Gennadiy Granatkin
Gennadiy Ivanovich Granatkin (1913-yil 1-may, Mordoviya Respublikasi, Urey qishlogʻi – 1990-yil 19-yanvar, Kiyev) – sovet meʼmori, 1938-yildan SSSR Arxitektorlar ittifoqi aʼzosi, Fan va texnika sohasida xizmatlari uchun Ukraina Davlat mukofoti laureati[1].
Gennadiy Granatkin | |
---|---|
Gennadiy Ivanovich Granatkin | |
Tavalludi |
1-may 1913-yil Urey qishlogʻi, Krasnoslobod tumani, Penza viloyati, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
19-yanvar 1990-yil (76 yoshda) Kiyev, Ukraina SSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Taʼlimi | Toshkent davlat texnika universiteti |
Kasbi | arxitektor |
Mukofotlari | |
Imzosi | |
Hayoti
tahrirGennadiy Ivanovich Granatkin Rossiya imperiyasi, Penza viloyati, Krasnoslobodskiy tumani, Urey qishlogʻida (hozirgi Yelnikovskiy tumani, Mordoviya Respublikasi, Rossiya) dehqon oilasida tugʻilgan. 1861-yilda tugʻilgan otasi Ivan Lazarevich va ukasi Pyotr Ivanovich 1929-yil 19-dekabrda OGPU kollegiyasining maxsus yigʻilishida RSFSR Jinoyat kodeksining 58.10-moddasiga binoan 3 yilga surgunga hukm qilinadi. 1996-yil 8-fevralda reabilitatsiya qilingan[2]. Keyinchalik Gennadiy onasi Pelageya va aka-ukalari Nikolay, Andrey, Vasiliy, Stepan, Aleksey bilan Toshkentga koʻchib oʻtadi.
1932—1938-yillarda Toshkentdagi Oʻrta Osiyo sanoat institutining arxitektura fakultetida oʻqigan. 1938—1943-yillarda Toshkentdagi bir nechta qurilish tashkilotlarida ishlagan. Gennadiy Ivanovich Granatkin 1939—1940-yillarda qurilgan Toshkentdagi 50 xonadonli turar-joy binosi va yozgi kinoteatr loyihasi muallifi hisoblanadi.
1943—1945-yillarda armiya safida Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan. 2-darajali Vatan urushi ordeni bilan mukofotlangan (1945)[3].
1945-yildan „Kiyevgiprotrans“ loyiha institutida arxitektor (1951-yilgacha – Kiyevtransuzelproyekt), 1960-yildan Ukraina SSR Qurilish va arxitektura akademiyasining eksperimental loyihalash institutida bosh loyiha arxitektori, 1963-yildan turar-joy va jamoat binolarini eksperimental loyihalash boʻyicha Kiyev ilmiy-tadqiqot institutida (KiyevZNIIEP) bosh loyiha arxitektori, boʻlim boshligʻi boʻlib ishlagan.
Gennadiy Ivanovich Granatkin 1990-yil 19-yanvarda Kiyevda vafot etdi, Sovskiy qabristoniga dafn qilindi.
Loyihalari
tahrir- Toshkentda 50 xonadonli turar-joy binosi va yozgi kinoteatr (1939—1940).
- Vinnitsadagi poliklinika (1946).
- Ukraina SSR Avtomobil transporti vazirligining asosiy axborot-hisoblash markazining 17 qavatli binosi (1975-yil, hozirgi „Davlat avtomobilsozlik ilmiy-tadqiqot loyiha instituti“ davlat korxonasi binosi, Beresteyskiy prospekti, 57).
- 1-438A turar-joy binolari[4]
Galereya
tahrir-
Chernigov temiryoʻl stansiyasi
-
Taras Shevchenko vokzali
-
Znamyanka temiryoʻl stantsiyasi
-
Brest markaziy stansiyasi
-
Chop stantsiyasi
-
Xreshchatyk metro bekati
-
Arsenalna metro bekati
-
Dnіpro metro bekati
Manbalar
tahrir- ↑ „Геннадий Иванович Гранаткин“. www.peoplelife.ru. 2023-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2023-yil.
- ↑ Гранаткин Жертвы политического террора в СССР.
- ↑ Гранаткин Геннадий Иванович Вебсайт «Подвиг народа».
- ↑ «Хрущевки» 438-серии (5 этажей) Киевская недвижимость.