Galileo Galilei

(Galileydan yoʻnaltirildi)

Galileo Galiley (italyancha: Galileo Galilei, 15-fevral 1564 – 8-yanvar 1642) – oʻz davrining ilmiga katta taʼsir koʻrsatgan italyan faylasufi, fizik va astronom. Galiley asosan oʻzining planetalar va yulduzlar sohasidagi izlanishlari, dunyoning geliomarkazli tizimini faol qoʻllashi va mexanika boʻyicha tajribalari bilan mashhur.

Galileo Galiley
Tavalludi 1564 yil, 15-fevral
Vafoti 1642 yil, 8-yanvar
Fuqaroligi Florensiya Gersogligi va Toskana Buyuk Gersogligi
Sohasi fizik, faylasuf, astronom
Taʼlimi ETH Zürich

hayoti

tahrir

Galiley Galileo (1564.15-fevral, Piza-1642.1-yanvar, Archetri, Florensiya yaqinida) – italyan fizigi, astronomi va mexanigi; aniq tabiatshunoslik asoschilaridan biri. Galiley aslzodalar oilasida dunyoga kelgan. Otasining undovi bilan Piza universitetiga kirib (1581), tibbiyotni oʻrgana boshlagan. Bu yerda Aristotel fizikasi bilan tanishgan, Yevklid va Arximed matematikasini oʻrgangan. Geometriya va mexanikaga qiziqib ketgach, Galiley tibbiyotdan voz kechib, 4 yil mobaynida matematikani oʻrgangan va ixchamgina „Kichik tarozular“ asarini yozgan (1586; 1655-yil nashr qilingan). Bu asari uni italyan matematiklari orasida mashhur qilgan. Galiley mexanika bilan astoydil shugʻullangan. Keyinchalik inersiya qonunini kashf etgan, kuchlarni qoʻshish qoidasini ifodalab bergan, koʻchirma harakat tezligi doimiy boʻlgan chogʻdagi nisbiylik prinsipini yaratgan, mexanik harakatning asosiy kursatkichlarini miqdoriy jihatdan aniqlagan. Jismning qiya tekislikdagi harakati, maʼlum burchak ostida otilgan jismning harakati, erkin tushish haqidagi qonunlarni dastlab Galiley kashf etgan, harakatning saqlanishi toʻgʻrisidagi muhim fikrga tegishli tushunchalarni kiritgan. Galiley – Nyuton mexanikasi ilmning muhim tarmogʻiga aylandi. Galile olam tuzilishini tushuntirishda Nikolay Kopernik yoʻlidan bordi. Oʻzi yasagan (32-marta katta qilib kUrsatadigan) teleskop yordamida Oy sirtining notekisligini, Venera fazasining Uzgarishini, Quyosh dogʻlarini, Yupiterning 4 ta yuldoshini kashf qildi va Quyoshning uz oʻqi atrofida aylanishini isbotladi. Galileyning bu ishlari „Yulduz xabarchisi“ (1610—1611) asarida bayon qilingan. „Olam tuzilishining ikki asosiy sistemasi haqida dialog“ (1632) asarida geliotsentrik sistematlt toʻgʻriligiga asosli dalillar keltirgan. Abu Rayhon Beruniy kabi Galile ham Aristotelning „yengillik kuchi“ tushunchasiga qarshi chiqib, faqat ogʻirlik kuchini tan oldi. U tabiiy hodisalarni tajriba va matematik fikrlash asosida tushuntirishga harakat qilgan.

Galile dunyoqarashi – mexanistik materializm. U olamdagi barcha hodisalar moddiy asosga ega boʻlib, mexanika qonunlariga boʻisunadi, deb tushungan, sxolastikata qarshi chiqqan. Mexanistik materializmning barcha nuqsonlari G. dunyoqarashiga ham taalluqli. Galile oʻz zamonasining igʻlor goyali kishilaridan bulgan.

Galileyning isteʼdodi fan sohalari bilan cheklanib qolmaydi: u musiqachi, rassom, sanʼat shinavandasi, adabiyotshunos ham boʻlgan. Uning ilmiy risolalari ravon va oddiy tilda yozilganligi uchun ularni ham badiiy adabiyot jumlasiga qoʻshish mumkin. U lotin tilini mukammal egallagan. N. Kopernikning geliotsentrizmini qatʼiy yoqlagani uchun G. 1633-yilda katolik cherkov tomonidan inkvizitsiya sudiga berilgan, natijada N. Kopernik taʼlimotidan voz kechishga majbur boʻlgan va 1633-yil 22-iyunda cherkovda taz chukib tavba qilgan; unga Yer harakati toʻgʻrisida gapirish va asarlarini nashr qilish taqiqlab qoʻyilgan. Galiley umrining oxirigacha „inkvizitsiya asiri“ hisoblangan. Galiley 1637-yilda koʻr boʻlib qolgan. Asrlar oʻtib xaqikat qaror topdi: 1992-yilda Rim papasi Ioann Pavel 2 inkvizitsiya sudi karorini notoʻgʻri deb topdi va Galileyni oqladi.

Ilk yillar

tahrir

Galiley 1564-yili Italiyaning Piza shahrida tavallud topdi. 18 yoshida u otasining hohishi bilan tibbiyotni oʻrganish uchun Piza universitetiga oʻqishga kiradi. Universitetda oʻqiyotgan paytda Galiley matematika va fizika bilan qiziqa boshlaydi. Oz oʻtmay u moliyaviy sabablarga koʻra universitetni tark etishga majbur boʻladi va mehanikani mustaqil oʻrgana boshlaydi. 1589-yili Galiley Piza universitetiga taklifga binoan qaytib keladi va matematikadan dars bera boshlaydi. Keyinchalik u Paduan universitetiga oʻtadi, u yerda geometriya, mehanika va astronomiyadan dars beradi. Oʻsha paytda u ilmiy ixtirolar qila boshlaydi.

Ilmiy yutuqlar

tahrir

Mexanika

tahrir

Paduan universitetida boʻlgan vaqtida Galiley inersiya va jismlarning erkin tushishini oʻrgandi. U erkin tushishning tezlanishi tananing massasiga bogʻliq emasligini aniqlaydi, bu bilan u Arastu vaqtidan beri hukm surgan „tushish tezligi“ tana ogʻirligiga proporsional degan nazariyaga chek qoʻyadi. Galiley Piza minorasining tepasida turib, har xil massali jismlarni pastga otib, ularning tushishini ifodalagan, degan afsona mavjud. Boʻlishi mumkinki, Galiley bunday tajribani bajargan, ammo mashhur Pizadagi minoraga buning aloqasi yoʻq.

Galiley klassik mehanikadagi nisbiylik prisipining asoschilaridan biridir. Keyinchalik bu prinsip uning nomi bilan ataladi. Galiley qayd etadiki, bir xil boshlangʻich sharoitlarda istalgan mehanik jarayon izolyatsiyalangan tizimda bir hil kechadi.

1593-yili Galiley „Mehanika“ nomli kitobni nashr etadi, u yerda oʻzining izlanishlarini bayon etadi.

Astronomiya

tahrir

1609-yili Galiley mustaqil ravishda oʻzining birinchi teleskopini yasaydi. U qavariq obyektivli va botiq okulyarli boʻladi. Truba tahminan uch karra kattalashtirardi. Tez orada u 32-marta kattalashtirishga imkon beradigan teleskopni qurishga muvaffaq boʻladi. Teleskopdagi izlanishlar Oy togʻlar bilan qoplanganini va kraterlar bilan qazib tashlanganini koʻrsatadi, yulduzlar oʻzlarining hajmlarini yoʻqotadilar va birinchi marta ularning kolossal uzoqligi kashf etiladi. Yupiterda oʻzining toʻrt oyiga-toʻrt yoʻldoshiga egaligi aniqlanadi, Sut yoʻli alohida yulduzlarga parchalanadi, juda katta hajmdagi yangi yulduzlar koʻrinadi. Galiley Veneraning fazalarini, quyosh dogʻlarini va Quyoshning aylanishini kashf etadi.

Matematika

tahrir

K teorii veroyatnosti otnositsya ego issledovanie ob isxodax pri brosanii igralnix kostey. V ego „Rassujdenii ob igre v kosti“ („Considerazione sopra il giuoco dei dadi“, vremya napisaniya neizvestno, opublikovano v 1718 g.) provedyon perviy naibolee polniy analiz etoy zadachi.

Tehnologiya

tahrir

Katolik cherkovi bilan muammolar

tahrir

Osmonni kuzatish ishlari asosida Galiley N.Kopernik taklif etgan dunyoning geliomarkazli tizimi toʻgʻri degan xulosaga keldi. Bu 93 va 104 Psalmalarning va Ekkleziast 1:5dan sheʼrning mazmuni bilan toʻgʻri kelmasdi. U yerda Yer qimir etmasligi haqida aytilgan edi. Galileyni Rimga chaqirtirishadi va oʻz qarashlarining propagandasini toʻxtatishini talab etishadi, Galiley bunga boʻysunishga majbur boʻladi.

 
Galileo Galiley qabri. Santa Kroche sobori, Florensiya.

1632-yili „Dunyoning eng bosh ikki tizimi dialogi – ptolemey va kopernikning suhbati“ nomli kitob chiqadi. Kitob Kopernikning ikki tarafdori va Arastuning bir tarafdori hamda Ptolemeyning ham bir tarafdori oʻrtasidagi dialog shaklida yozilgan. Kitobning nashri Galileyning doʻsti Urban VIII papasi tomonidan ruhsat etilgan boʻlsa ham, bir necha oydan soʻng kitobni sotishni man etishadi, Galileyni esa Rimga sudga chaqirishadi, u yerga u 1633-yil fevralida keladi. Tergov 1633-yilning 21-aprelidan 21-iyunigacha davom etadi, 22-iyunda esa Galiley unga taklif etilgan inkorlik matnini aytishga majbur boʻladi. Umrining soʻnggi yillarida u juda ogʻir sharoitda ishlaydi. Oʻzining Archertri dala-hovlisida (Florensiya) u uy qamali ostida edi (inkvizitsiyaning doimiy nazorati ostida) va unga shaharga (Rim) kelish ruhsat etilmasdi. 1634-yili Galileyga qarayotgan sevimli qizi vafot etadi.

Galiley „Suhbatlar va matematik isbotlar…“ni yozadi, u yerda dinamikaning asoslarini bayon etadi. 1636-yilning may oyida olim Niderlandlarda oʻzining mehnatini nashri haqida suhbatlar oʻtkazafi, soʻng hech kimga bildirmasdan u yerga qoʻlyozmalarini yuboradi. Oz oʻtmay, u koʻrish hususiyatini yoʻqotadi. „Suhbatlar…“ 1638-yili Neley-deda dunyo yuzini koʻradi, Archertriga esa kitob bir yildan soʻng – 1639-yilning iyunida yetib keladi.

Galileo Galiley 1642-yil 8-yanvar kuni vafot etadi. Uni Archertrida marosimlarsiz va qabr toshlarisiz koʻmishadi. Faqat 1737-yili uning soʻnggi istagi bajo keltiriladi-uning kuli Florensiyadagi Santa Kroche soboriga olib kelinadi, 17-martda u Mikelanjelo yonida marosimlar bilan dafn etiladi.

1979-yildan 1981-yilgacha Rim Papasi Ioann Pavel II inisiativasiga koʻra Galileyning reabilitatsiyasi boʻyicha komissiya ishladi va 1992-yil 31-oktabrda Papa Ioann-Pavel II rasman tan oladiki, 1633-yili inkvizitsiya olimni Kopernik nazariyasini inkor ettirtirib xatoga yoʻl qoʻygan.

Shuni bilish muhimki, Galileo Galiley xudoga ishonar edi.

Katolik cherkovi bilan sudidan soʻng, Galiley chiqib „U baribir oʻz oʻqi atrofida alanadi!“ deb aytgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil