Iordan daryosining Gʻarbiy sohili
Iordan daryosining Gʻarbiy sohili (arabcha: الضفة الغربية, aḍ-Ḍiffah al-Ġarbiyyah; ivritcha: הַגָּדָה הַמַּעֲרָבִית, HaGadáh HaMaʽarávit) (inglizcha nomlanishining soʻzma-soʻz tarjimasi Gʻarbiy Sohil) – Gʻarbiy Osiyoning Levant hududida, Oʻrta yer dengizi yaqinida joylashgan hudud. Falastin Davlati daʼvo qiladigan hududlarning asosiy qismini tashkil qiladi[1]. Sharqdan Iordaniya hamda Oʻlik dengiz, janub, gʻarb va shimoldan esa Isroil bilan chegaradosh. Hudud 1967-yilda sodir boʻlgan Olti kunlik urushdan beri Isroilning harbiy okkupatsiyasi ostida qolmoqda. 1995-yilda „Oslo II“ bitimi imzonlanganidan beri hudud Falastin milliy maʼmuriyatining (FMM) qisman yoki toʻliq administrativ boshqaruvi ostidagi 165 ta Falastin anklavlariga hamda Isroil qonunchiligi tatbiq qilinadigan 230 ta yahudiy manzilgohlaridan iborat qoʻshni hududni oʻz ichiga olib keladi. Gʻarbiy Sohil Sharqiy Quddusni oʻz ichiga oladi. Isroil Gʻarbiy Sohilning Sharqiy Quddusdan boshqa qismini Isroil fuqaroviy maʼmuriyati doirasida Iudeya va Samariya okrugi (ivritcha: אֵזוֹר יְהוּדָה וְשׁוֹמְרוֹן, Ezor Yehūda VeŠōmrōn) oʻlaroq boshqaradi.
Iordan daryosining Gʻarbiy sohili
الضفة الغربية הגדה המערבית | |
---|---|
{{{type}}} | |
Koordinatalari: 32°00′N 35°21′E / 32.000°N 35.350°E | |
Hudud | |
• Umumiy | 5 655 km2 (2 000 sq mi) |
Aholisi | |
• Umumiy | 2 949 246 (2021-yil hisoblariga koʻra)[izoh 1] |
Vaqt mintaqasi |
EET (UTC+02:00) EEST (UTC+03:00) |
ISO 3166 kodi | PS |
Languages | Arabcha, ivritcha |
Din | Islom, Iudaizm, Nasroniylik, Samaritanizm |
Valyuta |
Isroil shekeli (ILS) Iordan dinori (JOD) |
Izohlar
tahrir- ↑ 2022-yil holatiga koʻra, Gʻarbiy Sohildagi Yahudiy manzilgohlarida 670 000 dan oshiq odam yashaydi; 2019-yil holatiga koʻra, Sharqiy Quddusda 227 000 odam yashaydi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „West Bank“, The World Factbook (inglizcha), Central Intelligence Agency, 2022-09-27, 22 July 2021da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-09-30