Fransiya madaniyati
Fransiya madaniyati – Fransiyaning geografiyasi, tarixiy voqealari, tashqi va ichki taʼsiri bilan shakllanib borgan madaniyat. Fransiya madaniyati XVII—XIX asrdan boshlab butun dunyoda mashhur boʻlishni boshladi. XIX asr oxiridan boshlab Fransiya madaniyatida kino, moda, adabiyot, texnologiyalar va ijtimoiy fanlar shu bilan birga matematika kabi fanlar muhim rol oʻynagan. Fransuz madaniyatining ahamiyati uning iqtisodiy, siyosiy va harbiy ahamiyatiga qarab asrlar davomida oshib bordi. BBC tomonidan oʻtkazilgan butunjahon soʻrov natijalariga koʻra, Fransiya 2014-yilda dunyodagi eng yaxshi madaniyatga ega davlatlardan biri sifatida eʼtirof etilgan[1].
Fransiyada til
tahrirFransiya fanlar akademiyasi lingvistikani rasmiy standartini belgilaydi. Hukumat tomonidan Fransuz madaniyati va fransuz tilini targʻib qilish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, hukumat fransuz tilidagi kinofilmlarni qoʻllab-quvvatlash uchun subsidiyalar va imtiyozli kreditlar tizimini yoʻlga qoʻygan. „Toubon“ qonuniga koʻra, hukumat tomonidan Fransiya hududi boʻylab joylashtiriladigan reklamalar fransuz tilida boʻlishi majburiy ekanligi belgilab qoʻyilgan[2][3] . Fransiyada koʻplab mahalliy tillar mavjud. Ularning baʼzilari adabiy fransuz tilidan juda farq qiladi, masalan, corn va valliy tillariga yaqin Kelt tili va alsatian (nemis tilining dialekti). Fransiya-Ispaniya chegarasida yashaydigan aholi bask tilida so'zlashadi. 2001-yil aprel oyida taʼlim vaziri Jek Langning maʼlum qilishicha, ikki asrdan koʻproq vaqt davomida Fransiya hukumatida fransuz tili boshqa mahalliy tillardan ustun koʻrilgan. Shuningdek, taʼlim vaziri davlat maktablarida boshqa tillarni oʻqitishni qoʻllab-quvvatlash uchun ikki tilni biladigan oʻqituvchilarini ishga qabul qilinishini eʼlon qildi. Fransuz maktablarida oʻquvchilar kamida ikkita chet tilini oʻrganishlari lozim, ulardan birinchisi Fransuz tili boʻlsa, ikkinchisi esa nemis yoki ingliz tili boʻlishi kerak. Fransiya Parlamenti tomonidan 2008-yili iyul oyida Versalda boʻlib oʻtgan Kongressda mahalliy tillarni rasmiy tan olinishi boʻyicha nazarda tutilgan qaror qayta koʻrib chiqildi.
Anʼanalar
tahrirZamonaviy Fransiya madaniyati asrlar davomida fransuz millatining shakllanishi va bir qator tarixiy viloyatlar hamda xorijiy koloniyalarni oʻzining geografik va siyosiy tuzilmasiga qoʻshib olish natijasida shakllangan. Fransiyadagi barcha hududlar oʻziga xos madaniy va til anʼanalariga ega, bular: moda, diniy eʼtiqod, mahalliy tillar va lahjalar, oilaviy anʼanalar, fransuz oshxonasi, vino ishlab chiqarish sanoatlari [4] . XX asrda mamlakatning sanoatlashtirilishi natijasida fransuzlarning katta qismi qishloqlardan shahar hududlariga koʻchib o'tdi. Hozirgi kunda Fransiya aholisining 73% qismi shaharlarda istiqomat qiladi,. Sanoatlashtirish, migratsiya va urbanizatsiya XIX va XX asrlarda Fransiyada yangi ijtimoiy-iqtisodiy mahalliy jamoalarni yaratdi, bular shaharlarda (masalan, Parij, Lion, Villeurbanne, Lille, Marsel va boshqalar) hamda shahar aglomeratsiyalarining (turli xil „banlieues“ deb ataladigan, baʼzida „chic“ yoki „pauvres“ yoki „les cités“ deb ataladigan „boshpana loyihalari“ kabi) suburban va ishchilar sinfi hududlarda paydo boʻldi[5][6].
Taʼlim
tahrirFransuz taʼlim tizimi markazlashtirilgan boʻlib, uch bosqichga boʻlinadi.[7]. Yaʼni boshlangʻich taʼlim yoki „enseignement primaire“, bu esa Qoʻshma Shtatlardagi boshlang‘ich maktabga toʻgʻri keladi; o‘rta ta’lim yoki „collège“ va „lycée“, bu bosqich Qoʻshma Shtatlardagi oʻrta va yuqori maktablarga mos keladi hamda oliy ta’lim („l’université“ yoki „les Grandes écoles“).
Fransiyada boshlangʻich va o‘rta ta’lim asosan davlat taʼlimi hisoblanadi ammo xususiy maktablar ham mavjud. Oliy taʼlim ham davlat, ham xususiy tizimlarni oʻz ichiga oladi. Oʻrta taʼlimni tugatgach, talabalar oliy oʻquv yurtlariga kirish huquqini beruvchi bakalavr imtihonlarini topshiradilar. Fransiyada 2012-yilda oliy taʼlimga kirish imtihonini topshirish darajasi 84,5 foizni tashkil etgan. 1999-2000-yillarda taʼlim uchun xarajatlar Fransiya davlatining yalpi ichki mahsulotining 7 foizini, davlat byudjetining esa 37 foizini tashkil etgan. 1995-yil Fransiyaning matematika fani boʻyicha oʻrta maktab darajasidagi koʻrsatkichlari Xalqaro matematika fani tadqiqotlari tendentsiyalari reytingida 23-oʻrinni egalladi [8]. Ushbu koʻrsatgich 2019-yilda esa 22-oʻringa koʻtarildi[9].
Fransiya davlatining Madaniyat vazirligi
tahrirMadaniyat vazirligi Fransiya Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi milliy muzeylar va yodgorliklar uchun mas’ul boʻlgan vazirlik hisoblanadi. Shuningdek, vazirlik Fransiya va xorijda sanʼatni (tasviriy, plastik, teatr, musiqa, raqs, meʼmorchilik, adabiy, televidenie va kino) targʻib va himoya qilish, milliy arxivlar va mahalliy madaniyat markazlarini (maison de culture) boshqarish vazifalarini amalga oshiradi.. Madaniyat vazirligining maʼmuriy binosi Parijdagi Qirollik saroyida joylashgan. Madaniyat vazirligi 1959-yilda Charlz de Goll tomonidan taʼsis etilgan boʻlib, ushbu vazirlikka ilk vazir etib yozuvchi Andre Malraux tayinlangan.
Harbiy xizmat
tahrirFransiyada 1996-yilgacha yoshlar tomonidan harbiy xizmatni oʻtash majburiy etib belgilangan edi. Buni esa tarixchi olimlar tomonidan yagona milliylikni, oʻziga xoslikni yanada targʻib qilish va mahalliy izolyatsionizmni yoʻq qilish uchun joriy etilgan deya mulohaza qilishgan[10].
Manbalar
tahrir- ↑ Ifop. „Les Français et la croyance religieuse“ (fr) (2011). 2011-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
- ↑ „Franţa nu mai e o ţară catolică“ [France is no longer a Catholic country] (ro). Cotidianul (2007-yil 11-yanvar). 2008-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Samuel, Henry „France 'no longer a Catholic country'“. The Daily Telegraph (2007-yil 10-yanvar). 2007-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Ferrara, Carol „The Catholic-ness of Secular France“ (en-US). www.europenowjournal.org (2019-yil 2-oktyabr). 2020-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-noyabr.
- ↑ „Religion Important for Americans, Italians“. Angus Reid Global Monitor (2008-yil 16-dekabr). 2007-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Les protestants en France en 2017 Ipsos.
- ↑ Ben-David, Joseph and Philip G. Altbach. eds. Centers of Learning: Britain, France, Germany, United States (2nd ed. 2017).
- ↑ „TIMSS 1995 Highlights of Results for the Middle School Years“. timss.bc.edu. Qaraldi: 2017-yil 21-avgust.
- ↑ „Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) – TIMSS Participating Countries“. nces.ed.gov. 2015-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-avgust.
- ↑ Weber, Eugen. Peasants into Frenchmen: the modernization of rural France, 1870–1914. Stanford University Press, 1976.