Garaylar
Garaylar (Gireylar, Geraylar, qrim tatarcha: Geraylar) – Qrim xonlari sulolasi (1427-1783). Xonlik taxtiga daʼvogar sifatida Hoji Garay (1466 y. v.e.) tomonidan asos solingan. 1449-yil Qrim xonligi Oltin Oʻrdadan mustaqil boʻlib ajralib chiqqan. Garaylar hokimiyati yirik urugʻlar shirin, barin, qipchoq, mangʻit (mansur), argʻin taʼsiri ostida boʻlib, urugʻ boshliqlari xon huzuridagi kengash tarkibiga kirganlar. Hoji Garayning oʻgʻli Mengli Garay davrida Qrim xonligi Turkiyaning vassaliga aylangan (1475). 18-asrda Rossiya Qrimni egallash uchun Turkiya bilan kurashgan. Kuchuk Qaynarja sulh shartnomasiga koʻra, Garaylar Qrimning mustaqil hukmdorlari deb tan olingan; 1783-yil Rossiya Qrimni bosib olishi bilan Qrimning soʻnggi xoni Shohin Garay taxtdan voz kechgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |