Gʻovasoy
(G‘ovasoydan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Gʻovasoy
Gʻovasoy | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 96 |
Davlat | Oʻzbekiston va Qirgʻiziston |
– Namangan viloyatidagi daryo. Chatqol tizmasining janubiy yon bagʻridan boshlanadi. Uzunligi 96 km. Havzasining maydoni 657 km². Ohangaron platosida chuqur dara hosil qilib oqadi. Gʻova qishlogʻi yaqinida daryo suvi ariqkanallarga olinadi, Sirdaryoga yetmasdan togʻ oldi tekisliklarida tugaydi. Daryo havzasida (2600-2700 m balandlikda) ikkita koʻl boʻlib, daryo suvining bir qismi shu koʻllardan chiqadi. Gʻovasoyning oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 6,3 m’/sek. Qor va muzlik suvlaridan toʻyinadi. Daryo suvining 21% ni sizot suvlar tashkil qiladi. Vegetatsiya davrida yillik suv oqimining 87% oqib oʻtadi. Mart – avgust oylarida suvi koʻpayadi. Gʻovasoy suvidan Namangan viloyati, Chust va Pop tumanlari ekin maydonlari sugʻoriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |