Gabriyel El-Registan
Gabriyel Arkadyevich Ureklyan (ruscha: Габриэ́ль Арка́дьевич Урекля́н; 15-dekabr 1899-yil; Samarqand – 30-iyun 1945-yil Moskva) — sovet arman shoiri, Sovet Ittifoqi madhiyasining muallifi[1].
Gabriyel El-Registan | |
---|---|
Tavalludi |
15-dekabr 1899-yil |
Vafoti |
30-iyun 1945-yil Moskva |
Taxallusi | El-Registan |
Ijod qilgan tillari | Rus tili, Arman tili, Oʻzbek tili, Ozarbayjon tili va Tojik tili |
Fuqaroligi | SSSR |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirGabriyel El-Registan Samarqandda arman millatiga mansub bankir oilasida tugʻilgan. U otasi Arshak Ureklyan (Arkadi Ureklyan) bilan birga 1890-yillarda Usmonli imperiyasi taʼqibidan qochib Tbilisiga ketadi, keyinroq Samarqandga koʻchib oʻtgan. 1917-yilgi oktyabr inqilobi va Rossiya fuqarolar urushi davrida bolsheviklar tomonida boʻlgan. Oʻrta Osiyoda turli siyosiy faoliyat bilan shugʻullangan. Yozuvchi va jurnalist sifatida faoliyat yuritayotib, Registondan ilhomlanib „Al-Registan“ taxallusidan foydalangan. Bu davrda u Oʻrta Osiyodagi koʻplab gazetalarda ishlagan. Sovet maʼmuriyati uni isteʼdodli deb topdi va Moskvaga „Izvestiya“ gazetasiga ishlashga taklif etdi. Bu yerda u sovetlar davrida barpo etilayotgan yirik inshootlar va ogʻir sanoat kampaniyalari haqida maqolalar chop etdi. Bu davrda El-Registan kino senariylari va radio pyesalar ham yozgan. 1935-yilda El-Registan „Джульбарс“ filmi uchun ssenariy yozdi.
Natsistlar „Barbarossa“ operatsiyasi doirasida Sovet Ittifoqiga hujum qilganda, Al-Registan urushni yorituvchi maxsus muxbir boʻlib, tez-tez frontga boradi. U yozgan sheʼrlari Iosif Stalin maʼmuriyatining eʼtiborini tortgan va uning yangi yozilgan soʻzlari Sovet Ittifoqi madhiyasida Sergey Mixalkov soʻzlari bilan birga ishlatilgan[2]. 1944-yilda Sovet Ittifoqining madhiyasi rasman qabul qilindi.
Gabriel El-Registanning ikki farzandi boʻlgan. Oʻgʻli Garold va qizi Gayane. Oʻgʻli Garold Registan — shoir. Yozuvchi Moskvada aktrisa Valentina Galaninaga uylangan. 1945-yil 30-iyunda Moskvada vafot etgan. Uning jasadi Novodevichy qabristoniga dafn qilingan.
Manbalar
tahrir- ↑ Mixalkov S.V. Stalin gimn odobril (Wayback Machine saytida 2013-01-07 sanasida arxivlangan) // Ogonyok. 2007. № 10.
- ↑ Bouis, Solomon Volkov. Shostakovich and Stalin: the extraordinary relationship between the great composer and the brutal dictator. New York: H. Holt, 2004. ISBN 9780375410826. Qaraldi: 19-mart.