazarxon o'g'li (1982)y 37. Fayzullaeva Mubina bibi Sayyid Farxodxon qizi (2008)y 37. Fayzullaeva Oyisha bibi Sayyid Farxodxon qizi (2009)y 37. G'oyibnazarov Sayyid Abdurahmon Farxodxon o'g'li (2019)y 37. G'oyibnazarova Soliha bibi Sayyid Faxriddinxon qizi (2016)y 36. Fayzulleva Lobar bibi Sayyid G'oyibnazarxon qizi (1984)y 36. Fayzullaeva Nilufar bibi Sayyid G'oyibnazarxon qizi (1987)y 36.Fayzullaev Sayyid Faxriddinxon G'oyibnazarxon o'g'li (1988)y 37. G'oyibnazarova Soliha bibi Sayyid Faxriddinxon qizi (2016)y 37. G'oyibnazarov Sayyid Muxammad-Amin Faxriddinxon o'g'li (2020)y 36. Fayzullaeva Dilshoda bibi Sayyid G'oyibnazarxon qizi(1994)y 36.Fayzullaev Sayyid Shuxratxon G'oyibnazarxon o'g'li (1996)y 35. Fayzullaev Sayyid Bobonazarxon Sayyid Jo'raxo'jaxon o'g'li (1960-1998)yy

TUPROQ KOLLOIDLARI, TUPROQNING SINGDIRISH QOBILIYATI

tahrir

Tuproq kolloidlari ham boshqa barcha kolloidlar singari xossalarga ega bo’lsa- da, ayrim xususiyatlari jumladan, ularni tashkil etuvchi moddalarning sifat tarkibi bilan farq qiladi. Odatda zarrachalar o’lchami 1 mikrondan kichik bo’lganda kolloid xossasi ro’y beradi. Shuning uchun kolloidlarga qadarli fraksiyalar (1-0,2μ) ham ajratiladi. Kolloidlar xossasiga ega bo’lgan barcha zarrachalar yig’indisiga t u p r o q n i n g k o l l o i d k o m p l ye k s i yoki K.K.Gedroys bo’yicha t u p r o q n i n g s i n g d i r i sh k o m p l ye k s i (TSK)deyiladi. Tuproqning singdirish kompleksi jumladan kolloidlar tuproqda kechadigan moddalarning singdirishi va almashinishi kabi jarayonlarida bevosita ishtirok etadi. Tuproqning turli qattiq, suyuq va gazsimon moddalarni o’zida singdirishi yoki kolloidlar yuzasida ular konsentrasiyasini oshirish xossasiga t u p r o q n i n g s i n g d i r i sh q o b i l i ya t ideyiladi. Tuproqning eritmadan ba’zi moddalarni o’zida singdirib qolish qobiliyati uzoq o’tmishdan ma’lum. Yunon olimi Aristotel (eramizgacha 384-322 y) va XVI asrda Bekon Berberi sho’r suvni tuproq qatlamlari orqali o’tkazib, chuchuk suv olish tajribalarini o’tkazadi. Angliyalik olimlar Tompson va Spens 1845 yilda dastlabki laboratoriya tadqiqotlarida tuproqda almashinish qobiliyatiga ega bo’lgan asoslar borligi ko’rsatib o’tildi. Angliyalik olim D.T.Uey tuproq eritmadagi birikmalarni tuz holida emas, balki tuzlarning asoslarinigina singdiradi; tuproq bilan eritma orasidagi almashinish reaksiyasi juda tez-darhol va ekvivalent miqdorida bo’ladi. Agar eritmada erkin holdagi ishqorlar (NaOH, KOH kabi) bo’lsa, ular tuproqda to’liq singdiriladi (V.V.Dokuchayev, P.A.Kostichev, A.N.Sabaninlar o’z tadqiqotlarida tuproqning singdirish qobiliyatini o’rganishga alohida e’tibor berdilar. Ayniqsa tuproq kolloidlari va singdirish qobiliyatini o’rganish borasida jahon miqyosidagi yangiliklar bilan boyitgan olim K.K.Gedroysning xizmatlari alohida ahamiyatga ega. Ko’p yillik ilmiy-tadqiqod ishlarining natijalari akademik K.K.Gedroysning «Tuproqning singdirish qobilyati haqida ta’limot» (1922) asarida bosilib chiqdi. Tuproqning singdirish qobiliyati haqidagi ta’limotni keyinchalik yanada rivojlanishida G.Vigner, S.Matson, Ye.N.Gapon (20-30 yillarda) va so’ngra A.N.Sokolovskiy, N.P.Remezev, A.f.Tyulin, I.N.Antipov-Karatayev, S.N.Alyoshin, N.I.Gorbunov, F.Kelli va boshqalarning xizmatlari katta bo’ldi. Tuproqning singdirish jarayonlarida kolloidlar asosiy ahamiyatga ega. Tuproq kolloidlari asosan ikki yo’l: yirik zarralarning mexanik va kimyoviy nurab, maydalanishi hamda molekulalar va ionlarning kimyoviy, fizikaviy yo’llar bilan birikishi (kondensasiyasi) natijasida hosil bo’ladi. Tarkibiga ko’ra tuproq kolloidlari mineral, organik va ular kompleksidan iborat organik-mineral gruppalarga bo’linadi. Tuproq kolloidlarining xarakterli xususiyati ular solishtirma yuzasi : (ya’ni ma’lum massa yoki hajmdagi tuproq zarrachalarining yuzasi m2 yoki sm2 hisobida) ning katta bo’lishi va shunga ko’ra sathiy energiyasining yuqori bo’lishidir. Buni tasavvur etish uchun 1 sm3hajmdagi qattiq jismni tashkil etuvchi barcha kublar yuzasi maydonini hisoblashdan olingan quyidagi raqamlarni keltirishkifoya 2. Tuproq kolloidlari nihoyatda kichik ultramikroskopik zarracha - bo’lsa-da juda murakkab tuzilgan. Kolloid zarracha, ular yuzasidagi ionlar qatlami bilan birga kolliod misella deyiladi degan xulosalargak . Misellaning tuzilishi. (N.I. Gorbunov buyicha) Kimyoviy tarkibidan qat’iy nazar kolloid misella asosan uch qavatdan - yadro, ichki qavat va sirtqi qavatdan iborat. Kolloid misella asosini uning yadrosi tashkil etadi. Yadro kimyoviy jihatdan murakkab birikma bo’lib, amorf yoki kristalik tuzilishlidir. Mineral kolloidlar yadrosi asosan alyumokislotalar hamda ba’zan kremniy kislota, temir va alyuminiy oksidlaridan tashkil topgan. Organik kolloidlar yadrosi asosan gumin kislotasi, fulvokislotalari, protein, kletchatka va boshqa murakkab organik moddalardan iborat. Yadro ustida ikkita qarama-qarshi zaryadlangan ionli qatlam joylashgan. Bevosita yadro ustida joylashgan ionlarga potensiallarni aniqlovchi (potensiallovchi) ionlar, tashqi qatlamdagiionlarga kompensirlovchi yoki harakatsiz ionlar qatlami deyiladi. eldi.Potensiallarni aniqlovchi ionlar qatlami ko’pincha manfiy zaryadlangan bo’lib, kompensirlovchi qatlam esa, shu manfiy zaryadlarga teng keladigan miqdordagi musbat ionlari zaryadlaridan iborat. Kompensirlovchi ionlar tuproqshunoslikda almashinuvchi yoki singdiriluvchi kationlar ham deyiladi. Ko’pchilik singdirilgan kationlar potensiallarni aniqlovchi ionlar yonida joylashgan bo’lib, harakatsiz ionlar qatlamini tashkil etadi. Singdirilgan kationlarning oz qismi potensiallarni aniqlovchi ionlar qatlamidan ancha uzoqroq masofada joylashib Misella yadrosi potensiallarni aniqlovchi ionlar qatlami bilan birga granula deyiladi. Granula kompensirlovchi ionlarning harakatsiz qatlami bilan birga kolliod zarracha deb ataladi. Zaryadlanishiga ko’ra tuproq kolloidlari uch gruppaga ajratiladi. Asidoidlar - zarracha manfiy zaryadlangan bo’lib almashinuvchi ionlar vodorod va boshqa kationlar hisoblanadi. Bazoidlar - zarracha musbat zaryadlangan bo’lib, almashinuvchi ionlar gidroksil va boshqa ionlardan tashkil topgan. Amfolitoidlar - zarracha musbat yoki manfiy zaryadlangan bo’lishi mumkin. Eritmadagi vodorod ionlarining konsentrasiyasiga ko’ra amfolitoidlarda almashinuvchi vodorod yoki gidroksil ionlari mavjud bo’ladi. Shuning uchun ular muhit reaksiyasiga qarab asidoid yoki bazoidlarga o’xshaydi. Amfolitoidlarga temir va alyuminiy gidroksidlarining kolloidlari kiradi. Kolloid zarrachalar elektr zaryadiga ega bo’lganligi sababli suv molekulalarini tortib olib gidratlanadi va o’z yuzasida suv pardasini hosil qiladi. Suv pardasining qalinligi kolloidlarning tarkibi, tabiati va zaryadlari miqdoriga ko’ra harxildir. Qalin suv pardasi bilan o’ralgan kolloidlarga gidrofil va yaxshi gidratlanmagan kolloidlarga gidrofob kolloidlar deyiladi. Tuproqdagi gumus kislotalari, oqsillar va kremniy kislotasining kolloidlari gidrofil bo’lib, temir va alyuminiy gidrati oksidlari va kaolinit gruppasi minerallarining kolloidlari gidrofobdir. Suv pardasi kolloid zarrachalarning bir-biriga ta’sir kuchini pasaytiradi, ularning birikishi kamayib, qiyin koagullanadi.Tuproq kolloidlari ham boshqa kolloidlar kabi ikki, ya’ni zol va gel holida bo’ladi. Zol holidagi kolloid suyuq muhitda erigan va tarqoq holatda bo’lib, bir xil zaryadli (ko’pincha manfiy) bo’lganida to’xtovsiz harakat qilib turadi. Gel holidagi kolloid aksincha har xil zaryadli bir qancha kolloid zarrachalar yig’indisidan iborat, yopishqoq quyqa shaklda bo’lib, suyuq muhitda osonlik bilan cho’kish xususiyatiga ega. Zol holidagi kolloidlarning turli omillar ta’sirida bir-biri bilan yopishib, tuplanib cho’kma hosil qilishi, ya’ni gel holatiga o’tishiga koagulyasiya, aksincha, gel holatidagi kolloidlarning yana qayta tarqalib zol hosil bo’lishiga peptizasiya jarayoni deyiladi. Koagulyasiya asosan turli elektrolitlar ta’sirida zoldagi zaryadlarning yo’qolib, neytrallanish natijasida yuzaga keladi. Shuningdek, tabiatda koagullanish tuproqning qurishi yoki muzlashi natijasida ham ro’y beradi. Bunday sharoitda elektrolitlarning zollarga ta’sir kuchi yuqoribo’ladi. , diffuziya qatlamini hosil qiladi. Gidrofob kolloidlarning elektorolitlar ta’sirida koagullanishi oson bo’lib, gidrofil kolloidlarda esa faqat yuqori konsentrasiyali elektrolitlar bo’lganda yuzaga keladi. Gidrofil kolloidlar ko’pincha zol hosil qilib, peptizasiya jarayonlarini kuchaytiradi. Bunda ayniqsa kolloidlarning gidroksil (OH-) ionlari va yuqori gidratlangan kationlar (masalan, Na) bilan to’yinganligi katta rol o’ynaydi. Peptizasiya natijasida tuproq strukturasi buzilib, uning fizikaviy va suv xossalari yomonlashadi. Kolloidlar koagullanishi asosan kolloidlar bilan elektrolitlar, ya’ni tuproqning suyuq qismidagi tuz, kislotalar va ishqorlarning o’zaro ta’siri natijasida vujudga keladi. Chunki bu elektrolitlar (CaCl2, NaOH, HCl) dissosilanish natijasida musbat kationlar (Ca2+, Na+, H+) va manfiy zaryadli (Cl-, OH-) anionlarga ajraladi. Ana shu kation yoki anionlar ta’sirida kolloid zarrachalar neytrallanadi va boshqa kolloid misella tomonidan tortib olinib, koagullanadi. Tuproq kolloidlari ko’pincha manfiy zaryadlanganligi sababli, bu hodisa musbat zaryadli ionlar ta’sirida ro’y beradi. Tuproq kimyoviy degradasiyasi jarayonlari, tuproq reaksiya yoki ph noqulay o’zgarishlarga qarangzaxiralarining kamayishi va o’simlik oziq moddalar mavjudligi, qobiliyati zaharli yakson qilishmoddalar, ildiz zonasida tuzlarning ortiqcha pullaridan kamaytirish va. asosiy kimyoviy quyidagicha jarayonlari: Oksidlash - asoslarini eritmaga yoki acidproducing qo’shilishi oqibatida tuproq ph pasayishi o’g’itlar. Oziqlantiruvchi kamayish - muhim o’simlik ozuqa (masalan, N, P, K, Ca, Mg olib tashlash, Anorganik bilan to’ldirish holda terish o’simliklar yoki haddan tashqari eritmaga tomonidan) yoki organik tuzatishlar Toxification - bir darajaga ba’zi elementlar (masalan, Al, Mn, Fe) ortiqcha pullaridan debo’simliklar zaharli hisoblanadi Sho’rlanishi - ildiz zonasida eruvchan tuzlarning ortiqcha pullaridan elektr bunday to’yingan bazasini o’tkazuvchanlik 4 DS/sm (1.6 Plitalar) oshib Alkalinization yoki sodication - ildiz sodic tuzlar (Na ion) ning afzallik> 8.5 15 natriy yutilish nisbati (SAR) va tuproq pH olib zonasi ifloslanishi / ifloslanishi - sanoat, shaxta chiqindilarni ariza va shaharifloslantiruvchituproqqa.9 Koagullanishning borish tezligi, shu jarayonda ishtirok etadigan kation yoki anionlarning valentligiga, kolloidlar turiga va tuproqning mexanik hamda kimyoviy tarkibiga bog’liq. Mineral kolloidlar organik kolloidlarga nisbatan rayeksiyaga tezroq kirishadi, shuningdek bir valentli (Na+, K+) kationlar ikki va uch valentli (Ca2+, Mg2+, Fe3+) kationlarga nisbatan koagullanishda sust ishtirok etadi. K.K.Gedroys koagullanish qobiliyatiga ko’ra barcha kationlarni quyidagi liotrop qatorga joylashtiradi: Li+< Na+< NH4+< K+< Mg2+< H+< Ca2+< Ba2+< Al3+< Fe3+ Bir valentli kationlar bilan to’yingan kolloidlar asosan zol holatda bo’ladi; bir valentli kationlar ikki va uch valentli kationlar bilan almashganda gel holatiga o’tadi. Masalan,tuproqsingdirishkompleksiningnatriybilanto’yinishinatijasidazolhosil bo’lib, tuproqning chang holatga kelishiga, tuproq kolliodlari zaryadining oshishi va gidratlanishiga sabab bo’ladi. Natriyning kalsiy bilan almashinishi esa koagullanishga va tuproqda suvga chidamli strukturaning yuzaga kelishiga olib keladi. Ishqoriy reaksiya turli oksidlar kolloidlarining cho’kmaga tushishi va organik hamda ba’zi mineral kolloidlarning zol holatiga o’tishini kuchaytiradi. Kolloidlar koagullanishi qaytar va qaytmas bo’ladi. Bir valentli kationlar (Na+, K+, H+) ta’sirida vujudga kelgan gel osonlik bilan yana zolga o’tganligi uchun uni qaytar koagullanish deyiladi. Ikki va uch valentli (Ca2+, Mg2+, Fe3+) kationlar ta’sirida paydo bo’lgan gel yana qayta zolga o’tmaganligi uchun qaytmas koagullanish deb ataladi. Qaytmas koagullanish tuproqdagi suvga chidamli strukturalarni hosil qiladi va uni uzoq saqlab qoladi. Musbat zaryadlangan kolliodlar koagullanishida anionlar qatnashadi. Lekin ko’pchilik tuproq kolloidlari manfiy bo’lganidan, bu xildagi koagullanish kam uchraydi. Tuproq qatlamlarida to’planadigan manfiy zaryadli organik va mineral moddalarning musbat kolloidlari bir-biri bilan aralashib, o’zaro ta’sirlashuvidan elektrolitsiz koagullanish vujudga keladi. Ana shunday koagullanish podzol va sho’rtob tuproqlarning illyuvial gorizontlarida ko’p uchraydi. Neytral va unga yaqin reaksiyali karbonatli tuproqlar (qora, kashtan va bo’z tuproqlar) dagi koagullanish natijasida turli mayda zarrachalar birikib, mikrostrukturali va keyinchalik yirik donador strukturalarni paydo qiladi. Natijada tuproqlarning fizik-suv, fizik-mexanik xossalari yaxshilanadi. Demak tuproq kolliodlari bilan bevosita bog’liq bo’lgan koagullanish va singdirish jarayonlari dehqonchilikda muhim ahamiyatga ega.Tuproqda kechadigan singdirish jarayonlari o’z tabiati bilan nihoyatda murakkab bo’lib, jumladan, turli moddalarning zarrachalar yuzasida yutilib, ushlanib qolinishi yoki ularning bevosita singdirilmasligi kabi xilma-xil hodisalar yig’indisini o’z ichiga oladi. Tuproqning singdirish qobiliyati turli kimyoviy, fizikaviy, fizik- kimyoviy va biologik jarayonlar ta’sirida ro’y beradi. Akademik K.K.Gedroys tuproqda moddalarning singdirilishi (yutilishi) va bunda yuz beradigan turli jarayonlarni e’tiborga olib, tuproqning singdirish qobiliyatini: mexanik, biologik, kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy kabi besh turgaajratadi. Mexanik singdirish qobiliyati. Atmosfera yog’inlari va sug’orish suvlaridagi mayda loyqa zarrachalarning tuproq qatlamlarida to’liq yoki qisman ushlanib qolinishiga mexanik singdirish deyiladi. Masalan, yerni loyqa suv bilan sug’organda undagi mayda gard holidagi zarrachalar tuproqning g’ovaklarida mexanik ravishda saqlanib qoladi. Mexanik singdirish tuproqning mexanik tarkibi va g’ovakligiga bog’liq. Og’ir qumoq va soz mexanik tarkibli tuproqlarda qumloq va qumli tuproqlarga nisbatan bunday singdirish yuqori bo’ladi. Tuproq zarrachalari orasidagi kapillyar g’ovaklar qanchalik kichik bo’lsa, unda o’lchami kattaroq zarrachalar shuncha ko’p to’planadi, shuningdek , zichlangan tuproqlarda g’ovaklikka nisbatan mexanik singdirish kuchliroqdir. Mexanik singdirish tuproqning muhim xossasi hisoblanadi. Bahorgi oqim suvlardagi ko’plab loyqa zarrachalari va undagi oziq moddalar suv sizib o’tgandan keyin, tuproqda singdirilib qolinadi. Tuproqning mexanik singdirish qobiliyatidan dehqonchilikda va sug’orish amaliyotida keng foydalaniladi. Masalan, dehqonlarimiz azaldan toshloq va qumli yerlarning fizik holatini yaxshilash, suvning sizib ketishini kamaytirish maqsadida maydonlarga suv bilan loyqa yuborib, yotqizishgan (kolmataj). Ana shu yo’l bilan toshloq yerlarni yaroqli holga keltirishgan. Loyqa yotqizish hozirgi vaqtda g’ovak gipsli tuproqlarning fizikaviy xossalarini yaxshilab borishda ham keng foydalanilishi mumkin. O’rta Osiyoning qator daryolarining loyqa suvlari bilan (masalan, Amudaryo suvida loyqa ko’p bo’ladi) yerni sug’organda tuproqda mexanik singdirilish natijasida, loyqa bilan birga ko’plab oziqaviy moddalar to’planadi va tuproq unumdorligi ham oshibboradi. Biologik singdirish qobiliyati o’simliklar va tuproq mikroorganizmlarining hayot faoliyati bilan bog’liq. O’simliklar rivojlanish davrida tuproq eritmasidan o’ziga kerakli moddalarni tanlab oladi va ularni organik moddalarga aylantirib, tuproqda mustahkam ushlab qoladi. Natijada o’simliklarning ildizi tarqalgan tuproq qatlamlarida organik moddala moddalar bilan bir qatorda, ko’plab har xil kul elementlari va azot to’planadi va yuvilishdan saqlanib qolinadi. Dukkakli o’simliklarning 2 metrdan oshadigan ildizlari tuproqning pastki qatlamlaridan kaliy, fosfor, kalsiy,oltingugurt kabi elementlarni so’rib olib, tuproqning yuqori qatlamlarida to’playdi. Tuproq mikroorganizmlari organik moddalarni parchalab, kul elementlarini aktiv o’zlashtiradi. Ba’zilari atmosferadagi azotni fiksasiyalab, ularni oqsil moddalarning birikmalari holida tuproqda ushlab,mustahkamlaydi. Demak, biologik singdirish natijasida tuproqda o’simliklar uchun zarur oziqa moddalar, jumladan, azot to’planadi va tuproq unumdorligi yaxshilanib boradi.Ye.N.Mishustin ma’lumoticha, madaniylashgan chimli podzol tuproqlarning har gektarida bir yilda biologik singdirilish natijasida 120 kg azot, 40 kg fosfor, 25 kg kaliy to’planadi. Kimyoviy singdirish qobiliyati. Tuproqda kechadigan kimyoviy reaksiyalar natijasida eritmadagi birikmalarning qiyin eriydigan holda cho’kmaga tushishi va tuproqda mustahkam ushlanib qolinishiga kimyoviy singdirish deyiladi. kationlardan Ca2+, Mg2+, Fe3+, Al3+ singarilar singdirilishi mumkin. Tuproqqa tushadigan atmosfera yog’inlari, sizot va sug’orish suvlari tarkibidagi kation va anionlar tuproq eritmasidagi tuzlar bilan erimaydigan va qiyin eriydigan birikmalar hosil qiladi va natijada tuproqda singib qoladi.Masalan: 1) TSK]Ca2++ Na2SO4 TCK]2Na +CaSO4; 2) TSK]Ca2+ + 2NaHCO3 TSK] 2 Na +Ca(HCO3)2Ca (HCO3)2 H2O + CaCO3+CO2; 3) Na2CO3+ CaSO4 CaCO3 + Na2SO4; 4) Al(OH)3 + H3PO4 AlPO4 +3H2O; Agar karbonatli yerga tarkibida fosfor kislotaning eriydigan tuzi bo’lgan superfosfat Ca(H2PO4)2 solinsa, u holda bu tuz tuproq eritmasidagi kalsiy tuzlari bilan quyidagicha reaksiyaga kirishib, suvda qiyin eriydigan uch kalsiy fosfat Ca3(PO4)2 hosil bo’ladi:

2 CaCO3 + Ca(H2PO4)2 = Ca3(PO4)2 +2H2SO3	CO2+H2O

(ohak) (superfosfat)(cho’kma)6 singdirilish natijasida o’simliklarning fosfordan foydalanish koeffisiyenti juda kam (20-25 foiz). Shu sababli hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligida yaxshiroq eriydigan va o’simliklar uchun qulay bo’lgan o’g’it-ammofos qo’llanilmoqda. Kislotali tuproqlar (podzol, chimli-podzol, qizil tuproqlar) da temir va alyuminiy gidrooksidlari ko’p bo’lganidan fosfor kislotasi ionlari bilan reaksiyaga kirib, qiyin eriydigan temir va alyuminiy fosfatlari vujudga keladi. Demak, fosforli o’g’itlardan foydalanilayotganda tuproqning kimyoviy singdirish qobiliyatiga alohida e’tibor berishlozim. Fizikaviy singdirish qobiliyati. Tuproqning mayda dispers (kolloid) zarrachalari yuzasida turli moddalar konsentrasiyasi oshirilishiga fizikaviy singdirish qobiliyati deyiladi. Tuproqdagi mayda zarrachalarning yuza energiyasi ta’sirida turli gaz va suv bug’lari, mikroorganizmlar va organik moddalar fizik yo’l bilan singdiriladi hamda ularni tuproqdan yuvilib ketishdan saqlaydi. Fizikaviy singdirishda adsorbilanish ya’ni kolloidlar yuzasida moddalar konsentrasiyasining ko’payishi yuz berganidan, bu singdirishga molekulyar singdirish yoki adsorbilanish deb ham yuritiladi. Fizikaviy singdirish tuproqning mexanik va mineral tarkibiga, gumus miqdoriga bog’liq. Mexanik zarrachalar qanchalik mayda va gumus ko’p bo’lsa adsorbilanish xususiyati shuncha yuqori bo’ladi. Fizik yoki molekulyar adsorbilanish natijasida organik moddalardan hosil bo’lgan ammoniy kabi azot birikmalari hamda eritmadagi turli tuzlar tuproqda singdirilib, yuvilishdan saqlanibqoladi Ana shunday

O‘ZBEK TILIDA INGLIZCHA O‘ZLASHMA SO‘ZLAR SISTEMASI

tahrir

Inglizcha o‘zlashmalar sinonimik, antonimik kabi leksik-semantik munosabatlarda bo‘lar ekan, muayyan paradigma a’zolari bilan birgalikda mavzuviy guruhlarga birlashadi. Bu kabi mavzuviy guruhlar tilda iyerarxik (pog‘onali) munosabatlar asosida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Tilning lug‘at tarkibi jamiyatdagi o‘zgarishlarga mos rivojlanishda bo‘lar ekan, leksikaning boyishida o‘zlashma so‘zlarning o‘rni birlamchi vazifa bajaradi. Istiqloldan so‘ng o‘zlashma so‘zlarning tilimizga bevosita o‘zlashishi kuchaydi. Xususan, inglizcha o‘zlashmalar bunda muhim ahamiyat kasb etadi. Tilimizga o‘zlashgan inglizcha so‘zlarni ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va sport sohasi mavzuviy guruhlariga ajratib o‘rganish mumkin. Sport sohasi mavzuviy guruhiga oid inglizcha o‘zlashmalar mustaqillikdan so‘ng shu qadar ko‘p o‘zlashdiki, ularni madaniy-ma’rifiy soha so‘zlaridan ajratib, sistemali tarzda o‘rganish qulay va o‘rinlidir. Hozirgi paytda bu so‘zlarning ko‘pchiligi zamonaviy qatlam so‘zlari sifatida og‘zaki va yozma nutqda faol ishlatilmoqda. Inglizcha o‘zlashmalarni quyidagi mavzuviy guruhlar asosida tasniflab o‘rganish mumkin: 1. ijtimoiy-siyosiy sohaga oid mavzuviy guruh leksikasi;

2. iqtisodiy sohaga oid mavzuviy guruh leksikasi;

3. madaniy-ma’rifiy sohaga oid mavzuviy guruh leksikasi; 4. sport sohasiga oid mavzuviy guruh leksikasi.

Bugungi kunda hali lug‘atlarimizda qayd etilgan ko‘pgina o‘zlashmalar matbuot sahifalarida qo‘llanib kelmoqda. Ayniqsa, axborot texnologiyalari doirasida qo‘llanayotgan ko‘plab leksemalarning o‘zbekcha – lug‘atlarda tavsiya etilgan variantlari mavjud emas. Bizningcha, ularni zarurat bo‘lsa, tilimiz tabiatiga mos ravishda o‘zbekchalashtirib, lug‘atlarimizga kiritish lozim bo‘ladi. Quyida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va sport sohasiga oid mavzuviy guruh so‘zlarini ichki bo‘linishlar asosida tasniflab o‘rganamiz. Oziq-ovqat mahsulotlari nomi: bifshteks, gamburger, yogurt, keks, ketchup, jem kabilar. Ichimlik nomlari: kokteyl,koka-kola, pepsi-kola, pom, viski kabilar. Kiyim-kechak nomlari: jemper, jinsi, kovboyka, pidjak, pijama, sviter, trusi, reglan kabilar. Uy-ro‘zg‘or buyumlari nomi: mikser, pleyer//pleyyer kabilar. Kosmetika va maishiy mavzuga oid: sheyping, shampun, fen, servis kabilar. O‘rin-joy tushunchasini anglatuvchi nomlar: vokzal, dendropark, drenaj, skver, kemping, klub, kollej, kottej, motel, bar (kichik restoran, mayxona), tunnel, zoopark, xoll park, supermarket kabilar.Mato nomlari: belting, tik, reps, sheviot, neylon, koverkot kabilar. Tansport vositalari nomi: trolleybus, ekspress, tramvay, pikap, layner, treyler, tanker kabilar. Ilmiy terminologiya: Fan sohalari, yo‘nalishlar nomi: logistika, ufologiya, menejment kabilar. Dunyoqarash, nazariya va ijtimoiy-siyosiy soha terminlari: formalizm, sentrizm, tred-yunionizm, dominion, impichment, lokaut, sammit, sentrist, leyborist, lider, miting, spiker, charter, boykot kabilar. Iqtisodiy soha va savdo-sotiqqa oid: lizing, eksport, banknot, broker, varrant, vaucher, grant, demping, diler, diskont, import, importyor, investor, barter, budjet, marketing, menejer, xolding, kliring, konsalting, barmen, biznesmen, biznes kabilar. Tibbiyot sohasiga oid: ketgut, shok, gaymorit, traxeit, xinin, guttapercha, stress, drenaj kabilar. Matbaachilik (noshirlik)ka oid: press-konferensiya, press-sekretar, printer, rotaprint kabilar.Tilshunoslikka oid: innovatsiya, volapyuk kabilar. Chizmachilikka oid: vatman kabi. Leksemalarning mavzuviy guruhlarini turlicha tasniflar asosida o’rganish mumkin. Masalan, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, sport mavzusidagi va ularning ichki bo’linishidagi fan, san’at, dengizchilik, temir yo‘l, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik qurilish, savdo-sotiq, tibbiyot, matbaachilik, axborot texnologiyalari, telegraf, harbiy, maishiy mavzularga oid leksemalar o’ziga xos tizimga ega. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari nomi, ichimlik nomlari, kiyim-kechak nomlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari nomi, tashkilot nomlari, o‘rin-joy tushunchasini anglatuvchi nomlar, mato nomlari, tansport vositalari nomi, narkotik modda nomlari, yonilg‘i mahsuloti nomi, texnik jihoz nomlari ham o‘zbek tili leksikasidagi ayrim mavzuviy guruhlarning bo‘sh o‘rinlarini to‘ldirishga xizmat qilmoqda. Inglizcha o‘zlashma leksemalar orasida fan sohasi va ilmiy terminlarning alohida o‘z o‘rni bor. Xususan, pedagogika, psixologiya, etnografiya, fizika, jurnalistika, tarix, adabiyot, musiqa, tilshunoslik, biologiya, botanika, fiziolgiya, diyetologiya, geografiya, kimyo, zoologiya, chizmachilikka oid birliklar ham ilmiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Inglizcha o‘zlashma leksemalar orasida maishiy, savdo-sotiq borasidagilari ham o‘ziga xos bo‘lib, supermarket leksemasi hozirda neologizmlik xususiyatni yo‘qotib, zamonaviy qatlamga o‘tgan deyish mumkin. Savdo maskani uyasiga kiruvchi do‘kon, minimarket, supermarket, gipermarket, megamarket, savdo majmuasi (Moll ing. “mall” – xiyobon) leksemalari mavjud bo‘lib, gipermarket leksemasi neologizm xarakteriga ega. Megamarket, moll leksemalari esa rus tili leksikasiga xos bo‘lib, o‘zbek tiliga o‘zlashmagan. Bu leksemalar o‘ziga xos ma’noviy farqlanishga ega bo‘lib, bu farqlanish qaysi turdagi savdo mahsulotlarini sotish, umumiy yer maydoni, omborxonasi maydoni, bir vaqtning o‘zida qancha xaridorni qabul qila olishi, xizmat ko‘rsata olishi, kassa apparatlari soni, sotuvchilar miqdori, kerakli mahsulotlarni qancha miqdorda yetkazib bera olish qobiliyati kabilar bilan ham farqlanadi. Ularning o‘zaro farqini quyida kuzatishimiz mumkin. Do‘kon esa arabcha bo‘lib, tilimizda biror narsa sotish uchun maxsus jihozlangan savdo-sotiq xonasi sifatida izohlangan. Shuningdek, yuqoridagilardan tashqari katta yoki kichik turdagi savdo maskanlari nomi ham tilimizda uchrab turadi. O‘zbek tili leksikasidan o‘rin olgan inglizcha o‘zlashma so‘zlar semantikasidagi o‘zgarishlar sezilarli darajada bo‘lib, ular polisemantik xususiyatga ega bo‘lishdan tashqari, so‘z ma’nosining kengayishi, o‘zbekcha so‘z yasalishida faol qatnashishi kabi til hodisalari jarayonida yetakchi mavqe egallaydi. Inglizcha o‘zlashmalarning tilimizda qo‘llanilishi faollashayotgan ekan, ayrim o‘zlashmalarning lug‘aviy ma’nosi bilan bog‘liq etimologik tarixi ham til sohiblari uchun qiziqish uyg‘otmoqda. Masalan, o‘zlashish tarixi mustaqillikkacha bo‘lgan kovboy [ingl. cow-boy < cow – sigir + boy – yigit] leksemasining AQShning g‘arbiy shtatlarida otliq cho‘pon, podachi; mard, jasur yigit ma’nosini ifodalashi g‘ayri tabiiy tuyulmaydi. O‘zbek tili leksikasiga o‘zlashishi sezilarli darajada ta’sir qilgan 20 dan ortiq til o‘zlashmalari mavjud. Shuningdek, tilimizda faol bo‘lmasa-da, yana bir qator tillarning o‘zlashmalari ham uchrab turadi. Mustaqillikdan so’ng o’zlashma so’zlar orasida inglizcha o’zlashmalarning miqdori va ma’no taraqqitoti o’ziga xos. Istiqlolgacha bo‘lgan davrda o‘zlashgan ayrim leksemalar rus tilining tabiatiga moslashgan holda tilimizga o‘zlashgan. Masalan, chempionat, trenirovka, tanketka, kovboyka, trusi kabi leksemalar so‘ngida -at, -ka singari elementlarning kelish hollari inglizcha leksemalarning tabiatidan yiroq hisoblanadi. Shuningdek, bu kabi hodisani xaker, xuligan va xoll kabi leksemalarda h fonemasi o‘rniga x fonemasi ishlatilganidan ham sezish mumkin. Eski nashrdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga 80 ga yaqin inglizcha o‘zlashma so‘z kiritilgan bo’lsa, yangi nashrdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga 500 dan ortiq inglizcha o‘zlashma  so‘z izohlangan. Shuningdek, “O‘zbek tiliga o‘zlashgan inglizcha so‘zlarning izohli lug‘ati”da 350 dan ortiq so‘z, bundan tashqari, vaqtli matbuotda qo‘llanayotgan neologizmlar, “Inglizcha-o‘zbekcha-ruscha axborot texnologiyalari va internetga oid qisqacha atamalar lug‘ati” kabi inglizcha o‘zlashmalar hisobiga mingdan ortiq leksema tilimizga o’zlashganini aniq aytish mumkin. Kundalik so‘zlashuvda ishlatilayotgan va qo‘llanilishi faol bo‘lgan ayrim leksemalarning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan joy olmaganini kuzatish mumkin. Masalan, imij, koka-kola, minimarket, gipermarket, sensor chizburger, xot-dog, chipsi, netbuk, blutus, flesh xotira, vay-fay, planshet, intranet kabi ko‘plab leksemalar ham izohli lug‘atimizdan joy olishi zarur. Inglizcha o‘zlashmalarni leksikamizga o‘zlashishini mustaqillikkacha va mustaqtillikdan keyingi davrlarga bo‘lib o‘rganish mumkin. Ayrim fermer, biznes, bodibilding, gamburger, broyler kabi leksemalar mustaqillikkacha passiv holatda ishlatilib, mustaqillikdan keyingi davrlarda faollashgan bo‘lsa, ayrimlari brifeng, konsalting, trening, kemping, sheyping kabi leksemalar mustaqillikdan so‘ng o‘zlashgan leksemalardir. Tilning leksik tarkibi jamiyatning siyosiy, madaniy va ma’naviy hayoti bilan bog‘liq ravishda takomillashib boradi. Lug‘atlar ham jamiyatdagi siyosiy-ma’naviy qarashlarga mos holda yaratiladi. Eski va yangi nashrdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dagi biznes, fermer, savdogar leksemalariga berilgan izohlar qiyoslanganda yangi nashrdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da bu birliklarning tuzumga nisbatan xolisona va yangicha ifoda olgani ma’lum bo’ladi. Tilimizga o‘zlashgan inglizcha so‘zlarni ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va sport sohasi mavzuviy guruhlariga ajratib o‘rganish mumkin. Sport sohasi mavzuviy guruhiga oid inglizcha o‘zlashmalar mustaqillikdan so‘ng shu qadar ko‘p o‘zlashdiki, ularni madaniyma’rifiy soha so‘zlaridan ajratib, sistemali tarzda o‘rganish qulay va o‘rinlidir. Inglizcha o’zlashma leksemalar o’z qurshovidagi so’zlar bilan sinonimik, antonimik, omonimik va giponimik munosabatlarga kirishadi. O‘zbek tili leksikasidan o‘rin olgan inglizcha o‘zlashma so‘zlar semantikasidagi o‘zgarishlar sezilarli darajada bo‘lib, ular polisemantik xususiyatga ega bo‘lishdan tashqari, so‘z ma’nosining kengayishi, o‘zbekcha so‘z yasalishida faol qatnashishi kabi til hodisalari jarayonida yetakchi mavqe egallaydi.

O‘ZBEK TILIDA INGLIZCHA O‘ZLASHMA SO‘ZLAR SISTEMASI

tahrir

O‘ZBEK TILIDA INGLIZCHA O‘ZLASHMA SO‘ZLAR SISTEMASI Inglizcha o‘zlashmalar sinonimik, antonimik kabi leksik-semantik munosabatlarda bo‘lar ekan, muayyan paradigma a’zolari bilan birgalikda mavzuviy guruhlarga birlashadi. Bu kabi mavzuviy guruhlar tilda iyerarxik (pog‘onali) munosabatlar asosida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Tilning lug‘at tarkibi jamiyatdagi o‘zgarishlarga mos rivojlanishda bo‘lar ekan, leksikaning boyishida o‘zlashma so‘zlarning o‘rni birlamchi vazifa bajaradi. Istiqloldan so‘ng o‘zlashma so‘zlarning tilimizga bevosita o‘zlashishi kuchaydi. Xususan, inglizcha o‘zlashmalar bunda muhim ahamiyat kasb etadi. Tilimizga o‘zlashgan inglizcha so‘zlarni ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va sport sohasi mavzuviy guruhlariga ajratib o‘rganish mumkin. Sport sohasi mavzuviy guruhiga oid inglizcha o‘zlashmalar mustaqillikdan so‘ng shu qadar ko‘p o‘zlashdiki, ularni madaniy-ma’rifiy soha so‘zlaridan ajratib, sistemali tarzda o‘rganish qulay va o‘rinlidir. Hozirgi paytda bu so‘zlarning ko‘pchiligi zamonaviy qatlam so‘zlari sifatida og‘zaki va yozma nutqda faol ishlatilmoqda. Inglizcha o‘zlashmalarni quyidagi mavzuviy guruhlar asosida tasniflab o‘rganish mumkin: 1. ijtimoiy-siyosiy sohaga oid mavzuviy guruh leksikasi;

2. iqtisodiy sohaga oid mavzuviy guruh leksikasi;

3. madaniy-ma’rifiy sohaga oid mavzuviy guruh leksikasi; 4. sport sohasiga oid mavzuviy guruh leksikasi.

Bugungi kunda hali lug‘atlarimizda qayd etilgan ko‘pgina o‘zlashmalar matbuot sahifalarida qo‘llanib kelmoqda. Ayniqsa, axborot texnologiyalari doirasida qo‘llanayotgan ko‘plab leksemalarning o‘zbekcha – lug‘atlarda tavsiya etilgan variantlari mavjud emas. Bizningcha, ularni zarurat bo‘lsa, tilimiz tabiatiga mos ravishda o‘zbekchalashtirib, lug‘atlarimizga kiritish lozim bo‘ladi. Quyida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va sport sohasiga oid mavzuviy guruh so‘zlarini ichki bo‘linishlar asosida tasniflab o‘rganamiz. Oziq-ovqat mahsulotlari nomi: bifshteks, gamburger, yogurt, keks, ketchup, jem kabilar. Ichimlik nomlari: kokteyl,koka-kola, pepsi-kola, pom, viski kabilar. Kiyim-kechak nomlari: jemper, jinsi, kovboyka, pidjak, pijama, sviter, trusi, reglan kabilar. Uy-ro‘zg‘or buyumlari nomi: mikser, pleyer//pleyyer kabilar. Kosmetika va maishiy mavzuga oid: sheyping, shampun, fen, servis kabilar. O‘rin-joy tushunchasini anglatuvchi nomlar: vokzal, dendropark, drenaj, skver, kemping, klub, kollej, kottej, motel, bar (kichik restoran, mayxona), tunnel, zoopark, xoll park, supermarket kabilar.Mato nomlari: belting, tik, reps, sheviot, neylon, koverkot kabilar. Tansport vositalari nomi: trolleybus, ekspress, tramvay, pikap, layner, treyler, tanker kabilar. Ilmiy terminologiya: Fan sohalari, yo‘nalishlar nomi: logistika, ufologiya, menejment kabilar. Dunyoqarash, nazariya va ijtimoiy-siyosiy soha terminlari: formalizm, sentrizm, tred-yunionizm, dominion, impichment, lokaut, sammit, sentrist, leyborist, lider, miting, spiker, charter, boykot kabilar. Iqtisodiy soha va savdo-sotiqqa oid: lizing, eksport, banknot, broker, varrant, vaucher, grant, demping, diler, diskont, import, importyor, investor, barter, budjet, marketing, menejer, xolding, kliring, konsalting, barmen, biznesmen, biznes kabilar. Tibbiyot sohasiga oid: ketgut, shok, gaymorit, traxeit, xinin, guttapercha, stress, drenaj kabilar. Matbaachilik (noshirlik)ka oid: press-konferensiya, press-sekretar, printer, rotaprint kabilar.Tilshunoslikka oid: innovatsiya, volapyuk kabilar. Chizmachilikka oid: vatman kabi. Leksemalarning mavzuviy guruhlarini turlicha tasniflar asosida o’rganish mumkin. Masalan, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, sport mavzusidagi va ularning ichki bo’linishidagi fan, san’at, dengizchilik, temir yo‘l, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik qurilish, savdo-sotiq, tibbiyot, matbaachilik, axborot texnologiyalari, telegraf, harbiy, maishiy mavzularga oid leksemalar o’ziga xos tizimga ega. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari nomi, ichimlik nomlari, kiyim-kechak nomlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari nomi, tashkilot nomlari, o‘rin-joy tushunchasini anglatuvchi nomlar, mato nomlari, tansport vositalari nomi, narkotik modda nomlari, yonilg‘i mahsuloti nomi, texnik jihoz nomlari ham o‘zbek tili leksikasidagi ayrim mavzuviy guruhlarning bo‘sh o‘rinlarini to‘ldirishga xizmat qilmoqda. Inglizcha o‘zlashma leksemalar orasida fan sohasi va ilmiy terminlarning alohida o‘z o‘rni bor. Xususan, pedagogika, psixologiya, etnografiya, fizika, jurnalistika, tarix, adabiyot, musiqa, tilshunoslik, biologiya, botanika, fiziolgiya, diyetologiya, geografiya, kimyo, zoologiya, chizmachilikka oid birliklar ham ilmiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Inglizcha o‘zlashma leksemalar orasida maishiy, savdo-sotiq borasidagilari ham o‘ziga xos bo‘lib, supermarket leksemasi hozirda neologizmlik xususiyatni yo‘qotib, zamonaviy qatlamga o‘tgan deyish mumkin. Savdo maskani uyasiga kiruvchi do‘kon, minimarket, supermarket, gipermarket, megamarket, savdo majmuasi (Moll ing. “mall” – xiyobon) leksemalari mavjud bo‘lib, gipermarket leksemasi neologizm xarakteriga ega. Megamarket, moll leksemalari esa rus tili leksikasiga xos bo‘lib, o‘zbek tiliga o‘zlashmagan. Bu leksemalar o‘ziga xos ma’noviy farqlanishga ega bo‘lib, bu farqlanish qaysi turdagi savdo mahsulotlarini sotish, umumiy yer maydoni, omborxonasi maydoni, bir vaqtning o‘zida qancha xaridorni qabul qila olishi, xizmat ko‘rsata olishi, kassa apparatlari soni, sotuvchilar miqdori, kerakli mahsulotlarni qancha miqdorda yetkazib bera olish qobiliyati kabilar bilan ham farqlanadi. Ularning o‘zaro farqini quyida kuzatishimiz mumkin. Do‘kon esa arabcha bo‘lib, tilimizda biror narsa sotish uchun maxsus jihozlangan savdo-sotiq xonasi sifatida izohlangan. Shuningdek, yuqoridagilardan tashqari katta yoki kichik turdagi savdo maskanlari nomi ham tilimizda uchrab turadi. O‘zbek tili leksikasidan o‘rin olgan inglizcha o‘zlashma so‘zlar semantikasidagi o‘zgarishlar sezilarli darajada bo‘lib, ular polisemantik xususiyatga ega bo‘lishdan tashqari, so‘z ma’nosining kengayishi, o‘zbekcha so‘z yasalishida faol qatnashishi kabi til hodisalari jarayonida yetakchi mavqe egallaydi. Inglizcha o‘zlashmalarning tilimizda qo‘llanilishi faollashayotgan ekan, ayrim o‘zlashmalarning lug‘aviy ma’nosi bilan bog‘liq etimologik tarixi ham til sohiblari uchun qiziqish uyg‘otmoqda. Masalan, o‘zlashish tarixi mustaqillikkacha bo‘lgan kovboy [ingl. cow-boy < cow – sigir + boy – yigit] leksemasining AQShning g‘arbiy shtatlarida otliq cho‘pon, podachi; mard, jasur yigit ma’nosini ifodalashi g‘ayri tabiiy tuyulmaydi. O‘zbek tili leksikasiga o‘zlashishi sezilarli darajada ta’sir qilgan 20 dan ortiq til o‘zlashmalari mavjud. Shuningdek, tilimizda faol bo‘lmasa-da, yana bir qator tillarning o‘zlashmalari ham uchrab turadi. Mustaqillikdan so’ng o’zlashma so’zlar orasida inglizcha o’zlashmalarning miqdori va ma’no taraqqitoti o’ziga xos. Istiqlolgacha bo‘lgan davrda o‘zlashgan ayrim leksemalar rus tilining tabiatiga moslashgan holda tilimizga o‘zlashgan. Masalan, chempionat, trenirovka, tanketka, kovboyka, trusi kabi leksemalar so‘ngida -at, -ka singari elementlarning kelish hollari inglizcha leksemalarning tabiatidan yiroq hisoblanadi. Shuningdek, bu kabi hodisani xaker, xuligan va xoll kabi leksemalarda h fonemasi o‘rniga x fonemasi ishlatilganidan ham sezish mumkin. Eski nashrdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga 80 ga yaqin inglizcha o‘zlashma so‘z kiritilgan bo’lsa, yangi nashrdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga 500 dan ortiq inglizcha o‘zlashma  so‘z izohlangan. Shuningdek, “O‘zbek tiliga o‘zlashgan inglizcha so‘zlarning izohli lug‘ati”da 350 dan ortiq so‘z, bundan tashqari, vaqtli matbuotda qo‘llanayotgan neologizmlar, “Inglizcha-o‘zbekcha-ruscha axborot texnologiyalari va internetga oid qisqacha atamalar lug‘ati” kabi inglizcha o‘zlashmalar hisobiga mingdan ortiq leksema tilimizga o’zlashganini aniq aytish mumkin. Kundalik so‘zlashuvda ishlatilayotgan va qo‘llanilishi faol bo‘lgan ayrim leksemalarning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan joy olmaganini kuzatish mumkin. Masalan, imij, koka-kola, minimarket, gipermarket, sensor chizburger, xot-dog, chipsi, netbuk, blutus, flesh xotira, vay-fay, planshet, intranet kabi ko‘plab leksemalar ham izohli lug‘atimizdan joy olishi zarur. Inglizcha o‘zlashmalarni leksikamizga o‘zlashishini mustaqillikkacha va mustaqtillikdan keyingi davrlarga bo‘lib o‘rganish mumkin. Ayrim fermer, biznes, bodibilding, gamburger, broyler kabi leksemalar mustaqillikkacha passiv holatda ishlatilib, mustaqillikdan keyingi davrlarda faollashgan bo‘lsa, ayrimlari brifeng, konsalting, trening, kemping, sheyping kabi leksemalar mustaqillikdan so‘ng o‘zlashgan leksemalardir. Tilning leksik tarkibi jamiyatning siyosiy, madaniy va ma’naviy hayoti bilan bog‘liq ravishda takomillashib boradi. Lug‘atlar ham jamiyatdagi siyosiy-ma’naviy qarashlarga mos holda yaratiladi. Eski va yangi nashrdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dagi biznes, fermer, savdogar leksemalariga berilgan izohlar qiyoslanganda yangi nashrdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da bu birliklarning tuzumga nisbatan xolisona va yangicha ifoda olgani ma’lum bo’ladi. Tilimizga o‘zlashgan inglizcha so‘zlarni ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va sport sohasi mavzuviy guruhlariga ajratib o‘rganish mumkin. Sport sohasi mavzuviy guruhiga oid inglizcha o‘zlashmalar mustaqillikdan so‘ng shu qadar ko‘p o‘zlashdiki, ularni madaniyma’rifiy soha so‘zlaridan ajratib, sistemali tarzda o‘rganish qulay va o‘rinlidir. Inglizcha o’zlashma leksemalar o’z qurshovidagi so’zlar bilan sinonimik, antonimik, omonimik va giponimik munosabatlarga kirishadi. O‘zbek tili leksikasidan o‘rin olgan inglizcha o‘zlashma so‘zlar semantikasidagi o‘zgarishlar sezilarli darajada bo‘lib, ular polisemantik xususiyatga ega bo‘lishdan tashqari, so‘z ma’nosining kengayishi, o‘zbekcha so‘z yasalishida faol qatnashishi kabi til hodisalari jarayonida yetakchi mavqe egallaydi. 

ЁШЛАР ТАРБИЯСИДА МИЛЛИЙ ВА УМУМИНСОНИЙ ҚАДРИЯТЛАРНИНГ ЎРНИ ВА РОЛИ

tahrir

Ёшлар тарбияси ҳақида гап кетганда уни миллий ва умуминсоний қадриятларсиз тасаввур этиб бўлмайди. Қадим тарих саҳифаларида улуғ донишмандлар битикларида, халқнинг руҳи ва қалбини ифодаловчи ривояту ҳикоятларда, илғор ва ҳур фикрли ижодкорлар, санъаткорлар, сиёсат намояндаларининг маънавий-маърифий меросларида улуғ қадриятлар силсиласи намоёндир. Улар эзгулик ғоялари билан жилоланган дурдоналардир. “Бори яхшилиғ қилғилким, ондин яхши йўқ, Ким дегайлар даҳр аро қилди фалондин яхшилиғ” деган Бобурнинг эзгу қарашлари бутун-бутун авлодларга ибрат намунасидир. Яхшилик чинакам инсонийлик бўлиб, у халқимизнинг инсонпарварлик қарашларининг меҳр-оқибатлилик фазилатининг ифодасидир. Ота-боболаримиз ўз турмушларида доимо яхши ният билан, орзу-истакларини уларда жо қилиб яшаганлар, улар ўYirik matnзларининг яхши номлари билан бутун жаҳонга донг таратганлар. Соҳибқирон Амир Темур “Яхшиларга яхшилик қилдим, ёмонларни эса ўз ёмонликларига топширдим. Ким менга дўстлик қилган бўлса, дўстлиги қадрини унутмадим ва унга мурувват, эҳсон, иззату икром кўрсатдим” , деган.

           Яхшилик комил тарбия кўрган кишиларга хос бўлиб, бу маънавият билан боғланади. Маънавиятлилик эса, аввало, ўзликни англаш билан боғланади. “Ўз халқи тарихини билмаган миллатлар хотира ва идрокларини йўқотиб қўйган довдирларга ўхшайди.”  
         Демак, маънавият тўғриликка элтувчи йўл,  аниқроқ айтганда, тўғрилик-ростликнинг ўзидир.
“Маънавият тушунчаси асосида ростлик, ҳаққонийлик,  тўғрилик мужассамдир. Мисол: одамлар пайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в)ни “амин”, Амир Темур бобомизни дўстлари ва рақиблари  “ростгўй” дейишган. ПрезидентимизШавкат Мирзиёев ҳақида халқимиз “тўғри сўз”, “адолатли одам”, “сўзи билан иши бир одам экан” дейишмоқда. Ҳадисларда “Иймондан кейин келадиган, аммо иймон қадар азиз турадиган сўз борми?”- деб сўрашганда, Пайғамбаримиз: “Бор, у сўз лафздир”, деганлар. Лафз эса тўғриликдир. Биз тўғрилик замонида яшаяпмиз” 

Аждодларнинг бой маданий мероси Марказий Осиё халқларининг қонуний миллий ифтихоридир. Масалан, "Халқимизнинг ўзига хос турмуш тарзи, тафаккур ва дунёқараши, ҳаётга, воқеликка муносабатининг ифодаси бўлган халқ оғзаки ижоди намуналари, “Алпомиш”, “Шашмақом” кабидурдоналари маънавиятнинг битмас-туганмас манбаи, ёшларимиз дунёқарашининг асосидир. Феодализм давридаёқ Марказий Осиё халқлари ижтимоий онгининг асосий хусусиятлари билимга, дунёвий маърифатга интилиш; салафларнинг маданий ютуқларидан кенг фойдаланиш; табиатни билишга, унинг бойликларидан инсон манфаатлари йўлида фойдаланишга интилиш; рационализм; ҳурфикрлиликнинг ривожланиши; ахлоқий қадриятларни ҳамда инсоний фазилатларни тараннум этишда, табиатнинг энг олий хилқати бўлмиш инсонга муносабатда намоён бўладиган гуманизм; оғзаки ва ёзма сўзга муҳаббат; киши маънавий дунёсини шакллантиришга интилишдан иборат бўлганди. Миллий меросни ўрганиш, тиклаш ва тарғиб қилишнинг моҳияти, миллий ва умумбашарий аҳамияти, тарихий-маданий меросга муносабат концепциясида миллий ва умуминсоний қадриятлар уйғунлиги масаласининг акс этиши муаммоси келгусидаги ижтимоий фанлар соҳасида янги йўналишларга, тадқиқотларга асос бўлиб хизмат қилиши шубҳасиз. Чунки тарихий-маданий меросимизнинг тикланиши жамиятимизни янгилаш ва ҳал қилувчи, таъбир жоиз бўлса, белгиловчи аҳамиятга эгадир. Бу борада “Бир болага етти маҳалла ҳам ота, ҳам она” деган шиор доимий кун тартибида туриши лозим. Биз ёшларимизни миллий ва умуминсоний қадриятлар руҳида тарбиялаш учун бор куч ва имкониятларимизни сафарбар этишимиз зарур”. Маълумки, инсон шахс сифатида тарбияланиб шаклланишида халқимиз томонидан яратилган бой маданий – маърифий қадриятлар муҳим ўрин тутади. Бунга илмий – техника ва ақлий имкониятлар, таълим – тарбия, тиббий хизмат, миллий мерос, миллий қадриятлар, турли шаклларда намоён бўладиган маданият дурдоналари, тил, адабиёт, санъат, халқ ҳунармандчилиги маҳсулотлари, ноёб тарихий ва маданий ёдгорликлар, архитектура ва бошқаларни киритиш мумкин. Президент Ш.Мирзиёев ўзининг сайловолди учрашувларида ва президентлик давридаги маърузаларида халқимизнинг тарихи ва маънавиятини безаб турган бундай ноёб ёдгорликлар, улуғ сиймолар ҳақида, уларнинг ёшлар тарбиясидаги ўрни ва роли ҳақида қайта – қайта таъкидладилар. Жумладан, андижонликлар билан бўлган учрашувда таъкидлаб айтдиларки, тарихга қарасак ҳам, бугунги кунга қарасак ҳам, Андижон заминидан кўп соҳалар бўйича кўплаб буюк, фидойи инсонлар етишиб чиққанига амин бўламиз. Чунки миллат, эл – юрт тақдири учун куйиш, миллий ғурур, ор – номус учун бел боғлаб майдонга чиқиш – Андижон аҳлига хос фазилат. Мана, улуғ аждодимиз Заҳриддин Муҳаммад Бобурни олайлик. Бу буюк зот ўн икки ёшидан бошлаб Темурийлар давлатинисақлаб қолиш учун ўзини ўқа ҳам, чўққа ҳам урди, ҳеч қандай душмандан ҳам, синовдан ҳам қўрқмади. Қирқ олти йиллик умри давомида бир зум ҳам ҳаловат билгани йўқ. Ўз авлодларига Ватанга бўлган буюк муҳаббатини, эзгу фазилатларини мерос қилиб қолдирди. Давлатимиз раҳбари фарғоналиклар билан сайловолди учрашувларида бу воҳанинг тарихига тўхталиб ўтдилар. Чунки Фарғонада, деганда, аввало, Қубо – ҳозирги Қува, Марғилон, Қўқон каби кўҳна цивилизация масканлари, буюк тарих ва маданиятга эга қадимий ва гўзал бир ўлка кўз олдимизда жилваланади.

Бу фикрнинг тасдиғи сифатида Фарғона номини бутун дунёга таратган Аҳмад Фарғоний бобомизнинг ўн иккинчи асрдаёқ лотин ва яҳудий  тилларига таржима қилинган “ Астрономия асослари” китобини эслаш кифоядир. Улуғ алломанинг лойиҳаси асосида Нил дарёси сувининг сатҳини ўлчайдиган иншоот “Миқёси Нил” Мисрда ҳозирги кунгача сақланиб келмоқда.
Ёки яна бир улуғ аждодимиз Бурҳониддин Марғинонийнинг “Ҳидоя” асари неча юз йиллардан буён  мусулмон дунёсида ислом ҳуқуқи бўйича асосий қўлланма бўлиб келаётир. Булар бугунги авлодда ўзига хос ғурур ва ифтихор туғдириши табиий.

Президентимизнинг бухороликлар билан бўлган сайловолди учрашувда эслаб ўтган маданий мерос ҳақидаги далиллари ҳам қимматлидир. Чунки азим Зарафшон дарёси бўйида жойлашган бу гўзал воҳадаги Варахша ва Ниршах сингари қадимий цивилизация ўчоқлари, кўҳна Арк, Сомонийлар мақбараси, чашмаи Аюб, Минораи Калон, Чор Бахр ва ўнлаб ноёб меъморий обидалар тарихимиз, маданиятимиз қандай чуқур излдизларга эга эканлигини яққол тасдиқлайди. Бу қутлуғ заминдан етишиб чиққан Имом Бухорий, Абу Али ибн Сино, Муҳаммад Наршахий, Абдухолиқ Ғиждивоний, Мир Саид Кулол, Хўжа Ориф Ревгарий, Баҳоуддин Нақшбанд каби буюк мутафаккирларнинг номлари, уларнинг бой мероси бутун Шарқ ва Ғарб оламида машҳурдир. Шундай қилиб, халқимизнинг миллий қадриятлари, умуминсоний эзгу қадриятлар билан уйғунлик, ҳамоҳонглик касб этади. Буни миллий ғоямиз ва миллий мафкурамизнинг таркибий тушунчаси деб қарасак ўринли бўлади. Чунки миллий мафкура тушунчасидаги “миллий” аниқловчиси этник мансубликни билдирмайди, балки мамлакатга, муайян жамиятга мансубликни билдиради. Шу боис миллий ғоя ва миллий мафкура тушунчалари”миллий истиқлол”, “миллий бюджет”, “миллий ялпи маҳсулот”, “миллий хавфсизлик”, “миллий герб”, “миллий байроқ” тушунчалари каби Ўзбекистонда яшовчи барча ҳалқларга тегишлидир. Халқ онгига миллий ғоя қанчалик чуқур сингса, унинг ўзлигини англаши, ички муштараклиги, миллати, тили ва динидан қатъи назар, ўзини ягона халқ-ўзбекистонликдеб ҳис қилиши шунчалик кучаяди. Миллий мафкура миллий ғоя теварагида шаклланади ва у ифодалаган олий мақсад йўлида жамият аъзоларининг этник мансублигидан, ижтимоий аҳволидан, жинси,ёши, тилидан қатъи назар, жиплаштиради. Бошқача айтганда, миллий ғоя миллий мафкураорқали халқнинг куч – ғайрати, иродасини, ақлий ва ҳиссий салоҳиятини белгиланган омолларга, орзу-умидларга эришиш томон йўналтиради, бу йўлда учрайдиган қийинчиликларни енгишга сафарбар этади.

Маълумки, ўзбек халқикўп қиррали бой маданиятга эга бўлган ва ўз мақсади билан жаҳон цивлизацияси ривожланишига муносиб ҳисса кўшиб келган. Халқимиз томонидан узоқ тарихий тараққиёт жараёнида яралган маданиятимиз ўзининг тарихий илдизларига, ўз қадриятларига эга.

Ёшларнинг комил инсонлар, мустаҳкам оила вакиллари бўлиб етишишида миллий ва умуминсоний қадриятларнинг ўрни беқиёс. Мустақил Ўзбекистоннинг куч–қудрат мабаи–халқимизнинг умуминсоний қадриятларга содиқлигидир. Халқимиз адолат, яхшилик, аҳил қўшничилик ва инсонпарварликнинг нозик куртакларини асрлар оша авайлаб келмоқда. Ўзбекистонни янгилашнинг олий мақсади ана шу анъаналарни қайта тиклаш, уларга янгича мазмун бағишлаш, заминимизда тинчлик ва демократия, фаровонлик,маданият, виждон эркинлиги ва ҳар бир кишининг камол топишига эришиш учун зарур шарт – шароит яратишда ўз ифодасини топмоқда. Қадриятлар тарбиявий аҳамиятга эга бўлган маънавий омил саналади. Қадриятлар таълим – тарбиянинг муҳим воситаси сифатида инсон ҳаёти учун, вужуднинг тириклиги, сиҳат–саломатлиги, меҳнати, билими, муомаласи кабиларга жиддий таъсир этади. Ёш авлодда қадриятларга муносабатда бу хусусиятларни такомиллаштириш муҳим аҳамиятга эга. Жамият тараққий этган сари умуминсоний қадриятлар кўпайиб бораверади. Масалан, эркинлик, тинчлик, тенглик, маърифат, ҳақиқат, маънавият, гўзаллик, яхшилик,инсонпарварлик, ижтимоийлик, демократия, қонун устуворлиги ва бошқалар. Бу туйғулар мустақиллигимизнинг янги босқичга кўтарилиши жараёнида халқимизнинг онг ва шуурига тобора мустаҳкамланиб бормоқда. Шунинг учун ҳам муҳтарам Президентимиз “Наврўз фалсафасида, Наврўз қадриятлари-одамлар дарду–ташвиши билан яшаш, кексаларни ҳурматлаш, муҳтож оилаларга эътибор ва ёрдам кўрсатиш, адолат ва халқпарварлик фаолиятимиз мезонига айланмоқда”, дейди.

       “Ҳаммамизни тарбиялаган, вояга етказган шу халқ. Барчамизга туз-насиба берган ҳам – шу халқ. Бизга ишонч билдирган, раҳбар қилиб сайлаган ҳам айнан шу халқ”, дейди ҳурматли Юртбошимиз Ш.Мирзиёев 
       Дарҳақиқат, ишонч - улуғ туйғу. Ишонч-бу одамларнинг дили ва қалбини тозаловчи катта кучдир. Ишончнинг асосий мазмунида ҳалоллик, адолат, соф виждонлилик, поклик, сўз билан иш бирлиги каби ахлоқ-одоб фазилатлари ўз ифодасини топган. Ишончнинг муҳим шартлари-одамлар меҳрини қозониш, маросим ва маъракаларда қатнашиш, кексаларга ёрдам ва тасалли бериш, ногирон ва ҳасталарнинг ҳолидан хабар олиш, доимо инсонлар билан муносабатда бўлиш ва бошқа шу кабилардир. Ишончга эришиш эзгу фазилатлар туфайлидир. Чунки қаллоб, фирибгарларга ҳеч ким ишонмайди. Ишончнинг кушандаси  алдамчилик. Одамлар сенга ишонмас экан, бу-бахтсизлик Алишер Навоийга бутун халқ ишонарди. Унинг ҳурмати ҳам, бцюклиги ҳам, бахти ҳам шунда эди. 
     Ўзбек халқи қадим-қадимдан бир-бирларига ишониб келган. Айниқса, ишончи бор кишилар элда эътирозланган. Унинг бир оғиз сўзи билан ҳал бўлмаётган ишлар ҳам битиб кетган. Халқимиз ҳаётда тўғрилиги билан ҳурмат қозонган кишиларга ишонч билан қараганлар, унинг номини ҳамма жойда ҳурмат билан тилга олганлар. Тарихдан маълумки, ватанини, халқини севган кишилар халқнинг ишончига сазавор бўлганлар. Улар эзгу ишлари, тоза хулқи билан эл-юрт манфаати йўлида фидойилик кўрсатганлар. Ўзбекистонни мустақилликка олиб чиққан, мустақилликни мустаҳкамлаш учун элим деб, юртим деб жонкуярлик кўрсатган Биринчи Президентимиз И.Каримов халқимизнинг чинакам ишончига, меҳрига сазавор бўлди. Бугунги кунда муҳтарам Юртбошимиз Ш.Мирзиёевга ҳам халқимизшундай катта ишонч билан қарамоқда. Чунки  унинг раҳнамолигида юртимизда амалга ошаётган ободончилик,  фаравонлик, туб ислоҳий ўзгаришлар, халқни бахтли-саодатли этиш учунолиб борилаётган эзгу тадбирлар, халқаро дўстлик, яхши қўшничилик, ўзаро ҳурмат, ёшларни баркамол этиб тарбиялаш борасидаги саъй-ҳаракатлар халқимизда катта ишонч ва ҳурмат пайдо қилмоқда. 
     Ўзбекистон ёшлари бу беқиёс ҳамҳўрликлардан катта рағбат ва илҳомга тўлиб, улкан ватанпарварлик намуналарини кўрсатишга  интилмоқдалар. Улар ўзларида бор истеъдодларини намоён этиб, илму ҳунарда, маънавий-маърифий жараёнларда, меҳнатда, соғлом турмуш тарзини шакллантиришда, фанда, санъатда, маданиятда, спортдажасарот намуналарини кўрсатмоқдалар. Юртбошига, бугунги ва эртанги бахт-саодатли кунларга, юртнинг буюк келажагига ишонч уларни янги-янги зафарли ишларга отлантирмоқда. Бу ишонч юртмизнинг халқимизнинг бахтли кунларида, буюк ўзгаришларда ифода топмоқда. Булар Юртбошининг назари тушган, демак халқимизнинг назари тушган ёшлардир.

Ватанпарвар, фуқаролик туйғуси мустаҳкам, бағрикенг, қонунларни, миллий ва умуминсоний қадриятларни ҳурмат қилувчи, зарарли таъсирлар ва оқимларга қарши тура оладиган, ҳаётга қатъий ишончли ёшларни тарбиялаш борасида амалга оширилаётган тадбирларнинг кўлами нақадар кенглигини ҳар бир ватандошимиз кўриб, хис этиб турибди. Буни хорижлик холис кишилар ҳам тан олмоқда. Ёшларда миллий ва умуминсоний қадриятлар руҳида тарбиялаш бугунги кунинг долзарбдир.