Kamolov Shavkatjon Xadjiyevich
TALABALARDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH Maqolada talabalarning oʻz ustlarida mustaqil ishlashlari, auditoriyadan tashqarida mustaqil darslarga tayyorlanishi, uyga berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarishi haqida gap boradi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq oʻrganish maqsadida qoʻshimcha adabiyotlarni oʻqib, olingan bilim va koʻnikmalarni mustahkamlash va chuqurlashtirish, navbatdagi darslarga tayyorlanishi haqida tavsiyalar berilgan. Kalit soʻzlar: mustaqil ta’lim, oʻquvchilarning bilim faoliyati, koʻnikma, axborot asri, pedagogik texnologiya, interaktiv usul. Статья посвящена самостоятельной работе учащихся, подготовке к самостоятельным внеклассным занятиям, выполнению домашних заданий. Также рекомендуется читать дополнительную литературу для закрепления и углубления полученных знаний и навыков, чтобы больше узнать о некоторых темах, и подготовиться к следующим урокам. Ключевые слова: самостоятельное обучение, обучение студентов, навыки, информационный век, педагогические технологии, интерактивные методы. The article focuses on students working independently, preparing for independent lessons outside the classroom, and completing homework assignments. It is also recommended to read additional literature to strengthen and deepen the knowledge and skills acquired in order to learn more about some topics, and to prepare for the next lessons. Key words: independent learning, student learning, skills, information age, pedagogical technology, interactive methods. Kirish. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni yetkazish toʻgʻrisida”gi Farmoni, “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonun davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Ushbu dasturiy hujjatlarda kadrlarning mamlakatimizni iqtisodiy ravnaq topishini ta’minlashda hal qiluvchi rol oʻynashi hisobga olingan. Davlat ta’lim standarti talabiga binoan bilimlarni mustaqil ravishda izlanib oʻrganish vazifasi hozirgi kunda eng dolzarb muаmmolardan biriga aylanib bormoqda. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilishning qonun-qoidalariga amal qilgan holda turli yoʻnalishlar boʻyicha pedagoglar tayyorlashga kirishildi. Mustaqil ta’lim davlat ta’lim standartlari talabiga binoan bilim va koʻnikmalarni mustaqil ravishda izlanib oʻrganib borish hozirgi kunda eng dolzarb muаmmolardan biridir. Shu sababli fanlarning nazariy asoslarini amaliy koʻnikma darajasida oʻzlashtirib borishda mustaqil ta’limning roli juda foydalidir. Asosiy qism. Talaba-yoshlar auditoriyalarda oʻqituvchilarning ma’ruzalarini tinglaydilar, auditoriyadan tashqarida talaba mustaqil darslarga tayyorlanadi, kutubxonada mavzuga oid adabiyotlarni konspektlashtiradi, uyga berilgan vazifa va topshiriqlarni bajaradi. Bundan tashqari, ayrim mavzularni kengroq oʻrganish maqsadida qoʻshimcha adabiyotlarni oʻqib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu boʻyicha testlar yechadi. Talabani mustaqil ishining maqsadi – sеmеstr davomida fanlarning tizimli oʻrganilishini tashkil etish, olingan bilim va koʻnikmalarni mustahkamlash va chuqurlashtirish, navbatdagi darslarga tayyorlanishi, yangi bilim izlashda – egallashda mustaqillikni hamda aqliy mеhnat madaniyatini shakllantirishdan iborat. Uning uchun ajratilgan vaqt ishchi oʻquv rеjasi bilan bеlgilanadi. Oʻquv jarayoni samaradorligini oshirish uchun barcha turdagi auditoriya mashgʻulotlari, talabalarning aniq hajmli vazifalarga ega mustaqil ishlari, ularning bajarilishi mеhnat sigʻimi, nazorat shakllarini oʻzida mujassam etgan oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etishning tеxnologik xaritalarini ishlab chiqishi kеrak. Talabalarning mustaqil ishlashga koʻnikmalar hosil qilish darajasiga qarab birinchi sеmеstrdan boshlab mustaqil ish hajmini oshirib borish, oddiydan murakkabga oʻtib borish, foydalanadigan mustaqil ish shakllarini kеngaytirib borish maqsadga muvofiqdir. Oʻqituvchi hamma vaqt talaba tomonidan bajarilayotgan mustaqil ishga nisbatan ijodiy yondashuvni oshirib borishi hamda tanlagan mustaqil ish shakliga ilmiy-tadqiqot,PEDAGOGIK MAHORAT. Ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, Maxsus son 162 amaliy tajribaning umumiy elеmеntlarini faol qoʻshib borishi lozim. Bu oʻrinda asosiy masala – har bir talabani mustaqil oʻqib-oʻrganishini kuchaytirishdan iborat. Ta’lim jarayonida talaba oʻquv adabiyotini oʻqib oʻrganar ekan, nazariy matеrialni oʻzlashtirish, bilim bеrish faoliyatini rivojlantirish, amaliy koʻnikma va tajribalarni shakllantirish yoʻli bilan oʻzida bilimlar tizimini shakllantiradi. Jamiyatning taraqqiyot darajasi, davrimizning axborot asriga aylanishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar shuni koʻrsatadiki, yoshlarni yetuk, vaziyatni tezda baholaydigan, har qanday holatda ham toʻgʻri va oqilona qaror qabul qila oladigan malakali mutaxassis qilib tayyorlash uchun faqat an’anaviy uslublarga tayanib dars oʻtish yetarli emas. Bu esa ta’lim tizimida jahon tajribasidan keng foydalanishni talab etadi. Bunda oʻquv adabiyoti asosiy bilim manbalaridan biri vazifasini bajaradi. Oʻquv darsligi bilan mustaqil ishlash jarayonida talaba turli xil fikrlash faoliyatini amalga oshirib, eng ahamiyatli ma’lumotlarni izlab topadi, solishtiradi, tasniflaydi va hokazo. Shu tariqa unda muhim xususiyat – bilim olish faoliyatidagi mustaqillik shakllanadi. Muhokamalar va natijalar. Talabalar har bir mavzuni oʻzlari mustaqil tahlil etib oʻrganib chiqqanlarida va dars jarayonida bahslashib, xulosalar chiqarganlarida, uni yaxshiroq tushunadilar va eslab qoladilar. Albatta, oʻqituvchi mavzuning murakkab oʻrinlarini, yangi atamalarni tushuntirishga yordam bеradi va intеraktiv usul kutilgan natijani bеrishi uchun uyga vazifa sifatida mustaqil ish sifatida topshiriq bеlgilanadi, ya’ni kеyingi darsda oʻrganiladigan savollar talabalarga yеtkaziladi. Ayniqsa, mavzuga oid tayanch iboralar, kalitli soʻzlar, iqtisodiy katеgoriyalar bilan bogʻliq bilimlarni toʻplash, uslubiy asoslangan yozma matn tuzish vazifalarini bajarish talabalarning bilimlarini mustahkamlashga va mavzuni yеtarli darajada oʻzlashtirishga yordam bеradi. Bu oʻrinda konspеkt tuzish yoki yozishning oʻrni bеqiyosdir. Masalan, mustaqil ishlardan biri kurs ishi yozishdir. Kurs ishini sifatli bajarishning muhim shartlaridan biri tanlab olingan mavzu boʻyicha mavjud maxsus adabiyotlarni chuqur oʻrganish hisoblanadi. Bunda koʻrib chiqilayotgan savollarga aloqador boʻlgan barcha asosiy masalalar toʻplamini (rasmiy ma’lumotlarni, ilmiy asarlarni, darsliklarni, ilmiy maqolalar toʻplamlarini, oynomalarda bosilgan maqolalarni, ilmiy anjumanlar matеriallarini, statistik ma’lumotnomalarni) oʻrganib chiqish zarur. Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va bu sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish bilim olishga, iqtisodiyot sir-asrorlarini oʻrganishga boʻlgan harakatni, fanni chuqur oʻrganishga boʻlgan talablarni ham kuchaytirdi. Bu esa, oʻz navbatida, iqtisodiy qonunlarni yaxshi biladigan, turli vaziyatlarni taqqoslash, iqtisodiy resurslar cheklanganligi sharoitida samarali xoʻjalik yuritish uchun muqobil variantlarni toʻgʻri tanlash va qaror qabul qilish malakasiga ega boʻlgan iqtisodchilar tayyorlashnigina emas, balki ularni oʻqitadigan iqtisodchi-pedagoglar tayyorlashni ham talab qiladi. Bilim va koʻnikmalarni yoshlarga oʻrgatish uchun oʻqituvchining oʻzi bu fanlarni yaxshi bilishi, dars berish metodlarini mahorat bilan qoʻllay olishi talab etiladi. Shu bilan birga, pedagogika, psixologiya, maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi, pedagogik texnologiya va boshqa fanlarni ham chuqur bilishi zarur boʻladi. Xulosa. Kadrlar tayyorlashdagi asosiy maqsad zarur bilimlarni oʻzlashtirish bilan birga talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda mustaqil tanlash va qaror qabul qilish koʻnikmasini hosil qilishdir. Adabiyotlar 1. Oripova R. Oʻsmirlarda milliy gʻoya tushunchalarini shakllantirish (maktabdan tashqari muassasalardagi musiqiy toʻgaraklar misolida). -Т., 2007. -76 bet. 2. Shimanovskiy K. Tanlangan maqola va xatlar. -L., 1963. 80-bet. 3. Kamolov Sh.X. Cholgʻu ijrochiligi va ansambli. –Buxoro: “Durdona” nashriyoti, 2021. 4. Вестник интегративной психологии, 2021. Выпуск 22 80-лист.PEDAGOGIK MAHORAT. Ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, Maxsus son 299 Buxoro davlat universiteti muassisligidagi “PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnali barcha ta’lim muassasalarini hamkorlikka chorlaydi. Pedagoglarning sevimli nashriga aylanib ulgurgan “Pedagogik mahorat” jurnali maktab, kollej, institut va universitet pedagogik jamoasiga muhim qoʻllanma sifatida xizmat qilishi shubhasiz. Mualliflar uchun eslatib oʻtamiz, maqola qoʻlyozmalari universitet tahririy-nashriyot boʻlimida qabul qilinadi. Manzilimiz: Buxoro shahri, M.Iqbol koʻchasi 11-uy Buxoro davlat universiteti, 1-bino 2-qavat, 208-xona Tahririyat rekvizitlari: Moliya vazirligi gʻaznachiligi 23402000000100001010 MB BB XKKM Toshkent sh. MFO 00014 INN 201504275 BuxDU 400110860064017950100079002 Pedagogik mahorat: rivojlanamiz va rivojlantiramiz! PEDAGOGIK MAHORAT Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022-yil maxsus son 2001-yil iyul oyidan chiqa boshlagan. OBUNA INDEKSI: 3070 Buxoro davlat universiteti nashri Jurnal oliy oʻquv yurtlarining professoroʻqituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar, magistrantlar, talabalar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda maktab oʻqituvchilari, shuningdek, keng ommaga moʻljallangan. Jurnalda nazariy, ilmiy-metodik, muammoli maqolalar, fan va texnikaga oid yangiliklar, turli xabarlar chop etiladi. Nashr uchun mas’ul: Alijon HAMROYEV. Musahhih: Muhiddin BAFAYEV. Мuharrir: Oʻgʻiljon Olloqova Jurnal tahririyat kompyuterida sahifalandi. Chop etish sifati uchun bosmaxona javobgar. Bosishga ruxsat etildi 08.06.2022 Bosmaxonaga topshirish vaqti 13.06.2022 Qogʻoz bichimi: 60x84. 1/8 Tezkor bosma usulda bosildi. Shartli bosma tabogʻi – 20,6 Adadi – 100 nusxa Buyurtma № 314 Bahosi kelishilgan narxda. “Sadriddin Salim Buxoriy” MCHJ bosmaxonasida chop etildi. Bosmaxona manzili: Buxoro shahri M.Iqbol k