Mengli Geray I
Mengli Garay I (qrim tatarcha: I Meñli Geray, I Менъли Герай, 1445 - 17-aprel 1515) - Qrim xoni (1468—1515). Garaylar sulolasidan. Qrim xonligi asoschisi Hoji Garayning kichik oʻgʻli. Taxtga Hoji Garayning katta oʻgʻli Nur Davlat oʻtirishi kerak edi, lekin mahalliy xalq va Kafa shahridagi genuyalik kolonistlar Mengli Garayni qoʻllab-quvvatlashgani uchun u taxtni egallagan. Hoji Garay davrida Qrim xonligi Oltin Oʻrdadan uzil-kesil ajralib chiqqan (1443), ammo Mengli Garay davrida Usmonli imperiyasiga qaram boʻlib qolgan (1475-yildan). Mengli Garay Katta Oʻrda xoni Ahmad va uning oʻgʻillari bilan uzoq muddat urush olib borgan. Turk sultoni va Moskva knyazi Ivan III bilan doʻstona munosabatlari tufayli 1502-yilda Katta Oʻrda ustidan gʻalaba qozongan. Mengli Garay Polshaga qarshi urushgan va Turkiyaning Moldaviyaga qarshi urushida qatnashgan. Mengli Garay hayotining oxirlarida uning oʻgʻillari Rus yeriga bir necha marta talonchilik yurishlari uyushtirgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |