Gʻaffor Rahmonberdiyev
Gʻaffor Rahmonberdiyevich Rahmonberdiyev (1938-yil 16-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, kimyo fanlar doktori, professor. Qozog‘iston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi.
Gʻaffor Rahmonberdiyev | |
---|---|
Tavalludi |
16-may 1938-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Toshkent kimyo-texnologiya instituti |
Taʼlimi | Toshkent politexnika instituti |
Ilmiy darajasi | kimyo fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirGʻaffor Rahmonberdiyev 1938-yil 16-mayda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tugʻilgan. 1957—1962-yillarda Toshkent politexnika institutining kimyo-texnologiya fakultetida oʻigan. Mutaxassisligi kimyogar-texnolog. 1968-yilda Paxta sellyulozasi kimyosi va texnologiyasi ilmiy-tekshirish instituti kichik ilmiy xodimi, 1991-yilda Toshkent kimyo-texnoligiya institutiga „Fizik va kolloid kimyo“ kafedrasining mudiri qilib tayinlanadi[1]. Hozirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti professori.
Ilmiy faoliyati
tahrir1968-yilda Sank-Peterburg shahrida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan[2]. 1983-yilda „Suvda eruvchan atsyetilsellyuloza va uning hosilalari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiladi. Olim tomonidan paxta sellyulozasining kimyosi sohasida yangi bir yoʻnalish rivojlantirildi: sellyulozaning suvda eriydigan yangi hosilalarini olish usullari ishlab chiqildi, sanoatda va xalq xoʻjaligida ularni ishlatish istiqbollari aniqlab berildi. Birinchi marta sellyuloza efirlarini suvda erish faktorlari va omillari koʻrib chiqildi va aniqlandi. Birinchi marta sellyulozaning bir nechta (10 ga yaqin) suvda eriydigan yangi efirlari olindi va ularga kimyoviy bogʻ bilan kichik molekulali dorivor moddalar ulab virus, rak va sil kasalliklarni tuzatadigan, qon ketishini keskin toʻxtatadigan fiziologik aktiv polimer materiallar olindi[1]. Moskvadagi Gamaleya nomli mikrobiologiya va epidemiologiya instituti, Oʻzbekiston Milliy universitsti va Oʻzbekiston Onkologiya va radiologiya instituti olimlari bilan hamkorlikda virus (gepatit) kasalligiga qarshi ishlatiladigan modda-interferon induktori „SAVRAS“, koʻz rak kasalligini tuzatadigan yangi koʻz pardasi „GLP“ va qon toʻxtatadigan polimer formasidagi „Lagoden“ moddalari yaratildi. „SAVRAS“ 1998-yilda Moskva shahrida chiqqan „Virusga qarshi preparatlar“ maʼlumotda eng yaxshi preparatlar qatoriga kiritilgan. Olim sellyulozani modifikatsiya qilish sohasida ham tadqiqotlar olib borgan[1]. Sellyulozani koʻp asosli kislotalar bilan reaksiyalari oʻrganilib, bu ishlar natijasida hajm sigʻimi katta boʻlgan sorbentlar olindi va ular oksillarni tozalashda, sanoat oqova suvlaridan ogʻir metall ionlarini va radionuklidlarni ajratib olishda ionitlar sifatida ishlatib koʻrildi, Moskvaning 1-sonli chit fabrikasida yonmaydigan matolar, Fargʻona kimyo tolasi korxonasida anetilsellyuloza asosida fasonli oʻralgan tolalar olish texnologiyalari sanoatga tadbiq etildi. 2004-yilda polim tashabbusi bilan Toshkent kimyo-texnologiya institutida „Sellyuloza va yogʻochsozlik texnologiyasi“ kafedrasi tashkil etiladi. 2 ta monografiya, 3 ta darslik va 20 dan ortiq oʻquv va uslubiy qoʻllanma, 450 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Qozogʻiston Fanlar akademiyasining akademigi. Amerika kimyo jamiyatini aʼzosi, Qozogʻiston Xalqlar Doʻstligi universiteti hamda A.Yassaviy nomidagi Qozogʻiston-Turkiya universitetining faxriy professori[1].