Franso Hariri stadioni
Franso Hariri stadioni (kurdcha: یاریگای فرانسۆ ھەریری, Yarîgay Franso Herîrî;; arabcha: ملعب فرانسوا حريري) – Iroqning Kurdiston viloyati, Erbil shahridagi koʻp maqsadli stadion. Hozirda stadion asosan Iroq Premyer-ligasida oʻynaydigan „Erbil SC“ jamoasi tomonidan futbol oʻyinlari uchun foydalaniladi. Stadionda yengil atletika uchun ham sharoitlar mavjud. Stadion 25 000 tomoshabinga moʻljallangan[1].
Toʻliq nomi | Franso Hariri Stadium |
---|---|
Oldingi nomlari | Erbil Stadium |
Manzili | Erbil, Iroq Kurdistoni, Iraq |
Koordinatalari | 36°10′21″N 44°00′41″E / 36.17250°N 44.01139°E |
Sigʻimi | 25,000 |
Maydon oʻlchami | 105 m × 68 m |
Chim turi | Grass |
Tablo | Yes |
Konstruksiya | |
Ochilgan | 1956 |
Yangilangan | 1992 |
Ijarachilar | |
Iroq milliy futbol terma jamoasi (selected matches) Erbil SC |
Tarix
tahrirStadion 1956-yilda eski aerodrom oʻrnida qurilgan va 1992-yilda qayta toʻliq qurilgan. Stadiondan eski „Brusk“ klubi (nomi Al-Shurta Erbil deb oʻzgartirildi) uy maydoni sifatida foydalangan. 2001-yilgacha Erbil stadioni deb nomlangan. Stadion oʻldirilgan nasroniy gubernator Franso Haririy[2] sharafiga „Shahid Franso Hariri“ stadioni nomini oldi.
2009-yil iyul oyida Franso Hariri stadioni Erbilda Iroq milliy va klublarini qabul qilish uchun OFK tomonidan ruhsat berilganidan keyin Iroq milliy futbol jamoasining uy maydoniga aylandi[3].
2022-yil 23-fevral kuni xalqaro futbol afsonalaridan iborat yulduzlar tarkibi, jumladan, braziliyalik Roberto Karlos va "Barselona"ning sobiq hujumchisi Patrick Kluivert Franso Hariri stadionida 2007-yilgi Osiyo Kubogida gʻolib chiqqan Iroq terma jamoasi yulduzlariga, jumladan Mahdi Karim, Ahmad Mnajed va Nur Sabrilarga qarshi tarixiy koʻrgazmali oʻyinda ishtirok etishdi[4][5].
Stadionda oʻtkazilgan voqealar
tahrir- 2012-yil – OFK kubogi finali[6]
- 2019-yil – Gʻarbiy Osiyo futbol federatsiyasi chempionati[7]
- 2021-yil – Rim papasi Frensis tashrifi[2]
Yana qarang
tahrir- Iroqdagi futbol stadionlari roʻyxati
- Duhok stadioni
Manbalar
tahrir- ↑ Erbil governor rejects rumors of Franso Hariri Stadium sale. Kurdistan 24
- ↑ 2,0 2,1 „In Erbil, thousands attend largest mass of Pope's historic trip to Iraq“ (en). France 24 (2021-yil 7-mart). Qaraldi: 2022-yil 25-may.
- ↑ AFC green-light to Arbil as venue
- ↑ „أربيل يكرم كارلوس وكلويفرت في احتفال الأساطير“. kooora.com (2022-yil 24-fevral).
- ↑ „نجما كرة القدم العالميان روبرتو كارلوس وباتريك كلويفرت يصلان أربيل“. shafaq.com (2022-yil 24-fevral). 2022-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Kuwait SC win 2012 AFC Cup“. the-afc.com.
- ↑ „Region’s Erbil all set to host first-ever WAFF matches“. kurdistan24.net.
Havolalar
tahrir- Iroq Futbol Uyushmasi (Wayback Machine saytida 2023-07-08 sanasida arxivlangan) (arab tilida)