Gavhar Rahimova
Gavhar Artyomovna Petrosyan Rahimova (1911-yil 7-noyabr, Margʻilon – 2003-yil 18-fevral, Toshkent) – raqqosa, baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti (1965). Tamaraxonimning singlisi. 1924—1927-yillar Margʻilondagi bolalar uyida tarbiyalangan va u yerda Usta Olim Komilov rahbarligidagi dutorchi qizlar toʻgaragiga qatnashib, Tamaraxonimdan raqs asoslarini oʻzlashtirgan. Qoʻqon (1927—1928), Samarqand (1928—1930, 1933—1937), Andijon (1930—1933), oʻzbek harbiy teatrlarida aktrisa, raqqosa va baletmeyster. Mohinbonu („Farhod va Shirin“), Xoljon xola (F. Zafariy, „Halima“), Zebo („Arshin mol olon“) kabi obrazlar yaratgan. 1937—1939-yillar Oʻzbek Davlat musiqali teatrida yakkaxon raqqosa. Oʻzbek davlat filarmoniyasida xotin-qiz dutorchilar ansamblida (1939—1940), Xorazm garmonchilar ansamblida (1940—1941), Oʻzbek davlat xotin-qizlar front ansamblida (1941—1945), Oʻzbek davlat filarmoniyasi va estradasida (1945—1968) raqqosa, baletmeyster, badiiy rahbar. „Lazgi“ ansamblini tashkil etgan va unga 1982-yilgacha rahbarlik qilgan. 1983-yildan oʻzi qayta tashkil qilgan Zebo Gʻaniyeva nomidagi konsertfront sayyor brigadasining rahbari boʻlgan. Rahimova ijod etgan „Ufori soxta“, „Buxorocha“, „Uygʻurcha“, „Ozarbayjoncha“, „Andijon samosi“, „Usmoniya“, „Gul oʻyin“ kabi va „Katta oʻyin“ (Usta Olim Komilov bilan hamkorlikda), „Ufori soxta“, „Oʻzbekiston qizlari“, „Jayxun misoli lazgi“, „Koʻzim qarosi“, „Lazgi salomi“ singari raqslari bilan oʻzbek raqsi rivojiga munosib hissa qoʻshgan. „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan (1999)[1].
Gavhar Rahimova | |
---|---|
Tavalludi |
7-noyabr 1911-yil |
Vafoti |
18-fevral 2003-yil (91 yoshda) Toshkent |
Mukofotlari |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |