GavayiTinch okeandagi Gavayi arxipelagidagi eng yirik orol. Mayd. 10,4 ming km2. Birlashib ketgan bazalt qalqonli beshta vulkan: Mauna-Kea (4205 m), Mauna-Loa (4170 m), Xuala-Lai (2521 m), Koxala (1678 m) va Kilauea (1247 m) dan iborat. Mauna-Loa va Kilauea — harakatdagi vulkanlar. Iqlimi tropik dengiz iqpimi, shim.-sharqiy yon bagʻirlari juda sernam (yiliga 3600 mm yogʻin yogʻadi). Togʻ yon bagʻirlari ananas, shakarqamish va b. tropik oʻsimliklar plantatsiyalari bilan band. Eng yirik shahri — Xilo. G.da milliy park va vulkanologiya rasadxonasi bor.

Gavayi (yarim orol)
Geografiya
Maydoni 10 434 km2
Dengiz sathidan balandligi 4205 m.
Eng baland nuqtasi Mauna Kea
Ma'muriyat
Davlat AQSh
Mintaqa Hawaii County
Demografiya
Aholisi 198 449
Qo'shimcha ma'lumot

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil