Frédéric Joliot-Curie (1900.19.3 – Parij – 1958.14.8) – fransuz fizigi. Xalqaro tinchlik tarafdorlari harakati asoschilari va rahbarlaridan biri. Ilmiy ishlari yadro fizikasi, yadro kimyosi, yadro texnikasiga oid. I. Jolio-Kyuri bilan birgalikda birinchi boʻlib gamma-kvantdan hosil boʻlgan elektron-pozitron juftlari izining fotosuratini oldilar (1933) va shu yilning oʻzida fransuz fizigi Joliot-Curie Tibo bilan hamkorlikda birinchi marta elektron-pozitron juftlari annigilyasiyasti kuzatdilar. Fransuz olimlari G. Alban va L. Kovarskixlar bilan hamkorlikda birinchi boʻlib yadro portlashida zanjir reaksiya boʻlishini isbotlagan (1939), neytron massasining proton massasiga nisbatan bir qancha kattaligini koʻrsatgan (1939). Kollej de Frans yadro fizika va kimyo laboratoriyasida birinchi fransuz siklotronniy ishga tushirgan. 1948-yil 15-dekabrda J.-K. rahbarligida Fransiyada birinchi atom reaktori ishga tushirildi. 1940-yildan Frédéric Joliot-Curie Tinchlik tarafdorlari xalqaro kongressi doimiy qoʻmitasining, 1951-yildan esa Xalqaro tinchlik kengashining raisi. Nobel mukofoti (1935), „Xalqaro tinchlikni saqlash uchun“ mukofoti (1951) laureati[4].

Frederik Joliot-Kyuri
Tavalludi
Jan Frederik Joliot

19-mart 1900[1]
Parij, Fransiya
Vafoti 14-avgust 1958[2][3]
Parij, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya
Turmush oʻrtogʻi Iren Joliot-Kyuri (1926; 1956)
Bolalari

Hélène Langevin-Joliot (1927-yilda tug'ilgan)

Pyer Joliot (1932-yil tug'ilgan)
Qarindoshlari qaynota-qaynota:
Mari Kyuri va Pyer Kyuri
Mukofotlari

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. // (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil