G‘anijon Soliyev
G‘anijon Sheraliyevich Soliyev (1979-yil; Bogʻdod tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) — iqtisodiyotchi, 2024-yildan Bogʻdod tumani hokimi[1].
G‘anijon Soliyev | |
---|---|
G‘anijon Sheraliyevich Soliyev | |
Bagʻdod tumani hokimi | |
Mansab davri 19-fevral 2024-yildan – hozirgi kungacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Hokim | Xayrullo Bozorov |
Oʻtmishdoshi | Yusufjon Husayinov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1-yanvar 1979-yil Bagʻdod tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR |
Fuqaroligi | OʻzSSR → Oʻzbekiston |
Millati | Oʻzbek |
Taʼlim | Toshkent moliya instituti |
Maʼlumoti | Bakalavr |
Hayoti
tahrirG‘anijon Soliyev 1979-yilda Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. Toshkent moliya institutining iqtisod yo‘nalishida tahsil olgan[2].
Dastlabki faoliyatini 2002-yilda Uchko‘prik tumani moliya bo‘limida boshlagan, turli yillarda Moliya vazirligining ijtimoiy soha va aholini moliyalashtirish bosh boshqarmasi, Farg‘ona viloyati moliya boshqarmasi, Farg‘ona shahri va Bag‘dod tumani moliya boshqarmalarida mas’ul lavozimlarda ishlagan.
2014–2017-yillarda Oltiariq tumani hokimi oʻrinbosari, 2017–2020-yillarda Bagʻdod tumani hokimi birinchi oʻrinbosari, 2020–2022-yillarda Fargʻona tumani hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, 2022-2024-yillarda Bagʻdod tumani “Xoʻja qishloq” MFYda hokim oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
2024-yil 19-fevraldan Bagʻdod tumani hokimi lavozimiga tayinlangan[3][4][5].
Manba
tahrir- ↑ „ҒАНИЖОН СОЛИЕВ БАҒДОД ТУМАНИ ҲОКИМИ ЭТИБ ТАЙИНЛАНДИ“ (19-fevral 2024-yil). Qaraldi: 29-may 2024-yil.
- ↑ Kun.uz. „Bag‘dod tumani hokimi o‘zgardi“ (19-fevral 2024-yil). Qaraldi: 29-may 2024-yil.
- ↑ „To‘rtta tumanga hokimlar tayinlandi“ (19-fevral 2024-yil). Qaraldi: 29-may 2024-yil.
- ↑ Qalampir.uz. „Farg‘onaning ikki tumaniga yangi hokimlar tayinlandi“ (20-fevral 2024-yil). Qaraldi: 29-may 2024-yil.
- ↑ Kun.uz. „Bag‘dod, Uchko‘prik va Baxmal tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi“ (20-fevral 2024-yil). Qaraldi: 29-may 2024-yil.